Beda yaprogʻi (Fabergé tuxumi)
Beda yaprogʻi Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1902 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Alexandra Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Kreml qurol-yarogʻ muzeyi,Moskva |
Sotib olish yili | 1933 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Michael Perkhin |
Foydalanilgan materiallar | Oltin,emal, marvarid, olmos |
Boʻyi | 98 mm |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | yigirma uchta olmosli toʻrt bargli beda va podshohning toʻrtta qizi: Olga, Tatiana, Maria va Anastasianing toʻrtta miniatyura portreti |
Beda yaprogʻi tuxumi 1902-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan bezatilgan Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni edi) tuxumilaridan biri hisoblanadi. Beda yaprogʻi tuxumiga Fabergé ustaxonasi ustalaridan biri Michael Perkhin tomonidan ishlov berilgan. Beda yaprogʻi tuxumini Nikolay II oʻzining rafiqasi qirolicha Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida taqdim etdi. Hozirda Beda yaprogʻi tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi. Beda yaprogʻi tuxumi Rossiya inqilobidan keyin hech qachon sotilmagan bir necha imperator Fabergé tuxumlaridan biridir[1].
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beda yaprogʻi tuxumi tuxum shaklini hosil qiluvchi poya va barglarning ochiq naqshidan qilingan. Barglarning metall konturlari orasidagi boʻshliqlar shaffof yashil emal bilan qoplangan. Yoqutlar bilan qoplangan juda yupqa oltin lenta barglar orasidan jingalaklanadi. Oʻsha paytda shaffof emal ishlab chiqarish hali ham yangi usul edi va koʻpincha emalni sovutish paytida muammolarga duch kelingan. Beda yaprogʻi tuxumining emalida hech qanday nuqson yoʻq, lekin u juda nozik hisoblanadi.
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beda yaprogʻi tuxumining oʻziga xos „sovgʻa“si yoʻqolgan. Ammo arxiv maʼlumotlariga koʻra, Beda yaprogʻi tuxumining ichidagi sovg'asi yigirma uchta olmosli toʻrt bargli beda va podshohning toʻrtta qizi: Olga, Tatiana, Maria va Anastasianing toʻrtta miniatyura portreti edi[2]. Beda yaprogʻi tuxumining bo'yi 98 mm ni tashkil qiladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl.
Adabiyotar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990.
- Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6.
- Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.