Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uy-joy kodeksidan yoʻnaltirildi)

Uy-joy kodeksi — fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy joy bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi[1]. Ushbu holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, uy-joy huquqi deganda, huquq subyektlarining turar joylarga nisbatan mulk huquqi, fuqarolarning turar joylarda istiqomat qilishlari va davlat organlarining turar joy sohasidagi vakolatlari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yigʻindisi tushuniladi. Ayrim mutaxassislar uy-joy huquqining mustaqil roli mavjud emas, shu sababli u fuqarolik huquqining kichik sohasi, deb hisoblashadi. Biroq uy-joy huquqining O'zbekiston Respublikasi huquq tizimidagi mustaqil kompleks huquq sohasi sifatida eʼtirof etish maqsadga muvofiqdir[2]. Uy-joy huquqi huquq sohasi sifatida fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlarini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar va institutlar tizimidir. Huquq sohasi sifatida uy-joy huquqining predmeti boʻlib, uy-joy munosabatlari, yaʼni fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasining Uy joy kodesksi 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan va 1999-yil 1-apreldan kuchga kirgan[3]. Kodeksga soʻngi marta 2021-yil 21-aprelda (Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-683-sonli Qonuni bilan) oʻzgartirish kiritilgan. Uy joy kodeksi 11 boʻlim, 14 bob va 141 moddadan iborat[4].

Uy-joy qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi:

  • turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, oʻzgarishi hamda bekor boʻlishi;
  • uy-joy fondini hisobga olish;
  • uy-joy fondini saqlash, qarash va taʼmirlashni taʼminlash;
  • fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.

Uy-joy huquqining tamoyillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uy-joy huquq oʻzining asosiy tamoyillariga ega. Uy-joy huquqining tamoyillari deganda, uy-joy huquqiy tartibga solishning asosiy qoidalari tushuniladi va ularga quyidagilar kiradi:

  1. turar joyning daxlsizligi;
  2. turar joydan oʻzboshimchalik bilan mahrum qilishga yoʻl qoʻyilmasligi;
  3. turar joy tanlash huquqining erkinligi:
  4. uy-joy fondidan foydalanishga ruxsat etilishi;
  5. uy-joy fondidan maqsadli foydalanish.
  1. „Uy joy kodeksi“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  2. Imomov, N. O'zbekiston Respublikasi uy joy huquqi tushunchasi va tizmi. Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2013 — 6-7-bet. ISBN 978-9943-05-607-7. 
  3. „UY-JOY KODEKSI“. norma.uz. «NORMA» MChJ. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  4. Uy joy kodeksi, 2023, Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish — 2-3-bet. ISBN 978-9943-8522-7-3.