Kontent qismiga oʻtish

UEFA Chempionlar ligasi 2001/2002

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2001-02-yil UEFA Championlari ligasi

Shotlandiya Glazgo Hampden Park stadioni 2002-yilgi UEFA chempionlari ligasi final mezboni
Umumiy maʼlumotlar
Sana Saralash:
11-Iyul – 8-Sentabr 2001
Asosoiy bosqich:
11-sentabr 2001 – 15-May 2002
Jamoalar Asosoiy bosqichda: 32
Umumiy: 72
Yakuniy natijalar
Chempionlar Ispaniya Real Madrid (9- marta)
2-oʻrin Germaniya Bayer Leverkusen
Statistika
Oʻyinlar soni 157
Gollar soni 393 (har oʻyinda oʻrtacha 2.5 ta)
Toʻpurar(lar) Niderlandiya Ruud van Nistelrooy
(10 goal)
UEFA Chemionlar ligasi logotipi
UEFA chempionlar ligasi kubogi

UEFA Chempionlar Ligasi – Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan Yevropaning yuqori divizion klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan xalqaro futbol turniri.

Yevropaning eng nufuzli klublari futbol turniri. 1955/56-yilgi ilk mavsumdan to 1991/92-yilgi mavsumgacha u Yevropa chempion klublari kubogi deb nomlangan. 1991/92-yilgi mavsumda turnir formati[1] oʻzgartirildi va 1/8 finaldan keyin guruh turnirlari oʻtkazildi. Keyin madhiya va gerb paydo boʻldi. 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab turnir hozirgi nomini oldi.

Turnirda 22 ta klub gʻolib boʻlgan boʻlsa, ulardan 12 tasi bir necha bor gʻalaba qozongan. Ispaniya klublari turnirda 19 ta gʻalabaga erishgan. Gʻolib boʻlgan unvonlar soni boʻyicha rekordchi „Real Madrid“ boʻlib, u turnirda 14 marta gʻalaba qozongan. 1992-yilda turnir nomi va formati oʻzgarganidan soʻng, ketma-ket uch mavsum (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) Chempionlar Ligasida faqat „Real Madrid“ gʻalaba qozona oldi. „Real Madrid“ turnir formati oʻzgargandan keyin eng koʻp 8 marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan klub boʻlib turibdi.

Yevropa kubogi 1955-yilda fransuz sport jurnalisti va L'Équipe muharriri Gabriel Hanot taklifi bilan tashkil etilgan. Qitʼa miqyosidagi futbol turniri gʻoyasi Angliya matbuotida 1954-yilning kuzida „Spartak“ va „Xonved“ni magʻlub etgan „Vulverxempton“ dunyoning eng kuchli klubi ekanligi haqidagi bayonotlardan keyin paydo boʻldi. Hanot oʻz gazetasida eng kuchli klubni aniqlash uchun ham uy, ham safar oʻyinlarini oʻz ichiga olgan musobaqa oʻtkazish zarurligini aytdi. Ertasi kuni Hanot musobaqaning mumkin boʻlgan loyihasini eʼlon qildi va 1955-yil yanvar oyida birinchi Yevropa kubogi boʻlib oʻtdi.

1955/56-yilgi Kubokning birinchi turnirda har bir tur ikki oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynaldi. 1992-yilga qadar qur’a tashlashda mamlakat chempionlari va yevrokuboklarning soʻnggi gʻolibi ishtirok etgan. 1991/92-yilgi mavsumdan boshlab, turnir formati guruh bosqichini oʻz ichiga olgan holda oʻzgartirildi va keyingi yili turnir Chempionlar ligasi nomini oldi. Shundan soʻng saralash bosqichlari soni, guruhlar tarkibiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi. 1997/98-yilgi mavsumda bir qator mamlakatlarda (UEFA koeffitsientlari jadvali boʻyicha) ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar turnirda qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi qayta ishlab chiqilgan boʻlib, past koeffitsientga ega boʻlgan mamlakatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanishidan oldin bir yoki bir nechta saralash bosqichida, yuqori koeffitsientga ega boʻlgan davlatlar jamoalari esa keyinroq ishtirok etishi mumkin. Ayni damda Chempionlar Ligasida eng yuqori koeffitsientga ega mamlakatlar toʻrtta klub bilan ishtirok etmoqda.

UEFA chempionlar ligasi logotipi
UEFA chempionlar ligasi logotipi

Turnir bir necha bosqichdan iborat boʻlib, toʻrtta saralash bosqichidan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻtkazishi kerak (uyda va safarda). Ikki uchrashuvning yigʻindisi boʻyicha gʻolib keyingi saralash bosqichiga oʻtadi. Barcha saralash bosqichlaridan oʻtib, jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri kelgan jamoalar bilan birga guruh bosqichiga kirishadi. Qur’a natijalariga koʻra, jamoalar har biri 4 tadan 8 ta guruhga boʻlingan. Guruh bosqichi natijalariga koʻra, dastlabki ikki jamoa pley-offga, guruhda 3-oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga yoʻl oladi. 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi quyidagicha boʻladi:

  • Bitta mamlakat (assotsiatsiya) vakillari va bir guruhdagi jamoalar oʻzaro oʻynamasligi kerak.
  • Guruh gʻoliblari ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar bilan oʻynaydi.
  • Birinchi oʻrinlar ilk uchrashuvlarini mehmonda oʻtkazishadi.
  • Jamoalar har biri 2 tadan oʻyin oʻtkazadi, natijada 1/4 finalga kim chiqishi aniq boʻladi. Ushbu bosqichdagi qur’a hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi.
  • Chorak finaldan keyin yarim final, keyin esa neytral stadionda bitta oʻyindan iborat final oʻtkaziladi. Stadion UEFA komissiyasi tomonidan ariza topshirgan arizachilar orasidan oldindan tanlab olinadi.
  • U UEFAning 5 yulduzli reytingiga ega boʻlgan barcha kerakli talablarga javob berishi kerak.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab UEFA klublarga quyidagi mukofotlarni toʻlaydi:[2] Dastlabki bosqich: €230 000 Birinchi saralash bosqichi: €280 000 Ikkinchi saralash bosqichi: €380 000 Uchinchi saralash bosqichi: €480 000 Guruh bosqichidagi toʻlov: €1 525 000 Guruh bosqichidagi gʻalaba: €2 700 000 Guruh bosqichidagi durang: €900 000 Pley-offning birinchi bosqichi (1/8 final): €9 500 000 Chorak final: €10 500 000 Yarim final: €12 000 000 Finalda yutqazgan jamoa: 15 000 000 evro Yakuniy gʻolib: €19 000 000

Turnir homiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga tashkil etilayotgan vaqtda turnir homiylari 8 tadan ortiq kompaniya boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shartnoma shartlariga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻylab 4 ta bilbord, har bir oʻyin uchun maʼlum miqdordagi chiptalar hamda oʻyindan oldingi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniya logotiplarining bannerlarda koʻrsatish huquqini oladi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar Liga oʻyinlarioʻtkazilayotgan vaqtda reklama berish huquqiga ham ega[3].

Hozirda Chempionlar ligasining rasmiy homiylari:

  • Nissan[4]
  • PlayStation
  • Lay’s
  • Santander
  • MasterCard
  • Expedia
  • Heineken[5]

Adidas kichik homiy hisoblanadi va oʻyin uchun rasmiy toʻpni yetkazib beradi. 2019/20-yilgi mavsumdan boshlab Italiyaning Macron sport brendi hakamlar formasini yetkazib bermoqda. Hublot, shuningdek, tanlovning toʻrtinchi rasmiy hamkori sifatida ikkinchi darajali homiy hisoblanadi.

Agar klublar homiylikning tegishli toifasi cheklangan (masalan, Fransiyada alkogol reklamasini taqiqlash) mamlakatda oʻyin oʻtkazsalar, bu logotipni futbolkalaridan olib tashlashlari kerak. Masalan, Reynjers 1996/97-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogida mos ravishda Fransiyaning Oser va Strasburg klublari bilan oʻynaganida, Reynjers futbolchilari „MkEvans Lager“ oʻrniga „Center Parcs“ logotipini kiyib yurishgan (oʻsha paytda ikkala kompaniya ham Shotlandiyaning shoʻba korxonalari edi).

2001-2002- yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001–2002-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi turnirning 47-mavsumi, UEFA klublar oʻrtasidagi asosiy futbol musobaqasi va Yevropa chempion klublari kubogi yoki Yevropa kubogi nomidan oʻzgartirilganidan beri 10-mavsum boʻldi. Turnirda Real Madrid gʻolib boʻldi, u finalda Bayerni magʻlub etib, toʻqqizinchi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Finaldagi gʻalaba golini Zinedin Zidan chap oyogʻi bilan jarima maydonchasi chetidan yuqori chap burchakka tepib kiritdi. Bayer finalga yoʻl olgan uchta ingliz jamoasini magʻlub etdi: Arsenal ikkinchi guruh bosqichida, Liverpul chorak finalda va Manchester Yunayted yarim finalda. Manchester Yunayted hujumchisi Rud van Nistelroy guruh bosqichining birinchi bosqichidan yarim finalgacha boʻlgan oʻyingacha 10 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻldi. Bavariya amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyurgan, ammo chorak finalda yakunda gʻolib boʻlgan Real Madrid tomonidan magʻlub etilgan edi.


Assotsiatsiya jamoalari reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-2002-yillardagi Chempionlar ligasida 51 ta UEFA assotsiatsiyasidan 48 ta assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan ulardan jami 72 ta jamoa qatnashgan. Futbol assosiasiyalari reytingi va shunga mos ravishda 2001/2002-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻrinlarni mamlakatlar oʻrtasida taqsimlash UEFA koeffitsientlari jadvali asosida tuzilgan boʻlib, bu qur’a uchun klublarning Yevropaning rasmiy klublaridagi 1995/1996-yilgi mavsumdan 1999/2000-yilgi mavsumgacha boʻlgan musobaqalar oʻyinlari natijalari hisobga olingan. Lixtenshteyn (oʻz ligasi yoʻq), shuningdek, eng past reytingli uyushmalarga (Andorra va San-Marino) ruxsat berilmagan. Quyida 2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash sxemasi keltirilgan[6]:

  • 1–3-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida toʻrttadan jamoa bor.
  • 4–6-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida uchtadan jamoa bor.
  • 7–15-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida ikkitadan jamoa bor.
  • 16–49-oʻrinlar assotsiatsiyalarda bittadan jamoa bor (Lixtenshteyndan tashqari)[7]
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
1 Ispaniya Ispaniya 59.599 4
2 Italiya Italiya 55.927
3 Germaniya Germaniya 46.403
4 Fransiya Fransya 42.727 3
5 Angliya Angliya 41.455
6 Niderlandiya Gollandiya 36.666
7 Rossiya Rossiya 29.275 2
8 Chexiya CHexiya Respublikasu 29.124
9 Gretsiya Gretsiya 28.866
10 Portugaliya Portugaliya 24.549
11 Turkiya Turkiya 23.850
12 Ukraina Ukraina 23.166
13 Norvegiya Norvegiya 22.100
14 Shveysariya Shveysariya 21.000
15 Shotlandiya Shotlandiya 20.500
16 Avstriya Avstriya 20.500 1
17 Belgiya Belgiya 19.050
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
18 Daniya Daniya 18.175 1
19 Polsha Polsha 18.000
20 Ruminiya Ruminya 17.833
21 Xorvatiya Xorvatiya 16.124
22 Shvetsiya Shvetsiya 15.533
23 Vengriya Vengriya 15.416
24 Isroil Isroil 13.541
25 Slovakiya Slovakiya 12.832
26 Sloveniya Sloveniya 11.831
27 Kipr Misr 11.498
28 Yugoslavia FR 11.415
29 Bolgariya Bolgariya 10.540
30 Gruziya Gruziya 9.666
31 Latviya Latviya 8.332
32 Finlandiya Finlandiya 8.041
33 Belarus Belorussiya 7.583
34 Moldova Maldova 6.333
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
35 Islandiya Islandiya 6.332 1
36 Shimoliy Makedoniya Makedoniya 5.081
37 Litva Litva 4.665
38 Estoniya Estoniya 2.582
39 Uels Uels 2.332
40 Armaniston Armaniston 2.249
41 Republic of Ireland Irlandiya 1.665
42 Malta Malta 1.498
43 Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 1.498
44 Farer orollari Farrer orollari 1.415
45 Lyuksemburg Lyuksemburg 1.332
46 Ozarbayjon Ozarbayjon 1.249
47 Lixtenshteyn Lixtenshteyn 1.000 0
48 Albaniya Albaniya 0.832 1
49 Bosniya va Gersegovina Bpsniya va Gersogovina 0.500
50 Andorra Andorra 0.000 0
51 San Marino San-Marino 0.000

Ishtirokchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001/02-yilgi Chempionlar ligasida 48 ta UEFA assotsiatsiyasidan 72 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir assotsiatsiya 1999/2000-ilgi Yeopa kubogi mavsumidan keyin koeffitsientga muvofiq qur’a tashlashda ishtirok etish uchun maʼlum miqdordagi jamoalarni taqdim etish huquqiga ega edi

1-dan 3-oʻringacha boʻlgan uyushmalar (Ispaniya, Italiya va Germaniya): 4 ta jamoa 4-6-oʻrindagi uyushmalar (Fransiya, Angliya va Gollandiya): 3 ta jamoa 7 dan 15 gacha boʻlgan uyushmalar: 2 ta jamoa 16 dan 49 gacha boʻlgan uyushmalar: 1 ta jamoa

Birinchi saralash bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20 ta assotsiatsiya chempionlari 29-dan 49-oʻringa (Lixtenshteyndan tashqari)

Ikkinchi saralash bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 10 ta klub 12 ta assotsiatsiya chempioni 17-28-'rinlar 10-15-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar

Uchinchi saralash bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 14 ta klub 6 ta assotsiatsiya chempioni 11-16-oʻrinlar 7-9-assotsiatsiyalarda 3 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar 1-6-assotasiyalarda uchinchi oʻrinni egallagan 6 ta klub 1-3-assotsiatsiyalarda toʻrtinchi oʻrinni egallagan 3 ta klub

Birinchi guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 16 ta klub 10 ta assotsiatsiya chempionlari 1-10-oʻrinlar, shu jumladan turnirning amaldagi gʻolibi 1-6-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar

Ikkinchi guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 16 jamoa

Ikkinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 8 ta jamoa

Ishtirokchi jamoalar roʻyhati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guruh bosqichi
Ispaniya Real Madrid (1chi) Germaniya Bayern Munich (1chi)TH Angliya Manchester United (1chi) Rossiya Spartak Moscow (1chi)
Ispaniya Deportivo de La Coruña (2chi) Germaniya Schalke 04 (2chi) Angliya Arsenal (2chi) Chexiya Sparta Prague (1chi)
Italiya Roma (1chi) Fransiya Nantes (1chi) Niderlandiya PSV Eindhoven (1st) Gretsiya Olympiacos (1chi)
Italiya Juventus (2chi) Fransiya Lyon (2chi) Niderlandiya Feyenoord (2chi) Portugaliya Boavista (1chi)
Uchinchi saralash bosqichi
Ispaniya Mallorca (3chi) Germaniya Bayer Leverkusen (4chi) Chexiya Slavia Prague (2chi) Norvegiya Rosenborg (1chi)
Ispaniya Barcelona (4chi) Fransiya Lille (3chi) Gretsiya Panathinaikos (2chi) Shveysariya Grasshopper (1chi)
Italiya Lazio (3chi) Angliya Liverpool (3chi) Turkiya Fenerbahçe (1chi) Shotlandiya Celtic (1chi)
Italiya Parma (4chi) Niderlandiya Ajax (3chi) Ukraina Dynamo Kyiv (1chi) Avstriya Tirol Innsbruck (1chi)
Germaniya Borussia Dortmund (3chi) Rossiya Lokomotiv Moscow (2chi)
Ikkinchi saralash bosqichi
Portugaliya Porto (2chi) Shotlandiya Rangers (2chi) Xorvatiya Hajduk Split (1chi) Slovakiya Inter Bratislava (1chi)
Turkiya Galatasaray (2chi) Belgiya Anderlecht (1chi) Shvetsiya Halmstad (1chi) Sloveniya Maribor (1chi)
Ukraina Shakhtar Donetsk (2chi) Daniya Copenhagen (1chi) Vengriya Ferencváros (1chi) Kipr Omonia (1chi)
Norvegiya Brann (2chi) Polsha Wisła Kraków (1chi) Isroil Maccabi Haifa (1chi) Serbiya [Red Star Belgrade (1chi)
Shveysariya Lugano (2chi) Ruminiya Steaua București (1chi)
Birinchi saralash bosqichi
Bolgariya Levski Sofia (1chi) Moldova Sheriff Tiraspol (1chi) Uels Barry Town (1chi) Farer orollari VB Vágur (1chi)
Gruziya Torpedo Kutaisi (1chi) Islandiya KR Reykjavík (1chi) Armaniston Araks Ararat (1chi) Lyuksemburg[F91 Dudelange (1chi)
Latviya Skonto (1chi) Shimoliy Makedoniya Sloga Jugomagnat (1chi) Republic of Ireland Bohemians (1chi) Ozarbayjon Shamkir (1chi)
Finlandiya Haka (1chi) Litva FBK Kaunas (1chi) Malta Valletta (1chi) Albaniya Vllaznia Shkodër (1chi)
Belarus Slavia Mozyr (1chi) Estoniya Levadia Maardu (1chi) Shimoliy Irlandiya Linfield (1chi) Bosniya va Gersegovina Željezničar Sarajevo (1chi)


Kvalifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kvalifikatsion bosqich

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Araks-Impeks Armaniston 0–3 Moldova Sheriff Tiraspol 0–1 0–2
Linfield Shimoliy Irlandiya 0–1 Gruziya Torpedo Kutaisi 0–0 0–1
Bohemians Republic of Ireland 3–0 Estoniya Levadia Maardu 3–0 0–0
F91 Dudelange Lyuksemburg 2–6 Latviya Skonto 1–6 1–0
Levski Sofia Bolgariya 4–0 Bosniya va Gersegovina Željezničar 4–0 0–0
VB Vágur Farer orollari 0–5 Belarus Slavia Mozyr 0–0 0–5
Valletta Malta 0–5 Finlandiya Haka 0–0 0–5
Sloga Jugomagnat Shimoliy Makedoniya 1–1 (a) Litva FBK Kaunas 0–0 1–1
KR Islandiya 2–2 (a) Albaniya Vllaznia 2–1 0–1
Barry Town Uels 3–0 Ozarbayjon Shamkir 2–0 1–0

Ikkinchi kvalifikatsion bosqich

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Haka Finlandiya 3–1 Isroil Maccabi Haifa 0–1 3–0*
Shakhtar Donetsk Ukraina 4–2 Shveysariya Lugano 3–0 1–2
Omonia Kipr 2–3 Yugoslaviya Federativ Respublikasi Red Star Belgrade 1–1 1–2
Ferencváros Vengriya 0–0 (4–5 p) Xorvatiya Hajduk Split 0–0 0–0 (q.v)
Porto Portugaliya 9–3 Uels Barry Town 8–0 1–3
Maribor Sloveniya 1–6 Shotlandiya Rangers 0–3 1–3
Galatasaray Turkiya 6–1 Albaniya Vllaznia 2–0 4–1
Slavia Mozyr Belarus 0–2 Slovakiya Inter Bratislava 0–1 0–1
Anderlecht Belgiya 6–1 Moldova Sheriff Tiraspol 4–0 2–1
Torpedo Kutaisi Gruziya 2–4 Daniya Copenhagen 1–1 1–3
Levski Sofia Bolgariya 1–1 (a) Norvegiya Brann 0–0 1–1
Skonto Latviya 1–3 Polsha Wisła Kraków 1–2 0–1
Bohemians Republic of Ireland 1–4 Shvetsiya Halmstad 1–2 0–2
Steaua București Ruminiya 5–1 Shimoliy Makedoniya Sloga Jugomagnat 3–0 2–1

* Ikkinchi oʻyin 4:0 hisobida „Makkabi Xayfa“ foydasiga hal boʻldi, ammo diskvalifikatsiya qilingan futbolchini maydonga tushirgani uchun ularga 0:3 hisobida texnik magʻlubiyat yozildi.

Uchinchi kvalifikatsion bosqich

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Shakhtar Donetsk Ukraina 1–5 Germaniya Borussia Dortmund 0–2 1–3
Lokomotiv Moscow Rossiya 3–2 Avstriya Tirol Innsbruck 3–1 0–1*
Steaua București Ruminiya 3–5 Ukraina Dynamo Kyiv 2–4 1–1
Haka Finlandiya 1–9 Angliya Liverpool 0–5 1–4
Hajduk Split Xorvatiya 1–2 Ispaniya Mallorca 1–0 0–2 (q.v)
Red Star Belgrade Yugoslaviya Federativ Respublikasi 0–3 Germaniya Bayer Leverkusen 0–0 0–3
Wisła Kraków Polsha 3–5 Ispaniya Barcelona 3–4 0–1
Copenhagen Daniya 3–5 Italiya Lazio 2–1 1–4
Inter Bratislava Slovakiya 3–7 Norvegiya Rosenborg 3–3 0–4
Halmstad Shvetsiya 3–4 Belgiya Anderlecht 2–3 1–1
Slavia Prague Chexiya 1–3 Gretsiya Panathinaikos 1–2 0–1
Galatasaray Turkiya 3–2 Bolgariya Levski Sofia 2–1 1–1
Ajax Niderlandiya 2–3 Shotlandiya Celtic 1–3 1–0
Porto Portugaliya 5–4 Shveysariya Grasshopper 2–2 3–2
Parma Italiya 1–2 Fransiya Lille 0–2 1–0
Rangers Shotlandiya 1–2 Turkiya Fenerbahçe 0–0 1–2

* Oʻyin bekor qilingan 2001-yil 22-avgust Tirol Insbruk 0-1 Lokomotiv Moskva[8][9].

Birinchi guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xaritada 2001–02-UEFA Chempionlari ligsi birinchi guruh bosqichi.
Jigar rang: A guruhi; Qizil: B guruhi; Olov rang: C guruhi; Sariq: D guruhi;
Yashil: E guruhi; Ko'k: F guruhi; Binafsha rang: G guruhi; Pushti: H guruhi.

Uchinchi saralash bosqichining 16 nafar gʻolibi, 1-10-oʻrinlarni egallagan mamlakatlardan 10 nafar chempion va ikkinchi oʻrinni egallagan 1-6-assotasatsiya davlatlaridan oltita jamoa har biri toʻrttadan sakkizta guruhga boʻlinishdi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi ikkinchi guruh bosqichiga, uchinchi oʻrinni egallagan jamoa esa UEFA kubogining uchinchi bosqichiga yoʻl oladi.

Seltik, Lill, Liverpul, Lokomotiv, Malyorka, Roma va Shalke-04 guruh bosqichida debyut qilishdi.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Real Madrid 6 4 1 1 13 5 +8 13 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Italiya Roma 6 2 3 1 6 5 +1 9
3 Rossiya Lokomotiv Moscow 6 2 1 3 9 9 0 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Belgiya Anderlecht 6 0 3 3 4 13 −9 3
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Angliya Liverpool 6 3 3 0 7 3 +4 12 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Portugaliya Boavista 6 2 2 2 8 7 +1 8
3 Germaniya Borussia Dortmund 6 2 2 2 6 7 −1 8 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Ukraina Dynamo Kyiv 6 1 1 4 5 9 −4 4
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Gretsiya Panathinaikos 6 4 0 2 8 3 +5 12 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Angliya Arsenal 6 3 0 3 9 9 0 9
3 Ispaniya Mallorca 6 3 0 3 4 9 −5 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Germaniya Schalke 04 6 2 0 4 9 9 0 6
Manba: RSSSF


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Fransiya Nantes 6 3 2 1 8 3 +5 11 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Turkiya Galatasaray 6 3 1 2 5 4 +1 10
3 Niderlandiya PSV Eindhoven 6 2 1 3 6 9 −3 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Italiya Lazio 6 2 0 4 4 7 −3 6
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Italiya Juventus 6 3 2 1 11 8 +3 11 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Portugaliya Porto 6 3 1 2 7 5 +2 10
3 Shotlandiya Celtic 6 3 0 3 8 11 −3 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Norvegiya Rosenborg 6 1 1 4 4 6 −2 4
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Barcelona 6 5 0 1 12 5 +7 15 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Germaniya Bayer Leverkusen 6 4 0 2 10 9 +1 12
3 Fransiya Lyon 6 3 0 3 10 9 +1 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Turkiya Fenerbahçe 6 0 0 6 3 12 −9 0
Manba: RSSSF


Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Deportivo La Coruña 6 2 4 0 10 8 +2 10 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Angliya Manchester United 6 3 1 2 10 6 +4 10
3 Fransiya Lille 6 1 3 2 7 7 0 6 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Gretsiya Olympiacos 6 1 2 3 6 12 −6 5
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Germaniya Bayern Munich 6 4 2 0 14 5 +9 14 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2 Chexiya Sparta Prague 6 3 2 1 10 3 +7 11
3 Niderlandiya Feyenoord 6 1 2 3 7 14 −7 5 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4 Rossiya Spartak Moscow 6 0 2 4 7 16 −9 2
Manba: RSSSF

Ikkinchi guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi guruh bosqichining sakkizta gʻolibi va sakkiz nafar ikkinchi oʻrin sohibi toʻrtta jamoadan iborat toʻrt guruhga boʻlingan holda ikki guruh gʻolibi va ikki nafar ikkinchi oʻrinni egallash uchun kurashishlari kerak edi. Bir mamlakat yoki birinchi turda bir guruhida boʻlgan jamoalar qur’a tashlashda ishtirok etishmadi. Qoida boʻyicha har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa chorak finalga yoʻl oladi.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Angliya Manchester United 6 3 3 0 13 3 +10 12 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2 Germaniya Bayern Munich 6 3 3 0 5 2 +3 12
3 Portugaliya Boavista 6 1 2 3 2 8 −6 5
4 Fransiya Nantes 6 0 2 4 4 11 −7 2
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Barcelona 6 2 3 1 7 7 0 9 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2 Angliya Liverpool 6 1 4 1 4 4 0 7
3 Italiya Roma 6 1 4 1 6 5 +1 7
4 Turkiya Galatasaray 6 0 5 1 5 6 −1 5
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Ispaniya Real Madrid 6 5 1 0 14 5 +9 16 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2 Gretsiya Panathinaikos 6 2 2 2 7 8 −1 8
3 Chexiya Sparta Prague 6 2 0 4 6 10 −4 6
4 Portugaliya Porto 6 1 1 4 3 7 −4 4
Manba: RSSSF
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 Germaniya Bayer Leverkusen 6 3 1 2 11 11 0 10 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2 Ispaniya Deportivo La Coruña 6 3 1 2 7 6 +1 10
3 Angliya Arsenal 6 2 1 3 8 8 0 7
4 Italiya Juventus 6 2 1 3 7 8 −1 7
Manba: RSSSF

Birinchi oʻyinlar 2002-yil 2/3-aprelda boʻlib oʻtgan. Javob uchrashuvlari – 9/10-aprel kunlari oʻtkazilgan.

