Kontent qismiga oʻtish

Yagʻnob

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yag‘nobdan yoʻnaltirildi)
Yagʻnob
Tavsif
Uzunligi 114
Suv sarfi 32,2 m³/s
Davlat Tojikiston
Yagʻnob


Yagʻnob, Yagʻnobdaryo — Tojikistonning Sugʻd viloyati Ayniy tumanidagi daryo. Fondaryoning oʻng boshi irmogi. Hisor tizmasining shim. yon bagʻrida, 3400 m balandlikdagi kichik muzlikdan boshlanadi. Zarafshon va Hisor tizmalari oraligʻi boʻylab gʻarbga tomon oqadi va Iskandardaryo bilan qoʻshilib Fondaryoni (Zarafshon havzasi) hosil qiladi. Uzunligi 116 km, havzasining mayd. 1660 km². Vodiyning yon bagʻirlari tik va pastroq. Ya. muzlik, qor suvlaridan toʻyinadi. Havzasida umumiy mayd. 100,7 km²boʻlgan 435 muzlik bor. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Takfon qishlogʻi yonida) 33,3 m³/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 41,9 m³/sek. dan 23,9 m³/sek. gacha oʻzgaradi. Ya. loyqa daryo, har 1 m³suvida oʻrta hisobda 300 g loyqa bor. Qishda muzlamaydi, faqat shovush oqishi kuzatiladi. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Toʻlinsuv davri aprel — sentyabr oylarida boʻlib oʻtadi. Ya.ga umumiy uz. 200 km dan ortiqroq boʻlgan 80 dan ziyod irmoqchalar quyiladi. Shulardan yiriklari: oʻngdan Hazorchashma, chapdagi irmoqlari Tagobigul, Tagrich, Pindor, Dijikrud.