Kontent qismiga oʻtish

Shirvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirvon – Shim. Ozarbayjonda, Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilida joylashgan tarixiy viloyat. „Shoʻrxoklar“ atamasi – „Sharvan“ shaklida sosoniylar davrida (226651) qadimiy Kavkaz Albaniyasi, keyinchalik Arronini bir qismini anglatish uchun qoʻllangan. 654 yil Shirvon arablar tomonidan egallangan va keyinchalik Shaybon qabilasidan boʻlgan arab noiblarining merosiy mulkiga aylangan. shahrini 7991538 yillarda shirvonshohlar sulolasi boshqargan. Ularning davrida Shirvon hududiga Kura daryosidan Darband shahrigacha boʻlgan yerlar kirgan. Poytaxti – Shemaxa shahri Saljuqiylar bosqini vaqtida Shirvon Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. 1213-asrlarda ushbu kurash jarayonida Shirvon Gruziya bilan yaqinlashgan. 15-asr oʻrtasida Shirvon ancha kuchaygan. U ipak yetishtirish va toʻqimachilikning markazlaridan boʻlib, xalqaro savdoda muhim rol oʻynagan. Shirvon, shuningdek, yirik madaniy markaz boʻlib, unda Nizomiy, Xoqoniy. Falakiy va boshqalar ijod qilganlar. Sifaviylar davlati kuchayishi bilan Shirvon ularga qaram boʻlib qolib, 1538-yil shirvonshohlar hokimiyati barham topgan. Shirvon Safaviylar davlatining viloyatiga aylangan. 1748-yil Shirvon hududida mustaqil Shirvon xonligi barpo etilgan.