Yusuf Meddah
Yusuf Meddah | |
---|---|
Tavalludi | Nomaʼlum |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjoncha, Forscha |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Yoʻnalish | Shoir |
Faoliyat yillari | 14-asr |
Yusuf Meddah (ozarbayjoncha: Yusif Məddah, یوسف مداح) — XIV asrning boshida yashab ijod qilgan Ozarbayjon shoiri. U Ozarbayjon mumtoz adabiyotining koʻzga koʻringan namoyondalaridan biri va uning asarlari Ozarbayjan adabiy tili rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Garchi uning hayoti haqida koʻplab maʼlumotlar boʻlmasa-da, uning 14-asr boshida yashagani taxmin qilinadi. Tibbiyot bilimlarini puxta egallagan hamda ozarbayjon, arab va fors tillarini yaxshi bilgan.
Meddaning eng mashhur asari Varqa va Gülşāh asarlari boʻlib, u aruz vaznida yozilgan. Hajmi taxminan 1700 baytni tashkil qiladi. Ushbu asar miqdoriy prosodiya qoʻllangan sheʼr turi hisoblanadi. Bu asarlar arab xalq ertaklariga asoslanib yaratilgan. Meddaning asarlari sifatida taxmin qilingan Ghazavātnāmah, Dāstān-i Iblīs 'Aleyh al-La'nah, Qiṣṣah-i Yūsuf va Maqtal-i Hüseyn va Khāmūshnāmah asarlari yuksak eʼtiborga molikir.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yusuf Meddaning hayoti haqida koʻplab maʼlumotlar yetib kelmagan. U oʻz ijodi davomida koʻproq „Yusuf Meddah“ taxallusidan foydalangan, undan tashqari „Yusufi“ va „Yusuf-i Meddah“ kabi taxalluslarda ham ijod qilgan[1]. Shoir haqidagi dastlabki maʼlumotlar turk shoiri Mustafo Shayxoʻgʻlining 1401-yilda yozilgan Kenz al-Küberá asari orqali yetib kelgan. Bu asarida Varqa va Gülşāh asarlaridan bir bayt aytib, „Yusuf-i meddah“ ismini tilga oladi[2]. Uning tugʻilgan sanasi va joyi haqida maʼlumotlar berilmagan, ammo u 14-asr boshlarida yashagan deb taxmin qilinadi[3]. Olim Shahin Mustafoyevning fikriga koʻra, Meddahning asl kelib chiqishi Sharqiy Antalia deyiladi[4]. Uning asarlaridan maʼlum boʻlishicha, u ozarbayjon[5] arab va fors tillarini bilgan, diniy fanlardan ham xabardor boʻlgan. U Koniyaga koʻchib oʻtishdan va soʻfiylik tariqati boʻlgan Mavleviyga qoʻshilishdan oldin oʻzining dastlabki yillarini Ozarbayjonda oʻtkazgan[6]. Meddah nomi anʼanaviy turkiy hikoyachiga berilgan ism boʻlib, u shaharma-shahar sayohat qilib, xalqqa sheʼr oʻqigani uchun shu nom berilgan[2]. Erzinjon, Anqara, Sivas, Kastamonu kabi turli hududlarda yashab, shu joylardagi aholiga oʻz ijod namunalari bilan yaxshi tanilgan. Uning vafot etgan sanasi va joyi nomaʼlum lekin uzoq umr koʻrgan deb taxmin qilinadi[3].
Sheʼriyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Medda Ozarbayjon tilini kuchli oʻzlashtirgan. U oʻz davridagi divan (qisqa sheʼrlar toʻplami) adabiyotlari bilan tanish edi va oʻz sheʼrlarida oyatlar, hadislar, maqollar va iboralardan foydalangan. Meddah aruz ilmida yaxshi bilimga ega edi va asarlarida badiiy sanʼatlardan mohirona foydalangan. Iboralar va hikmatli soʻzlarni ham uchratishimiz mumkin[7].
