Kontent qismiga oʻtish

Trans-Sibir temir yoʻli (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Trans-Sibir temir yo'li Fabergé tuxumi

Trans-Sibir temir yo'l tuxumi 2003-yilda Kremlda suratga olingan
Yetkazib berilgan yil 1900
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Kreml qurol-yarog' muzeyi
Sotib olish yili 1927
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar Oltin,kumush,ko'k,yashil,to'q sariq rangli emal, oniks, astar uchun baxmal
Boʻyi 260 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati oltin, platina, olmos, yoqut va billurdan yasalgan miniatyura poyezdi

Trans-Sibir temir yoʻli tuxumi  1900-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan Pasxa tuxumidir. Nikolay II Trans-Sibir temir yoʻli tuxumini oʻzining rafiqasi Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida taqdim etgan. Hozirda Trans-Sibir temir yoʻli tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi[1].

Trans-Sibir temir yoʻli tuxumining tashqi koʻrinishi oniks, kumush, oltin va kvartsdan yasalgan va rangli shishasimon emal bilan bezatilgan. Tuxumning qopqogʻi yashil emal bilan qoplangan va akantning naqshli barglari bilan bezatilgan. Qopqoqning tepasida Imperator toji bilan oltin rangdagi uch boshli oltin burgut mavjud. Tuxumning ichki qismi baxmal bilan qoplangan[2].

Trans-Sibir temir yoʻlining marshrut xaritasi tuxum yuzasi boʻylab kumush bilan oʻyib ishlangan, asosiy stantsiyalar qimmatbaho tosh bilan belgilangan. Tuxumni oq oniksdan yasalgan pogʻonali uchburchak asosda oltin bilan qoplangan kumushdan yasalgan uchta griffin koʻtarib turadi[3].

Oʻziga xos xususiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovgʻa — bu oltin, platina, olmos, yoqut va billurdan yasalgan miniatyura poyezdi. Poyezdda olmosli fara va yoqut chiroqlari mavjud. Poyezdda „pochta“, „faqat ayollar“, „chekish“, „chekish taqiqlangan“ va „chapel“ deb yozilgan kristall oynali beshta vagon mavjud. Poyezdda oltin kalit bor. Bu bilan poyezdni harakatga keltirish mumkin.

1900-yilda Rossiyaning Tinch okeani sohilidagi Yevropa Rossiyasini Vladivostok bilan bogʻlovchi temir yoʻl qurilishi nihoyasiga yetdi. Bu resurslar va inson hayoti uchun juda qimmatga tushganiga qaramay, Nikolay II uchun katta yutuq edi, chunki imperator sifatida u sharqiy poydevor toshini qoʻyish uchun Uzoq Sharqqa sayohat qilgan edi[4].

  1. Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9. 
  2. Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990. 
  3. Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6. 
  4. Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.