Kontent qismiga oʻtish

Atirov (viloyat)

Koordinatalari: 47°7′0″N 51°53′0″E / 47.11667°N 51.88333°E / 47.11667; 51.88333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Atırav Eyaletidan yoʻnaltirildi)
Atirov viloyati
Атырау облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Atirov
Asos solingan sanasi 1933-yil[1]
Akim Izmuxambetov Baqtiqoʻja Salaxatdinovich
Aholi (2013)
555,198[2]
(3,1 % ,  (16-oʻrin)
Zichligi 4,58 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 88,96 %
ruslar 8,63 %
koreyslar 0,59 %
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 118 631 km² (4,4 %, 12-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 712х xx-xx-xx
Pochta indeksi 06 xxxx
Avtomobil raqami kodi E, 06
Rasmiy sayti http://www.e-atyrau.kz/rus/
Xaritada
Atirov viloyati xaritada
47°7′0″N 51°53′0″E / 47.11667°N 51.88333°E / 47.11667; 51.88333

Atirov viloyati (qoz.: Атырау облысы) – Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yili Gurev viloyati degan nom bilan tashkil topgan. 1992-yildan keyin hozirgi nomga ega boʻlgan. Maydoni 118,6 ming km2. Aholisi 555,1 ming kishi (2013). Shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyati bilan, janubiy-gʻarbidan Mangʻistov viloyati bilan va gʻarbidan Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh. Viloyat markazi – Atirov shahri.

Atirov viloyati Kaspiy boʻyi pasttekisligida joylashgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanvarning oʻrtacha harorati – 3,4° dan – 10,6° gacha, iyulniki 24°–26°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Yozda toʻzonli boʻronlar va suxoveylar boʻladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sagʻiz. Sayoz, asosan shoʻr koʻllar bor. Yer yuzasining kattagina qismi shoʻrxok, shoʻrtob va qoʻngʻir choʻl-dasht tuproqlaridan iborat. Oʻsimliklari chala choʻl tipidagi (shoʻra, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar) oʻsimliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (toʻqayzor)lar mavjud.

Viloyatdagi maillatlar tarkibi:[3][4]
Aholi soni
v 1989-yil
% Aholi soni
v 1999-yil
% Aholi soni
v 2010-yil
%
barchasi 424708 100,00 % 440286 100,00 % 513363 100,00 %
Qozoqlar 338998 79,82 % 391672 88,96 % 469719 91,50 %
Ruslar 63673 14,99 % 38013 8,63 % 32602 6,35 %
Koreyslar 3000 0,71 % 2600 0,59 % 2781 0,54 %
Tatarlar 4913 1,16 % 2728 0,62 % 2529 0,49 %
Ukrainlar 3749 0,88 % 1442 0,33 % 1231 0,24 %
Olmonlar 1401 0,33 % 687 0,16 % 544 0,11 %
Oʻzbeklar 63 0,01 % 319 0,07 % 416 0,08 %
Bulgʻorlar 864 0,20 % 436 0,10 % 389 0,08 %
Ozarbayjonlar 49 0,01 % 9 0,00 % 327 0,06 %
Qoraqalpoqlar 6 0,00 % 5 0,00 % 313 0,06 %
Armanlar 22 0,01 % 5 0,00 % 279 0,05 %
Beloruslar 1066 0,25 % 347 0,08 % 271 0,05 %
va boshqalar 6904 1,63 % 2023 0,46 % 1962 0,38 %

Atirov viloyati sanoatida neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va baliq sanoati muhim oʻrin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman chetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Qaragʻandi koʻmirida ishlaydi. Neft Emba koni va Atirov atrofidan olinadi. Atirovda neftni qayta ishlash zavodi, shahar yaqinida baliq konserva kombinati ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik (Atirovda mashinasozlik zavodi), kimyo, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda hammasi boʻlib 2-shahar, 7-tuman, 15-shahar tipidagi qishloq va 56 qishloq okrugi mavjud.

Atirov viloyatining tumanlari va shaharlari
Tumanlar boʻlinish markazi Hududi
(ming km²)
Aholisi
(ming kishi)
Jiliqoʻy Qulsari 29,4 67,9
Inder Inderboʻr 10,9 30,3
Isotoy Oqqistov 14,7 23,9
Mahambet Mahambet 9,6 29,0
Moqot Moqot 4,9 27,2
Qizilqoʻgʻa Miyoli 24,9 32,2
Qurmongʻozi Qurmongʻozi 20,9 58,5
Shaharlar Hududi
(ming km²)
Aholisi
(ming kishi)
Atirov shahari 458 316,4
Qulsari shahari 40 66,0

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – yaylov chorvachiligi. Asosan dagʻal junli qoʻylar boqiladi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning ancha qismi pichanzor va yaylov. Bahorikor va sugʻorma dehqonchilik qilinadi. Qishloq xoʻjaligida yem-xashak ekinlari (bir yillik oʻtlar, silos uchun makkajoʻxori) ham ekiladi. Gʻalla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetishtiriladi, Volga va Ural daryolari-744ning quyi oqimida sholi ekiladi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlari ham salmoqli oʻrin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligining umumiy mahsulot miqdori – 19528,1 million tengeni, aniq miqdor indeksi 99,7 % tashkil qildi. Goʻsht mahsuloti – 47,0 ming tonnani 102,1 %, sut mahsuloti – 54,2 ming tonnani (100,5 %), tuxum – 1,84 milliontani (100,2 %) tashkil qildi. 2010-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qora mol – 182,3 mingtani 102,8 %, qoʻy va echki – 619 mingtani (103,1 %), tuya – 31,7 mingtani (102,5 %), yilqi – 46 mingtani (103,9 %) tashkil qildi.

Temir yoʻl orqali boshqa viloyatlar bilan bogʻlangan. Ural daryosi (Uralskkacha) va Kaspiy dengizida (Atirovdan Astraxongacha va Fort-Shevchenkogacha) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida tashiladi. Avialiniyalar Atirovni Atirov viloyatining boshqa joylari bilan bogʻlaydi.

  1. География Атырауской области, 2007-12-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-05
  2. Численность населения Республики Казахстан по областям с началa 2013 года до 1 марта, 2013-07-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-29
  3. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  4. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-03-04