Kontent qismiga oʻtish

Qalandar dogʻli madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Qalandar dogʻli madrasasi
qoraqalpoqcha: Qa'lender dag'li medresesi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qoraqalpogʻiston
Tuman Toʻrtkoʻl tumani
Manzil „Shoʻraxon“ OFY
Maktab yoʻnalishi Sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi operativ boshqaruv huquqi asosida
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
XVIII—XIX asrlar
Maqomi Davlat himoyasida

Qalandar dogʻli madrasasi (qoraqalpoqcha: Qa'lender dag'li medresesi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi tarixiy va arxeologik yodgorlik[1]. Madrasa XVIIIXIX asrlar oraligʻida bunyod etilgan boʻlib, bugungi kunda „Shoʻraxon“ ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan. Manbalarga koʻra unda taniqli Muso baxshi tahsil olgan[2].

Qalandar dogʻli madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[3]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[4]. Shuningdek, Qalandar dogʻli madrasasi boshqa 98 ta tarixiy manzillar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga ham kiritilgan[5].

Qalandar dogʻli madrasasi 1864-yilda bunyod etilgan boʻlib (aksariyat manbalarga koʻra XVIII asrda bunyod etilgan), sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi davrida ushbu madrasada mavjud boʻlgan 100 dan ortiq kitoblar yoqib yuborilgan va madrasaning bir qismi vayron qilingan. Arxeologik yodgorlikda bugungi kunga qadar deyarli tadqiqot ishlari olib borilmagan. Madrasa Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻistondagi boʻlimida Til va adabiyot instituti olib borgan 1973—1974-yillardagi faoliyat natijasida birinchi marta dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgan va xaritaga tushirilgan. Yodgorlikning nomi „Qalandar dogʻli madrasasi“ (qoraqalpoq tilida: „Qa'lender dag'li medresesi“) — „Qalandar yolgʻonchi“ nomidan kelib chiqqan boʻlib, u sufiylar maktabi vakili boʻlgan qalandarlarning kichik jamoasiga mansub biror odamning qabri ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Oʻsha davrlarda darveshlar va qalandarlar (dunyo tashvishlaridan kechib, koʻchalarni kezib yuruvchi kishilar) xalq orasida mashhurlikka erishgan edi. Ammo, adabiyotlarda madrasa nega aynan bu nom bilan atalishi haqida ma’lumot mavjud emas[6].

Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet.