Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Arxiv 2022

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Narzullayev Elbek (munozara) 13:00, 11-Dekabr 2022 (UTC)

Tarixdagi eng mashhur muhorabalardan biri haqida maqola yaratildi.Xolisona fikr va baho berishingizni kutib qolaman Narzullayev Elbek (munozara) 13:00, 11-Dekabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum. Tarixchi emasman, shu sabab sinchiklab o’qib chiqmasdan turib yaratgan maqolangiz mazmuni haqida nimadir deyolmayman. Lekin tahrirchi sifatida ayta olamanki, bir qarashda maqolada mayda kamchiliklar (xususan, “space”lar bilan bog’liq, ayrim so’zlar, tinish belgilari bir biriga yopishib qolgan) juda ko’p ko’zga tashlandi. Shularni tuzatib chiqsangiz, yaxshi bo’lar edi. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 18:01, 12-Dekabr 2022 (UTC)
Assalom alaykum! Avvalo e’tiboringiz uchun rahmat. Men o’qiganim bo’yicha ochiq joylar qolmasligi kerak edi. Fountainda shunday deyishgandi, ortiqcha ochiq joylar ko’p deb. Ammo yana ko’rib chiqman. E’tiboringiz uchun rahmat. Narzullayev Elbek (munozara) 16:14, 13-Dekabr 2022 (UTC)
Siz ochiq joylar qolmasin degan gapni emas, punktuatsiya qoidalarini o'qing! Ochiq joylar manba snoskalaridan oldin, nuqta va verguldan oldin, qavs ichida qolmasin deyilgan. Salla desa kallani olmang, o'ylab ish qiling! Jamshid Nurqul (munozara) 20:57, 13-Dekabr 2022 (UTC)
Tushunarli rahmat Narzullayev Elbek (munozara) 14:08, 14-Dekabr 2022 (UTC)
Battle of Chaldiran maqolasidagi barcha matnni tarjima qilib undagi 47 ta manbani ham koʻchirish zarur. Siz bunday qilmagansiz. — Kagansky (munozarasi) 14:05, 13-Dekabr 2022 (UTC)
Assalomu alaykum! Rahmat ko’chirib chiqaman Narzullayev Elbek (munozara) 16:15, 13-Dekabr 2022 (UTC)
Siz aytgan kamchiliklarni to’g’irlab chiqdim. Yana bir bor o’qib chiqishingizni so’rayman — Narzullayev Elbek (munozara) 14:40, 14-Dekabr 2022 (UTC)
Fikr: Maqolani o'qib, ko'plab xatolarini tuzatib chiqdim. Maqola tarixiga kirib men qilgan o'zgarishlarni ko'rib chiqing. Uzwikida biror narsa qoralashdan oldin O'zbek tili darsligini ham bir varaqlang. Maqolani oxirigacha o'qib chiqdim, haligacha xatolar bor, siz ham uni qayta o'qing, xato ko'rsangiz tuzating va shu yerda xabar bering. Jamshid Nurqul (munozara) 00:36, 16-Dekabr 2022 (UTC)
Xo'p. Narzullayev Elbek (munozara) 11:09, 16-Dekabr 2022 (UTC)
Hurmatli nominator, sizga maqolani o'qib xatolarini tuzatish uchun vaqt berilgan edi, maqola tarixiga qaraganimda u yerda hech qanday tuzatish qilinmaganini ko'rdim. Maqolaga tuzatish kiritsangiz ham, maqolada tuzatilishi kerak bo'lgan o'rinlarni topa olmasangiz ham shu yerda xabar bering. Maqola bo'yicha xulosa chiqarishimiz kerak, vaqt o'tyapti. 24 soat ichida javob yozmasangiz maqola sifati qayta o'rganib chiqilib, tegishli xulosa chiqariladi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:24, 27-Dekabr 2022 (UTC)
Assalom alaykum, tuzatilishi kerak bo'lgan o'rinlar tuzatildi, fikrimcha barcha tuzatilishi kerak bo'lgan o'rinlar ko'zdan kechirib chiqildi — Narzullayev Elbek (munozara) 14:57, 28-Dekabr 2022 (UTC)
Maqolani tarjima qilishda ishlatilgan atamalar avval qanday qo‘llanilganiga ham e'tibor bering. Xususan, ayrim o‘rinlarda turkcha asli „yeniçeri“ bo‘lgan so‘zni „yanicha“ yoki „yanichar“ deb ikki xil istilohda olgansiz. Odatda, onlayn tarjimonlar „yanichar“ yoxud „yangichar“ deb berishadi, iste'molga esa faqat „yanichar“ olingan. Bundan tashqari, o‘rinlarda ba'zan shoh Ismoilning darajasi bo‘lgan „shoh“ so‘zini katta bilan, ba'zan kichik bilan, ayrim hollarda umuman qo‘llamasdan yozgansiz. Har ikkisini ham tenglashtirish kerak. Yana bir muhim qismi — ishoraviy xatolar juda ko‘pligidan Salim I ning urush ochish to‘g‘risidagi xati shoh Ismoilning o‘z nomidan aytilgandek anglam beradi. Shuningdek, qolgan barcha atamalarni — urug‘, guruh va jamoa nomlari, martaba va darajalarni birxillashtirish kerak. Shu qatorda, shoh Ismoilning xarami va so‘nggi faoliyatiga o‘xshash takroriy ma'lumotlarni birlashtirishni ham ko‘rib chiqishingizni taklif qilaman. Kamol Azzam (munozara) 09:55, 4-yanvar 2023 (UTC)
Hurmatli nominator Narzullayev Elbek. Maqolani Google translator orqali tarjima qilgandan keyin uni odam oʻqiydigan tilga moslash kerak. Maqoladagi koʻp oʻrinlarda avtomat tarjima alomatlari saqlangan. Jamshid Nurqul ogohlantirganiga qaramay gʻaliz tarjimalar saqlangan. Yana bir jiddiy koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Jumladan,
  1. Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Mana shu gapni biroz soddalashtirish kerak. Gap hajmi kattaligi uchun tushunarsiz boʻlib qolgan.
  2. Salim yurishni boshlashidan oldin, Onadoʻlidagi 40000 ga yaqin Qizilboshlar „isyonkor xatti-harakatlari uchun jazo sifatida“ qatl qilishni buyurdi. Bu yerda kim qatl qilishni buyurgan? Aniqlik kiritish kerak.

