Kontent qismiga oʻtish

Teropodlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Teropodlar


Teropodlarning ayrim vakillari:
1-qator: Spinosaurus aegyptiacus & Carcharodontosaurus saharicus, Saltriovenator zanellai;
2-qator: Alaska Saurornitholestinae[en], Serikornis sungei;

3-qator: Allosaurus sp. & Ceratosaurus sp., Dromaius novaehollandiae
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Oila: Theropoda
Marsh, 1881

Teropodlar, yoki yirtqich dinozavrlar (qadimgi yunon tilidan: θήρ „hayvon“ + πoss „oyoq“) — sudralib yuruvchilar sinfiga mansub dinozavrlarning bir turi. Barcha teropodlar ikki oyoq bilan harakatlanadilar, ularning aksariyati yirtqichlar, kam qismi esa oʻtxoʻrlardir (terizinozavrlar, ornitomimidlar). Koʻpchilik olimlar zamonaviy qushlarni teropodlar bilan bogʻliqlik bor deya taʼkidlaydi; shunday qilib, qushlar dinozavrlarning avlodlari emas, balki ularning guruhlaridan birining vakillari deb hisoblay boshladilar. Teropodlarning old oyogʻi odatda uch barmoqli, orqa oyogʻi esa toʻrt barmoqdan iborat. Teropodlar qush boʻlmagan dinozavrlarning barcha maʼlum turlarining 37 % ni tashkil qiladi[1].

Teropodlarning harakatlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teropodlar, dinozavrlarning boshqa guruhlaridan farqli oʻlaroq, ikki oyoqda yurishgan. Ikki oyoqli dinozavrlarning uchta afzalligi bor edi:

  1. Ular tezroq yugurishgan;
  2. Uzoqni yahshi koʻrishgan;
  3. Harakatda ishtirok etmaydigan oldingi panjalar erkin boʻlgan va boshqa funktsiyalarni bajargan.

Tirannozavr kabi yirik teropodlarning biomexanikasida sezilarli kamchilik mavjud boʻlgan — yuqori tezlikdagi kichik notoʻgʻri qadam yiqilishga, koʻpincha jarohatlarga olib kelgan. Teropodlarning old oyoqlarida uzun tirnoqli barmoqlari bor boʻlgan, ular yordamida oziq-ovqat yigʻishgan yoki oʻlja ovlashgan. Tirannozavrlarlarning orqa oyoqlari odam oʻlchamidan ikki baravar katta, oldingi oyoqlari esa juda kichik oʻlchamlarda boʻlgan. Tirannozavr harakatlanayotganda ham, ovqatlanish jarayonida ham old oyoqlarisiz osongina harakatlangan. Old oyoqlarning vazifasi haligacha sir boʻlib qolsa-da, baʼzi olimlarning tahminiga koʻra, tiranozavrlar yotganda yoki juftlashganda old oyoqlari ularga tayanch boʻlib xizmat qilgan.

Evolyutsiyasi va tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxminan 230 million yil oldin, barcha qitʼalar superkontinent Pangeyaga birlashganda, qadimgi kaltakesaklar sayyoraning turli mintaqalarida yashay boshlagan deb ishoniladi. Teropodlar Gondvana superkontinentida paydo boʻlgan va keyinchalik uning deyarli butun hududiga tarqalgan. Yevropa va AQShdan Trias davri dinozavrlari topilmalari ham maʼlum.

Maʼlumki, Trias davrining oxiriga kelib (taxminan 228-216,5 million yil oldin) dinozavrlarning uchta asosiy nasli, yaʼni teropodlar, sauropodomorflar va ornitiskilar yaxshi farqlangan. Janubiy Amerikada eodromeus kabi ilk teropodlarning qoldiqlari topilgan. Bu ibtidoiy teropodning old va orqa oyoqlarida beshta barmoq boʻlgan (garchi beshinchi barmoq juda kalta boʻlsa ham), keyingi teropodlar guruhining aʼzolari Neoteropodaning old oyoqlarida atigi uchta barmoq boʻlgan (baʼzilarida uchinchi barmoq boʻlmagan) va orqa oyogʻida toʻrt barmoq boʻlgan.

Sistematikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tasniflash tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarga qadar barcha teropodlar kattaligiga qarab ikki guruhga boʻlingan:

  • Coelurosaurs (Coelurosauria — dumsiz) — kichik, tez harakatlanuvchi, qushga oʻxshash (ornitomim, velociraptor);
  • Karnozavrlar (Carnosauria — yirtqich) — bahaybat boʻlgan, boshi katta (tirannozavr, allozavr) yirtqichlar.

Teropodlarni tasniflashning yana bir usuli — ularni eng qadimgi selofizoidlarga, ibtidoiy shakllarni oʻz ichiga olgan seratozavrlarga va qushlarga oʻxshash yanada rivojlangan tetanurlarga boʻlish.

Darren Naish va boshqalar tomonidan taʼriflanganidek, teropodlar Allosaurus fragilis (Theropoda) ni oʻz ichiga olgan eng katta sinfdir, lekin Plateosaurus engelhardti (Sauropodomorpha) va Heterodontosaurus tucki (Ornithischia) bu sinfga kiritilmagan[2].

Zamonaviy qushlarning teropodlardan paydo boʻlgan evolyutsion jarayonlarini quyidagi kladogrammalarda kuzatish mumkin[3]:

Prosauropoda

Neotheropoda

Coelophysidae

Zupaysaurus

Dilophosauridae

Ceratosauridae+Abelisauridae

Tetanurae

Piatnitzkysaurus

Condorraptor

Spinosauroidea

Monolophosaurus

Allosauroidea

Coelurosauria

Tyrannosauroidea

Coeluridae + Compsognathidae

Ornithomimidae

Maniraptora

Ornitholestes

Paraves

Christoph Hendrix va uning hamkasblari tomonidan teropodlarning soddalashtirilgan kladogrammasi 2015-yil:

† Coelophysoidea

† Dilophosauridae

Averostra

† Ceratosauria

Tetanurae

† Megalosauroidea

Avetheropoda

† Allosauroidea

Coelurosauria

† Tyrannosauroidea

† Compsognathidae

Maniraptoriformes

† Ornithomimosauria

Maniraptora

† Alvarezsauroidea

† Therizinosauria

Pennaraptora

† Oviraptorosauria

Paraves

  1. „Источник“. 2010-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
  2. Phylonyms: A Companion to the PhyloCode. ISBN 978-1-138-33293-5. 
  3. Averianov A. O., Krasnolutskii S. A., and Ivantsov S. V. (2010). A new basal coelurosaur (Dinosauria: Theropoda) from the Middle Jurassic of Siberia (Wayback Machine saytida 2022-10-07 sanasida arxivlangan). Proceedings of the Zoological Institute 314(1): 42−57.