Siyosatnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siyosatnoma
Asl nomi Siyar ul-muluk
Muallif(lar) Nizomulmulk
Tarjimon(lar) Shodmon Vohidov
Aftondil Erkinov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Nashriyot “Adolat” nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1997-yil
Bismillahir-Rahmonir-Rahiym

Alhamdulillohi rabbil olamin va salovotu va salom ala xayri xalqihi Muhammadin va Olihi va suhubixi ajmaʼin, amma baʼd bu kitobni Nizomulmulk Alloh inoyati ila oʻttiz bobda qisqacha bayon qilgan edi. Keyinroq qalbida ranj-u azob boʻlganidan va shu davlat muxoliflariga qarshi kitobni qayta ishlab, yana oʻn besh fasl qoʻshdi. Har bir faslda nimaiki loyiq boʻlsa, shuni yozdi. Bu fikrlar Bagʻdod yoʻlida paydo boʻlgan edi. Ammo botiniylar xuruj qildilar va odamlarga koʻp ziyon yetkazdilar. Oʻsha vaqtlarda banda shuni oshkor yozolmadim. Endi adolat va islom olam xudovandi — podshohi xaladallohu mulkaxu davrida kuchayib ketib, har kuni ziyoda boʻlib, taraqqiy topayotganidan umid qilamizki, Tangri taolo shu davlat ustunlarini qiyomat kunlarigacha muxallad va muabbad tutadi.

Nizomulmulk (kirish qismidan)

Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk (“Podshohlar turmushi”)Saljuqiylar shohi Alp Arslon va uning oʻgʻli Malikshohga vazirlik qilib, davlatning butun ishlarini oʻzi olib borgan Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulkning 1091-yilda fors tilida yozgan tarixiy asari[1][2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malikshoh saroy fozillari va olimlariga davlat boshqaruvi qoidalari, tartibi va usullari haqida risola yozishni buyurgan. Bir nechta olimlar (Sharafulmulk, Tojulmulk, Majdulmulk va b.) oʻzi yozgan risolalarini shohga taqdim qilishgan va Malikshohga Nizomulmulkning risolasi maʼqul boʻlgan. 1091-yili yozilgan dastlabki nusxa 39 bobdan iborat edi. Nizomulmulk 1092-yili asarni qayta ishlab, uni yangi bob va qismlar bilan boyitadi hamda Malikshohga berib qoʻyish uchun saroy kotibi Muhammad Magʻribiy an-Nosihga topshiradi. Oʻzi esa Bagʻdod safariga yoʻl oladi. 1092-yili Malikshoh oʻldiriladi. 1105-yilga kelib Muhammad Magʻribiy ushbu asarni eʼlon qiladi[2][3].

Bayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarda davlat boshqaruviga aloqador qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qoʻshin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilar-u posbonlar vazifalari hamda ularning maoshlari, pochta va aygʻoqchilik ishlari hamda ularning moddiy jihatlari, xazina va baytulmol, elchilarga munosabat, shohning oilaviy ishlari, uning bazm va majlislari, xos xodim va shaxsiy soqchilar, moliya va xoʻjalik ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf mavzulari oʻrin olgan[2][3].

Tarjima va nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Siyosatnoma”ning eng qadimiy nusxasi Birlashgan Qirollik muzeyida va Berlinda saqlanadi. Ushbu nusxalar 1168–1169-yillarda Urmiya shahrida amir-hojib Alp Jamoliddin farmoni bilan koʻchirilgan. 1989-yilda Dushanbe shahrida chop etilgan. Charlz Sheffer 1291-yilda koʻchirilgan nusxadan foydalanib, asarni fransuz tiliga tarjima qilgan va 1893-yilda nashr ettirgan. 1914-yilda Kalkutta shahrida asarning toshbosma nusxasi chop etilgan. 1932-yilda Tehron shahrida Ibrohim Xalxoliy ishtirokida 5 nusxa asosida solishtirilib, nashr ettirilgan. 1949-yilga kelib Boris Nikolayevich Zaxoder asarni rus tiliga tarjima qilib nashr etgan[4]. 1960-yilda esa ingliz tilida chop etilgan[2][3].

Oʻzbek tilidagi tarjimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar 1997-yilda Shodmon Vohidov va Aftondil Erkinovlar tomonidan fors tilidan tarjima qilinib, Toshkentda “Adolat” nashriyotida nashr et

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Siyosatnoma haqida sahifa mavjud.

ilgan[5]. Asarning ushbu tarjimasiga 1932-yili Eronning Tehron shahri nashri asos qilib olingan[2][3]. “Siyosatnoma” asari 50 fasldan iborat boʻlib, unda muallif oʻtgan shohlar tarixi va hayotiy tajribasidan misollar keltirib asarni yanada boyitgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Nizomulmulk. Siyosatnoma (Siyar ul-muluk) Saidmurod Xoʻjayev: . Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008 — 240 bet. ISBN 978-9943-08-373-8. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Nizomulmulk. Siyosatnoma (Siyar ul-muluk) Manzar Abdulxayr: . Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2021 — 304 bet. ISBN 978-9943-27-635-2. 
  4. Низам аль-мулка. Сиасатнаме (rus). Москва-Ленинград: Издательство "Наука", 1949 — 242 bet. 
  5. Nizomulmulk. Siyosatnoma (Siyar ul-muluk). Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 1997.