Shular va shu kabi xatolar tuzatilsa goʻzal boʻlar edi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:12, 4-Yanvar 2023 (UTC)

  1.  Roziman — Maqoladagi uslubiy, strukturaviy, imloviy va shunga oʻxshash boshqa kamchiliklar iloji boricha tuzatildi. Maqola xushsifat statusini olish uchun tayyor deb oʻylayman. Oʻqib koʻrib jang haqida yetarlicha maʼlumotlar oldim deb hisoblayman. MaxiMillian (talk) 06:25, 15-Dekabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi — Ikki haftadan ortiq vaqt davomida yetarlicha ovoz toʻplanmadi, foydalanuvchilar tomonidan sanab oʻtilgan kamchiliklar tuzatilmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 13:55, 5-Yanvar 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Mirishkorlik (munozara) 13:43, 21-Noyabr 2022 (UTC)

Maqolaga qoʻshimcha suratlar joylandi. Undagi yaponcha nomlar qoidalarga koʻra translit qilindi. Maqolaga ovoz bering! Mirishkorlik (munozara) 13:43, 21-Noyabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum. Maqola nomi qaysi manbalardan olindi? Yaponcha va inglizcha matnlarda Meiji tarzida berilgan Lazizbek munozara 13:53, 21-Noyabr 2022 (UTC)
Shuningdek, maqolada g'aliz tarjimalar saqlanib qolgan. oʻz ismi bilan ataluvchi „Meydzi era“ siga rais sifatida mamlakatni boshqaradi. Ushbu matnda Yaponiyada rais lavozimi mavjud degan xulosa kelib chiqishi kerakmi? Lazizbek munozara 13:54, 21-Noyabr 2022 (UTC)
Meydzimas, Meyji deb aytilmaydimi? 213.230.78.138 14:53, 21-Noyabr 2022 (UTC)
  1.  Qarshiman - Avtomat tarjimalar tuzatilmagan -Umarjon Rahimov (munozara) 09:35, 27-Noyabr 2022 (UTC)
  1.  Betarafman — Jadval ichidagi „yoʻq“, soʻzlarini uning muqobili bilan almashtirsa yaxshi boʻlar edi. Keyin maqolani rasmiylashtirishda alohida eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan jihatlar mavjud. Manbalar ham toʻliq emas.  — Programmer (munozara) 21:14, 21-Noyabr 2022 (UTC)

Maqolaning kamchiliklari koʻp. Qolaversa uning hajmi XM statusi uchun juda katta.  Bajarilmadi. — Kagansky (munozarasi) 18:49, 11-Dekabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Odilbek Irisqulov (munozara) 18:04, 18-Oktabr 2022 (UTC)

Bu yerda maqola qisqacha nima haqida ekanligini va nima uchun unga „xushsifat“ unvonini berish kerakligini bayon eting. Odilbek Irisqulov (munozara) 18:04, 18-Oktabr 2022 (UTC) 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati maqolasi ingliz tilidagi mavjuda 10 ga yaqin maqolalardan am;lumot olib, 2019-yil Fransiyada o`tkazilgan ayolllar futbolidagi eng nufuzli musobaqa bo`lgan Jahon chempionati haqida batafsil ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Maqolada chempionat bilan bog`liq barcha ma'lumotlar matn, surat, jadval, grafik ko`rinishida qayt etilgan. Musobaqa doirasida o`tkazilgan 52ta uchrashuvning har biri haqida alohida-alohida ma'lumot berilgan. Maqola grammatik va imlo qoidalari bo`yicha tekshirib ko`rilgan.

@Odilbek Irisqulov, logotip bilgiqutining ichida tursa yaxshiroq. Nega buncha katta logotip bilgiqutining ichida emas? Jamshid Nurqul (munozara) 09:38, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Assalomu alaykum. Xo`p, bilgi qutining ichiga solib qo`ydim Odilbek Irisqulov (munozara) 20:50, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Ismlarning aslidagi bilan bir xilligiga e'tibor bering. Masalan, futbolchi Lucy Bronzening ismi maqolada "Lucy Bronza" deb yozilibdi. Shu kabi ismlar aslidek yozilganiga e'tibor bering. Jamshid Nurqul (munozara) 06:53, 20-Oktabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi — ikki hafta davomida hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 22:27, 3-Noyabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Assalomu alaykum, Vikipediya ahli! Ushbu maqola Inglizcha va Ruscha Vikipediyadagi maʼlumotlar asosida tarjima qilingan holda yaratilgan. Maqoladagi har bir keltirilgan faktlar manbalar bilan tasdiqlangan. Maqolada xatoliklarga guvoh boʻlsangiz, iltimos, tuzatishga yordam bering, yohud xatolik haqida xabar bering. Iltimos, ushbu maqola uchun oʻz ovozingizni ayamasangiz. Father of Angels (munozara) 18:03, 18-Oktabr 2022 (UTC)

