Kontent qismiga oʻtish

Xoqoniy Shirvoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoqoniy Shirvoniy
Tavalludi 1120
Vafoti 1199
Ijod qilgan tillari Fors tili va Arab tili
Fuqaroligi Shirvanshahs' State
Yoʻnalish Nazm
Janr Gʻazal, ruboiy


Xoqoniy Shirvoniy (toʻliq ism-sharifi Afzaliddin Badil ibn Ali) (1120, Shirvon 1199, Tabriz) – ozar shoiri. Gʻazal, qasida va masnaviylar bitgan. Shoir Abu Alo Ganjaviydan (12-asr 1-yarmi) badiiy ijod sirlarini oʻrgangan. 25 yoshida Shirvonshoxlar saroyidagi adabiy doiraga qoʻshilib, „Xoqoniy“ taxallusi bilan gʻazallar yoza boshlagan. Ammo saroy amaldorlari u bilan ustozi orasida nizo chiqaradi. Xoqoniy hajga borish bahonasi bilan bu mojarolardan qutuladi (1156). Hajdan qaytgandan soʻng ham uning atrofidagi igʻvo va tuhmatlar toʻxtamaydi. Hatto Mujriddin Boylaqoniy uning imzosi bilan Isfahon xalqini hajv qilib, qasida tarqatadi, shoir zindonga tashlanadi. Uning „Sifahon“, „Hibsiyot“ (1159) qasidalari shu munosabat bilan yozilgan. Vizantiya shahzodasi Andronik Kamen yordamida hibsdan qutulgan. Umrining oxirgi yillarini Tabrizda oʻtkazgan. Shoirning qabri Murgʻob qabristonidagi „Maqbarat ushshuaro“dadir. Xoqoniy ijodidan bizga qadar 14 ming baytdan iborat sheʼrlar devoni, 3 ming baytni tashkil kiladigan „Tuhfat ul-Iroqayn“ („Ikki Iroq tuhfasi“, 1157) masnaviysi meros boʻlib qolgan. Sheʼrlarida ishq-muhabbat tasviri bilan birga mavjud ijtimoiy tuzum, oʻzi yashayotgan zamon illatlarini roʻyrost tanqid, zulm-zoʻravonliklardan nolish kuchli. Ijodi 13-asrdan oʻrganila boshlagan. „Tuhfat ul-Iroqayn“ masnaviysi hamda „Madoyin qasri“ qasidasi Arab va Ajam xalqlari tarixi, maʼnaviyatini oʻrganishda muhim manba vazifasini ham oʻtaydi.