Kontent qismiga oʻtish

Turki Jandiy maqbarasi

Koordinatalari: 39°46′13.98″N 64°24′57.10″E / 39.7705500°N 64.4158611°E / 39.7705500; 64.4158611
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turki Jandiy maqbarasi

Joylashuv Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi
Turi Maqbara
Material Pishgan gʻisht
Tosh
Qurila boshlagan Nomaʼlum
Qurilish tamomlangan XVI asrda qayta tiklangan.
Xarita
Koordinatalari 39°46′13.98″N 64°24′57.10″E / 39.7705500°N 64.4158611°E / 39.7705500; 64.4158611

Turki Jandiy maqbarasi — Buxoro shahrining eski shahar qismi, Namozgoh koʻchasida joylashgan maqbara. Maqbara Buxoroning oʻrta asrlar tarixida mashhur boʻlgan imomlaridan biri Turki Jandiyga tegishlidir. Manbalarda Buxoroning janubiy qismida joylashgani aytilgan maqbarada toshquduq ham mavjud[1]. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Turki Jandi maqbarasi Buxoro shahristonining janubiy qismida joylashgan. Mazkur hududa Turki Jandi qabristoni ham boʻlgan. Maqbara Abu Nasr Ahmad ibn Fazl ibn Muso al-Muzakkir al-Jandiy tegishlidir. Mazkur maqbara va qabristonda koʻplab ulamolar va olimlar dafn qilingan[2]. Abu Nasr Ahmad ibn Fazl ibn Muso al-Muzakkir al-Jandiy XI asr boshlarida vafot etgan. XVI—XVII asrlarga kelib vayrona holiga kelgan Turki Jandiy maqbarasi ustiga bino quriladi. Turki Jandiy qabristoni hozirgi kunda buzib tashlangan va oʻrniga turar joylar qurilgan. Mazkur meʼmoriy majmuaning joylashgan joydan janubi-sharqiy tomonida mozor boʻlgan. Sharqshunos olim Komiljon Rahimov tadqiqotlariga koʻra, ushbu mozorda qoraxoniy hukmdor Shams ul-Mulk Nasr ibn Ibrohim (1068—1080) dafn qilingan. Shams ul-Mulk moziri Parfenova-Feninaning 1911—1912-yillardagi Buxoro shahri xaritasiga koʻra „Goʻrxonayi Xoqon“ qabri sifatida kiritilgan[3].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turki Jandi maqbarasi ichki yuza oʻchamlari 4,2 x 4,25 metrni, devorlari qalinligi esa 1,5 metrni tashkil etadi. Maqbara ikki tomoni gumbaz bilan qoplangan boʻlib, uchta derazasi mavjud. Maqbara ichki tomonlari gʻishtdan qilingan, naqshlar bilan bezatilgan. Maqbara yerlari esa obi gʻishtdan terilgan. Maqbara oldida Turki Jandiy masjidi ham bor. Masjidning janubi gʻarbiy tomonida balandligi 1,8 metr keladigan mehrob mavjud. Masjidning kirish eshigi gʻarb tomonida boʻlib, yangisi bilan almashtirilgan[4]. Turki Jandi maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Maqbara kirish portali toʻrtburchak shaklda, balandligi 12 metr, eni esa 6,7 metrni tashkil etadi[5]. Maqbara portali qayta naqshlar bilan bezatilib, tiklandi.

  1. „Бухоронинг табаррук зиёратгоҳлари“. 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  2. Муин ул-Фуқаро Аҳмад Бухороий 2019, s. 94.
  3. Муин ул-Фуқаро Аҳмад Бухороий 2019, s. 143.
  4. Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 67.
  5. Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 68.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Муин ул-Фуқаро Аҳмад Бухороий. Тарихи Муллазода дар зикри мазороти Бухоро. Tошкент: Фан нашриёти, 2019 — 216-bet. ISBN 978-9943-19-544-8. 
  • Баҳромов Қ, Шодиева Н. Бухоро тарихий обидалари географияси. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2020 — 129-bet.