Ushbu maqola ruwikidagi "Убийство Дарьи Дугиной" (oʻzbekcha: Darya Duginaning o'ldirilishi) maqolasiga bog'langan. Agar bu maqola ruschadagi yuqorida ko'rsatilgan maqoladan tarjima qilingan bo'lsa, unda, ushbu maqolaning nomini o'zgartirish kerak. Shu masalaga oydinlik kiritingiz. Jamshid Nurqul (munozara) 06:48, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Assalomu alaykum, Jamshid Nurkulov. Ushbu maqola enwikida Darya Dugina RuWikida esa siz aytganingizdek. Ushbu ikki maqola ovoz berish yo'li orqali birlashtirilgan. Ushbu havola bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Father of Angels (munozara) 09:01, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Tushunarli, rahmat, keyinroq maqola imlosini ko'rib chiqib fikr bildiraman. Jamshid Nurqul (munozara) 09:25, 19-Oktabr 2022 (UTC)
Salomat boʻling, benihoyat minnatdorman! Father of Angels (munozara) 10:30, 19-Oktabr 2022 (UTC)

Maqolada ayrim tushunarsiz uzun gaplar bor:
1. "Ponomarevning Meduza nashriga bergan intervyusida muxbir va intervyu muharriri sifatida qatnashgan Svetlana Reiter Ilyaning Rossiya MRAsi haqidagi daʼvolari, Putinning Dumadagi faoliyati va boyligining manbasi haqidagi daʼvolariga shubha bilan qarashlarini bildirishadi[56][57]. Meduza bosh muharriri Kevin Rothrock Ponomarevning yaxlitligi, MRA mavjudligini shubha ostida ekanligini hamda Dugin ham, Dugina ham nishonga olinmasligi kerak boʻlgan „tinch aholi“ boʻlishganini taʼkidlaydi[58]." Bu yerda keltirilgan "yaxlitligi" so'zi jips, bo'linmas, ma'nolarida kelyaptimi? Juda tushunarsiz. Inson qanday qilib yaxlit yoki bir to'da bo'lishi mumkin?
2. "Deutsche Wellening Kiyevdagi muxbiri Roman Goncharenko guruh haqida „javobdan koʻra savollar koʻp“ va guruhning hayoliy manifestida „biz kabi kurashing, biz bilan kurashing, bizdan yaxshiroq kurashing!“ (ruscha: боритесь как мы, боритесь вместе с нами, боритесь лучше нас!) soʻzlari bilan belgilan shiori Sharqiy Germaniya va Sovet Ittifoqida 1991-yilgacha efirga uzatilgan Deutscher Fernsehfunk bolalar telekoʻrsatuvi (nemischa: Mach mit, mach’s nach, mach’s besser)dagi soʻzlarga oʻxshash ekanligini taʼkidlaydi[61]." birinchidan "hayoliy" emas, "xayoliy" bo'ladi; ikkinchidan bu yerda xayoliy so'zi o'rniga "iddao qilinayotgan" jumlasini qo'yish maqsadga muvofiq. Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 31-Oktabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, Jamshid Nurkulov! „Xayoliy“ jumlasida xato qilganim rost. Lekin, qolgan izoh va iddaolaringizni qabul qila olmayman. Siz o'z fikrlash doirangizdan kelib chiqib fikr bildirmoqdasiz. Tanqidlaringiz o'rinsiz. MaxiMillian (talk) 13:54, 31-Oktabr 2022 (UTC)
Yaxlitligi so'zi betaraflik, u tomonga yoki bu tomonga og'masdan, bo'linmasdan yaxlik, yakka pozitsiyada bo'lganini bildiradi. Xayoliy manifest esa, bu o'ylab topilgan manifest. Jumla o'z o'rnida qo'llanilgan. MaxiMillian (talk) 14:00, 31-Oktabr 2022 (UTC)
Yaxlit so'zi "betaraflik" ma'nosida kelishini qayerdan oldingiz? Men hech bir izohli lug'atda "yaxlit" so'zining "betaraflik" ma'nosida kelganini ko'rmaganman. Jamshid Nurqul (munozara) 14:13, 31-Oktabr 2022 (UTC)
"Yaxlit" va "hayoliy" men ko'rsatgan xatolar, xolos. Aslida gaplaringizda xatolar ko'p. Yaxshilab qayta o'qib chiqing. Maqola tarixiga ham qarang, qanday o'zgarishlar qilingan. Jamshid Nurqul (munozara) 21:00, 31-Oktabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi — ikki hafta davomida maqolaga hech kim ovoz bermadi. Maqoladagi uslubiy xatolar tuzatilmadi, maqolaning asosiy muallifi soʻz yasashdagi nonsens iddaolariga manba koʻrsatmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 08:02, 2-Noyabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): DarkHorse(munozara) 15:39, 10-Oktabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, ushbu enwikidan tarjima qilib yaratgan maqolamni Xushsifat maqola statusiga loyiq deb topdim. Maqola bilan tanishib chiqib o'z fkringizni bildirishingizni so'rayman. DarkHorse(munozara) 15:39, 10-Oktabr 2022 (UTC)

Fikrimcha, maqoladagi barcha qayta tiklanadigan jumlalarini qayta tiklanuvchi deb o'zgartirib chiqish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 18:48, 10-Oktabr 2022 (UTC)
@Jamshid Nurkulov Fikringiz uchun raxmat, o'zgartirib chiqaman DarkHorse(munozara) 09:37, 11-Oktabr 2022 (UTC)
  1.  Roziman. Umumiy hisobda yaxshi energetika mavzusi haqida maqolalar juda kam bu ayni muddao boʻlgan. Lekin ayrim joylarda apostroflarni okinaga oʻzgartirib chiqish lozim qolib ketgan joylari koʻp masalan asosiy maqolaga yoʻnaltirish andozalarida okina qoʻyilmagan. PanPanChik #yozish 17:00, 11-Oktabr 2022 (UTC)
  2.  Roziman — Maqola status uchun yetarli darajada. MaxiMillian (talk) 06:59, 14-Oktabr 2022 (UTC)
  3.  Roziman Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 13:35, 14-Oktabr 2022 (UTC)
  1.  Qarshiman. Maqolani tarjima qilib yaratganingiz uchun tashakkur. Uning hajmi XM uchun judayam katta. EnWikidan olib oʻtilmagan yana 22 ta manbani koʻrsatib, sayqal berib, manbalar bilan boyitsangiz, keyin YMga nomzod qilsangiz ham boʻlarkan. — Kagansky (munozarasi) 19:07, 16-Oktabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Maqola YMga nomzod qilishga loyiqroq. Umarjon Rahimov (munozara) 13:28, 17-Oktabr 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 08:47, 9-Oktabr 2022 (UTC)

Maqola sifatli tarzda tarjima qilib yaratildi. Mrjavokh1r (munozara) 08:47, 9-Oktabr 2022 (UTC)

Maqolani sifatli demagan boʻlardim. "„The World Without Us“ (bu yerda tire boʻlishi kerak) 2007-yilda amerikalik jurnalist…", „Kitobda agar yer say(y)orasida odamlar toʻsatdan…“ kabi xatolar mavjud. Men hali kirish qismidagi ikkitagina xatoni koʻrsatdim. Butun maqolani qayta tartiblab chiqing! Jamshid Nurqul (munozara) 11:54, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Hoʻp Mrjavokh1r (munozara) 12:18, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Tog`irlab chiqildi. Maqola bilan tanishib chiqib o'z fkringizni bildirishingizni so'rayman. Mrjavokh1r (munozara) 19:08, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Siz faqat men ko'rsatib bergan ikkita xatoni tuzatgan ko'rinasiz. Mana bu yerda "...Weismanning 2005-yil fevralida chop etilgan „Earth Without People“ maqolasining..." kabi xatolar ko'p. Sizga hamma xatoni bittada ko'rsatsam butun maqolani kopipast qilishimga to'g'ri keladi. O'zingizdan bilib xatolarni tuzatavering, siz uchun o'zbek tili o'qituvchisi bo'lish niyatim yo'q. Yuqorida butun maqola matnini qayta tartibga soling, deb maslahat berilgandi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:41, 11-Oktabr 2022 (UTC)
  1.  Qarshiman — Sifatli maqola yaratish ancha mashaqqatli ish. Bunda shoshqoloqlik qilmaslik darkor. Maqolada yotiq so'zlar juda ko'p. Nega? Maxsus nomlarni yotiq yozuvda qilish shart emas. Bu qanaqadir xunuk holatni yuzaga keltiradi. Yana bir qancha mayda kamchiliklar. MaxiMillian(menga yozish) 11:38, 11-Oktabr 2022 (UTC)
Qarshilik bildirgan foydalanuvchi imzo chekmabdi, imzo chekishni oʻrganing! Murojaatdan soʻng toʻrtta tilde (~~~~) belgisini qo'ysangiz, imzo va vaqtni koʻrsatadi. Jamshid Nurqul (munozara) 11:25, 11-Oktabr 2022 (UTC)
Uzr, esimdan chiqib ketibdi :) MaxiMillian(menga yozish) 11:38, 11-Oktabr 2022 (UTC)
  1.  Betarafman — Assalomu alaykum. Avvalo statusli maqolalarni koʻpaytirishga hissa qoʻshmoqchi boʻlganligingiz uchun rahmat. Maqola 4 ta tilda TM statusini olgan. Menimcha manbalar, turkumlari, andoza, rasmlari bilan imloviy ishoraviy xatolarini toʻgʻirlab maqolangizni TM ga qoʻysangiz zoʻr ish boʻladi deb oʻylayman. —Programmer (munozara) 09:44, 12-Oktabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Umarjon Rahimov (munozara) 13:22, 17-Oktabr 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 20:45, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Maqola mustaqil yaratilgan. Maqola ustida izlanish qilingan rasmiy saytlardan xolda va ishonchli manbalardan olingan manbalar asosida yozilgan Mrjavokh1r (munozara) 20:45, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Maqoladagi barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. Kirish qismi oʻta qisqa. Vikifikatsiyalanmagan, ichki havolalar koʻrsatilmagan. Abzatslar orasiga ortiqcha joy qoldirib ketilgan. Umumiy maʼlumotlar boʻlimini tarkibidagi matnga asosan qayta nomlash zarur. Maqola hozirgi koʻrinishida statusga noloyiqdir. — Kagansky (munozarasi) 12:56, 29-Sentabr 2022 (UTC)
@Kagansky ogʻa, maqoladagi siz aytgan kamchiliklar tuzatildimi? Jamshid Nurqul (munozara) 11:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Muallifi kichik tuzatishlar qilib maqolani tahrirlagan. Lekin yuqoridagi kamchilikning hech biri bartaraf etilmagan. — Kagansky (munozarasi) 15:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Assalomu aleykum qoʻldan kelgancha kamchiliklarini toʻldirib chiqdim. Abzatslar orasidagi joylarni olib tashladim. Umumiy maʼlumotlar boʻlimini oʻzgartirdim. Kirish qismiga maʼlumot qoʻshish muammo boʻldi. Vikifikatsiyalanmagan joyi koʻrmadim lekin. Iloji boʻlsa bitta korsatib yuborsangiz @Kagansky ustoz. Oldindan rahmat Mrjavokh1r (munozara) 18:07, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Ikki hafta bo'ldi, xulosa chiqarishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 18:30, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Vaalaykum assalom! @Mrjavokh1r:, yaxshi mavzuni tanlagansiz. Maqola ancha boyitilgan. Lekin, kamchiliklari juda koʻp. Mavzu menga anchagina tanish boʻlgani uchun maqoladagi gaplarni qayerdan copypaste qilib, qisman oʻzgartirish kiritganingizni ham bilaman. Mavzuni obdon oʻrganib chiqib, maqolani yaxshi holatga keltirish kerak. U qisqa, loʻnda va ishonchli maʼlumotlarga boy boʻlishi zarur. Shundan soʻng uni qayta nomzodlikka qoʻysangiz boʻladi. Bunda sizga yordamlashishga tayyorman. Hozirgi koʻrinishida maqola statusga noloyiqdir. — Kagansky (munozarasi) 19:23, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Rahmat izoh uchun. Toʻgʻirlab chiqiladi Mrjavokh1r (munozara) 23:10, 10-Oktabr 2022 (UTC)
  1. Maqola faqat tarixdan iborat boʻlib qolgan. Shu kungacha, faqatgina tarixdan iborat maqola Xushsifat statusini olganin guvohi boʻlmagan erdim. Boʻlmasam ham kerak. Mavzu yetarlicha yoritilmagan. Ichki havolalar yetarli emas. Yetarlicha nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan qismlar koʻzga tashlanadi. Xususan, bilgiqutidagi 1 mlrd daromad haqidagi faktga ishora keltirilmagan. Maqola ustida shoshilmasdan, yaxshi ter toʻkib, yanada yaxshilanib kengaytirilishiga tilakdoshman! Biroq, hozircha  Qarshiman. MaxiMillian(menga yozish)
  2. Hozircha  Qarshiman. Sababi yuqorida yozilgan. — Kagansky (munozarasi) 19:26, 10-Oktabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Maqola 2 haftadan oritq vaqt davomida yetarlicha ovoz to'plamadi. Maqolani yaxshilab, uni yana qayta ovozga qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 06:54, 11-Oktabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Assalomu alaykum bu maqolani qayta xatolarini tuzatib nomzodlikka qayta qoʻydim. Kamchiliklari boʻlsa xabar bersangiz mamnun boʻlaman. Ravshanbek Tohirov (munozara) 14:00, 7-Sentabr 2022 (UTC)

