Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali
Xalqaro nomi |
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali (TTAFF) |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 1998 |
Fakultetlar | 2 |
Talabalari | 600 |
Bakalavriat | 7 yo'nalish |
Manzili |
2a Yangi Turon ko'chasi, Farg'ona sh., Oʻzbekiston 150102 |
Veb-sayti | www.ttaff.uz |
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali — Oʻzbekistonda joylashgan yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-iyundagi 239-qarori bilan Farg‘ona shahrida Farg‘ona Davlat Universiteti “Tibbiyot markazi” negizida tashkil etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Farg’ona vodiysi va Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan.
Filialda 7 ta (davolash ishi, kasb ta’limi: tibbiy pedagogik ish, tibbiy-profilaktika ishi, oliy hamshiralik ishi, biotibbiyot muxandisi hamda qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbbiyot universiteti bilan hamkorlikda davolash ishi va stomatologiya, Kursk davlat tibbbiyot universiteti bilan hamkorlikda pediatriya ishi) ta’lim yo‘nalishlari, 2 ta (davolash, tibbiy-profilaktika) fakulteti, 11 kafedra, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va RShTYoIM Farg‘ona filialida joylashgan klinika, axborot resurs markazi (12 mingdan ziyod ilmiy va badiiy kirob fondi). Hozirda 600 ga yaqin talaba, shuningdek, klinik ordinatura yoʻnalishida 8 mutaxassislik boʻyicha 25 nafar rezident taʼlim oladi. Filialda 160 dan ortiq professor-o‘qtuvchilar, shulardan 10 nafari fan doktori, professor, 40 nafaridan koʻproq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi.
Oʻquv jarayonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim maskanida darslar anʼanaviy tazrda oʻtkaziladi, talabalarning tibbiyot sohasini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. O‘quv jarayonini tashkil qilishda 120 dan ortiq zamonaviy kompyuterdan foydalaniladi. Bundan tashqari smart interaktiv auditoriya, kompyuter va videoproektorlar bilan ta’minlangan 15 ta ma’ruza zallari, fanlar bo‘yicha 12 ta, shu jumladan mutaxassislik fanlaridan 8 ta o‘quv laboratoriyalari tashkil qilinib, 60 ga yaqin turli zamonaviy apparatlar va maxsus laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Darslar oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.