Sibir Novosibirsk
HC Sibir Novosibirsk xokkey klubi (ruscha: ХК Сибирь, inglizcha: Siberia HC), (HC Sibir yoki Sibir Novosibirsk nomi bilan ham tanilgan) Novosibirskda joylashgan rus professional xokkey jamoasidir. „HC Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining Chernyshev divizioni aʼzolari hisoblanishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzli xokkeyni Novosibirskga 1948-yilda Moskvadagi xokkey seminaridan keyin sport bilan shugʻullanish uchun jihozlar bilan qaytgan Ivan Tsyba olib kelgan. Shundan soʻng, bu sport turi aholi orasida juda tez mashhur boʻldi. Shundan keyin, mahalliy „Dynamo“ sport jamiyati xokkey jamoasini tashkil etishga qaror qildi[1]. Birinchi xokkey maydonchasi 1948-yilning kuzida Ob daryosi yaqinida qurildi. Ikkinchi muz maydoni 1949-yil fevral oyida „Spartak“ stadionida qurildi[2]. Bu davrda Novosibirskda bir nechta jamoalar xokkey boʻyicha oʻz kuchlarini sinovdan oʻtkazishgan. Bu jamoalar orasida eng kuchlisi „Dynamo“ xokkey jamoasi edi. Ular 1954—1955-yilgi mavsumda Sovet chempionati ligasiga yoʻl olishdi va oʻnta jamoa ichida toʻqqizinchi oʻrinni egalladilar. Sovet davrida, 1956—1957 va 1959—1960-yillarda (ligada mos ravishda 16 va 18 ta jamoa boʻlgan paytda) ular yana ikki marta toʻqqizinchi oʻrinni egallashdi[3]. 1954-yilda esa xokkey sport turining yoshlar jamoalari shakllantiirila boshlandi. Bunday yoshlar jamoalari kattalar jamoasi uchun rivojlanish klubi sifatida xizmat qildi.
1962-yilda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli „Dynamo“ jamoasi Novosibirskning boshqa jamoasi „Khimik“ jamoasi bilan birlashdi. „Dynamo“ oliy divizionda oʻynagan boʻlsa-da, klubning xokkey jihozlari eng quyi divizionda oʻynagan va mahalliy kimyo zavodi tomonidan boshqariladigan „Khimik“ jamoasinikiga qaraganda sifatsizroq edi. Shundan soʻng, jamoa nomi Sibir Novosibirsk deb oʻzgartirildi[4].
Oʻz tarixining dastlabki oʻn yilliklarida Sibir keyinchalik 2002—2003-yilgi mavsumdan soʻng Superligaga joylashgunga qadar Sovet va Rossiya xokkey chempionatlarining elita va ikkinchi darajali divizionlari oʻrtasida tushib ketdi.
Kontinental xokkey ligasi tashkil etilgandan soʻng, jamoa oʻz tarkibining 50 foizini oʻzgartirishga majbur boʻldi. 2009—2010-yilgi mavsumdan boshlab bosh murabbiy lavozimini sobiq novosibirsklik hujumchi Andrei Tarasenko egalladi. Yangi bosh murabbiy 2011-yilda „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubini birinchi Gagarin kubogi pley-off bosqichiga olib chiqdi.
2013—2014-yilgi mavsum oldidan Sibir oʻzining toʻliq nomini „Sibir Novosibirsk“dan Sibir Novosibirsk oblastiga oʻzgartirdi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Nick Shore va Harri Sateri jamoani tark etishga qaror qilishdi[5][6].