Shoirning eng mashhur asari „Varqa va Gülşāh“ aruz shaklida yozilgan boʻlib taxminan 1700 baytni tashkil qiladi. Asar yozishni 1342–1343-yillarda Sivasda boshlagan boʻlib, epik-lirik janrga tegishli boʻlgan arab xalq ertagiga tayangan holda yaratgan. Bu ertakning turkiy tillar adabiyotidagi birinchi tarjimasidir. Asar Bani Shayba qabilasining boshliqlari boʻlgan ikki aka-ukaning oʻgʻli va qizi Varqa va Gulshohning fojiali sevgi hikoyasini bayon qiladi. Ularni bir-birlarini sevishlariga qaramay, turli hodisalar ularning turmush qurishlariga toʻsqinlik qiladi. Nihoyat, Gulshoh podshohga turmushga chiqadi. Gulshoh vafot etgani haqida yolgʻon xabar olgan Varqa oʻz joniga qasd qiladi. Varqaning qabrini ziyorat qilgan Gulshoh ham oʻz joniga qasd qiladi. Sheʼr olti qismga boʻlingan boʻlib, ularning har biri mejlis deb ataladi va qahramonlar bir-biriga aytadigan oʻn ikkita gʻazal mavjud[3]. Meddah har bir mejlis oxirida xalq adabiyotining yozma va ogʻzaki namunalaridan foydalangan[8]. Asarning tili juda sodda va koʻp takrorlarni oʻz ichiga oladi[2]. Turk olimi Orxan Aytugʻ Toluning fikricha, Meddah sheʼrni „goʻyo jamoat yigʻilishida hikoya qilayotgandek“ yozgan[8] .Yozuvchi Greys Martin Smit ham xuddi shunday fikrda boʻlib, asar „sayyor Anadolu hikoyachisining repertuaridan joy olish uchun juda mos keladi“ deya taʼkidlagan[2] . Smit bu asarni oʻsha davrdagi barcha turkiy asarlar singari kuchli fors taʼsiriga ega boʻlgan „birinchi Anadolu turkiy romantik qissa“ deb hisoblaydi[2].
Meddaning yana bir qancha muhim ahamiyatga ega asarlari mavjud .Ulardan biri Varqa va Gülşāh bilan bir xil janrga ega ozarbayjoncha masnaviy (qofiyali baytlarda yozilgan sheʼr) Ghazavātnāmahdir. U toʻqqiz yarim varaqdan iborat boʻlib,Muhammad paygʻambarning amakivachchasi va kuyovi xalifa Ali haqida hikoya qiladi. Yana bir asar Pandnāmah boʻlib, atigi oʻn uch misradan iborat boʻlgan qisqa masnaviydir. U xulq-atvor va soʻfiyoʻna tushunchalar bilan toʻldiriladi[2]. Olim Ilyas Kayaokayning fikricha, Pandnāmah alohida asar emas, balki Ghazavātnāmahning bir qismidir deyiladi[9]. 2018-yilda Jazoir Milliy kutubxonasida asarning yangi nusxasi topilganidan keyin yana bir Anadolu turkiy shoiri Erzurumlik Darirga tegishli deb taxmin qilingan asar aslida Meddaga tegishli ekani maʼlum boʻldi[9]. Qiṣṣah-i Yūsuf deb nomlangan asar 2000 baytli masnaviy boʻlib, Yusuf alayhissalomning hayoti, Yusuf (Yusuf) va Zulayho qissasi haqida bayon qiladi[9].
Undan tashqari 240 baytdan iborat Medda arabchadan tarjima qilgan ozarbayjon masnaviysi Dāstān-i Iblīs 'Aleyh al-La'nah deb nomlanuvchi asari ham mavjud[10] .Yana bir asar Maqtal-i Hüseyn masnaviyi boʻlib, u Karbalo jangini, milodiy 680-yilda ikkinchi Umaviy xalifasi Yazid I qoʻshini bilan Muhammadning nabirasi Husayn ibn Ali oʻrtasidagi harbiy harakatlarni hikoya qiladi. Asar qariyb 3000 baytdan iborat boʻlib, XIV asrda yashagan Umaviylar tarixchisi Ebu Mihnefning shu nomdagi asaridan tarjima qilingan. U 1362- yil avgustda yozilgan boʻlib, Varqa va Gülşāh singari, mejlis shaklidan foydalaniladi. Meddah shuningdek, koʻplab xalq maqollari va ogʻzaki adabiyot namunalaridan, shuningdek, Qur’on oyatlaridan foydalanadi[11]. Biroq, italyan turkologi Alessio Bombaci va fransuz turkologi Irène Melikoff fikriga koʻra, bu asar aslida Kastamonulik yozuvchi Shodi Meddaga tegishli[2]. 1300-yilda Erzinjonda yozilgan forscha Khāmūshnāmah masnaviysi ham Yusuf Meddaga tegishli boʻlgan yana bir asardir[12].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meddaning sheʼriyati ozarbayjon adabiy tilining shakllanishida muhim rol oʻynadi[4] va u ozarbayjon adabiyotining dastlabki rivojlanishida asosiy shaxs sifatida qaraladi[5]. U Sharqiy Anadolu ozarbayjon adabiyotining markazi boʻlgan davrda yashagan va oʻz asarlari bilan oʻchmas iz qolirgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aksoy 2013 ; Eren 2014 ; Smith 1976 .
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Smith 1976.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Aksoy 2013 ; Eren 2014 .
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Mustafayev 2013.
- ↑ 5,0 5,1 Babayev 2008.
- ↑ Aksoy 2013 ; Eren 2014 ; Kayaokay 2022 .
- ↑ Aksoy 2013 .
- ↑ 8,0 8,1 Tolu 2021.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Kayaokay 2022.
- ↑ Aksoy 2013 ; Eren 2014 ; Ağayeva 2021 .
- ↑ Ağayeva 2021.
- ↑ Aksoy 2013 ; Eren 2014 ; Ağayeva 2021 ; Smith 1976 .