Xayrulla Sattarov
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich | |
---|---|
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi | |
Mansab davri 2024-yil oktyabr – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Temur Poyonov |
„Yoshlar kelajagimiz“ jamgʻarmasi direktori | |
Mansab davri 2019-yil dekabr – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Bolalari | 3 |
Istiqomat joy(lar)i | Toshkent shahri |
Taʼlim |
|
Kasbi | iqtisodchi |
Dini | Islom |
Maʼlumoti | oliy |
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich – oʻzbek iqtisodchisi. 2019-yildan „Yoshlar kelajagimiz“ jamgʻarmasi direktori[1][2]. 2024-yildan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xayrulla Sattarov 1977-yil 21-noyabr kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tugʻilgan. Shahardagi oʻrta maktablardan birini tamomlagach, 1998-yili Navoiy davlat pedagogika institutiga oʻqishga qabul qilingan. Oliygohni 2002-yilda bitirgach, shu yili Toshkent moliya institutiga oʻqishga qabul qilingan. 2006-yilda tamomlagan. 2023-yilda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2004-yilda „Tadbirkor“ aksiyadorlik tijorat bankida boshlagan. Turli yillarda mahalliy banklarda faoliyat yuritgan. 2017-yilda „Mikrokreditbank“ bankining davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti rahbari sifatida faoliyatini olib borgan. 2017-yildan 2018-yilgacha „Xalq banki“ning gʻaznachilik departamenti rahbari sifatida ishlagan. „Yoshlar kelajagimiz“ jamgʻarmasi direktori sifatida Oʻzbekistonda yoshlarni tadbirkorlik sohasidagi qiziqishlarini oshirish maqsadida „Biznes marafon“ loyihasini yoʻlga qoʻygan[4]. 2020-yilda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi rayosati kengashi tarkibiga kiritilgan[5]. 2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida sodir bo'lgan zilziladan so'ng, jamg'arma tomonidan gumanitar yordam sifatida Gaziantep va Xatay shaharlarida oʻzbek oshi tayyorlanib, tarqatilgan[6]. 2024-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „УПРАВЛЕНИЕ ФОНДА “Ёшлар – келажагимиз”“. yoshlarkelajagimiz.uz/. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Yoshlar ittifoqi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi“. xabar.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Rahbariyat“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.
- ↑ „“Biznes marafon” loyihasi davom etmoqda“. kun.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Savdo-sanoat palatasi rayosatining yangi tarkibi tasdiqlandi“. kun.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Tadbirkorlardan 2 mlrd so‘m, faollardan 1 tonna osh - qardosh xalqqa yordam davom etmoqda“. kun.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2024-yil.