Muntazam mavsum natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Qoʻshimcha taymdagi gollar | Ochko | Uydagi oʻyinlardagi gollar | Safar oʻyinlaridagi gollar | Final | Toʻpurarlar | Pley-off |
2008—2009 | 56 | 15 | 28 | 5 | 64 | 146 | 178 | 5-oʻrin, Kharlamov | Evgeny Lapin (40 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2009—2010 | 56 | 15 | 30 | 1 | 63 | 147 | 190 | 4-oʻrin, Kharlamov | Alexander Boikov (37 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2010—2011 | 54 | 22 | 21 | 4 | 83 | 133 | 131 | 3-oʻrin, Kharlamov | Igor Mirnov (40 ochko) | Konferensiya chorak finalida magʻlubiyat, 0-4 (Salavat Yulaev Ufa) |
2011—2012 | 54 | 12 | 27 | 2 | 57 | 132 | 154 | 6-oʻrin, Kharlamov | Vladimir Tarasenko (38 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2012—2013 | 52 | 21 | 17 | 3 | 84 | 124 | 119 | 4-oʻrin, Kharlamov | Jori Lehterä (48 ochko) | Konferensiya chorak finalida magʻlubiyat, 3-4 (Avangard Omsk) |
2013—2014 | 54 | 22 | 18 | 1 | 87 | 125 | 117 | 3-oʻrin, Kharlamov | Jori Lehterä (44 ochko) | Konferensiya yarim finalida magʻlubiyat, 0-4 (Magnitogorsk) |
2014—2015 | 60 | 34 | 20 | 2 | 111 | 176 | 125 | 1-oʻrin, Kharlamov | Jonas Enlund (45 ochko) | Konferensiya finalida magʻlubiyat, 1-4 (Ak Bars Kazan) |
2015—2016 | 60 | 36 | 15 | 9 | 105 | 155 | 133 | 2-oʻrin, Kharlamov | Sergei Shumakov (33 ochko) | Konferensiya yarim finalida magʻlubiyat, 1-4 (Magnitogorsk) |
2016—2017 | 60 | 28 | 25 | 7 | 83 | 133 | 138 | 6-oʻrin, Kharlamov | Maxim Shalunov (37 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2017—2018 | 56 | 31 | 23 | 2 | 87 | 136 | 135 | 4-oʻrin, Kharlamov | Patrik Zackrisson (42 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2018—2019 | 62 | 24 | 32 | 6 | 54 | 148 | 192 | 4-oʻrin, Kharlamov | Dmitri Sayustov (31 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2019—2020 | 62 | 34 | 22 | 6 | 74 | 139 | 143 | 3-oʻrin, Kharlamov | Mikael Ruohomaa (44 ochko) | Konferensiya chorak finalida gʻalaba, 4-1 (Avtomobilist) COVID-19 pandemiyasi tufayli pley-off bekor qilindi |
2020—2021 | 60 | 27 | 29 | 4 | 58 | 146 | 155 | 4-oʻrin, Chernyshev | Mikael Ruohomaa (39 ochko) | Saralashdan oʻta olmadi |
2021—2022 | 50 | 26 | 19 | 5 | 57 | 109 | 108 | 3-oʻrin, Chernyshev | Nick Shore (26 ochko) | Konferensiya chorak finalida magʻlubiyat, 1-4 (Salavat Yulaev Ufa) |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy roʻyxat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 30-iyun holatiga koʻra;
Raqam | Millat | Oʻyinchi | Pozitsiyasi | Yoshi | Klub safiga qabul
qilingan yil |
Tugʻilgan shahri |
---|---|---|---|---|---|---|
76 | Timur Akhiyarov | himoyachi | 23 | 2020 | Moskva, Rossiya | |
21 | Igor Alanov | himoyachi | 21 | 2021 | Rotenburg, Germaniya | |
6 | Denis Alexandrov | himoyachi | 27 | 2022 | Zarechye, Rossiya | |
85 | Taylor Beck | qanot hujumchisi | 31 | 2022 | Niagara, Ontario, Kanada | |
71 | Vladimir Butuzov | qanot hujumchisi | 28 | 2022 | Prokopyevsk, Rossiya | |
65 | Michal Čajkovský | himoyachi | 30 | 2021 | Bratislava, Chexoslovakiya | |
24 | Yevgeni Chesalin (sardor) | qanot hujumchisi | 34 | 2019 | Podolsk, Rossiya SFSR | |
44 | Artyom Chmykhov | himoyachi | 24 | 2022 | Kostroma, Rossiya | |
87 | Sergei Dubakin | hujumchi | 22 | 2020 | Novosibirsk, Rossiya | |