@Ravshanbek Tohirov Mana bu gap tushunarsiz boʻlib qolgan: „Arab-fors epik dostonchiligi usuli boʻlgan masnaviy shaklida yozilgan doston boʻlgan bu asar oʻzida jumladan, Masnaviy maʼnaviy asarini olimlar didaktik doston (Yevgeniy Bertels), hamosiy (epik) sheʼrlar majmuosi (T. Purnomdoriyon), irfoniy kitob (P. Nikolson), tasavvuf qomusi (A. Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy oʻziga hosligini belgilamoqchi boʻldilarJamshid Nurqul (munozara) 07:11, 14-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum avvalo oʻqib chiqaningiz uchun raxmat, hoʻp jumlaga ishlov beraman.--Ravshanbek Tohirov (munozara) 13:36, 14-Sentabr 2022 (UTC).

Barcha jumlalar to'g'irlandi.Ravshanbek Tohirov (munozara) 04:25, 18-Sentabr 2022 (UTC)

„Bunga qadar oʻtgan oʻn yil mobaynida uzilishlar (hijriy 660—662 yillar)“ oʻquvchiga tushunarli boʻlishi uchun bu yerda milodiy yillarni ham koʻrsatib oʻtilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:24, 24-Sentabr 2022 (UTC)
Oʻzbek tiliga esa Haydar Xorazmiy „Javohir ul — asror“ Boborahim Mashrab „Mabdayi nur“ asarlari „Masnaviy maʼnaviy“ sharhlari tarzida bitilgan. Shuningdek Asqar Mahkam „Masnaviy maʼnaviy“ tarjima sharhi dunyo yuzini koʻrgan. Bu jumlalarning qayeridadir vergul, qayeridadir -ning qoʻshimchasi yetishmayapti. Jamshid Nurqul (munozara) 10:34, 24-Sentabr 2022 (UTC)

„Guft Layliro xalifa qon tuy, Qaz tu Majnun shud parishonu gʻaviy.

Az digar xubon tu afzun nestiy! Guft xomush: "Xomoʻsh chun tu Majnun nestiy".

Har ki bedor ast, oʻdar xobtar, Hast bedorim az xobash batar.

Chun ba haq bedor navbat joni mo, Hast bedoriy chu bar badnoni mo.

Laylini koʻrdi Xalifa, dedi hoy, Senmisan Majnunni yondirgan chiroy?

Lek chiroying oʻzgadin afzun emas? Qiz dedi: Bas chunki sen Majnun emas!.

Kimki boʻyla uyquda bedor emish, Uyqudin bedorligi battar emish.

Haqqa bedor boʻlmaguncha jonimiz, Boʻyla bedorlik - oʻtar dovonimiz.“

Bu yerda yozilgan yarmi forsiy, yarmi oʻzbekcha misralar asar tarjimasida ham aynan shunday kelganmi? Agar bir qismi asar asl tilidan translit qilingan, boshqasi uning tarjimasi bo'lsa, parchada ham shuni koʻrsatib oʻtilsa yaxshi boʻlardi. Maqola oddiy oʻzbekka tushunarli boʻlishi uchun oʻzimiz kiritgan har qanday nonsensni sharhlab ketishimiz kerak. Yarmi forscha, yarmi oʻzbekcha matnni qoʻshib andozaga tiqib qoʻyish bilan maqola XM statusiga loyiq boʻlib qolmaydi, har qanday maqolada ommaga tushunarlilik mezon boʻlishi muhim deb oʻylayman. Maqolada shunga oʻxshash — faqatgina maqola muallifiga tushunarli boʻlgan oʻrinlar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 11:13, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum barcha aytganlarizni inobatga olib yana bir bor tog'irlab chiqaman. Albatta bu maqola o'quvchiga barcha jumlalar tushunarli bo'lishi lozim, sizga esa rahmat. Ravshanbek Tohirov (munozara) 19:03, 24-Sentabr 2022 (UTC)
Yuqorida bildirilgan kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etsangiz agar xabar bering. Xulosa chiqarish vaqti choʻzilib ketyapti. — Kagansky (munozarasi) 18:47, 25-Sentabr 2022 (UTC)

Ravshanbek Tohirov hijriy va milodiy yillar yozilgan paytda orasida vergul qoʻyiladi, maqolangizni toʻliq qayta koʻrib chiqib, qoʻyilmagan vergullarni joy-joyiga qoʻyib chiqing. Sal saviyaliroq ishlang, Qirqim andozasidagi sheʼrni ham „Asl fors tilida yozilgan asardan parcha“ va „O'zbekcha tarjimasi;“ deb ikki xil kattalikdagi sarlavhada qoʻl uchida yozib qoʻygansiz, hatto ikkinuqta oʻrniga nuqta vergul qoʻygansiz. Keyingi safar shunday xatolar oldimdan chiqsa maslahat bermasdan qarshilik bildiraman. Jamshid Nurqul (munozara) 17:37, 27-Sentabr 2022 (UTC)

ho'p bo'ladi, Jamshida aka barcha aytganlarizga rioya qilaman. Ravshanbek Tohirov (munozara) 15:01, 29-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  Roziman. Maqola mavzusi qisqa va loʻnda tarzda ochib berilgan. XM kriteriylariga javob beradi. — Kagansky (munozarasi) 19:35, 9-Sentabr 2022 (UTC)
  2.  Roziman — Maqola XM statusiga loyiq. Nominatorga statusli maqola yozgani tashakkur! — ShohjahonSobirov (munozara) 17:52, 17-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  Qarshiman — Koʻplab imloviy va punktuatsion xatolarni tuzatib chiqdim, ammo hali ham shu kabi xatolar mavjud. Muallif imloviy va punktuatsion jihatdan qoʻl uchida ishlagan, „Nechmiddin“, „nesih“ kabi ayrim soʻzlar turk tilida qolib ketgan. Jamshid Nurqul (munozara) 18:46, 30-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  Betarafman -Kirish soʻzi kam. Maqolada bazi bir tomonlama jumlalar ketgan.tinish beligilari qolib ketgan joylari bor-Najot0809 (munozara) 13:16, 20-Sentabr 2022 (UTC)
    ko'rib chiqaniz uchun rahmat. Ravshanbek Tohirov (munozara) 15:03, 29-Sentabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi — Maqola shoshqaloqlik bilan yozilgandek, unda juda koʻplab punktuatsion va uslubiy xatolar mavjud. Maqolani yaxshi holatga keltirib, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 20:03, 2-Oktabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Salom, quyida YouTubeda texnologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻz oʻrniga ega hamda yirik kontent yaratuvchi sahifasini XMga nomzod qilib koʻrsatmoqdaman. Oʻylashimcha aynan ushbu muallif haqidagi sahifa bemalol XM uchun nomzod boʻla oladi. Texnik tomondan sahifa toʻliq tarjima qilingan hamda sozlangan. Agar biror xatoliklar/kamchiliklar qolgan boʻlsa munozara sahifasida qoldirsangiz xursand boʻlar edim | -- MiroJP (munozara) 15:50, 6-Sentabr 2022 (UTC)

  1.  Roziman -Yaxshi yozilgan. -84.54.114.147 18:34, 21-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  BetarafmanMaqola manbalari to'liq emas. Bitta andoza qolib ketgan. Shularni to'g'irlash kerak. ShohjahonSobirov (munozara) 15:57, 6-Sentabr 2022 (UTC)
    salom, maqola manbalari tarjima vaqtida texnik xatosi sabab toʻliq oʻtmagan, chala qolib, yuzaga chiqqanlari boricha sozlangan.
    Andozalarni toʻliq tekshirib chiqdim, oʻzi 1 ta asosiy andoza mavjud holos. Agar pastdagi Portalni aytayotgan bo'lsangiz uni sahifaga aloqasi yoʻq deb o'ylayman) | MiroJP (munozara) 16:41, 6-Sentabr 2022 (UTC)
    Streamy Awards Winners CSS andozasining maqolaga sip-silliq aloqasi bor. — Kagansky (munozarasi) 18:42, 25-Sentabr 2022 (UTC)

20 kun davomida nominatsiya yetarlicha ovoz toʻplamadi. Bildirilgan kamchiliklarning bir qismi bartaraf etilmadi. Maqolaga yana ozgina sayqal berib qayta nomzod qilsa boʻladi. Hozircha,  BajarilmadiKagansky (munozarasi) 07:37, 26-Sentabr 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Rose(munozara) 11:16, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Ushbu maqola tarjima qilib yaratildi, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. Rose(munozara) 11:16, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Barcha abzatslar manbalar bilan tasdiqlanmagan. Iddaolarni nufuzli manbalar bilan tasdiqlab chiqish zarur. Shundan soʻng maqola nominatsiyasini muhokama qilsa boʻladi. — Kagansky (munozara) 12:09, 1-Sentabr 2022 (UTC)
@Kagansky, Assalomu alaykum, bir nechta ma'lumotlar izlab qo'shdim, faqat 1 muammo ularing nufuzli yoki nufuzli emasligini bilmayman. Rose(munozara) 13:58, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Inglizcha manbalar nomini oʻzbekchaga oʻgirmang. Manbalar nomi originalida qolishi zarur. Kagansky (munozara) 18:20, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Xo'p Perlamutr(menga yozish!) 07:09, 2-Sentabr 2022 (UTC)
Janubi-Sharqiy Osiyoning deb ichki havola qoʻyganmisiz? Barcha ichki havolalarni qayta koʻrib chiqib, ularni tuzatib chiqish zarur. — Kagansky (munozara) 21:42, 2-Sentabr 2022 (UTC)
— (tire) oldidan va keyin nima sababdan probel qoʻymagansiz? — Kagansky (munozara) 21:45, 2-Sentabr 2022 (UTC)
KTTIHBKT erkin savdo shartnomasi (KESHDSh) boʻlimi nima sababdan qalin shriftda yozilgan. Boshqa qalin shriftda yozilgan soʻzlarning qalin shriftda yozilishi ham tushunarsiz. — Kagansky (munozara) 21:48, 2-Sentabr 2022 (UTC)
Fikrimcha statusli maqolada yana qarang boʻlimi boʻlmasligi kerak (harqalay ushbu status mavjud Vikiloyihalarda shunday). Yana qarang boʻlimida koʻrsatilgan maqolalar mavzusi nominatsiyadagi maqolada yoritib berilgan boʻlishi zarur. — Kagansky (munozara) 21:50, 2-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  Roziman Maqola turli andoza va jadvallar bilan juda chiroyli chiqqan. PanPanChik (munozara) 12:29, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Statusli maqola chiroyi bilan emas, birinchi navbatda mazmunining nufuzli manbalarga asoslanib yoritilgani, Vikipediya mezolariga mos ravishta yaratilgani bilan oʻlchanadi. — Kagansky (munozara) 17:51, 1-Sentabr 2022 (UTC)
  1.  Betarafman.DarkHorse(munozara) 07:39, 2-Sentabr 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Umarjon Rahimov (munozara) 14:35, 9-Sentabr 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari va ularga qarshi chora-tadbirlar haqida yaratilgan maqola. Oʻzbekistonning bu mavzu doirasidagi qirrasi Inglizcha Vikipediyada ham mavjud emas. Iltimos, oʻz ovozlaringiz va fikrlaringizni bildirsangiz. MaxiMillian (menga yozish!) 03:02, 9-Avgust 2022 (UTC)