Chorak final natijalari
1-jamoa Xisob 2-jamoa 1-oʻyin 2-oʻyin
GermaniyaBayern Munich 2:3 IspaniyaReal Madrid 2:1 0:2
IspaniyaDeportivo La Coruña 2:5 AngliyaManchester United 0:2 2:3
GretsiyaPanathinaikos 2:3 IspaniyaBarcelona 1:0 1:3
AngliyaLiverpool 3:4 GermaniyaBayer 04 Leverkusen 1:0 2:4

Birinchi oʻyinlar 2002-yil 2/3-aprelda boʻlib oʻtgan. Javob oʻyinlari – 9/10-aprelda oʻtkazilgan.

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Barcelona Ispaniya 1–3 Ispaniya Real Madrid 0–2 1–1
Manchester United Angliya 3–3 (a) Germaniya Bayer Leverkusen 2–2 1–1

Final 2002-yil 15-mayda Glazgo, Shotlandiyadagi Hampden Parkda boʻlib oʻtdi.

15 May 2002
19:45 BST
Bayer Leverkusen Germaniya 1–2 Ispaniya Real Madrid Hampden Park, Glasgow
Tomoshabinlar: 52,000
Hakam: Urs Meier (Shveysariya)
Lúcio Gol 13' Report Raúl Gol 8'
Zidane Gol 45'

2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar ligasida (saralash bosqichidan tashqari) eng yaxshi toʻpurarlar va assistentlar roʻyhati:

Eng yaxshi toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrin Ism Jamoa GOl Oʻyin Oʻynagan daqiqasi
1 Niderlandiya Ruud van Nistelrooy Angliya Manchester United 10 14 1207'
2 Fransiya David Trezeguet Italiya Juventus 8 10 841'
3 Norvegiya Ole Gunnar Solskjær Angliya Manchester United 7 15 630'
Fransiya Thierry Henry Angliya Arsenal 7 11 981'
5 Braziliya Giovane Élber Germaniya Bayern Munich 6 11 730'
Ispaniya Diego Tristán Ispaniya Deportivo La Coruña 6 12 797'
Kipr Michalis Konstantinou Gretsiya Panathinaikos 6 14 955'
Ispaniya Raúl Ispaniya Real Madrid 6 12 1080'
Niderlandiya Patrick Kluivert Ispaniya Barcelona 6 15 1300'
Germaniya Michael Ballack Germaniya Bayer Leverkusen 6 15 1346'


Eng yaxshi assistentlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻrin Ism Jamoa Assis Oʻynagan daqiqalari
1 Bosniya va Gersegovina Hasan Salihamidžić Germaniya Bayern Munich 5 675'
Argentina Juan Sebastián Verón Angliya Manchester United 5 1118'
Niderlandiya Ruud van Nistelrooy Angliya Manchester United 5 1212'
Germaniya Bernd Schneider Germaniya Bayer Leverkusen 5 1433'
5 Daniya Jan Michaelsen Gretsiya Panathinaikos 4 746'
Braziliya Rivaldo Ispaniya Barcelona 4 896'
Angliya David Beckham Angliya Manchester United 4 1099'
Braziliya Roberto Carlos Ispaniya Real Madrid 4 1106'
Turkiya Yıldıray Baştürk Germaniya Bayer Leverkusen 4 1241'
Braziliya Zé Roberto Germaniya Bayer Leverkusen 4 1342'