Kontent qismiga oʻtish

Xo‘ja Bulg‘or ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻja Bulgʻor ziyoratgohi
Muqobil nomlari Xoʻja Bulgʻor ziyoratgohi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi ziyoratgoh
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan ?
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Xoʻja Bulgʻor ziyoratgohi – Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Ziyoratgoh Buxoro davlat tibbiyot instituti hovlisida joylashgan boʻlib, qadamjolardan biri hisoblanadi. Ziyoratgoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Rivoyatlarda koʻra, Xoʻja Bulgʻor qadimgi Volgada joylashgan Bulgʻor shahri hukmdorining oʻgʻli otasi bilan kelisha olmaydi va shaharni tark etadi[1]. U Buxoroga koʻchib kelib, uzoq muddat masjid yonidagi madrasa hujralarida yashaydi. Uning Buxoroda hayot tarzi oddiy boʻlgan. Bulgor qadimdan hunarmadchilik va savdo-sotiq markazi hisoblangan. Volga boʻyidagi shaharlarning ayniqsa charm mahsulotlari dunyoga mashhur boʻlgan. Xoʻja Bulgʻor Buxoroda charm mahsulotlarini ishlab chiqarish va charm tayyorlashni yoʻlga qoʻyadi. Shu sababli buxoroliklar Xoʻja Bulgʻorni charmga ishlov beradigan va etikdoʻzlar piri darajasiga koʻtarishadi. Xoʻja Bulgʻor qabrini charmgar va boshqa hunarmand kishilar ziyorat qilishadi[2]. Tarixi Mullozoda asarida Xoʻja Bulgʻor toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Manbashunos olim Komiljon Rahimov fikriga koʻra uning toʻliq ismi Shayx Sallohiddin Hasan Bulgʻoriy Naxjivoniy (1208–1299). U hayoti davomida Buxoro, Eronning Tabriz va Kirmon shaharlarida yashab, faoliyat koʻrsatgan. U soʻfiy va kubroviya tariqatining vakili hisoblanadi. Saʼdiddin Muhammad ibn Muayyad al-Hamaviy va Shayx Xovand Tohur Xoʻja Bulgʻorning ustozi boʻlgan[3]. Xoʻja Bulgʻor 1299-yilda vafot etgan boʻlib, Tabrizning Surxon qishlogʻida dafn etilgan. Buxoro shahrida Xoʻja Bulgʻor nomli masjid, mozor va koʻcha mavjud. Mozor sovet yillarida buzib tashlangan. Mustaqillik yillarida Xoʻja Bulgʻorga atab sagʻana bunyod etilgan[4].

  1. Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 79.
  2. Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 80.
  3. Муин ул-фуқаро Аҳмад ибн Маҳмуд 2021, s. 80.
  4. Садриддин Салим Бухорий 2012, s. 131.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратгоҳлари. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2012 — 291-bet. 
  • Баҳромов Қ, Шодиева Н. Бухоро тарихий обидалари географияси. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2020 — 129-bet. 
  • Муин ул-фуқаро Аҳмад ибн Маҳмуд. Тарихи Муллозода дар зикри мазороти Бухоро. Форс тилидан таржима,

муқаддима, тадқиқ, изоҳлар, иловалар муаллифи ва нашрга тайёрловчи: Комилжон Раҳимов. Тошкент: Фан, 2019 — 216-bet.