Maqola yaxshi ammo nomida gʻalizlik bor: maqolani yoki „Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ yoki „Ayollarga nisbatan zoʻravonlik (Oʻzbekiston)“ deb nomlash kerak! Jamshid Nurqul (munozara) 08:30, 9-Avgust 2022 (UTC)

  1.  Roziman ajoyib va dolzarb maqola Humoyun Qodirov (munozara) 13:56, 8-Avgust 2022 (UTC)
    Bu argument boʻlolmaydi. Bunga shubha yoʻq, lekin u statusga loyiq emas. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  2.  Roziman Husniddin Rasulov (munozara) 12:05, 9-avgust 2022 (UTC)
    Argument keltirilmagan. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  3.  Roziman — Oʻz kuchi bilan harakat qigani uchun. Baʼzi andozalar yanada yaxshilanadi Olimidono (munozara) 15:05, 8-Avgust 2022 (UTC)
    Bu argument boʻlolmaydi. Maqolaning mustaqil yaratilgani va unga status berilishi har xil tushunchalardir. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  4.  Roziman — yaxshi maqola, hozirgi kunning muhim muommolaridan biri haqida yoritilgan maqola, muallif statistik maʼlumotlar ustida juda yaxshi ishlagan, maqolaning tuzulishi ham qulay, oʻquvchi tushuna olish darajasida yaratilganligi uchun Akobirolmasov diplomat (munozara) 17:54, 8-Avgust 2022 (UTC)
    Notoʻgʻri argument. Statistik maʼlumotlar 1991—2022-yillarni qamrab olmagan. Demak, muallif statistik maʼlumotlar ustida juda yaxshi ishlamagan. Qolgan gaplaringiz argument boʻlolmaydi. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  5.  Roziman — Divergent08 (munozara) 16:48, 8-Avgust 2022 (UTC)Yaxshi mavzu, chiroyli maqola
    Fikringizni imzodan oldin yozing. Bu argument boʻlolmaydi.. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  6.  Roziman zoʻr maqola-- Erkyul (munozara) 01:07, 9-Avgust 2022 (UTC)
    Bu argument boʻlolmaydi. — Kagansky (munozara) 06:30, 11-Avgust 2022 (UTC)
  7.  Roziman — Maqola murakkab usulda keng qamrovli qilib yoritilgan Visola Tangirova (munozara) 06:36, 9-avgust 2022 (UTC)
    Mavzu 1991—2022-yillarni qamrab olmagan. Demak, u keng qamrovli qilib yoritilmagan. — Kagansky (munozara) 06:30, 11-Avgust 2022 (UTC)
  8.  Roziman — Aktual mavzu. Maqola matni chiroyli va sifatli chiqqan. Panpanchik (munozara) 07:50, 9-avgust 2022 (UTC)
    Bu argument boʻlolmaydi. — Kagansky (munozara) 06:30, 11-Avgust 2022 (UTC)
  9.  Roziman — Immortal7M (munozara) 05:27, 9-Avgust 2022 (UTC)
    Argument keltirilmagan. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  10.  Roziman −−213.230.118.192 05:58, 9-Avgust 2022 (UTC)−− Yaxshi mavzu tanlangan, keng yoritilgan.
    Mavzu 1991—2022-yillarni qamrab olmagan. Demak, u keng yoritilmagan. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  11.  RozimanNigina Yunusova (munozara) 07:24, 9-Avgust 2022 (UTC)
    Argument keltirilmagan. — Kagansky (munozara) 06:29, 11-Avgust 2022 (UTC)
  1.  Qarshiman. Maqola yaxshi yozilgan. Lekin, muallif unda faqatgina va qisman 2019-yildan keyingi holatnigina yoritishga harakat qilingan. Holbuki, maqola nomidan u Oʻzbekistonga taalluqliligi ayon boʻlib turibdi. Maqola mavzusi qisqa, loʻnda tarzda 1991-yildan hozirgi davrgacha boʻlgan davrni qamrab olib, maksimal darajada ochiqlab berilgan boʻlishi zarur. Ushbu holatda maqola statusga umuman noloyiqdir! — Kagansky (munozara) 06:17, 11-Avgust 2022 (UTC) -->
    Assalomu alaykum! Fikr uchun rahmat. Lekin, men maqola yozayotgan paytimda deyarli barcha manbalarni titkilab chiqdim. Bu mavzuga oldinlari, hatto tarixda ham umuman e‘tubor berilmagan. Ma'lumotlar saqlab qolinmagan. Men amalda mavjud, tishi o‘tkir manbalar bilan ishladim. Asosan bu mavzuga 2016-yildan keyin sekin-sekin e‘tibor berib boshlangan. MaxiMillian (menga yozish!) 06:30, 11-Avgust 2022 (UTC)
    Vikipediyada amaldagi manbalar bilan ishlanadi. Mustaqil ishlash mumkin emasligini eslatib o'tmoqchi edim. Bu mavzuni yetarli darajada yoritilmasligiga mavjud manbalarni kamligi sabab bo'lishi mumkin. MaxiMillian (menga yozish!) 06:37, 11-Avgust 2022 (UTC)
    Bu status olish uchun sabab boʻlolmaydi. Demak, 1991-yildan boshlab bu mavzuda oʻtkazilgan keng qamrovli tadqiqotlar va statistikalarni chiqishini kutish zarur ekanda. Balkim ular bordir, faqat internetda boʻlmasligi mumkin. Nima boʻlganda ham, yoritilmagan davrga oid manbalarni topib, maqolani kengaytirib, keyin statusga nomzod qilish zarur. Siz yuqorida maqola mavzusi keng qamrovda yoritilmaganligini oʻzingiz ham taʼkidlab oʻtdingiz. Bu maqola statusga noloyiq ekanligi yana bir bor tasdiqlandi. Ushbu maqola hozirgi holatida statusga noloyiqdir! — Kagansky (munozara) 06:37, 11-Avgust 2022 (UTC)
    O‘zbek mentaliteti sabab, bu mavzu umuman o‘rganilmagan. Bunday holatga oilaviy muammo sifatida qaralgan. Buni maqola ichida ham keltirib o‘tganman. Maqola mavjud manbalar asosida yetarlicha, imkon boricha yoritilgan. MaxiMillian (menga yozish!) 06:43, 11-Avgust 2022 (UTC)
    Hozirgi munozaramizga mentalitet mavzusining umuman aloqasi yoʻq! Maqola yaxshi yozilgan. Lekin, bu statusga loyiq degani emas. Men tomonimdan maqola mavzusining siz aytganday "yetarlicha" yoritilmagani mukammal asoslab berildi. @Optima D:, qilgan mehnatingiz uchun sizga tashakkur. Shu tarzda davom etavering. — Kagansky (munozara) 06:57, 11-Avgust 2022 (UTC)
    Sizni tushundim! Boshqa fikrim yo'q MaxiMillian (menga yozish!) 07:05, 11-Avgust 2022 (UTC)

