Bagʻdod iyolati
Iyolat | |
---|---|
Tegishli | Usmonlilar imperiyasi |
Maʼmuriy markazi | Bagʻdod[1] |
Asos solingan sanasi | 1535 |
Bekor qilingan sanasi | 1864 |
Xaritada | |
33°20′0″N 44°23′0″E / 33.33333°N 44.38333°E |
Bagʻdod iyolati (arabcha: إِيَالَةُ بَغْدَاد, usmonli turkcha: ایالت بغداد)[2] – Usmoniylar davlatining Iroqdagi iyolatlaridan biri, maʼmuriy markazi Bagʻdod shahri. 19-asrda uning hududi 62,208 kvadrat milya (161,120 km2) boʻlgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1508-yil safaviylar shohi Ismoil I Bagʻdod mintaqasini Oq qoʻyunlilardan tortib oldi[4]. Safaviylar davrida davlat diniga qarshi boʻlgani uchun sunniylar, yahudiylar va nasroniylar taʼqib qilindi va oʻldirildi[4]. Bundan tashqari, Shoh Ismoil hanafiylik mazhabi (usmoniylar shu mazhabga ergashgan) asoschisi Abu Hanifa qabrini yoʻq qilishga buyirdi[4].
1534-yilda Bagʻdodni Usmoniylar davlati qoʻlga kiritdi[4] va 1535-yil ushbu hududda oʻz iyolatini tashkil qildi[5]. 1623—1638-yillarda hudud yana Eron qoʻl ostiga oʻtdi. 1638-yilda Usmoniylar tomonidan yana qaytarib olindi[4] va bu hudud 1639-yilda Zuhob sulhi bilan Usmoniylar qoʻlida qolishi belgilandi.
Bir paytlar Bagʻdod Oʻrta Sharqning eng yirik shahri boʻlgan. 18-asrning oxirida Bagʻdod nisbatan mustaqil mamluk hukumat ostida jonlanish davrini boshdan kechirdi. 1831-yilda Ali Rizo poshsho tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri Usmoniylar boshqaruvi tiklandi. 1851-1852 va 1861—1867-yillarda shahar Usmoniylar davlati bayrogʻi ostida Mehmed Namik posho tomonidan boshqarilgan. Nuttall ensiklopediyasiga koʻra, 1907-yil Bagʻdod aholisi 185 000 kishi boʻlgan.
Maʼmuriy boʻlinmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]17-asrda Shahrizor iyolati sanjaklari[6]:
- Iyolatning 18 ta sanjagidan yettitasi ziyomat va timorlarga boʻlingan:
- Hilla sanjagi
- Zangobod sanjagi
- Javazar sanjagi
- Rumahia sanjagi
- Jangula sanjagi
- Qoratogʻ sanjagi
- [yettinchi sanjak nomi keltirilmagan]
- Qolgan oʻn bir sanjak ziyomat va timorlarga boʻlinmagan, ularda yer egaligi toʻliq yer egalari ixtiyorida boʻlgan:
- Terteng sanjagi
- Samvot sanjagi
- Bayot sanjagi
- Derna sanjagi
- Dehbalad sanjagi
- Evset sanjagi
- Kernideh sanjagi
- Demir kapu sanjagi
- Karanieh sanjagi
- Kilan sanjagi
- Al-sah sanjagi
1682—1702-yillardagi sanjaklar[7]:
- Bagʻdod sanjagi
- Imadiya hukumati
- Hille sanjagi
- Cevâzir, Aşfatara, Qasri Ruhûr, Mehcer va Reventin sanjagi
- Derne va Dertenk sanjagi
- Qasri Shirin sanjagi
- Semavât sanjagi
- Zaho sanjagi
- Zangobod sanjagi
- Cêssan-Badra sanjagi
- Ane sanjagi
- Eriha sanjagi
- Qizil Ribat sanjagi
- Altun Kupri sanjagi
- Harir sanjagi (Shahron hukumati)
- Mir Ashirati Bajlan sanjagi
1727—1740-yillardagi sanjaklar[7]:
- Bagʻdod sanjagi
- Imadiya hukumati
- Derne va Dertenk sanjagi
- Mandaljin sanjagi
- Cêssan Badra sanjagi
- Harir sanjagi (Shahron hukumati)
- Mendemi ashirati (Mendemi qabilasi) sanjagi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ John Macgregor. Commercial statistics: A digest of the productive resources, commercial.... Whittaker and co., 1850 — 12-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ „Some Provinces of the Ottoman Empire“. Geonames.de. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-fevral.
- ↑ The Popular encyclopedia: or, conversations lexicon. Blackie, 1862 — 698-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 ; Bruce Alan MastersEncyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009-01-01 — 71-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ Donald Edgar Pitcher. An Historical Geography of the Ottoman Empire. Brill Archive, 1972 — 126-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ ; Joseph von Hammer-PurgstallNarrative of Travels in Europe, Asia, and Africa in the Seventeenth Century. Oriental Translation Fund, 1834 — 90-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 Kılıç, Orhan. 18. Yüzyılın İlk Yarısında Osmanlı Devleti'nin İdari Taksimatı-Eyalet ve Sancak Tevcihatı / In the First half of the 18th Century Administrative Divisions of the Ottoman Empire-Shire and Sanjak Assignments (tr). Elazığ: Şark Pazarlama, 1997 — 71-bet. ISBN 9759630907.