28 | Denis Golubev | yarim himoyachi | 31 | 2021 | Magnitogorsk, Rossiya SFSR | |
10 | Nikita Korotkov | hujumchi | 26 | 2019 | Novosibirsk, Rossiya | |
72 | Denis Kostin | darvozabon | 27 | 2022 | Omsk, Rossiya | |
33 | Anton Krasotkin | darvozabon | 25 | 2020 | Yaroslavl, Rossiya | |
2 | Vadim Kudako | himoyachi | 25 | 2021 | Cherepovets, Rossiya | |
51 | Vyacheslav Litovchenko | yarim himoyachi | 32 | 2021 | Khabarovsk, Rossiya SFSR | |
7 | Ilya Morozov | himoyachi | 23 | 2017 | Novosibirsk, Rossiya | |
8 | Trevor Murphy | himoyachi | 27 | 2021 | Windsor, Ontario, Kanada | |
88 | Anton Nazarevich | hujumchi | 24 | 2022 | Sevastopol, Rossiya | |
17 | Vyacheslav Osnovin | yarim himoyachi | 28 | 2022 | Chelyabinsk, Rossiya | |
55 | Ilya Pastukhov | himoyachi | 21 | 2022 | Novosibirsk, Rossiya | |
45 | Valentin Pyanov | qanot hujumchisi | 31 | 2021 | Novosibirsk, Rossiya SFSR | |
27 | Nikita Setdikov | qanot hujumchisi | 27 | 2020 | Moskva, Rossiya | |
86 | Alexander Sharov | yarim himoyachi | 27 | 2017 | Moskva, Rossiya | |
99 | Nikita Shashkov | hujumchi | 23 | 2018 | Novokuznetsk, Rossiya | |
14 | Anton Shenfeld | qanot hujumchisi | 29 | 2021 | Magnitogorsk, Rossiya | |
4 | Alexey Solovyev | himoyachi | 28 | 2022 | Moskva, Rossiya | |
61 | Alexei Yakovlev | qanot hujumchisi | 27 | 2015 | Novosibirsk, Rossiya | |
94 | Nikita Yefremov | himoyachi | 21 | 2019 | Zarinsk, Rossiya |
Franchayzing rekordlari va rahbarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]KHL mavsumlarining barcha davrlar yetakchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchi | Oʻyin soni | Gollar soni | Golli uzatma | Ochko | Penalti | +/- | Oʻyindagi gollar soni |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Jonas Enlund | 316 | 85 | 114 | 199 | 124 | 56 | 14 |
Egor Milovzorov | 292 | 52 | 93 | 145 | 130 | −37 | 8 |
Stepan Sannikov | 462 | 52 | 85 | 137 | 231 | 18 | 13 |
Alexandr Sharov | 283 | 55 | 69 | 124 | 81 | −3 | 11 |
Jori Lehterä | 125 | 39 | 79 | 118 | 78 | 42 | 9 |
Sergei Shumakov | 235 | 57 | 48 | 105 | 143 | 21 | 11 |
Konstantin Alexeyev | 608 | 11 | 89 | 100 | 393 | 14 | 1 |
Vladimir Tarasenko | 161 | 47 | 44 | 91 | 43 | 24 | 7 |
Alexei Kopeikin | 223 | 46 | 44 | 90 | 97 | 7 | 6 |
Alexandr Kutuzov | 289 | 24 | 63 | 87 | 146 | −4 | 5 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vysshaya Liga (2): 1993, 2002
Etela-Saimaa Lappeenranta (1): 2012
Ikkinchi o‘rin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gagarin kubogi (1): 2015
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "От "Динамо" до "Сибири" (From "Dinamo" to "Sibir")" (Russian). Газета «Молодость Сибири» (Newspaper "Youth of Siberia") 6 (4710). 2–8 February 2011.
- ↑ "Как играл "Спартак" (How "Spartak" played)" (Russian). Газета «Молодость Сибири» (Newspaper "Youth of Siberia") 10 (4714). 2–8 March 2011.
- ↑ "Как играло "Динамо" в элите (How "Dinamo" played in the elite)" (Russian). Газета «Молодость Сибири» (Newspaper "Youth of Siberia") 6 (4710). 2–8 February 2011.
- ↑ Stain, Vitaly (1–7 February 2012). "К 50-летию "Сибири" (To the 50th anniversary of "Sibir")" (Russian). Газета «Молодость Сибири» (Newspaper "Youth of Siberia") 6 (4762).
- ↑ „NHL Suspends Dealings with KHL as Russia's Ukraine Invasion Impacts Hockey World“. Forbes.
- ↑ „Snapshots: KHL Departures, AHL Signings, NHL Trade Market“.