Kontent qismiga oʻtish

Xushnud Xudayberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xudayberdiev Xushnuddan yoʻnaltirildi)
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari.
Mansab davri
2023-yil 7-avgust – hozirgi vaqtgacha
Oʻtmishdoshi Jumanazar Meliqulov
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Mansab davri
2019-yil 10-oktabrdan – 2020-yil 30-iyungacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Aleksandra Kolesnichenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-iyun 1989-yil (1989-06-07) (35 yosh)
Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Mehrinoz Abbosova
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda blogerlar selfisi. Registon maydoni. Samarqand. 26.08.2019 y.
Xushnud Xudoyberdiyev, Diyor Imomxoʻjayev va Muhrim Aʼzamxoʻjayev

Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan[1].

1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Millati - oʻzbek.

5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan. 2003-yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi boʻlgan. 2010-yilda Yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2010-yili Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012-yilda Magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.

2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi. 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan. 2020-yil 28-yanvardan 1-iyulgacha Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bordi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qarori asosida Respublika oliy taʼlim kengashi aʼzosi etib tayinlangan[3].

2020-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 415-son qarori asosida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari[4].

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari[1].

Blogerlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 587 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi(2023-yil sentyabr holatiga koʻra)[5]. 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[6] 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[7]

Zakovatdagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.

2014-yili „Oltin qalam“ Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion yechim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori[8], „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida[9] va „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan[10]

2015-yilda „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.[11]

2016-yilda „Oʻzbekiston belgisi“[12] koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2018-yilda Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni olgan[13], Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasida gʻolibi boʻlgan.[14]

2019-yilda „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni[15] va Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan.[16]

Turmush oʻrtogʻi — Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi markaziy kengashi direktorining maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.

  1. 1,0 1,1 „Bosh vazir matbuot kotibi | Bekzod Hidoyatov“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  2. „Bloger Xushnud Xudoyberdiev lavozimga tayinlandi“. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  3. Respublika oliy taʼlim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
  4. TAYINLOV: OʻzA rahbariyatida oʻzgarish boʻldi
  5. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali
  6. Bloggerlar chempionati
  7. „Sof.uz nashri-yilning eng yaxshi blogerini aniqladi“. 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  8. „„Turkiston“ saroyida MIT.uz — milliy internet tanlovi gʻoliblari taqdirlandi“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  9. „MIT.UZ“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  10. Itogi Internet-festivalya natsionalnogo domena UZ 2014, 2020-03-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-03-10
  11. Fidoyi mehnat eʼtirofi
  12. Bir guruh yoshlar „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar
  13. [1]Bloggerlar chemrionati
  14. „ENG YaXShI HUQUQ TARGʻIBOTChISI“ TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
  15. „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishonining ilk sohiblari maʼlum boʻldi
  16. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida