Xayrulla Hamidov
Xayrulla Hamidov | |
---|---|
Tavalludi |
7-dekabr 1975-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston milliy universiteti (2007) |
Turmush oʻrtogʻi | Dilnoza Hamidova |
Vikiiqtibosda Xayrulla Hamidovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Xayrulla Ubaydullayevich Hamidov (1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, jurnalist va shoir[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yil 7-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Chilonzor tumanidagi 163-oʻrta maktabda oʻqigan[2].
1997-yilda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 2000-yildan Abdurasul Abdullayev tashabbusi bilan tashkil topgan „Zakovat“ intellektual oʻyinida ishtirok eta boshlagan va jamoa sardori boʻlgan[3].
„Sport“ telekanali, „Chempion“ gazetasida sport sharhlovchisi boʻlgan. „Futbol plyus“, „FIFA“, „Shedevr“ loyihalari muallifi[4].
Uning sheʼr, esse va maʼruzalari omma orasida keng tarqalgan. Diniy-maʼrifiy „Xolislik sari“ radioeshittirishlari orqali mashhur boʻlgan. U asos solgan „Odamlar orasida“ gazetasi qisqa vaqtda Oʻzbekistonda eng koʻp sotiladigan nashrga aylangan, olti oydan soʻng turli sabablar bilan yopilgan[5].
2010-yil 22-yanvarda hibsga olingan[6]. Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-bandi (jamoat xavfsizligi va tartibiga xavf soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish) bilan ayblangan[7]. Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumani sudining qarori bilan, „Jihodchilar“ guruhiga aʼzolikda ayblanib 6 yilga qamalgan. Sudda oʻziga qoʻyilgan ayblarni rad etgan. Jazoni Navoiy shahridagi 47-sonli muassasada oʻtagan. Qamoqda ijod bilan shugʻullanganini, juda koʻp tadbirlarda qatnashib asosan sheʼrlar oʻqiganini aytgan[8]. Afv etishni soʻrab 4 marotaba Oʻzbekiston prezidentiga murojaat yoʻllagan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Xayrulla Hamidovni hibsdan ozod etish talabi bilan Oʻzbekiston hukumatiga ochiq murojaatlar qilishgan. 2015-yil fevralda amnistiya munosabati bilan ozod etilgan.
2017-yil avgustda Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻi bilan „qora roʻyxat“dan chiqarilgan minglab oʻzbekistonliklardan biri[9][10].
2018-yilda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining „Madaniyat va maʼrifat“ telekanalida madaniy-badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri etib tayinlangan[11]. Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatining sharhlovchilaridan biri boʻlgan.
2019-yildan Uzreport TV telekanalida faoliyat yuritmoqda[4].
Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“, Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanlarini, Muhammad Yusufning „Qora quyosh“ dostonini oʻqishni tavsiya qilgan[12]. Sheʼriyat kechalarida muntazam qatnashib keladi[13].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻgʻli — Muhammad Ubaydullayev, futbolchi. AGMK futbol klubi darvozaboni.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „XAYRULLO HAMIDOV (1975)“.
- ↑ Zakovat intervyu. Xayrulla Hamidov: “Shayxning shogirdi” maqomiga mos emasman YouTubeda
- ↑ Zakovat. Xayrulla Hamidov jamoasi o‘yini (to‘liq o‘yin). 2001-yil YouTubeda
- ↑ 4,0 4,1 „«Nimanidir qo‘lga kiritish nimanidir yo‘qotish bilan bo‘ladi». Xayrulla Hamidov «UzReport TV»ga o‘tdi“.
- ↑ Abror Imomxo'jaev. „Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)“. championat.asia.
- ↑ „O'zbekistonda yana bir jurnalist – Xayrulla Hamidov qamoqqa olingan“.
- ↑ „Хайрулло Ҳамидов устидан маҳкама жараёни бошланди“.
- ↑ „Xayrullo Hamidov: Ozodlikka chiqqanim tushmasmi, deb o‘zimni chimchilab qo‘yyapman“.
- ↑ „Хайрулла Ҳамидов "қора рўйхат"дан чиқарилди“.
- ↑ „Xayrulla Hamidov: "Hammasi yaxshi, faqat sizni qattiq sog‘indim..."“.
- ↑ „Xayrulla Hamidov O‘zbekiston telekanallaridan birida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi“.
- ↑ „Nima o‘qiymiz? Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiya qiladi“.
- ↑ XAYRULLA HAMIDOV IJROSIDA AJOYIB SHE'R YouTubeda
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xayrulla Hamidov Telegram sahifasi
- Xayrulla Hamidov Facebook sahifasi
- Xayrulla Hamidov Instagram sahifasi
- Xayrulla Hamidov Twitter sahifasi
- Video YouTubeda