Nominator bilan yuqorida qilingan munozaraga asosan  Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 06:17, 12-Avgust 2022 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

XM statusiga nomzod qilindi. Maqola foydalanuvchi Danya tomonidan yaratilgan. Jamshid Nurkulov va kamina tomonlaridan ishlov berildi. Ovoz berib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. — Umarxon III (munozara) 11:17, 20-Iyun 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Yaxshi maqola darajasi uchun nomzod qilindi. Umarjon Rahimov (munozara) 06:54, 23-Iyun 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Ushbu maqola Silend nomli virtual davlat haqida — Abdulloh avgc (💬munozara!) 14:04, 15-Iyun 2022 (UTC)

  1.  Qarshiman -- Maqolani qanaqadir statusga tavsiya qilishdan oldin maqolani qanday nomlash kerakligi haqida oʻrganib chiqing! Ruschani koʻr-koʻrona kalka qilib olmang, rus tili bizga qonun emas! Bu haqda Uzwikichat'da koʻp yozaman, guruhda boshqalarga berilgan maslahatlardan siz ham oʻsib borishingiz mumkin edi #ammolekinbiroq unday boʻlmabdi. Shu sababl esingizdan chiqmaydigan qilib shu yerda yozdim. — Jamshid Nurqul (munozara) 19:34, 15-Iyun 2022 (UTC)
  2.  Qarshiman -- Umarxon III (munozara) 04:47, 16-Iyun 2022 (UTC)

 Bajarilmadi. Sifati yaxshi emas. Umarxon III (munozara) 04:47, 16-Iyun 2022 (UTC).

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar):FreeTime EditorII (munozara!) 04:23, 27-May 2022 (UTC)

Hammaga salom! Vikipediya tarixida Xushsifat maqolaga ilk nomzod sahifa. Tanishib chiqib oʻz fikrlaringiz va ovozingizni berishingizni soʻrab qolaman.

Izoh

Hurmatli Abdulla, Akmaljon Nabiev, Amir Temur, Artemev Nikolay, Gayrat98, Nataev, Jamshid Nurqul, Kagansky, Khasan azim1, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Malikxan, Nataeva, Optima D, PlanespotterA320, Umarxon III, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, MirshohidIsmatov va boshqalar iltimos, maqola bilan tanishib chiqib, oʻz fikringiz va ovozingizni bering!

@FreetimeeditorII: maqolada manba bilan yopilmagan abzatslar mavjud. Keltirilgan iddaolarni manbalar bilan tasdiqlaganingizdan soʻng, maqolani yaxshi statusiga nomzod qilsangiz ham boʻlar ekan. U Xushsifat statusi uchun kattalik qiladi. — Kagansky (munozara) 22:00, 4-Iyun 2022 (UTC)
@Kagansky:: Katta rahmat. Maqolaning har bir abzatsiga nufuzli manbalar qoʻshildi va Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Erbil sahifasi yaratildi. Oʻz ovozlaringizni berishingiz mumkin. FreetimeeditorII (munozara) 04:27, 5-Iyun 2022 (UTC)
  1.  Roziman. - Jamshid Nurqul (munozara) 07:25, 27-May 2022 (UTC).
  2.  Roziman. - Yaxshi maqolaga nomzod qilsa ham boʻlar ekan. Umarxon III (munozara) 10:17, 27-May 2022 (UTC).
  3.  Roziman. - Xusinboy Bekchanov (munozara) 12:49, 27-May 2022 (UTC).
  4.  Roziman. Malikxan munozara 14:07, 27-May 2022 (UTC)


 Bajarilmadi. Maqola YM statusiga nomzod qilib koʻrsatildi. — Kagansky (munozara) 12:05, 5-Iyun 2022 (UTC)
Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.