Kontent qismiga oʻtish

Razzoq Hamroyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Razzoq Hamroyev
Tavalludi 30-noyabr 1910-yil
Vafoti 5-may 1981-yil(1981-05-05)
(70 yoshda)
Toshkent,
Oʻzbekiston SSR,
SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Aktyor, teatr rejissori,
teatr oʻqituvchisi
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Razzoq Hamroyev (1910-yil 30-noyabr; Shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981-yil 5-may; Toshkent) — aktyor, rejissyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi Oʻlka Erlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931—1945). 1946-yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959—1976), 1977-yildan rejissyor, ayni vaqtda, 1954-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan, professor (1978-yildan). „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla)dagi Nozim, „Rustam“ (U. Ismoilov)dagi Rustamlar Hamroyevning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. Hamroyev sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan „Farhod va Shirin“ musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, „Navoiy“ (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, „Makr va muhabbat“), Pantalone (K. Gotssi, „Malikai Turondot“), Arslon (K.Yashin, „Tor-mor“), Muqimiy (S.Abdulla, „Muqimiy“), Hamza (Komil Yashin, A. Umariy, „Hamza“), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, „Ikki boyga bir malay“, „Musofirxona bekasi“), Malvolio (Uilyam Shekspir, „Oʻn ikkinchi kecha“), Melivoy (H. Gʻulom, „Toshbolta oshiq“) kabi obrazlari ham mashhur.

H. oʻzbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim („Tohir va Zuhra“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Xoʻja Nasriddin („Nasriddinning sargu-zashtlari“), Beruniy („Abu Ali ibn Sino“), Muqimiy („Furqat“), Mirzakarim qutidor („Oʻtgan kunlar“), Togʻa („Yoryor“), Toshtemir dorboz („Dorbozlar“), Ibn Iroq („Abu Rayhon Beruniy“), Jaʼfarbek („Jay-xun“), Rahimjon mirob („Mirzachoʻl“), Usmonboy („Xorazm afsonasi“), nomozov („Komandirning qaytishi“), Gʻofir („Seni kutamiz, yigit“) va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968-yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan H. „Navoiy Astrobodda“ (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.

Uning rejissyor sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Oltin koʻl“, „Nurxon“, „Makr va muhabbat“, „Mu-qimiy“, „Guli siyoh“, „Fargʻona tong otguncha“, „Toshbolta oshiq“ kabi H. rejissyorlik qilgan drama, komediya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran gʻoyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki respublikamizning viloyat teatrlarida ham koʻpgina spektakllar sahnalashtirgan.

Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1970)[1] laureati. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[2]

Razzoq Hamroev 1910-yil 30-noyabr Shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻida tugʻilgan. U aktyor, rejissor va pedagog sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

Oʻrta maktabni Tezguzarda tamomlab, 1930-yilda Toshkent erkaklar ta’lim institutida oʻqigan. Soʻngra Namanganga ilm tarqatish maqsadida joʻnab ketgan va u yerda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bera boshlagan. Maktabda u drama toʻgaragini tashkil qildi, u yerda bir vaqtning oʻzida rejissyor va aktyorlik bilan ham shugʻullangan.

1931 yildan - Alisher Navoiy nomidagi Namangan musiqali drama va komediya teatrining tashkilotchilaridan biri, aktyori, rejissori, bosh rejissyori (1934-yildan), badiiy rahbari.

1940-yilda Moskvadagi Moskva badiiy teatri qoshidagi rejissorlik kurslarida tahsil oldi.

1946-yildan umrining oxirigacha - Muqumiy nomidagi Oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissor, bosh rejissyor (1959—1976-yillarda).

Oʻzbekiston SSRning boshqa teatrlarida spektakllarni sahnalashtirgan.

1945-yildan boshlab u filmlarda ham rol oʻynay boshlagan. Oʻzbekiston SSR Kinematografchilar uyushmasi aʼzosi.

1954-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr san’ati institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan. (hozirgi Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti).

1954-yildan A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutida rejissyorlik kursidan dars bergan (1978 yildan professor).

1945-yildan KPSS aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 7-chaqiriq deputati.

Razzoq Hamroev 1981-yil 5-mayda Toshkent shahrida vafot etdi. U Chigʻatoy memorial qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlar va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissorlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Адабиёт, санъат ва архитектура соҳасида Ҳамза номли Ўзбекистон ССР давлат мукофотларини бериш тўғрисида“ (uz). Sovet Oʻzbekistoni (1970-yil 17-aprel), s. 1.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2003 года № УП-3298 «О награждении посмертно деятелей науки, литературы и искусства, внесших огромный вклад в развитие науки и культуры Узбекистана // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан. — 2003. — Avgust (вып. 1328, № 8). — С. 102. — ISSN 0206-6637.