Kontent qismiga oʻtish

Rayhona Qodirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rayhona Qodirova

Rayhona Qodirova (in blue) vs. Beatriz Ferreira at the 2020 Olympics
Statistikasi
Millati Uzbek
Tavalludi 10-noyabr 1993-yil (1993-11-10) (31 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston

Rayhona Yusuf qizi Qodirova (tugʻ. 10-noyabr 1993-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, super yengil vaznda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yil Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan[1].

2019-yilda Ulan-Ude shahrida (Rossiya) 60 kilogrammgacha vazn toifasida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u litvalik Anna Starovoitovani 5:0 hisobida magʻlub etib, birinchi davrada muvaffaqiyatli ishtirok etdi[2]. Ammo keyingi bosqichda u mongolistonlik sportchi Monxorin Namuunga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi[3].

2020-yilda Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo va Okeaniya Litsenziyali turnirida 60 kg gacha vazn toifasida ochilish jangida Yangi Zelandiya Troy Garton[4]. Biroq keyingi bosqichda u tailandlik Sudaporn Sisondiga magʻlub boʻldi va shu tariqa ushbu turnirdagi chiqishlarini yakunladi[5].

2021-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida hindistonlik sportchi Simranjit Baat chorak final uchrashuvida 1:4 hisobida magʻlub boʻlib oʻta olmadi[6].

Rayhona Qodirova Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlarida terma jamoaga kiritilgan[7]. Birinchi jangda u Kongo sportchisi Naomi Yumba bilan uchrashdi va 5:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi[8]. Chorak finalda u jahon chempioni braziliyalik Beatris Ferreyra bilan jang qildi, ammo 5:0 hisobida magʻlub boʻldi[9].

2021-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan[10].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Raykhona Kodirova“. Olympics. Qaraldi: 30-iyul 2021-yil.
  2. Sputnik Узбекистан. „Райхона Кодирова: на ЧМ в Улан-Удэ мы равняемся на наших боксеров-мужчин“ (ruscha). Sputnik Узбекистан (6-oktyabr). Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  3. „Wayback Machine“ (inglizcha). web.archive.org (10-oktabr 2019-yil). 10-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  4. Sputnik Узбекистан. „Узбекская боксерша с триумфом одержала победу в Иордании“ (ruscha). Sputnik Узбекистан (5-mart). Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  5. „Райхона Кодирова выступила в ¼ финала“ (ruscha). Olamsport.com. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  6. http://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/AsianChampionships2021.pdf#page=45
  7. „Оглашён состав сборной Узбекистана для участия в Олимпиаде в Токио“ (ruscha). Газета.uz (12-iyul 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  8. „Boxing Schedule & Results - 30 Jul | Tokyo 2020“ (inglizcha). ... Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  9. „Boxing Schedule & Results - 3 Aug | Tokyo 2020“ (inglizcha). ... Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  10. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXII летних Олимпийских играх в городе Токио“ (ruscha). Uza.uz (13-avgust 2021-yil). Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  11. „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  • Raykhona Kodirova at Olympedia