1950-yilgi Belgiya Gran-prisi
1950-yilgi Belgiya Gran-prisi, (rasmiy ravishda Belgiya Grand Prix Automobile de Belgique deb nomlangan) — 1950-yil 18-iyun kuni Spa-Francorchamp avtodromida boʻlib oʻtgan Formula-1 avtopoygasi edi. Shuningdek, 1950-yilgi haydovchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining yettita poygasidan beshinchisi edi. 35 davrali poygada Alfa Romeo haydovchisi Juan Manuel Fangio gʻalaba qozondi. U startni ikkinchi oʻrinda boshlagan. Uning jamoadoshi Luigi Fagioli ikkinchi, Talbot-Lago piloti Louis Rosier uchinchi o‘rinni egalladi.
Poyga xulosasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belgiya Gran-prisi boʻlib oʻtayotgan paytda, mavsum sur’ati tezlasha bordi. Spa trassasiga bor-yoʻgʻi 14 ta mashina yetib kelgan. Ular orasida Alfa Romeo jamoasi poygachilari Nino Farina, Juan Manuel Fangio va Luidji Fagiolilar bor edi. Scuderia Ferrari poygachilari Luigi Villoresi va Alberto Ascarilar ham kelishdi. Ascarida sinab koʻrish uchun yangi V12 dvigateli bor edi. Talbot-Lago jamoasidan Louis Rosier, Yves Giraud-Cabantous va Philippe Étancelinlar ishtirok etishdi.
Farina va Fangio saralash bosqichida odatdagidek qolganlarga nisbatan tezroq boʻlishdi. Fagioli ularga tenglasha olmadi. Sommer oʻzining eski Talbot-Lagosida Ferrarilarni ikkiga ajrata oldi. Alfa Romeolar ham yaxshi start oldi. Alfa jamoasi aʼzolari yonilgʻi uchun toʻxtaganida, Sommer poyga yetakchisi boʻlishi ehtimoldan yiroq emas edi. Afsuski, uning dvigateli portlab ketdi. Ascari peshqadamlik qildi, ammo u yoqilgʻi uchun toʻxtashga majbur boʻldi va u ham peshqadamlikni qoʻldan boy berdi. Ammo uning jamoadoshi Luigi Villoresi peshqadamlikni qoʻlga oldi va Ferarriga muhim ballarni taqdim qildi.
Ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | No | Poygachi | Konstruktor | Vaqt | Farq |
---|---|---|---|---|---|
1 | 8 | Nino Farina | Alfa Romeo | 4:37 | - |
2 | 10 | Juan Manuel Fangio | Alfa Romeo | 4:37 | + 0 |
3 | 12 | Luigi Fagioli | Alfa Romeo | 4:41 | + 4 |
4 | 2 | Luigi Villoresi | Ferrari | 4:47 | + 10 |
5 | 6 | Raymond Sommer | Talbot-Lago-Talbot | 4:47 | + 10 |
6 | 16 | Philippe Étancelin | Talbot-Lago-Talbot | 4:49 | + 12 |
7 | 4 | Alberto Ascari | Ferrari | 4:52 | + 15 |
8 | 14 | Louis Rosier | Talbot-Lago-Talbot | 4:53 | + 16 |
9 | 18 | Yves Giraud-Cabantous | Talbot-Lago-Talbot | 4:56 | + 19 |
10 | 22 | Pierre Levegh | Talbot-Lago-Talbot | 5:01 | + 24 |
11 | 20 | Eugène Chaboud | Talbot-Lago-Talbot | 5:13 | + 36 |
12 | 26 | Geoffrey Crossley | Alta | 5:44 | + 1:07 |
13 | 30 | Toni Branca | Maserati | 5:45 | + 1:08 |
14 | 24 | Johnny Claes | Talbot-Lago-Talbot | No time | - |
Manba: [3] |
Musobaqadan keyingi chempionat jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | Poygachi | Ball | |
---|---|---|---|
1 | Nino Farina | 22 | |
2 | Luigi Fagioli | 18 | |
3 | Juan Manuel Fangio | 17 | |
2 | 4 | Louis Rosier | 10 |
1 | 5 | Johnnie Parsons | 9 |
Manba: [4] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1950 Belgian Grand Prix - Race Entries“. manipef1.com. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.
- ↑ „1950 Belgian GP - Entry List“. chicanef1.com. Qaraldi: 2013-yil 15-noyabr.
- ↑ „Belgium 1950 - Qualifications • STATS F1“. www.statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
- ↑ „Belgium 1950 - Championship“. statsf1.com. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.