SpaceX AX-1
COSPAR ID | Andoza:Cospar |
---|---|
SATCAT no. | Andoza:Wd |
SpaceX AX-1 — Crew Dragon Endeavour fazo kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga boshqariladigan sayyohlik kosmik parvozi, 2022-yil 8-aprelda Kennedi kosmik markazidan uchirilgan. Ekipaj Axiom Space tomonidan yollangan professional tayyorgarlikdan oʻtgan astronavt Michael Lopez-Alegria (AQSh)dan Eytan Stibbe[he], Isroil fuqarosi; AQShdan Larry Connor[en] va Kanadadan Mark Pathy[en] iborat edi[1].
Bu Endeavour kosmik kemasining uchinchi parvozi edi (2020-yilda SpaceX DM-2 va 2021-yilda SpaceX Crew-2 missiyalaridan keyin) va Dragon 2 kosmik kemasining yettinchi boshqariladigan parvozi edi.
Maqsad
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosmosga sayyohlik parvozi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 5 mart. Axiom Space kompaniyasi SpaceX bilan Crew Dragon kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga turistik parvozi boʻyicha shartnoma imzolangani haqida xabar qildi.
18-sentabr, 2020-yil. Aviation Week & Space Technology muharriri Iren Klotz tvitterida Axiom Space bosh direktorining soʻzlariga koʻra, NASA sobiq astronavti Michael Lopez-Alegria Crew Dragon kosmik kemasi qoʻmondoni etib tayinlanganini aytdi.
2020-yil 11-noyabr. Axiom Space oʻz tvitterida „xususiy kosmonavtlar“ deb nomlangan uch kosmik sayyoh bilan shartnoma imzolash jarayonini yakunlaganini eʼlon qildi.
Ekipaj
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekipaj 4 kishidan iborat edi[2][3][4]. Ulardan: Michael Lopez-Alegria — tijorat astronavti, qolgan uchtasi xususiy kosmonavtlar, ularning har biri uchun oʻrindiqning eʼlon qilingan narxi 55 million AQSh dollarini tashkil etdi[5].
Lavozim | parvoz raqami | Tashkilot | |
---|---|---|---|
Michael Lopez-Alegriya | Komandir, uchuvchi | 5 | Axiom Space |
Larry Connor[en] | Ikkinchi uchuvchi | 1 | Axiom Space |
Eytan Stibbe | Parvoz mutaxassisi | 1 | Axiom Space |
Mark Pathy[en] | Parvoz mutaxassisi | 1 | Axiom Space |
Dublyorlar | |||
Peggy Whitson | Komandir | 4 | Axiom Space |
Jon Schoffner | Uchuvchi | 1 | Axiom Space |
Vazifa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Missiya 2022-yil 8-aprel kuni ertalab soat 11:17 da uchirilgan. Uchirish Falcon 9-larni uchirish uchun SpaceX tomonidan ijaraga olingan NASAga qarashli Kennedi kosmik markazining (LC-39A) 39A parvoz kompleksida Falcon 9 Block 5[en] raketasi yordamida amalga oshirildi. Missiya Crew Dragon Endeavour[en] bortida amalga oshirilmoqda, u ilgari Crew Dragon Demo-2 va SpaceX Crew-2[6] missiyalarida qoʻllangan edi. Fazo kemasi stansiyaga borish paytidada bir sutkadan kamroq vaqt sarfladi va Harmony moduli bilan tutashdi. U XKS bortida 11 kun boʻlishi kerak edi[7], lekin shamolli ob-havo tufayli qoʻnish joyida kechikish natijasida u 15 kundan koʻproq vaqt oʻtkazdi va 25-aprel kuni Florida yaqinida Atlantika okeaniga suv ustiga qoʻndirilib Yerga qaytdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Robert Z. Pearlman (26-yanvar 2021-yil). „Axiom Space Names First Private Crew to Visit Space Station“. Scientific American. Scientific American. 2021-02-21da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-04-09.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ NASA (2022-yil 2-fevral). „NASA, Space Station Partners Approve First Axiom Mission Astronauts“ (English). Press-reliz. 2-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
- ↑ Григорий Копиев. „Axiom Space объявила экипаж первой частной миссии к МКС“ (ru). N+1 (2021-yil 27-yanvar). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Jeff Foust. „Axiom announces crew for first private ISS mission“ (en). SpaceNews[en] (2021-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Chang, Kenneth „There Are 2 Seats Left for This Trip to the International Space Station“ (en). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
- ↑ Margetta, Robert „NASA, Space Station Partners Approve First Axiom Mission Astronauts“. NASA. 2022-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
- ↑ Kelly, Emre. „Axiom signs contract with SpaceX to fly Crew Dragon on first fully private ISS mission“. Florida Today (2020-yil 5-mart). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
SpaceX | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Transport |
| |||||||||||||||
Yuritgichlar | ||||||||||||||||
Missiyalar | ||||||||||||||||
Parvoz maydonlari | ||||||||||||||||
Qoʻnish maydonlari | ||||||||||||||||
Kontraktlar | ||||||||||||||||
Dasturlar | ||||||||||||||||
Kishilar |
| |||||||||||||||
Kursiv bilan parvoz qilmagan apparatlar va kelajakdagi missiyalar belgilangan. † belgisi bilan omadsiz missiyalar, yoʻq qilingan apparatlar va tark etilgan maydonlar belgilangan. |