Buxoriy yodgorlik majmui
Buxoriy yodgorlik majmui, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom alBuxoriy dafn etilgan Payariq tumani Hartang qishlogʻidagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan boʻlib kelgan. 16-asrda Imom alBuxoriy kabri ustiga gina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin shoʻro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga tushib qolgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Imom alBuxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilmma’rifat, diyonat yoʻlida baxshida etgan ulugʻ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan boglik joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29-apreldagi "Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi oʻrnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 yilda qurildi.Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, soʻng kundalik, juma, hayit namozlari oʻqiladigan joy vazifasini oʻtaydi. Bu yerda hadis ilminm oʻrganish va boshqa ma’rifii ishlarni amalga oshirish ham koʻzlangan. Gʻ.lgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqalar) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar) ning hovli atrofida r bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishkoʻk shaffof oniks toshdan ishlangan sagʻana oʻrnatilgan. Maqbaraning oʻng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sagʻananing aynan ostida Imom alBuxoriy jasadlari qoʻyilgan qabr marmartosh bilan qoplangan.Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqrhning umumiy maydoni 786 kv.m. Peshayvonining umumiy maydoni 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz oʻqishi mumkin. Hovlining oʻng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va oʻlchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga moʻljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy maydoni 946 kv. m. Peshayvonining maydoni 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qoʻlyozmalari, turli nashrlari, Imom alBuxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar bor. Majmua toʻrida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini oʻrganishga moʻljallangan oʻquv markazi — "Dorul hadio binosi joylashgan.Abduqahhor Turdiyev, Murodjon Aminov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |