Kontent qismiga oʻtish

Qaragʻan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qaragʻandukkaqdoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi butalar yoki past boʻyli daraxtlar turkumi. Sharqiy Yevropa va Osiyoda 70 turi maʼlum. Rossiyaning Yevropa qismi, Oʻrta Osiyo, Xitoy va Sayanda 37 turi tarqalgan. Choʻl, dasht, daryo qirgʻoqlari, togʻ yon bagʻirlari va siyrak oʻrmonlarda oʻsadi. Koʻpgina turlari ekiladi. Qadimdan ekiladigan va eng koʻp tarqalgan daraxtsimon Q. yoki sariq akatsiya (С. агъоге$сеп$) turi (buta)ning (kam hollarda daraxt koʻrinishida uchraydi) boʻyi 0,5–2 m. Barglari ketmaket yoki toʻptoʻp boʻlib joylashgan, gullari sariq, ikki jinsli, toʻpgulga yigʻilgan. Ildiz tizimida azot toʻplovchi tuganaklari bor. Sovuq va qurgʻoqchilikka chidamli. Q.ning barcha turlari bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik hamda yashil devorlar hosil qilish, ihota mintaqalari yaratish, jar boʻylarini mustahkamlash uchun ekiladi. Urugʻidan koʻpayadi.