Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻiyburgut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Urugʻ: Aquila
Tur: fasciata
A. Fasciataning tarqalish areali
A. Fasciataning tarqalish areali
Kenja turlari
  • A. f. fasciata Vieillot, 1822
  • A. f. renschi (Stresemann, 1932)
Sinonimlari
  • Hieraaetus fasciatus
  • Aquila fasciatus

Qirgʻiyburgut - yirtqich qush. Jan. Yevropa, Afrika, Jan. Osiyo (jumladan, Oʻrta Osiyo)da tarqalgan. Qanoti 46—52 sm, ogʻirligi 1,5—2,5 kg. Usti qoʻngʻir-kulrang, qorni oq yoki pushtiroq, mayda qora xollari bor. Tumshugʻi qora, oyogʻi sariq. Panjasi baquvvat, tirnoqlari mustahkam. Asosan, togʻli hududlarda yashaydi. Uyasini daraxt yoki qoyalarga yasaydi. Fev.da 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini ikkala jins navbat bilan 40 kun bosadi. Kaklik, tuvaloq, quyon, kalamush, sudralib yuruvchilar va baliklar bilan oziqlanadi. Ovchilik xoʻjaliklari va uy parrandalariga zarar yetkazadi.

  1. BirdLife International (2019). "Aquila fasciata". IUCN Red List of Threatened Species 2019: e.T22696076A155464015. doi:10.2305/IUCN.UK.2019-3.RLTS.T22696076A155464015.en. https://www.iucnredlist.org/species/22696076/155464015. Qaraldi: 12 November 2021. Qirgʻiyburgut]]