Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi 2023

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi 2023 30-iyulidan 24-avgustiga qadar Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtdi. Kubok uchun jami 206 nafar shaxmatchi bahslarga kirishdi[1]. Turnir shaxmat boʻyicha 10-jahon kubogi sifatida tarixda qoldi. Reytingda eng yaxshi uch oʻrinni egallagan ishtirokchilar 2024-yilgi Candidates turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[2][3]. Musobaqa 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatiga parallel ravishda oʻtkazildi.

Amaldagi chempion Jan-Krzysztof Duda edi[4][5]. Lekin beshinchi raundda tajribali Fabiano Caruanaga imkoniyatni boy berdi[6].

Turnir tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir sakkiz raunddan iborat va magʻlubiyatga uchragan ishtirokchi turnirni tark etishi belgilangan. 50 nafar ishtirokchi esa turnirning ikkinchi raundidayoq bahslarni tark etishga majbur boʻlishdi. Play-off bahslarini magʻlubiyatsiz yakunlagan 3 ishtirokchi asosiy oʻrinlar uchun bahs olib borishadi. Dastlabki uch oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar 2024-yilda boʻlib oʻtadigan Candidates turniriga yoʻllanma oldilar. Shu bilan birga turnir boʻlajak jahon chempionatiga daʼvogarlarni aniqlaydi.

Ishtirokchilarning har biriga avvaliga 90 daqiqadan vaqt ajratiladi. Har bir yurish uchun esa 30 soniyadan, yurishlar soni 40 taga yetganda 30 daqiqa qoʻshib boriladi. Klassik oʻyinlardan keyin oʻzaro tenglik kuzatilsa, oʻyinchilar ikkita rapid shaxmat oʻyinini oʻynashdi. Bunda oʻyinchilar uchun 25 daqiqa hamda har bir yurish uchun 10 soniya (25+100 tizimida) qoʻshib boriladi. Yuqoridagi ikki holatda ham ishtirokchilar ochkolari teng kelgan holatda yana ikkita tezkor shaxmat oʻyinini oʻynaladi. Tezkor shaxmatda har bir oʻyinchi uchun 10 daqiqa va har bir yurish uchun 10 soniya (10+10 tizimida) vaqt qoʻshib boriladi. Agar oʻyin yuqoridagi holatlarning barida durang boʻlsa, oʻyinchilar 5+3 tizimida blits oʻyinini oʻtkazishdi.

Jadval[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir raund uch kun davom etdi: ikki kun klassik vaqt tizimida va shu kunlar oraligʻida gʻolib nomi aniqlanmasa uchunchi kuni tay-brek oʻynaladi.

1-3-bosqichlar 30-iyuldan 7-avgustgacha davom etgan boʻlsa, 4-6-bosqichlar 9-17-avgust kunlari davom etdi. Oxirgi ikki tur esa 19-24-avgust kunlari boʻlib oʻtdi. 8-avgust hamda 18-avgust esa dam olish kuni sifatida belgilandi.

Mukofot puli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon kubogining umumiy pul mukofoti 1,834,000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mukofot puli AQSh dollarida
Reyting Qolgan ishtirokchilar Jami
1-raund natijasi
78 × 3000
234 000
2-raund natijasi
64 × 6000
384 000
3-raund natijasi
32 × 10 000
320 000
4-raund natijasi
16 × 16 000
256 000
5-raund natijasi
8 × 25 000
200 000
6-raund natijasi
4 × 35 000
140 000
Toʻrtinchi oʻrin egasi
1 × 50 000
50 000
Uchinchi oʻrin egasi
1 × 60 000
60 000
Ikkinchi oʻrin egasi
1 × 80 000
80 000
Gʻolib
1 × 110 000
110 000
Jami
1 834 000

Turnirdagi oʻzgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida saralashlarda ishtirok etishdan bosh tortgan va ularning oʻrnida ishtirok etish huquqini olgan qatnashchilar:[7]

Uchinchi oʻrin uchun bahs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyting Ism 01.08.2023 holatiga koʻra reytingi 1 2 R1 R2 Umumiy
69 Ozarbayjon Nijat Abasov 2632 1 0 0 0 1
3 Qoʻshma Shtatlar Fabiano Karuana 2782 0 1 1 1 3

Final bahsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyting Ism 01.08.2023 holatiga koʻra reytingi 1 2 R1 R2 Umumiy
1 Norvegiya Magnus Karlsen 2835 ½ ½ 1 ½
31 Hindiston R Praggnanandhaa 2690 ½ ½ 0 ½

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Calendar“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2023-yil 1-may.
  2. „2023 World Cup regulations, FIDE“.
  3. „FIDE World Championship Cycle“ (en). International Chess Federation (FIDE). Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  4. Barden, Leonard. „Chess: Carlsen knocked out of World Cup semi as Poland's Duda emerges“ (en). The Guardian (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  5. „Jan-Krzysztof Duda wins the 2021 FIDE World Cup“ (en). ChessBase (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  6. „FIDE World Cup Round 5 Game 2: Decisive outcomes and missed opportunities“ (en). FIDE. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  7. „FIDE World Cup 2023: Preliminary lists of eligible players announced“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2023-yil 30-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]