Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjayli

Koordinatalari: 42°24′0″N 59°27′0″E / 42.40000°N 59.45000°E / 42.40000; 59.45000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo`jaylidan yoʻnaltirildi)
Xoʻjayli
shahar
42°24′0″N 59°27′0″E / 42.40000°N 59.45000°E / 42.40000; 59.45000
Mamlakat Oʻzbekiston
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
tuman Xoʻjayli tumani
Aholisi
 (2009)
104 589
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xoʻjayli xaritada
Xoʻjayli
Xoʻjayli
Xoʻjayli xaritada
Xoʻjayli
Xoʻjayli

Xoʻjayli (qoraqalpoqcha: Xojeli) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi shahar. Tuman markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida, Nukusdan 24 km uzoqlikda joylashib, temir yoʻl stansiyasi, daryo pristani oʻtgan. Shahar oʻrtasidan Toshlijap kanali oʻtadi. „Vodnik“ shahar posyolkasi Xoʻjayli shahar hokimligiga boʻysunadi.

Xojeyli – ruscha shahar nomi[1]. Oʻzbekiston davlat hokimiyati organlari veb-saytining rus tilidagi matnlarida Xodjeyli varianti ham qoʻllanadi[2][3].

„Ziyoratchilar joyi“ deb tarjima qilish mumkin boʻlgan shahar nomi Mizdakxon nekropol bilan bogʻliq. Uning ustida maqbara boʻlib, unda Oʻrta Osiyo afsonasiga koʻra, birinchi odam Odam Ato dafn etilgan[4].

Xoʻjayli (Xoʻja Eli) shahrining tarixi hozirgacha maxsus oʻrganilmagan. P. P. Ivanov, M. Yoʻldoshev, A. Sodiqov, Ya. Gʻulomova, S. K. Kamalova, Yu. Bregel, O. Jalilova, V. N. Yagodina, M. Mambetullaeva, T. Xodjaev, G. Xodjaniyozova, M. Sh. Kdirniyazova, M. Turebekova, X. Esbergenov, O. Yusupov, boshqa tarixchi, arxeologlar Xoʻjayli tarixi va madaniyati tarixining turli qirralarini yoritib berdi.

Shu nuqtai nazardan, 500 yildan ortiq vaqt davomida Amudaryoning chap qirgʻogʻida koʻplab tarixiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy voqealar markazi boʻlgan Xoʻjayli shahrining oʻtmish hayotiga oid arxiv materiallari, qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar va xorazm oʻzbeklarining asosiy bozorlari katta qiziqish uygʻotmoqda.

Oʻtgan asrlarda yevropalik va rus savdogarlari, elchilari, sayyohlari, turkiyshunos olimlar tashrif buyurgan Xoʻjayli shahri haqidagi qimmatli maʼlumotlar Sankt-Peterburg, Moskva, Orenburg, Astraxan, Toshkent, Xiva, shuningdek, TSARK arxiv materiallari, TSGA Tashauz viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy shahar arxivlarida saqlanadi.

XVII asrdan boshlab oʻzlarini Yoqub paygʻambar va Xo‘ja Ahmad Yassaviyning avlodlari deb hisoblaydigan Xoʻja urugʻidan boʻlganlar Xiva elchixonasi ishlariga faol aralasha boshladilar.

Shaharning joylashgan yerining tarixi uzoq oʻtmishlarni boshidan kechirgan. Suwenli kanali XX asrning 40-yillari Xoʻjayli shahrini ikki tomonga boʻlib turgan. Bu kanaldan Moʻynoqtan, Aralskiydan, Nukusdan, yuqori tomonida Charjau tomondan ham savdo kemalari, sayohatchilar Goʻne Xoʻjayliga kelib savdo-sotiq ishlari bilan shugʻillangan.

Revolyutsiyadan keyingi yillari Xoʻjayli shahari Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻsib rivojlangan eng yirik tuman markazi boʻlib hisoblanadi[5].

Shahar Nukusdan 10 km gʻarbda joylashgan boʻlib, u bilan Amudaryo orqali oʻtuvchi avtomobil koʻprigi orqali bogʻlangan.

Aholisi 75,4 ming kishi (Vodnik shaharchasi bilan birga, 2003). „Xoʻjayli“ atamasi XVII asr oxiri —XVIII asr boshlarida paydo boʻlgan. Rus tadqiqotchisi A. L. Kunning Xoʻjayli haqida 1874 yil eshitgan rivoyatlardan birida Xoʻjayli qalʼasini Turkistondan koʻchib kelgan eshon Alamin Xoʻja qurgan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida shaharga sufiylarning yassaviylik oqimiga mansub xoʻjalar tomonidan asos solingan degan rivoyatlar bor. Shahar atrofida miloddan avvalgi IVIII asrlarda aholi yashaganligini arxeologik qazilmalar tasdiqlaydi. Xoʻjayli yonidagi Mizdaxqon shahar xarobasi buning dalilidir. Xoʻjaylining tabiati, bozorlari, madrasalari, sugʻorish kanallari, aholisi toʻgʻrisida A. L. Kun, Vasily Bartold va boshqalar tomonidan yozib qoldirilgan manbalardan maʼlum. Yangi Xoʻjayli (temir yoʻl stansiyasi) 1952—1953-yillarda temir yoʻl oʻtkazilishi munosabati bilan qurilgan. Xoʻjayli aholisi soni boʻyicha Qoraqalpogʻistonda Nukusdan keyin 2-oʻrinda, Oʻzbekistonda esa 16-oʻrinda[6] boʻlgan. Aholisi 104589 kishi (2009)[6].

Xoʻjaylida paxta tozalash, gʻisht, yogʻmoy, sut zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, non, goʻsht mahsulotlari, gaz kompressor stansiyasi, 4 avtokorxona mavjud, mehribonlik uyi, 20 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar kollejlari, 2 musiqa, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, xalq teatri, 4 madaniyat uyi, 14 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi va Xotira xiyoboni bor. Markaziy kasalxona va uning tarmoqlari, poliklinika, 2 tibbiy dispanser, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi faoliyat koʻrsatadi[7].

Taniqli xoʻjayliliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. "Atlas mira" – M.: PKO „Kartografiya“ Federalnogo agentstva geodezii i kartografii Ministerstva transporta Rossiyskoy federatsii: Izdatelstvo Oniks, 2007 ISBN 5-85120-243-2 (kartografiya)
  2. „Sayt gosudarstvennoy vlasti Uzbekistana“. 2009-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
  3. „Сайт о городе Ходжейли“. 2014-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  4. „Tayni goroda ognepoklonnikov Mazdi. Reportaj iz uzbekskogo Xodjeyli“[sayt ishlamaydi]
  5. К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.
  6. 6,0 6,1 World Gazetteer: Usbekistan – die wichtigsten Städte
  7. "Xoʻjayli" OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil