Kontent qismiga oʻtish

Sevryuga

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sevryuga (Acipenser stellatus) — osyotrsimonlar oilasiga mansub baliq. Uzunligi 220 sm gacha, vazni 80 kg gacha. Tanasida besh kagor suyakchalar joylashgan boʻlib, ular orasida yulduzsimon plastinkalar bor. Moʻylovi kalta. S. shagʻalli suv tubiga 20—630 ming uvildiriqtashlaydi. Erkaklari 5—13, urgʻochisi 10—17 yoshida jinsiy yetiladi. 30 yilcha yashaydi. Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Umurtqasizlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Orol dengizida yashovchi S.lar koʻpayish uchun Sirdaryo va Amudaryoga chiqqach, goʻshti va uvildirigʻi uchun ovlanadi. Suzgich pufagidan yelim tayyorlashda foydalaniladi. Sunʼiy koʻpaytiriladi. Gidrotexnik inshootlar qurilib, daryolar oqimining oʻzgarishi S. sonining keskin kamayishiga olib keldi. Osyotr, sterlyad, bakrabaliq bilan duragayi olingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil