Kontent qismiga oʻtish

Sitsiliyani musulmonlar bosib olishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitsiliyani musulmonlar bosib olishi
Musulmonlarning ilk istilolari va Arab — Vizantiya urushlarining bir qismi
Sicily map.svg
Sitsiliyaning topografik xaritasi
Sanalar 837-yil iyun — 902-yil avgust[1]
Urush yeri Sitsiliya
Natija Agʻlobiylar gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Agʻlobiylarning Sitsiliyani bosib olishi
Raqiblar
Vizantiya imperiyasi
Qoʻllab turgan:
Venetsiya Respublikasi
Abbosiylar xalifaligi
Ifriqiyadagi Agʻlobiylar amirligi
Qoʻllab turgan:
Kordova amirligi
Neapol gersogligi
Qoʻmondonlar
"Balata"
Giustiniano Participazio
Theodotus 
Alexios Mousele
Constantine Kontomytes
Euphemius 
Asad ibn al-Furat
Muhammad ibn Abu Javariy
Asbagʻ ibn Vakil
Abu Fihr Muhammad ibn Abdulloh
Fadl ibn Yoqub al-Fazariy
Abu Agʻlob Ibrohim
Abu Agʻlob al-Abbos ibn al-Fadl ibn Yoqub al-Fazariy
Xafaja ibn Sufyon
Suvada ibn Xafaja
Abul Abbos Abdulloh (II)
Ibrohim II

Musulmonlarning Sitsiliyani zabt etishi 827-yil iyunda boshlanib, 902-yilda oroldagi soʻnggi yirik Vizantiya qoʻrgʻoni Taormina qulashiga qadar davom etdi. Alohida qalʼalar 965-yilgacha Vizantiya qoʻlida qolgan boʻlsa-da, orolni 11-asrda Normannlar bosib olgunga qadar musulmonlar hukmronligi ostida boʻldi.

Sitsiliyaga 7-asrning oʻrtalaridan boshlab musulmonlar bostirib kirgan boʻlsa-da, bu yurishlar orol ustidan Vizantiya nazoratiga tahdid solmay, orolda asosan tinchlik hukm surgan. 827-yilda orol floti qoʻmondoni Euphemius Vizantiya imperatori Mixail IIga qarshi qoʻzgʻolon ko'targanida Ifriqiyaning Agʻlobiy amirlari uchun qulay imkoniyat paydo boʻldi. Imperiyaga sodiq kuchlar tomonidan magʻlubiyatga uchratilib, oroldan haydalgan Euphemius Agʻlobiylardan yordam soʻradi. Buni hududni kengaytirish va zaif harbiy tuzilmalar kuchlarini yoʻnaltirib, jihodni himoya qilish orqali islom ulamolarining tanqidlarini yengillashtirish imkoni deb bilgan Agʻlobiylar unga yordam berish uchun qoʻshin yubordi. Arablar orolga tushganidan koʻp oʻtmay Euphemius vazifasidan chetlatildi. Orolning markazi Sirakuzaga qilingan dastlabki hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Musulmonlar Vizantiyaning qarshi hujumiga bardosh bera oldilar va bir nechta qalʼalar ustidan nazoratni saqlab qolishdi. 831-yilda Ifriqiya va Andalus qoʻshinlari birgalikda keyinchalik yangi musulmon viloyatining poytaxti boʻlgan Palermoni egallab olishdi.

Vizantiya hukumati mahalliy aholiga musulmonlarga qarshi kurashda yordam berish uchun bir necha ekspeditsiya yubordi. Biroq, bu qoʻshinlar sharqiy chegarada Abbosiylar va Egey dengizidagi Krit sarasenlariga qarshi kurash olib borish bilan mashgʻul boʻlib, keyingi oʻttiz yil davomida Vizantiya mulkiga deyarli qarshiliksiz bostirib kirgan musulmonlarni quvib chiqarish uzoq davom etmadi. Orol markazidagi kuchli Enna qalʼasi 859-yilda qoʻlga kiritilgunga qadar Vizantiyaning musulmon ekspansiyasiga qarshi asosiy qalʼasi boʻlgan. Qalʼaning qulashi ortidan musulmonlar orolning sharqiy qismlariga bosimlarni kuchaytirib, uzoq qamaldan keyin 878-yilda Sirakuzani egallab oldilar. Vizantiyaliklar bir necha oʻn yillar davomida orolning shimoliy-sharqiy qismidagi baʼzi qalʼalarni nazorat qilishdi va 11-asrgacha orol ustidan nazoratni qayta tiklash uchun bir qator harakatlar boshladilar, ammo Sitsiliyada musulmonlar hukmronligiga jiddiy qarshilik koʻrsata olmadilar. 902-yilda Vizantiyaning soʻnggi yirik qalʼasi Taorminaning egallanishi Sitsiliyani musulmonlar bosib olishini yakuniga yetkazdi.

Sitsiliya musulmonlar hukmronligi ostida gullab-yashnadi va oxir-oqibat Ifriqiyadan ajralib, yarim mustaqil amirlik boʻldi. Orolning musulmon jamoasi 1060-yillarda Norman istilosidan omon qolib, hatto Norman qirollari davrida ham gullab-yashnadi va oʻziga xos madaniy aralashmani yuzaga keltirdi. 1220-yillardagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan soʻng jamoa Luceraga surgun qilindi.

Rim imperiyasi davrida Sitsiliya tinch va gullab-yashnagan orol edi. Orol 5-asrda Vandal qirolligi|Afrika qirgʻoqlari]]dan kelgan vandallarning hujumlaridan aziyat chekdi. 535-yilda orol Vizantiya nazorati ostiga oʻtdi. Got urushida ostgotlar bosqiniga uchradi, ammo undan soʻng tinchlik hukm surdi[2]. Dengiz bilan himoyalangani tufayli orol 6-asr oxiri va 7-asr boshlaridagi Langobardlar bosqinlari natijasida Vizantiya Italiyasiga yetkazilgan vayronagarchiliklardan omon qolib, gullab-yashnayotgan shahar hayoti va fuqarolik boshqaruvini saqlab qoldi[3]. Faqatgina ortib borayotgan musulmon ekspansiyasining tahdidi orolni diqqat markaziga olib chiqdi. Jon Bagnell Bury yozganidek: „Sitsiliya Oʻrta yer dengizining ikki havzasi oʻrtasidagi markaz mavqei nuqtai nazaridan unumdor yer va kerakli mulk boʻlib, orol tijoriy yoki siyosiy jihatdan tajovuzkor har qanday Sharqiy dengiz kuchlari uchun eng muhim obʼektga aylandi. Afrikadagi shuhratparast hukmdorlar uchun orol Italiyaga yoʻl va Adriatika darvozasi edi“[4].

Binobarin, orolni musulmonlar ancha erta nishonga olishgan edi. Birinchi bosqin 652-yilda, birinchi musulmon floti tashkil etilganidan bir necha yil oʻtgach amalga oshirilgan. Musulmonlarning Shimoliy Afrikaga qarshi hujumlari boshlanganidan soʻng, orol muhim strategik bazaga aylandi. Bir muncha vaqt, 661—668-yillarda Konstans II davrida imperator qarorgohi ham boʻldi[3][4][5]. Taxminan 690-yillarda fem sifatida tashkil etilgan orolning boshqaruvchi strateglari Italiyaning janubiy qismidagi tarqoq mulklar ustidan nazoratni oʻz zimmasiga oldi[6]. Keyinchalik, ayniqsa, 8-asr birinchi yarmida orolga bosqinlar boshlandi. Biroq, musulmonlar Shimoliy Afrikani zabet etishni tugatib, Hispaniya hududlariga oʻtganlariga qadar orol jiddiy xavf ostida qolmadi[7][8]. 752—753-yillarda orolga kuch bilan bostirib kirib, orol va Sardiniyani birinchi marta qoʻlga kiritishga uringan Ifriqiyaning abbosiy noibi Abdurrahmon al-Fihriy edi. Biroq bosib olish rejasi Berber qoʻzgʻoloni tufayli amalga oshmagan[7][9]. 799-yilda Agʻlobiylar sulolasi asoschisi Ibrohim ibn al-Agʻlob Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid Ifriqiyaning avtonom amiri mavqeini tan olishini taʼminlab, shu bilan hozirgi Tunis hududida joylashgan amalda mustaqil davlat barpo etdi[10]. 805-yilda Ibrohim Vizantiya tayinlagan Sitsiliya gubernatori bilan oʻn yillik sulh tuzdi. Sulh Ibrohimning oʻgʻli va vorisi Abdulloh I tomonidan 813-yilda yangilandi. Bu vaqt ichida Agʻlobiylar Sitsiliyaga qarshi jiddiy hujum uyushtirish masalasida gʻarbda Idrisiylar bilan raqobat qilish bilan ovora boʻldilar. Qolaversa, Sitsiliya va Ifriqiya oʻrtasidagi tijorat harakati va orolda arab savdogarlari mavjudligi haqida maʼlumotlar mavjud[7][11].

Euphemius qoʻzgʻoloni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Map of Europe and the Mediterranean basin showing the polities of the year 814 in various colours
9-asr boshlaridagi Yevropa va O‘rta yer dengizi xaritasi

Sitsiliyaga bostirib kirish uchun sabab orol floti qoʻmondoni Euphemiusning turmachilari qoʻzgʻoloni boʻldi. Keyinchalik, ehtimol yolgʻon maʼlumotlarga koʻra, Euphemius rohibaga boʻlgan ishtiyoq tufayli uni oʻziga turmushga chiqishga majbur qilgan. Rohibaning akalari imperator Mixail IIga norozilik bildirgach, Vizantiya hukmdori orolning strategosi Konstantin Sudasga masalani tekshirib, agar ayblovlar asosli deb topilsa, jazo sifatida Euphemiusning burnini kesib tashlashni buyurdi[12][13][14]. Euphemius Afrika qirgʻoqlariga qarshi dengiz yurishidan qaytgach, hibsga olinishi kerakligini bilib qoldi. Buning oʻrniga, Sirakuzaga suzib borib, shaharni egalladi. Bu vaqtda gubernator yashirindi. Euphemius tez orada orol harbiy rahbariyatining katta qismi qoʻllab-quvvatlashiga muvaffaq boʻldi. Euphemius Konstantinning orolni qaytarib olishga urinishini qaytarib, gubernatorni Kataniyaga qochishga majbur qildi. Euphemius qoʻshinlari Konstantinni Kataniyadan ham quvib chiqarishdi va oxir oqibat uni qoʻlga olib, qatl etishdi. Shundan soʻng Euphemius imperator deb eʼlon qilindi[15][16][17]. Tarixchi Aleksandr Vasiliyev Euphemius qoʻzgʻolonining kelib chiqishi haqidagi „romantik“ hikoyaga shubha qilgan va shuhratparast general Vizantiya markaziy hukumati Foma Slavyanin qoʻzgʻoloni tufayli zaiflashgan va musulmonlar Kritni bosib olish bilan mashgʻul boʻlgan qulay paytdan foydalanib, hokimiyatni oʻz qoʻliga olishga harakat qilgan deb hisoblaydi[18].

Biroq, bu vaqtda Euphemiusni eng yaqin va kuchli ittifoqchilaridan biri, arab manbalarida „Balata“ deb atalgan (Vasilevning soʻzlariga koʻra, unvonining buzilgan talaffuzi boʻlishi kerak, Treadgold esa Platon deb atagan[19][20][21]) va uning amakivachchasi, Palermo qoʻmondoni Michael tark etdi. Ushbu ikki shaxs Euphemiusning imperator unvonini tortib olganini qoraladi. Sirakuzaga yurish qilib, Euphemiusni magʻlub etdi va shaharni egalladi[19][22].

Afinalik Irene boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarganlardan biri Elpidius[7][23] singari Euphemius ham imperiya dushmanlari orasidan boshpana izlashga qaror qildi va tarafdorlari bilan Ifriqiyaga suzib ketdi. U yerda Agʻlobiylar saroyiga delegatsiya yuborib, Agʻlobiy amiri Ziyodatullohdan Sitsiliyani zabt etishga yordam uchun qoʻshin ajratishni soʻradi. Shundan soʻng Agʻlobiylarga yillik soliq toʻlay boshladi[19][22][24]. Bu taklif arab koʻchmanchilari va berberlar oʻrtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan etnik ziddiyatlarga, arab hukmron elitasi (jund) ichidagi kelishmovchilik va qoʻzgʻolonlarga duch kelgan, shuningdek dunyoviy muammolar bilan mashgʻul boʻlishlari, „gʻayriislomiy“ soliq tizimi va dabdabali turmush tarzi [Molikiylik|molikiy]] ulamolari tanqidiga uchragan Agʻlobiylar uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. Darhaqiqat, Euphemius kelgan vaqtda Ziyodatulloh Mansur at-Tunbudiy boshchiligidagi uch yil davom etgan jundlarning xavfli qoʻzgʻolonini endigina bostirgan edi. Aleks Metkalf yozganidek, „Aleks Metkalf yozganidek, “Islom chegaralarini kofirlar hisobiga kengaytirish uchun jihod qilish orqali, jumladan 711-yildan Pireney yarim orolining bosib olinishidan keyingi birinchi marta faqihlarning tanqidini pasaytirishlari mumkin edi. Shu bilan birga, Agʻlobiylar yangi ishchi kuchi va boylik manbalarini taʼminlash maqsadida Ifriqiya-Sitsiliya yoʻnalishi boʻylab notinch jundning halokatli kuchlarini yoʻnaltirishlari ham mumkin edi“[25][26].

Ziyodatullohning bu masaladagi kengashi ikkiga boʻlindi. Oxir-oqibat Qayravonning hurmatli qozisi Asad ibn al-Furot oʻz fikrini qoʻllab-quvvatlash uchun Qurʼondan iqtiboslar bilan aytgan nasihatlari ularni chalgʻitdi. Asad harbiy lavozimga toʻgʻri kelmaydigan qozilik lavozimini saqlab qolib, yurishning rahbari boʻldi. Musulmon harbiy kuchlari oʻn ming piyoda askar va yetti yuz otliq qoʻshindan iborat boʻlgan. Qoʻshinda asosan Ifriqiy arablari va berberlar, balki kam miqdorda Xurosoniylar ham boʻlgan. Flot yetmish yoki yuzta kemadan iborat bo‘lib, ularga Euphemiusning kemalari ham qo‘shilgan edi[22][27][28].

Dastlabki harbiy harakatlar va Palermoning zabt etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlarning qirgʻoqqa chiqishi va Sirakuzaning qamal qilinishi (827—828)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

827-yil 14-iyunda ittifoqchilar floti Sus koʻrfazidan suzib, uch kundan soʻng Sitsiliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Mazarada qirgʻoqqa tushishdi. U yerda Euphemius askarlari bilan uchrashishdi. Biroq, tez orada ittifoqda kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Musulmon otryadi Euphemiusning ba’zi partizanlarini sodiq qo‘shinlar deya adashib, to‘qnashuv boshlandi. Euphemius qoʻshinlariga oʻziga xos belgi sifatida dubulgʻalariga novda qoʻyishni buyurgan boʻlsa-da, Asad ularsiz yurishni amalga oshirish niyatini eʼlon qildi[29][30]. Koʻp oʻtmay, oroldagi imperator strateglarining unvonini emas, funktsiyalarini zimmasiga olgan Balata Vizantiya qoʻshinlari bilan orol yaqinida paydo boʻldi. Ikki qoʻshin Mozoraning janubi-sharqidagi tekislikda toʻqnash kelib, bu yerda Asadning askarlari boshliqlarining koʻrsatmalari natijasida gʻalaba qozondilar. Balata birinchi navbatda Enna shahriga, u yerdan Italiyadagi Kalabriyaga chekindi. U materikdan koʻproq qoʻshin toʻplashga umid qilgan boʻlishi mumkin. Biroq, quruqlikka chiqqanidan koʻp oʻtmay Balata vafot etdi[22][31][32].

Keyin Asad Abu Zaki al-Kinoniy qo‘l ostida Mazorani tark etib, Sirakuzaga yoʻl oldi. Musulmon qo‘shini janubiy qirg‘oq bo‘ylab orol poytaxti tomon yurdi, ammo Qalat al-Qurratda (ehtimol, qadimgi Akrai) shahar vakillari kutib olib, musulmonlar oʻz yurishlarini toʻxtatsa, oʻlpon taklif qildi. Bu taklifdan, ehtimol, shaharni qamalga tayyorlash uchun vaqtdan yutish maqsadi koʻzlangan edi, ammo Asad yo elchilarning vaʼdalariga ishongan yoki qoʻshiniga dam berishga muhtoj boʻlib, bir necha kunga yurishni toʻxtatdi. Shu bilan birga, Euphemius Agʻlobiylar bilan ittifoq tuzganidan pushaymon boʻla boshladi. Imperatorlar bilan yashirin aloqalar oʻrnatib, ularni arablarga qarshilik koʻrsatishga undaydi[33][34]. Musulmonlar koʻp oʻtmay yurishni qayta boshlab, shaharni qamal qildilar. Bir vaqtning oʻzida Kritda tahdidga duchor boʻlgan Vizantiya qamalda qolgan orolga koʻp yordam yubora olmadi, musulmonlar esa Afrikadan qoʻshimcha yordam oldi. Venetsiya imperator protektorati duxi Giustiniano Partisipazio shaharga yordamga keldi, ammo qamalni qaytara olmadi. Qamaldagilar 828-yil bahorida Asadning hayotiga zomin boʻlgan kasallik va taʼminot yetishmovchiligidan aziyat chekdilar. Asadning oʻrnini Muhammad ibn Abul Javoriy egalladi. Vizantiya floti yetib kelgach, arablar qamalni toʻxtatib, Afrikaga qaytishga harakat qilishdi, ammo Vizantiya kemalari ularga toʻsqinlik qildi. Musulmon qoʻshini oʻz kemalarini yoqib yuborib, quruqlik orqali Mineo qalʼasiga chekindi va uch kundan keyin taslim boʻldi[35][36][37].

Birinchi Enna qamali va Vizantiyaning qarshi hujumi (828—829)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ennaning koʻrinishi (Castrogiovanni)

Imperatorlar bilan aloqada boʻlishiga qaramay, Euphemius endi musulmonlarga yoʻlboshchi boʻlib xizmat qilishga tayyor edi. Shubhasizki, muvaffaqiyatsizlikka uchragan va Asad rahbarlik qilishi uchun kuchli irodasi boʻlmagan musulmonlar endi Euphemius maqsadlariga xizmat qilishi mumkinligiga umid qilgan[38]. Mineo taslim boʻlgandan soʻng, musulmon qoʻshini ikkiga boʻlindi. Bir qismi gʻarbda Agrigentoni egalladi, ikkinchisi esa Euphemius bilan birga Ennaga hujum qildi. Enna garnizoni Euphemius hokimiyatini tan olish taklifi bilan muzokaralar boshladi, ammo Euphemius kamchilik odamlari hamrohligida shahar elchilari bilan uchrashganda, oʻldirildi[39][40]. Euphemiusning oʻlimidan soʻng uning tarafdorlari bilan nima sodir boʻlgani, ular tarqab ketishganmi yoki musulmonlar bilan birga urushni davom ettirganmi, bunisi nomaʼlum[41].

829-yil bahorida Michael II Sitsiliyaga Teodot boshchiligida yangi flot yubordi. Teodot orolni yaxshi bilgan va oʻtmishda orol strategosi boʻlgan edi[42]. Quruqlikka tushgandan soʻng, Teodot oʻz qoʻshinini arablar qamal qilayotgan Enna shahriga yoʻlladi. Jangda magʻlubiyatga uchrab, koʻpchilik askarlari bilan qalʼaga chekinib, himoyalanishga majbur boʻldi. Musulmonlar gʻalabaga shunchalik ishonishdiki, orolda dastlabki tangalarni Ziyodatulloh va Muhammad Abul Javoriy nomlari bilan zarb etishdi. Biroq, tez orada yetakchilari vafot etib, uning oʻrnini Zubayr ibn Gavs egalladi. Koʻp oʻtmay, Teodot vaziyatni oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. Teodot boshchiligida qoʻyilgan pistirmada musulmon bosqinchi guruhi magʻlub etildi. Ertasi kuni asosiy musulmon qoʻshinini magʻlub etib, 1000 kishini oʻldirdi va qolganlarni musulmonlarning qamal ostiga olingan mustahkam qarorgohigacha taʼqib qildi. Musulmonlar tungi jangda muvafaqqiyatga erishmoqchi boʻlishdi. Biroq, Teodot bu kabi harakatni kutgan edi. Musulmon kuchlarini pistirma qoʻyib, harakatdan toʻxtatgan[43][44].

Musulmon armiyasining qolgan qismlari Mineoga chekinib, mudofaaga kirishdi. Teodot qamal qilishni boshladi. Oqibatda, qamal shu darajaga bordiki, tez orada musulmonlar otlarini, hatto itlarini ham yeyish darajasiga borishdi. Bu oʻzgarishlardan xabar topgan Agrigentodagi arab garnizoni shaharni tashlab, Mazaraga chekindi. Shunday qilib, 829-yilning kuziga kelib Sitsiliya musulmon bosqinchilaridan deyarli toʻliq tozalandi[43][45].

Umaviylarning yordami va Teodotning oʻlimi (830)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biroq, Teodotning muvaffaqiyati tugallanmagan edi. 830-yil yozi boshida Havvara qabilasidan boʻlgan berber Asbagʻ ibn Vakil (Fargʻalush laqabli) boshchiligida Al-Andalusdagi Kordova Umaviy amirligi floti Sitsiliyaga yetib keldi. Teodot dushmanlar bosqindan keyin joʻnab ketishlariga umid qilib, ularga qarshi kurashmadi. Biroq, Mineoda qamal qilingan garnizon bosqinchilar bilan aloqa oʻrnatib, birgalikda harakat qilishni taklif qildi. Andalusiyaliklar Asbagʻ umumiy qoʻmondon sifatida tan olinishi sharti bilan rozi boʻlib, Ifriqiyadan kelgan yangi qoʻshinlar bilan Mineoga yurishdi. Dushmanga qarshi tura olmagan Teodot Ennaga chekinib, 830-yilning iyul yoki avgustida Mineo qamalini toʻxtatdi[46][47][48]. Birlashgan Ifriqiya va Andalusiya armiyasi Mineoni yoqib yubordi va boshqa shahar, ehtimol Kalloniyani (hozirgi Barrafranca) qamal qildi. Biroq, qoʻshin qarorgohida vabo tarqalib, Asbagʻ va boshqa koʻplab odamlar halok boʻldi. Shahar kuzda quladi. Biroq bu vaqtda arablarning soni kamayib ketgani sababli, ular shaharni tashlab, gʻarbga chekinishga majbur boʻldilar. Teodot arablarni taʼqib qilib, katta talofot keltirdi. Shu voqeadan keyin andalusiyaliklarning koʻpchiligi orolni tark etdi. Teodot ham ayni shu vaqtda, ehtimol toʻqnashuvlardan birida oʻldirildi[49][50].

Palermoning qulashi (831)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu orada Mazaradagi Ifriqiylar baʼzi Andalusiyaliklar bilan birga orol boʻylab oldinga oʻtib, Palermoni qamal qilgan edi. Shahar bir yil davomida 831-yil sentabrgacha qarshilik koʻrsatdi. Shahar qoʻmondoni spatharios Symeon shaharning yuqori martabali amaldorlari va ehtimol garnizon ham shaharni xavfsiz tark etishi evaziga taslim boʻldi. Qamal paytida shahar katta zarar koʻrdi. Arab tarixchisi Ibn al-Asir, ehtimol baʼzi mubolagʻalar bilan shahar aholisining 70 000 dan 3 000 ga kamayganini yozgan. Aholi asosan qul qilingan. Shahar yepiskopi Luqo qochib, Konstantinopolga yetib borishga muvaffaq boʻldi. Yepiskop falokat haqida imperator Theophilosga xabar berdi[51][52][53]. Palermoning qulashi musulmonlarning Sitsiliyani zabt etishidagi hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Musulmonlar nafaqat muhim harbiy bazaga ega bo‘lishdi, balki shaharni ham egallab olishdi. Bu esa ularga Agʻlobiy viloyati sifatida tashkil etilgan orolning gʻarbiy qismi ustidan nazoratni mustahkamlash imkonini berdi[53][54][55]. Shunday qilib, 832-yil mart oyida birinchi Agʻlobiy noibi (voliy) Abu Fihr Muhammad ibn Abdulloh Palermoga keldi. Abu Fihr qobiliyatli odam boʻlib, Ifriqiylar va Andalusiyaliklar oʻrtasidagi tez-tez sodir boʻlib turadigan qurolli kelishmovchiliklarni bartaraf eta oldi[56].

Musulmonlar viloyatining kengayishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Sitsiliyaning uchdan bir qismi (Val di Mazara) nisbatan tez vaqtda musulmonlar qoʻliga oʻtdi. Biroq, orolning sharqiy qismini bosib olish uzoq davom etgan va tasodifiy jarayon edi. Keng miqyosli yurishlar yoki shiddatli janglar haqida juda kam dalillar mavjud. Urushlarda arablarning Vizantiya qalʼalariga takroriy hujumlari, shuningdek, atrofdagi qishloqlarga bosqinlar (sayfa), bosqin xavfi ostida boʻlgan hududlardan oʻlpon va asirlarni talon-taroj qilish yoki olib ketishga qaratilgan kichik yurishlar ustunlik qilgan. Ushbu turdagi urushlarda orol janubi-sharqiy qismidagi uchdan bir qism hududi (Val di Noto) togʻli va borish qiyin boʻlgan shimoliy-sharqiy qismiga (Val Demone) nisbatan koʻproq aziyat chekdi[57].

832—836-yillardagi harbiy harakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Palermo qulaganidan keyingi dastlabki ikki yil davomida Sitsiliyada hech qanday harbiy harakatlar kuzatilmagan. Musulmonlar, ehtimol, oʻzlarining yangi viloyatlarini tashkil qilish bilan mashgʻul boʻlishgan. Vizantiyaliklar esa bu harakatlarga qarshi turish uchun juda zaif edilar va hech qanday qoʻshimcha kuchlarni jalb eta olmadi[58]. Chunki imperiya Sharqdan kuchli bosimga duch keldi. Sharqdan Abbosiylar xalifasi Maʼmun Vizantiya bilan chegara hududlarga bir necha bosqinlar uyushtirib, 833-yil avgustda toʻsatdan vafot etgunga qadar hatto Konstantinopolning oʻziga yurish qilish bilan ham tahdid qilgan edi[59][60].

Keyingi bir necha yil davomidagi kurash Sitsiliyaning markaziy qismida saqlanib qolgan Vizantiya qalʼasi Enna shahriga qaratildi. 834-yil boshida Abu Fihr Ennaga qarshi yurish qildi. Ochiq jangda shahar garnizonini magʻlub etib, shahar ichiga chekinishga majbur qildi. Bahorda garnizon shahar tashqarisiga chiqdi, ammo yana magʻlubiyatga uchrab, ortga chekindi[61][62]. 835-yilda Abu Fihr Sitsiliyaning markaziy qismiga yana bostirib kirdi. Unga qarshi kurashgan Vizantiya patritsiylari (ehtimol orol strategoslari) qoʻshinini magʻlub etib, Vizantiya qoʻmondonining xotini va oʻgʻlini asirga oldi. Abu Fihr ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, Muhammad ibn Salimni orolning sharqiy qismlariga, Taorminagacha boʻlgan hududlarga bosqin uchun yubordi. Biroq musulmonlar o‘rtasida yana nizolar boshlandi. Abu Fihr o‘ldirildi va uning qotillari Vizantiyaliklar orasidan panoh topdilar[62][63].

Agʻlobiylar Abu Fihr oʻrniga Fadl ibn Yoqubni tayinladilar. Ibn Yoqub lavozimga kelganidan soʻng darhol Sirakuza atrofiga, soʻngra Sitsiliyaning markaziy qismiga, Enna atrofidagi hujumlarga boshchilik qildi. Vizantiya strategosi dushmanni kutib olish uchun yo‘lga chiqdilar. Biroq musulmonlar vizantiyaliklar ta’qib qila olmaydigan tog‘li va qalin o‘rmonli hududga chekindilar. Musulmonlarning jangga chiqishini behuda kutgandan soʻng, strategos qoʻshinni orqaga qaytardi. Qaytayotganda musulmonlar pistirmasiga uchrab, askarlar qochib ketdi. Musulmonlar vizantiyaliklarning qurol-yarogʻi, jihozlari va hayvonlarining koʻp qismini qoʻlga kiritishdi. Ogʻir yaralangan strategos zoʻrgʻa qochib qutuldi[64][65]. Muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, sentyabr oyida Ibn Yaqub oʻrniga yangi noib, amir Ziyodatullohning birinchi amakivachchasi, Agʻlobiy shahzodasi Abu Agʻlob Ibrohim ibn Abdulloh ibn al-Agʻlob tayinlandi. Shu bilan bir vaqtda uzoq kutilgan Vizantiya qoʻshinlari yetib keldi. Vizantiya floti Abu Agʻlobning kichik floti oʻtishiga qarshi chiqdi. Arablar Vizantiya hujumi va boʻron tufayli kemalarini yoʻqotdi. Vizantiyaliklar noibning Palermoga yetib borishiga toʻsqinlik qila olmadilar va Muhammad ibn as-Sindi boshchiligidagi eskadron vizantiyaliklarni shahardan haydab chiqardi. Abu Agʻlob Pantelleria va boshqa joylarga dengiz hujumlari uyushtirib, asirga olingan nasroniylarning boshini kesib, oʻch oldi. Ayni vaqtda musulmon otliq qoʻshinlari orolning Etna togʻi atrofidagi sharqiy qismlariga yetib kelib, qishloqlar va ekinlarni yoqib yubordi, aholini asir oldi[64][66].

836-yilda Abu Agʻlob yangi hujumlar boshladi. Musulmon qoʻshinlari arab tilida Qastaliasali (ehtimol, orolning shimoliy qirgʻogʻidagi Castelluccio) deb nomlangan qalʼani egallab olishdi, ammo Vizantiya qarshi hujum bilan qalʼani qayta egalladi. Fadl ibn Yaqub boshchiligidagi musulmon floti Lipari orollariga bostirib kirib, Sitsiliyaning shimoliy qirg‘og‘idagi bir qancha qal’alarni, jumladan Tindarini egallab oldi. Bu orada Etna hududiga otliq qoʻshinlarning navbatdagi yurishi shu qadar muvaffaqiyatli boʻldiki, natijada Vizantiyalik asirlarning narxi keskin tushib ketdi[67].

837—841-yillardagi harbiy harakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Imperator Theophilos va uning hukumati. Madrid skylitzesdan

837-yilda Abdusalom ibn Abduvahhob boshchiligidagi musulmon qoʻshini Ennaga hujum qildi. Biroq, vizantiyaliklar tomonidan magʻlubiyatga uchratilib, Abdusalomning oʻzi asir olinadi. Musulmonlar bunga qamal qilingan Enna atrofidagi pozitsiyalarini mustahkamlash orqali javob berishdi. Keyingi qishda qamal qilayotganlardan biri shaharga olib boradigan qoʻriqlanmaydigan yoʻlni topishi musulmonlarga shaharning butun quyi qismini egallash imkonini berdi. Vizantiyaliklar qalʼa ustidan nazoratni saqlab qolishga muvaffaq boʻlib, muzokaralardan soʻng katta toʻlov evaziga musulmonlarning qalʼadan ziyonsiz chiqib ketishini taʼminladilar[68][69].

Theophilos endi Sitsiliyani ozod qilishga jiddiy kirishdi. Imperator katta qoʻshin toʻplab, qoʻshin qoʻmondonligiga kuyovi sezar Alexios Moseleni tayinladi. Mosele Sitsiliyaga 838-yilning bahorida Chefalu qalʼasini musulmonlar hujumidan himoya qilish uchun keldi. Mosele musulmon bosqinchilariga qarshi bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi, ammo Konstantinopoldagi dushmanlari arablar bilan aloqa qilishda va taxtga oʻtirishga urinishda ayblashdi. Bundan tashqari, Moselening yosh xotini Mariyaning oʻlimi Theophilos bilan aloqasi uzilishiga sabab boʻldi. Imperator 839-yilda Sezarni Konstantinopolga chaqirish uchun Sirakuza arxiyepiskopi Theodore Krithinosni yubordi[54][70][71].

838-yil 11-iyunda amir Ziyodatulloh vafot etib, oʻrniga ukasi Abu Iqal al-Agʻlob oʻtirdi. Yangi amir Sitsiliyaga yana qoʻshin yubordi. U yerda Mosele ketganidan keyin musulmonlar yana gʻalaba qozonishgan edi. 839—840-yillarda musulmonlar Corleone, Platani, Caltabellotta qalʼalarini, ehtimol, Marineo, Gerasi va boshqa qalʼalarni ham qoʻlga kiritib, 841-yilda esa Ennadan Grottegacha bostirib borishgan[54][72].

Xuddi shu davrda Sitsiliya musulmonlari Italiya qitʼasida ham oʻz qarorgohlarini yaratdilar. Musulmonlardan 839-yilda Beneventolik Sikardga qarshi kurashayotgan Neapol gersogligiga yordam berish soʻraldi. Biroq, keyin musulmonlar Brindisini qamaldan ozod qilib, Sikarning o'ldirilishi bilan Benevento knyazligida fuqarolar urushi boshlangach 840-yilda Taranto va 847-yilda keyinchalik musulmonlar asosiy bazalar tashkil qilgan Barini egallab olishdi[73][74]. 880-yillargacha musulmonlar Italiya sohillari boʻylab va Adriatika dengiziga Italiya hududidagi oʻz bazalaridan vayronkor hujumlar uyushtirdilar. Eng muhim hujumlar 871-yilda vayron boʻlgunga qadar Bari amirligidan uyushtirildi[75][76][77].

Musulmonlarning oldinga harakatlari va Ennaning qulashi (842—859)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

842 yoki 843-yil oxirlarida Neapolitanlarning yordami bilan musulmonlar Messinani zabt etishdi[78][79]. 845-yilda Modica qalʼasi ham egallandi. Bu vaqtda Abbosiylar xalifaligi bilan tinchlik holatida boʻlgan Vizantiyaliklar Charsianonning sharqiy femidan qoʻshimcha yordam oldilar. Ikki qoʻshin Butera yaqinida toʻqnashdi. Jangda vizantiyaliklar 10 000 ga yaqin askar yoʻqotib, qattiq magʻlubiyatga uchradi[80]. Ushbu falokatdan soʻng Vizantiya mavqei yomonlashdi. Fadl ibn Jaʼfar 846-yilda hiyla-nayrang bilan Lentinini egallab oldi[81]. Uning ortidan 848-yilda Ragusa qalʼasi ham egallandi. Qalʼa garnizoni qattiq ocharchilik tufayli qalʼani vayron qilgan musulmonlarga taslim boʻlishga majbur boʻldi[82]. Taxminan shu vaqtning oʻzida (847 yoki 848-yil oxiri) Vizantiya flotining Palermo yaqiniga qoʻshinlarni tushirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Keyinchalik sodir boʻlgan boʻron natijasida vizantiyaliklar oʻzlarining oʻnta kemasidan yettitasini yoʻqotdilar[82].

851-yilda qobiliyatli musulmon gubernatori va general Abu Ag‘lob Ibrohim vafot etgach, mahalliy musulmonlar Buterani egallagan Abu Ag‘lob al-Abbos ibn al-Fadlni gubernatorlikka sayladilar[83]. Yangi gubernator lavozimini Ifriqiya tasdiqlashini kutmasdan shimoliy Caltavuturo qalʼasiga hujum qilib, qalʼani egallab oldi va keyin janubga, Enna tomon yurdi. Vizantiya qoʻmondoni dushmanlar bilan ochiq jangga chiqishdan bosh tortdi[83]. Abbos yurishni davom ettirib, 852—853-yillarda Val di Notoni vayron qildi. Butera besh—olti oy davomida qamalda qoldi. Shahar aholisi kelishuvga erishib, 5000-6000 mahbusni yetkazib berish sharti bilan chiqib ketishga muvaffaq boʻldi[83][84]. Keyingi toʻrt yildagi voqealar haqida kam maʼlumot mavjud. Manbalarda mavjud tasvirlarda Vizantiya hududlari boʻylab qarshiliksiz kechgan musulmon yurishlari aks etgan. Abbos bir nechta qalʼalarni, shu jumladan 857-yilda Cefalyuni qoʻlga kiritdi. Qalʼa vayron qilinishidan oldin aholiga xavfsiz chiqib ketish uchun ruxsat berildi. Gagliano ham qamal qilinsa-da, egallanmagan[85]. 858-yil yozida ikkala tomon taxminan Apulia yaqinidagi dengiz jangida toʻqnashgan. Abbosning ukasi Ali birinchi jangda 40 ta kemadan iborat Vizantiya flotini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi, ammo ikkinchi toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrab, qochishga majbur boʻldi[86].

859-yil yanvar oyida musulmonlar Vizantiyalik asirning yordami bilan shu paytgacha bosib olinmagan Ennani qoʻlga olib, katta muvaffaqiyatga erishdilar[87]. Metkalf taʼkidlaganidek, qalʼani egallash katta ahamiyatga ega edi. Chunki Enna Sitsiliyaning sharqiy qismidagi musulmonlar ekspansiyasi kaliti boʻlgan. „Uni oʻz nazorati ostiga olmagan holda, shu paytgacha erishgan yutuqlarini qarshi hujumlarda yoʻqotish xavfi tufayli musulmonlar sharqdagi shaharlarni qoʻlga kiritib, birlashtira olmasdilar. ... 24-yanvarda Ennaning qulashi, qalʼaning vayron qilinib, himoyachilarning oʻldirilishi, harbiy nuqtai nazardan, Agʻlobiylarning Palermo qulaganidan keyin Sitsiliyadagi eng katta yutugʻi boʻldi“[84].

Ennaning qulashi Vizantiyaliklarni Sirakuza va Taormina oʻrtasidagi sharqiy qirgʻoq chizigʻiga chekinishga majbur qildi[88]. Shuningdek, imperatorni Sirakuzaga Konstantin Kontomytes boshchiligida 300 ta kemadan iborat katta qoʻshin va flot yuborishga majbur qildi. Ushbu yordam kuchlari 859-yil kuzida Sirakuzaga yetib kelgan. Koʻp oʻtmay, Vizantiya floti musulmonlar bilan boʻlgan katta jangda magʻlubiyatga uchradi. Ushbu jangda Vizantiya flotining uchdan bir qismini yoʻqotdi[89]. Shunga qaramay, yirik Vizantiya qoʻshinining kelishi avvalroq musulmonlarga boʻysungan bir qancha aholi punktlarini qoʻzgʻolon koʻtarishga undadi. Tez orada Abbos bu qoʻzgʻolonlarni bostirib, Kontomytesga qarshi yurish boshladi. Ikki qoʻshin Cefalù yaqinida toʻqnashdi va jangda Vizantiyaliklar qattiq magʻlubiyatga uchrab, Sirakuzaga yoʻl olishdi. Abbos esa Ennani qayta tiklash va mustamlaka qilish orqali oʻz pozitsiyasini mustahkamladi[90].

Malta va Sirakuzaning qulashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xafaja ibn Sufyon hukmronligi (861—869

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbos 861-yilning kuzida, Vizantiya hududiga navbatdagi yurishdan keyin vafot etdi va Caltagironeda dafn qilindi. Vizantiyaliklar keyinchalik uning jasadini qazib olib, yoqib yuborishgan[91][92]. Sitsiliya musulmonlari Abbosning amakisi Ahmad ibn Ya’qubni yangi yetakchi etib sayladilar. Ahmad qisqa hukmronlikdan soʻng, 862-yil fevralda Abbosning oʻgʻli Abdulloh foydasiga taxtdan agʻdarilgan. Abdullohning qoʻmondoni Raboh dastlabki jangda magʻlubiyatga uchraganiga qaramay, bir nechta Vizantiya qalʼalarini egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq, Abdullohning muvafaqqiyatini Agʻlobiylar tan olmay, atigi besh oylik hukmronligidan soʻng, uning oʻrniga Xafaja ibn Sufyon tayinlandi[93].

Xafaja oʻgʻli Muhammadni 863-yilda Sirakuza atrofiga bosqin qilish uchun yubordi, ammo u Vizantiyaliklarda magʻlubiyatga uchrab, isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi[94]. 864-yil fevral/mart oylarida esa musulmonlar Vizantiyalik shaxsning yordami bilan Noto va Sciclini egallab olishdi[94]. 865-yilda Xafaja Sirakuzaga koʻchib oʻtishdan oldin vizantiyaliklar qalʼani egallab olishgani yoki hamon shahar atrofidagi qalʼalarni nazorat qilishayotgani sababli Enna atrofiga qarshi yurishga shaxsan rahbarlik qildi. Oʻgʻli Muhammad yana pistirmada magʻlub boʻlib, 1000 kishini yoʻqotdi[94].

866-yilda Xafaja yana bir bor Sirakuzaga qarshi yurish qildi. U yerdan qirgʻoq boʻylab shimolga yurdi. U yerda Taormina fuqarolari delegatsiyasi bilan uchrashdi. Ular bilan shartnoma imzolandi, ammo tez orada taorminaliklar shartnomani buzdilar[95]. Xuddi shu yili musulmonlar vizantiyaliklar qayta egallagan yoki avvalgi egallanganidan keyin oʻlpon toʻlovlarini toʻlamagan Noto va Ragusani qaytarib olishdi. Xafaja, shuningdek, „Giran“ deb nomlangan qalʼa va boshqa bir qancha shaharlarni egallab oldi. Biroq, kasallik uni Palermoga qaytishga majbur qildi[92][95]. 867-yilning yozida, kasallikdan tuzalganidan soʻng, Xafaja oʻz qoʻshinini yana Sirakuza va Kataniya tomon boshlab borib, ushbu shaharlar atrofiga bostirib kirdi[95].

867-yil sentyabrda Vizantiya imperatori Michael III oʻldirilib, oʻrnini makedoniyalik Vasiliy I egalladi. Yangi imperator oʻzidan oldingi imperatorga qaraganda baquvvatroq edi. Imperiyaning sharqiy chegarasidagi nisbiy tinchlik holati imperatorga tez orada butun eʼtiborini gʻarbga qaratish imkonini berdi. 868—869-yillarda admiral Niketas Ooryphas arablarning Ragusa qamalini tugatish va Dalmatsiyada imperator hokimiyatini qayta tiklash uchun yuborildi. Ushbu ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirgandan soʻng, Niketas nikoh orqali ittifoq tuzish va gʻarbiy imperator Louis II bilan Barini qoʻshma qamal qilishni muvofiqlashtirish uchun Italiyaga suzib bordi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi[96]. 868-yil bahorida Sitsiliyaga yana bir flot joʻnatildi. Vizantiyaliklar jangda Xafaja tomonidan qattiq magʻlubiyatga uchratilgandan soʻng musulmonlar Sirakuza atrofiga bemalol bostirib kirishdi. Xafaja Palermoga qaytganidan soʻng, oʻgʻli Muhammad Italiyaga qarshi yurish boshlab, ehtimol Gaetani qamal qilgan[97].

Sitsiliyaga qaytgach, 869-yilning yanvar-fevral oylarida Muhammad Taorminani xiyonat yoʻli bilan qoʻlga olishga urinib koʻrdi qildi. Biroq kichik musulmon otryadi darvozalar ustidan nazoratni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, Muhammad asosiy qoʻshin bilan kelish uchun orqada qoldi va otryad qoʻlga olinishidan qoʻrqib, shaharni tark etdi[98]. Bir oy oʻtgach, Xafaja Etna togʻi mintaqasiga, ehtimol Tiracia (hozirgi Randazzo) shahriga hujum qildi. Muhammad esa Sirakuza atrofiga yurish uyushtirdi. Vizantiyaliklar esa shahardan tashqaridagi jangda Muhammadning odamlarini magʻlub etib, katta talofat yetkazdilar. Natijada, Xafajaning oʻzini Sirakuzaga qarshi yurish qilishga majbur qilishdi. Maʼlumotlarga koʻra, Xafaja iyun oyida Palermoga qaytishdan oldin bir necha hafta davomida shaharni qamal qilgan[99]. Ortga qaytayotganda Xafajani norozi berber askar oʻldirib, Sirakuzaga qochib ketdi. Xafajaning oʻlimi Sitsiliya musulmonlari uchun ogʻir yoʻqotish boʻldi. Qotillik sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda. Metkalf musulmon armiyasining turli boʻlinmalari oʻrtasida oʻljalarni taqsimlash boʻyicha kelishmovchilik kelib chiqqan, degan fikrni bildirgan. Biroq, Aleksandr Vasilev berber askari Vizantiya tomonidan yollangan boʻlishi mumkinligini aytgan[92][100].

Musulmonlarning Malta va Sirakuzani bosib olishi (870—878)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xafaja oʻrniga oʻgʻli Muhammad oʻtirdi. Muhammadni Sitsiliya qoʻshini saylagandan soʻng Agʻlobiy amiri tomonidan tasdiqladi. Avvalgi faoliyatidan farqli oʻlaroq, Muhammad bir joyda oʻtiradigan gubernator edi va saylovoldi tashviqotini shaxsan olib borishdan koʻra oʻz poytaxtida qolishni afzal koʻrdi. Qisqa hukmronlikdan soʻng, 871-yil 27-mayda hukumat amaldorlari fitnasi bilan oʻldirildi[101][102].

Shunga qaramay, Muhammadning faoliyati uzoq muddatli ahamiyatga ega boʻlgan ulkan muvaffaqiyat, Maltaning qoʻlga olinishi bilan bogʻliq. Sitsiliya atrofidagi barcha orollar ichida bu Vizantiya qo'lida qolgan oxirgi orol edi va 869 yilda Ahmad ibn Umar ibn Ubayd Alloh ibn al-Ag'lab al-Habashiy boshchiligidagi flot unga hujum qildi. Malta Sitsiliya atrofidagi barcha orollar ichida Vizantiya qoʻlida qolgan oxirgi orol edi. 869-yilda Ahmad ibn Umar ibn Ubaydulloh ibn al-Agʻlob al-Habashiy boshchiligidagi flot orolga hujum qildi. Oʻz vaqtida qoʻshimcha yordam olgan vizantiyaliklar dastlab muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatdilar, ammo 870-yilda Muhammad Sitsiliyadan orolga flot yubordi va 29-avgustda poytaxt Melite quladi. Mahalliy gubernator qoʻlga olindi, shahar talon-taroj qilindi. Ahmad al-Habashiy oʻz saroyini bezash uchun mahalliy soborning marmar ustunlarini olib ketgan. Shahar istehkomlari vayron qilingan[102][103]. Maltaning qulashi Vizantiya Sitsiliyasining qolgan qismini himoya qilishda muhim oqibatlarga olib keldi. Jumladan, Kalabriyadagi Reggio va Maltani qoʻlga olish orqali musulmonlar orolni qurshab olishni yakunlab, sharqdan yuborilgan har qanday yordamni osongina toʻxtatib qoʻyish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi[104].

Sirakuzaning arablar tomonidan qulatilishi. Madrid skylitzesdan

872-yildan 877-yilgacha xotirjamlik davri boʻlgan. Chunki manbalarda Sitsiliyadagi har qanday harbiy harakatlar haqida maʼlumotlar mavjud emas. Bu holat, ehtimol, Musulmon Sitsiliyasidagi ichki tartibsizliklar sababli boʻlib, bu davrda oltita noib almashgani, shuningdek, Ifriqiyadagi Agʻlobiy hukumatining zaiflashgani bilan ham bogʻliq[102][105]. Italiyada musulmon bosqinlari davom etdi. Vizantiyaliklar 875 yoki 876-yillarda, Louis II vafotidan keyin, Barini egallab, katta muvaffaqiyatga erishdilar[106].

875-yilda mohir jangchi va zavq-shavqni xush koʻradigan Agʻlobiy amiri Muhammad II ibn Ahmad (h. 864–875) vafot etdi va uning oʻrniga ukasi Ibrohim II (h. 875–902) oʻtirdi[107]. Ifriqiyaning yangi amiri Sirakuzani egallashga qaror qildi. U orol noibligiga Ja’far ibn Muhammadni tayinladi va unga yordam berish uchun Ifriqiyadan flot yubordi. Jaʼfar oʻz yurishini 877-yilda Vizantiya hududlariga bostirib kirib, Sirakuza atrofidagi chekka qalʼalarni egallab, shaharni qamal qilish uchun oʻrnashib oldi. Qamal qurollari bilan taʼminlangan musulmonlar shahar himoyachilariga tinimsiz hujum uyushtirdilar. Sirakuza Konstantinopoldan kam sonli yordam kuchlari oldi. Bu vaqtda imperator flotining asosiy qismi imperator Vasiliy qurdirayotgan dabdabali yangi cherkov uchun qurilish materiallari tashish bilan band edi. Toʻqqiz oylik qamal davomida arablar asta-sekin tashqi mudofaa marralarini egallab, nihoyat, 878-yil 21-mayda shaharga bostirib kirishdi. Aholi qirgʻin yoki qul qilinib, shahar ikki oy davomida talon-taroj qilingan[108][109].

Musulmonlar istilosining yakunlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sitsiliya musulmonlari oʻrtasidagi kelishmovchilik (878—900)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
879-yil Sitsiliyada zarb qilingan Agʻlobiy chorak dinori

Sirakuzani qoʻlga kiritishda katta muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Sitsiliyadagi musulmon viloyatida ichki nizolar avj oldi. Shahar egallanganidan koʻp oʻtmay, Jaʼfar ibn Muhammad amakisi va ukasining fitnasi bilan oʻz qullari tomonidan oʻldirildi va ular hokimiyatni egallab oldilar. Fitnachilar oʻz navbatida 878-yil sentyabrda agʻdarilib, Ifriqiyaga joʻnatildi va u yerda qatl qilindi[110].

Keyin Ibrohim II sitsiliyalik Husayn ibn Raboh noiblikka tayinlanguncha qisqa muddat oʻz oʻgʻlini noib etib tayinladi. Husayn 879—880-yillarda shimoli-sharqda saqlanib qolgan Vizantiya istehkomlariga, ayniqsa Taorminaga qarshi yurishlar uyushtirdi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi[110]. Haqiqatan ham, vizantiyaliklar 880-yilda, admiral Nasar Ioni dengizidagi tungi hujumda Agʻlobiy flotini magʻlub etgach, kichik miqyosda qarshi hujum boshlashga muvaffaq boʻlishdi. Palermo atrofiga bostirib kirib, Stelay jangida yana bir Agʻlobiy flotini magʻlub etishdi[88]. 881—882-yillarda Taormina yana katta miqyosdagi musulmonlar hujumining nishoniga aylandi, ammo hujum qaytarildi. Abu Savr boshchiligidagi musulmon qoʻshinini Vizantiyaliklar Kaltavuturoda yoʻq qilishdi. Bu harakat Sitsiliya musulmonlarining keng koʻlamli safarbarligiga sabab boʻldi. Keyingi yillarda musulmonlar 883-yilda Kataniya, Taormina va „qirol shahri“ (ehtimol Polizzi), 884-yilda Rometta va Kataniya, 885-yilda qaytadan Kataniya va Taorminaga qarshi bir necha marta yurishlar uyushtirdilar. Ushbu harbiy harakatlar armiyaga toʻlash uchun yetarli miqdorda oʻlja yoki oʻlpon olib kelgani sababli muvaffaqiyatli boʻlsa-da, Vizantiya qalʼalarini qoʻlga kiritishda muvafaqqiyatga erisha olmadi[110]. 885—886-yillarda Italiyada ham Vizantiya kuchlarining qayta tiklanishi kuzatildi. U yerda qariya Nikephoros Phokas musulmonlarga qarshi bir qator gʻalabalarni qoʻlga kiritdi[88][111].

Aynan mana shunday harbiy muvaffaqiyatsizlik sharoitida Sitsiliya musulmon aholisining keng qatlamlari oʻrtasidagi shu vaqtga qadar muvafaqqiyatli harbiy harakatlar tufayli yuzaga chiqmagan norozilik ochiq qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Keyingi davr manbalarida hukmron elita va quyi tabaqalar oʻrtasidagi bu ziddiyat koʻpincha (hukmron) „arablar“ va (qoʻzgʻolonchi) „berberlar“ oʻrtasidagi „etnik“ kurash sifatida tasvirlangan[111][112]. 886-yil dekabrda Palermo aholisi gubernator Savada ibn Xafajani taxtdan agʻdarib, Ifriqiyaga joʻnatdi. Amir Ibrohim II yangi noib tayinladi. Yangi noib muvaffaqiyatli yurishlar va 888-yilda Milazzo yaqinidagi Vizantiya floti ustidan qozonilgan gʻalaba tufayli vaziyatni vaqtincha tinchlantirishga muvaffaq boʻldi. Bu esa Sitsiliya musulmonlariga Kalabriyaga vayronkor yurishlar uyushtirishga imkon berdi[111].

Keyingi yili Savada Ifriqiyadan yangi qoʻshinlar bilan qaytib keldi va Taorminaga yana bir muvaffaqiyatsiz hujum boshladi. Biroq, 890-yil mart oyida Palermoda yana bir isyon koʻtarildi. Mazkzur qoʻzgʻolon, ehtimol Sitsiliya arablari tomonidan Savadaning ifriqiyaliklariga qarshi qaratilgan edi[111]. 894—895-yillarda Ifriqiyaning oʻzida ham katta qoʻzgʻolon koʻtarilishi bilan birga, bu musulmonlarning Vizantiyaga qarshi bosqinlariga ham chek qoʻydi va 895—896-yillarda sulh tuzildi. Shartnoma shartlariga koʻra, tinchlik evaziga 40 oy davomida vizantiyaliklar oʻzlaridagi musulmon asirlarni, navbatma-navbat „arablar“ va „berberlar“ guruhini, jami 1000 ga yaqin kishilarni asta-sekin ozod qilishlari kerak edi. Metkalf taʼkidlaganidek, „bu Sitsiliyaning sharqiy qismidagi agʻlobiylarga qarshi nasroniylik harakatining harbiy muvaffaqiyati darajasini koʻrsatibgina qolmay, balki musulmon armiyasidagi ziddiyatni kuchaytirishga qaratilgan boʻlishi ham mumkin“[113].

Bu voqea fonida 898-yilda „arablar“ va „berberlar“ oʻrtasida keng koʻlamli fuqarolar urushi boshlanib, Ibrohim IIning Ifriqiyadagi isyonni bostirgan oʻgʻli Abul Abbos Abdulloh 900-yil yozida armiya boshligʻi etib tayinlanib, orolga joʻnatildi. Bu vaqtga kelib, musulmonlarning ichki kurashlari mintaqaviy miqyosga koʻtarilib, Palermitliklar agrigentantlar bilan toʻqnash kelishdi. Ifriqiylar va raqib Sitsiliya guruhlari oʻrtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Abul Abbas Abdulloh Palermoga yurish qilib, 18-sentyabrda qoʻlga kiritdi. Qoʻzgʻolonchilarning katta qismi shahardan Taorminadagi Vizantiyaliklar huzuriga qochib ketishdi. Baʼzilari esa hatto Konstantinopolning oʻziga ham yetib borishdi[114].

Ibrohim IIning kelishi va Taorminaning qulashi (901—902)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vizantiyaliklar qoʻzgʻolondan foydalanishga harakat qilishdi. Messina va Reggioda qoʻshin yigʻishni boshladilar, Konstantinopoldan flot yuborildi. Abul Abbos vaziyatga qarab turmadi. Qoʻzgʻolonni bostirishi bilan Vizantiyaga qarshi yurish boshlab, Taormina atroflarini vayron qildi. Palermoga qishlash uchun qaytishdan oldin Kataniyani muvaffaqiyatsiz qamal qildi[115][116]. Keyingi bahorda hujumni davom ettirib, Val Demonega yurish qildi. Vizantiya tayyorgarligiga xalaqit berish uchun uning kuchlari Italiya hududiga oʻtdi. Reggio 10-iyulda qoʻlga olinib, vayron qilindi. Katta oʻlja qoʻlga kiritildi. 15 000 dan ortiq aholi qul qilib olib ketildi, qolganlariga jizya soligʻi solindi[117][118]. Abul Abbos Sitsiliyaga qaytgach, Konstantinopoldan endigina yetib kelgan Vizantiya floti bilan toʻqnashdi va o‘ttizta kemani qo‘lga kiritib, flotni butunlay mag‘lub etdi[118][119].

902-yil boshida amir Ibrohim II Abbosiy xalifasi aralashuvi va oʻz fuqarolari talabi bilan taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Ibrohimning oʻrniga vorisi Abul Abbos bilan oʻrin almashdi. Abul Abbos Sitsiliyadan Ifriqiyaga joʻnab ketdi. Ibrohim esa endi Muqaddas urush libosini kiydi va bir guruh koʻngillilar bilan birga yozda Sitsiliyaga joʻnab ketdi[120]. Ibrohim va uning izdoshlari orolda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan anarxiyani buzib, Taorminaga yoʻl oldilar. Vizantiya garnizonini shahar devorlari oldida magʻlub etdilar va shaharni qamal qildilar. Imperator hokimiyati qoʻllab-quvvatlamay qoʻygan shahar 1-avgustda quladi[118][121]. Ibrohim oʻz muvaffaqiyatidan foydalanib, yaqin atrofdagi turli istehkomlarga bosqinchilarni yuborib, ularni yo taslim qilib, vayron qilishga yoki oʻlpon toʻlashga majbur qildi[118][122].

Ibrohim Italiya hududiga kirib bordi. Qitʼadagi Neapolgacha boʻlgan shaharlar hujumga qarshi turish uchun tayyorlana boshladilar. Oxir-oqibat, uning yurishi Cosenza qamalida toʻxtatildi. Ibrohim 24-oktyabrda dizenteriyadan vafot etdi. Nabirasi harbiy yurishni toʻxtatib, Sitsiliyaga qaytib keldi[123][124].

Shimoli-sharqdagi bir nechta qalʼalar zabt etilmasdan, nasroniylar qoʻlida qolgan boʻlsa-da[125], Taorminaning qulashi Vizantiya Sitsiliyasining tugatilishi va orolda musulmonlar nazorati mustahkamlanishini belgilab berdi[88][118]. Biroq, bu gʻalaba orol va uning atrofida arab-Vizantiya urushi tugaganini anglatmas edi.

909-yilda Sitsiliya xuddi Ifriqiya singari Fotimiylar xalifaligi nazoratiga oʻtdi. Fotimiylar (va 950-yillardan keyin Kalbiyning vorisiy hokimlari) shimoli-sharqdagi xristian istehkomlariga (Val Demon) va, ayniqsa, sulh bilan belgilangan janubiy Italiyadagi Vizantiya yerlariga qarshi bosqinchilikni davom ettirdilar[126][127]. Taorminaning oʻzi 902-yildan koʻp oʻtmay musulmonlar nazoratidan ozod boʻldi[128]. Faqatgina 962-yilgacha, ehtimol bir yil avval Vizantiya Kritni qayta bosib olishiga javoban, Fotimiylar 30 haftalik qamaldan keyin shaharni qayta egallashdi[129][130]. Keyingi yili musulmonlar orolda qolgan soʻnggi nasroniy qalʼasi — Romettaga hujum qilishdi. Bu harakat esa Vizantiya imperatori Nikephoros II Phokas Sitsiliyadagi hokimiyatni qayta tiklash uchun qoʻshin yuborishiga turtki boʻldi. Vizantiyaliklar dastlab muvaffaqiyatli harakat qilib, Messina va shimoli-sharqdagi boshqa qalʼalarni qaytarib olishdi, ammo Romettani egallashga urinish muvafaqqiyatsiz yakunlanib, Kalabriyaga qaytib ketishdi. Vizantiyaliklar keyingi yili hujumni davom ettirishga harakat qilishdi, ammo Messina yaqinidagi „Boʻgʻozlar jangi“da (vaqʼat al-majaz) magʻlub qilindi. Natijada, 967-yil ikki davlat oʻrtasida uzoq muddatli sulh tuzildi[129][131].

Sitsiliyaning Italiyaga bosqinlari davom etdi. Bu holat Gʻarbiy imperator Otto IIning yarim orol ishlariga aralashuviga sabab boʻlib, 982-yildagi Stilo jangida magʻlubiyatga uchradi[132][133]. Faqat 1020-yillarga kelib Vizantiyaliklar Italiyaning janubidagi mavqeini katepan Basil Boioannes boshqaruvi ostida mustahkamlagandan soʻng, yana Sitsiliyaga eʼtibor qaratdilar. 1025-yilda Messinaga katta qoʻshin yetib keldi, ammo imperator Vasiliy IIning oʻlimi haqida xabar yurish toʻxtatilishiga sabab boʻldi[133][134]. 1038-yilda iqtidorli yosh general George Maniakes Kalbiylar va Ziriylar oʻrtasidagi ichki qarama-qarshiliklardan foydalanib, Sitsiliyaga yuborilishi orolda hokimiyatni qayta tiklash yoʻlidagi soʻnggi harakat boʻldi. Maniakes tezda butun sharqiy qirgʻoqni qaytarib oldi, ammo siyosiy raqiblari Konstantinopolga chaqirib olishlari sababli zabt etish toʻliq yakunlanmadi. Tez orada Kalbiylar yoʻqotishlarini qayta tikladilar va Vizantiyaning soʻnggi chegara qalʼasi Messinani 1042-yilda egallashdi[135][136].

Arablar Sitsiliya ustidan nazoratni saqlab qolishdi. Ularning hukmronligi orolni Normanlar bosib olguncha uzoq davom etdi. Normanlar bosqini 1061-yildagi birinchi bosqindan 1091-yilda Notoning taslim boʻlishigacha davom etgan[137].

Uzoq davom etgan arab-Vizantiya kurashi orolning keyingi tarixida doimiy iz qoldirdi. Garchi musulmonlar hukmronligi ostida Sitsiliya madaniyati tezda arablashgan boʻlsa-da, asosan markaziy va sharqiy qismlardagi xristian jamoalari islomlashtirishga qarshilik koʻrsatdilar. Saqlanib qolgan toponimlar orqali tasdiqlanganidek, arablarning taʼsiri darajasi qarshilikning uzoqligi va arablarning joylashuvi darajasiga qarab orol boʻylab oʻzgarib turgan. Jumladan, orolning gʻarbiy uchdan bir qismida (Val di Mazara) koʻplab arabcha ismlar mavjud. Janubi-sharqining uchdan bir qismida esa (Val di Noto) aralash ismlar saqlangan. Xristian ismlari esa orolning shimoli-sharqining uchdan bir qismida (Val Demone) saqlanib qolganininng asosiy sababi ushbu hudud oxirgi boʻlib egallangan hamda Sitsiliyaning boshqa qismlaridan kelgan nasroniy qochqinlar ayni shu qismda toʻplangan edi. Shuningdek, orolning mazkur qismi Vizantiya janubiy Italiyasi bilan ham yaqin aloqada boʻlgan[138].

  1. Conventional dating; the Byzantines retained a presence on the island until 965
  2. Runciman 1958, ss. 2–3.
  3. 3,0 3,1 Brown 2008, s. 460.
  4. 4,0 4,1 Bury 1912, s. 294.
  5. Runciman 1958, ss. 3–4.
  6. Brown 2008, ss. 460–461.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Bury 1912, s. 295.
  8. Vasiliev 1935, s. 63.
  9. Vasiliev 1935, ss. 63–64.
  10. Metcalfe 2009, s. 9.
  11. Vasiliev 1935, s. 64.
  12. Bury 1912, ss. 295–296.
  13. Treadgold 1988, s. 249.
  14. Vasiliev 1935, ss. 66–68.
  15. Bury 1912, ss. 296–297.
  16. Treadgold 1988, ss. 249–250.
  17. Vasiliev 1935, ss. 68–69.
  18. Vasiliev 1935, s. 71.
  19. 19,0 19,1 19,2 Bury 1912, s. 297.
  20. Treadgold 1988, s. 427 (Note #345).
  21. Vasiliev 1935, ss. 70–71.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 Treadgold 1988, s. 250.
  23. Brown 2008, s. 462.
  24. Vasiliev 1935, s. 72.
  25. Metcalfe 2009, ss. 9–10.
  26. Abun-Nasr 1987, ss. 55–58.
  27. Vasiliev 1935, ss. 72–73.
  28. Metcalfe 2009, ss. 11–12.
  29. Bury 1912, s. 298.
  30. Vasiliev 1935, ss. 73–74.
  31. Bury 1912, ss. 298–299.
  32. Vasiliev 1935, ss. 74–76.
  33. Bury 1912, s. 299.
  34. Vasiliev 1935, ss. 76–78.
  35. Bury 1912, ss. 300–302.
  36. Treadgold 1988, ss. 251–253.
  37. Vasiliev 1935, ss. 78–83.
  38. Bury 1912, s. 302.
  39. Treadgold 1988, ss. 253, 254.
  40. Vasiliev 1935, ss. 83–84.
  41. Metcalfe 2009, ss. 12–13.
  42. Treadgold 1988, ss. 254–255.
  43. 43,0 43,1 Treadgold 1988, s. 255.
  44. Vasiliev 1935, ss. 86–87.
  45. Vasiliev 1935, ss. 87–88.
  46. Bury 1912, s. 304.
  47. Treadgold 1988, ss. 273–274.
  48. Vasiliev 1935, ss. 127–128.
  49. Treadgold 1988, s. 274.
  50. Vasiliev 1935, ss. 128–129.
  51. Treadgold 1988, ss. 274, 276.
  52. Vasiliev 1935, ss. 129–130.
  53. 53,0 53,1 Metcalfe 2009, s. 13.
  54. 54,0 54,1 54,2 Bury 1912, s. 305.
  55. Treadgold 1988, s. 276.
  56. Vasiliev 1935, s. 130.
  57. Metcalfe 2009, ss. 13–14.
  58. Vasiliev 1935, ss. 130–131.
  59. Treadgold 1988, ss. 272–281, 285.
  60. Vasiliev 1935, ss. 98–121.
  61. Treadgold 1988, s. 285.
  62. 62,0 62,1 Vasiliev 1935, s. 131.
  63. Treadgold 1988, ss. 285–286.
  64. 64,0 64,1 Treadgold 1988, s. 286.
  65. Vasiliev 1935, ss. 131–132.
  66. Vasiliev 1935, ss. 132–133.
  67. Vasiliev 1935, ss. 133–134.
  68. Treadgold 1988, s. 296.
  69. Vasiliev 1935, ss. 134–135.
  70. Treadgold 1988, ss. 296, 305–306, 312.
  71. Vasiliev 1935, ss. 135–137, 143–144.
  72. Vasiliev 1935, ss. 144, 187–188.
  73. Bury 1912, ss. 311–313.
  74. Metcalfe 2009, ss. 17–19.
  75. Bury 1912, ss. 313–315.
  76. Metcalfe 2009, ss. 18–22.
  77. Pryor 2003, ss. 168–169, 172.
  78. Bury 1912, s. 306.
  79. Vasiliev 1935, ss. 204–205.
  80. Vasiliev 1935, ss. 205–206.
  81. Vasiliev 1935, ss. 206–207.
  82. 82,0 82,1 Vasiliev 1935, s. 207.
  83. 83,0 83,1 83,2 Vasiliev 1935, s. 208.
  84. 84,0 84,1 Metcalfe 2009, s. 14.
  85. Vasiliev 1935, s. 219.
  86. Vasiliev 1935, ss. 219–220.
  87. Vasiliev 1935, ss. 220–221.
  88. 88,0 88,1 88,2 88,3 Pryor 2003, s. 172.
  89. Vasiliev 1935, s. 221.
  90. Vasiliev 1935, ss. 221–222.
  91. Vasiliev 1935, s. 222.
  92. 92,0 92,1 92,2 Metcalfe 2009, s. 25.
  93. Vasiliev 1935, s. 261.
  94. 94,0 94,1 94,2 Vasiliev 1935, s. 262.
  95. 95,0 95,1 95,2 Vasiliev 1935, s. 263.
  96. Vasiliev 1968, ss. 10–21.
  97. Vasiliev 1968, ss. 21–22.
  98. Vasiliev 1968, s. 22.
  99. Vasiliev 1968, ss. 22–23.
  100. Vasiliev 1968, s. 23.
  101. Vasiliev 1968, ss. 24, 26.
  102. 102,0 102,1 102,2 Metcalfe 2009, s. 26.
  103. Vasiliev 1968, ss. 24–25.
  104. Vasiliev 1968, s. 26.
  105. Vasiliev 1968, ss. 64–66, 70.
  106. Vasiliev 1968, ss. 64–69.
  107. Vasiliev 1968, ss. 66, 70.
  108. Vasiliev 1968, ss. 71–78.
  109. Metcalfe 2009, ss. 27–28.
  110. 110,0 110,1 110,2 Metcalfe 2009, s. 28.
  111. 111,0 111,1 111,2 111,3 Metcalfe 2009, s. 29.
  112. For a brief overview of Arab–Berber antagonism in early Islamic times, cf. Metcalfe 2009, ss. 7–9.
  113. Metcalfe 2009, ss. 29–30.
  114. Metcalfe 2009, s. 30.
  115. Vasiliev 1968, ss. 142–143.
  116. Metcalfe 2009, ss. 30–31.
  117. Vasiliev 1968, s. 143.
  118. 118,0 118,1 118,2 118,3 118,4 Metcalfe 2009, s. 31.
  119. Vasiliev 1968, ss. 143–144.
  120. Vasiliev 1968, ss. 144–145.
  121. Vasiliev 1968, ss. 145–147.
  122. Vasiliev 1968, ss. 147–148.
  123. Vasiliev 1968, ss. 148–150.
  124. Metcalfe 2009, ss. 31–32.
  125. Vasiliev 1923, s. 141.
  126. Metcalfe 2009, ss. 45–49, 53–54.
  127. Lev 1984, ss. 227–237.
  128. Metcalfe 2009, s. 42.
  129. 129,0 129,1 Metcalfe 2009, s. 55.
  130. Vasiliev 1923, s. 144.
  131. Vasiliev 1923, s. 147.
  132. Metcalfe 2009, ss. 71–72.
  133. 133,0 133,1 Vasiliev 1923, s. 149.
  134. Metcalfe 2009, ss. 79–80.
  135. Metcalfe 2009, ss. 82–83.
  136. Vasiliev 1923, s. 150.
  137. Metcalfe 2009, ss. 93ff..
  138. Metcalfe 2009, ss. 34–36, 40.
  • Abun-Nasr, Jamil M. (1987), A History of the Maghrib in the Islamic Period, Cambridge, New York, Melbourne: Cambridge University Press, ISBN 0-521-33767-4
  • Brown, Thomas S. „Byzantine Italy (680–876)“, . The Cambridge History of the Byzantine Empire c. 500–1492. Cambridge: Cambridge University Press, 2008 — 433–464-bet. ISBN 978-0-521-83231-1. 
  • Bury, John Bagnell (1912), A History of the Eastern Roman Empire from the Fall of Irene to the Accession of Basil I (A.D. 802–867), London: Macmillan and Co.
  • Lev, Yaacov (1984). "The Fāṭimid Navy, Byzantium and the Mediterranean Sea, 909–1036 CE/297–427 AH". Byzantion 54: 220–252. ISSN 0378-2506. 
  • Metcalfe, Alex. The Muslims of Medieval Italy. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2009. ISBN 978-0-7486-2008-1. 
  • Pryor, John H. (2003), „The Mediterranean breaks up, 500–1000“, in Abulafia, David (muh.), The Mediterranean in History, London: Thames & Hudson, 155–182-bet, ISBN 0-89236-725-3
  • Runciman, Steven (1958), The Sicilian Vespers, Cambridge: Cambridge University Press, OCLC 930490694
  • Treadgold, Warren. The Byzantine Revival, 780–842. Stanford, California: Stanford University Press, 1988. ISBN 978-0-8047-1462-4. 
  • Vasiliev, A. A. (1923), „Chapter V. (B) The Struggle with the Saracens (867–1057)“, The Cambridge Medieval History, Vol. IV: The Eastern Roman Empire (717–1453), Cambridge University Press, 138–150-bet, OCLC 490614728
  • Vasiliev, Alexander A.. Byzance et les Arabes, Tome I: La dynastie d'Amorium (820–867), French ed.: Henri Grégoire, Marius Canard, Corpus Bruxellense Historiae Byzantinae (French), Brussels: Éditions de l'Institut de philologie et d'histoire orientales, 1935. OCLC 181731396. 
  • Vasiliev, Alexander A.. Byzance et les Arabes, Tome II: Les relations politiques de Byzance et des Arabes à l'époque de la dynastie macédonienne (les empereurs Basile I, Léon le Sage et Constantin VII Porphyrogénète) 867-959 (253-348). Première partie: Les relations politiques de Byzance et des Arabes à l'époque de la dynastie macédonienne. Première période, de 867 à 959, French ed.: Henri Grégoire, Marius Canard, Corpus Bruxellense Historiae Byzantinae (French), Brussels: Fondation Byzantine, 1968. OCLC 1070617015. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]