Buxoro davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti | |
Xalqaro nomi |
Bukhara State University (BukhSU) |
---|---|
Shiori | Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda! |
Turi | universitet |
Asos solingan sanasi | 1930-yil |
Rektori | Obidjon Xamidov |
Fakultetlar | 10 |
Talabalari | 21776 ta |
Bakalavriat | 21175 |
Magistratura | 601 |
Joylashuvi |
Buxoro , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | http://buxdu.uz |
Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagika instituti, BuxDU) – Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan oliy taʼlim dargohi. Universitet dastlab 1930-yilda Buxoro Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil qilingan. 1992-yil 15-martda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan[1]. Oliygoh oʻz ichiga 10 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Axborot texnologiyalari, Tarix va yuridik, Filologiya, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Agranomiya va biotexnologiya, Sanʼatshunoslik hamda Sport faoliyati va pedagogika fakultetidir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yil 14-aprelda Oʻzbekiston SSR Maorif XKS rejasi boʻyicha davlat byudjeti hisobidan Buxoroda oliy pedagogika institutini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilingan. 1930-yil 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston SSR Maorif komissariati tomonidan Buxoro oliy pedagogika institutini (hozirgi Buxoro davlat universitetini) tashkil etish toʻgʻrisida 146-sonli buyruq chiqarilgan. Institut 1930-yilning oktyabr oyidan boshlab oʻz faoliyatini boshlagan. Oliygohda dastlab boʻlimlar tashkil etilgan. 1930-yildan boshlab ijtimoiy-adabiy, kimyo-biologiya boʻlimi, 1931-yil agrar-pedagogika, 1932-yilda fizika-texnika boʻlimi oʻz faoliyatini boshlagan. 1931-yil dargohda ijtimoiy-adabiy va kimyo-biologiya boʻlimlarida jami 53 nafar talaba tahsil olgan. 1931-yil agrar-pedagogika boʻlimida 40 nafar, 1932-yil fizika-texnika boʻlimida esa 16 nafar talaba oʻqigan. 1930-yil noyabr oyidan boshlab oliygoh talabalarni qabul qilgan. Dargohning birinchi direktori Karimjon Vahobov boʻlgan. Buxoro viloyati davlat arxivi maʼlumotlariga koʻra, oliygohda 1930-yil 56 ta, 1931-yil 180 ta 1932-yil 246 ta, 1933-yil 211 ta talabalar tahsil olgan. Oliy oʻquv yurti 1930-yil Buxoro oliy pedagogika instituti, 1931-yildan Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro oliy pedagogika instituti, 1933-yildan Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti, 1937-yildan S.Ordjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti, 1981-yildan S. Ordjonikidze nomidagi „Hurmat belgisi“ ordenli Buxoro davlat pedagogika instituti, 1990-yildan Fayzulla Xoʻjaev nomidagi Buxoro oliy pedagogika instituti, 1992-yil 15-martdan boshlab esa Buxoro davlat universiteti deb nomlangan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro davlat universitetida bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ta ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi bilan), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, oʻlka zoologiyasi, arxeologiya muzeylari, oʻquv-sport, sport harbiy tayyorlov, sport sogʻlomlashtirish majmualari, maʼrifiy-madaniy ishlar klubi bor (2001). Unda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001-oʻquv yili unda 5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 nafar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 28 ta fan doktori va professor, 272 ta fan nomzodi va dotsent ishladi. Unda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil topganidan buyon universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlab chiqargan (2001).
Buxoro davlat universiteti rektorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rektor | Davri |
---|---|
Vahabov Karimjon | 1930-1931 |
Usmonov Gʻanijon | 1931-1934 |
Valiyev X. X | 1934-1935 |
Rajabov D | 1935-1936 |
Tereshxanov G.X | 1937-1938 |
Rustamov Aʼzam | 1938-1940 |
Sbizova Anna Ivanovna | 1940 |
Davlat-Yusupov Mustafo Xasanovich | 1940-1943 |
Hamidov (Homidiy) Sharif Xamidovich | 1944-1948 |
Joʻrayev Turob Joʻrayevich | 1948-1950 |
Maqsudov Sh. T | 1951-1955 |
Yakubov R | 1955-1957 |
Raxmatov Muxtor Neʼmatovich | 1957-1960 |
Namozov Juma Namozovich | 1960-1977 |
Jabborov Narimon Ibragimovich | 1977-1979 |
Moʻminov Vafo Arabovich | 1979-1986 |
Qosimov Farhod Xabibovich | 1986-1992 |
Muqimov Komil Muqimovich | 1992-2005 |
Yoriyev Oltin Muzaffarovich | 2005-2009 |
Tadjixodjayev Zokirxoʻja | 2010-2014 |
Tulaganov Abdukabil Abdunabievich | 2014-2019 |
Xamidov Obidjon Xafizovich | 2019-yildan |
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fizika-matematika fakulteti
- Axborot texnologiyalar fakulteti
- Tarix va yuridik fakulteti
- Filologiya fakulteti
- Sport faoliyati va pedagogika fakulteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Iqtisodiyot va turizm fakulteti
- Xorijiy tillar fakulteti
- Sanʼatshunoslik fakulteti
- Agronomiya va biotexnologiya fakulteti
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar
- Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari
- Organik va fizkolloid kimyo
- Umumiy va noorganik kimyo
- Ekologiya va geografiya
- Oʻzbek tili va adabiyoti
- Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika
- Rus tilshunosligi
- Rus adabiyotshunosligi
- Fizika
- Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika
- Matematik analiz
- Differensial tenglamalar
- Arxeologiya va Buxoro tarixi
- Yuristprudensiya va ijtimoiy siyosiy fanlar
- Jahon tarixi
- Islom tarixi va manbashunoslik, falsafa
- Psixologiya va sotsiologiya
- Ingliz tilshunosligi
- Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik
- Nemis filologiyasi
- Fransuz filologiyasi
- Tarjimashunoslik va lingvodidaktika
- Fakultetlararo chet tillar
- Tabiiy yoʻnalishlarda chet tili
- Iqtisodiyot
- Yashil iqtisodiyot va agrobiznes
- Buxgalteriya hisobi va statistika
- Marketing va menejment
- Turizm va mehmonxona xoʻjaligi
- Servis sohasi iqtisodiyoti
- Maktabgacha taʼlim
- Boshlangʻich taʼlim
- Pedagogika
- Sport nazariyasi va metodikasi
- Sport faoliyati
- Agronomiya va tuproqshunoslik
- Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi
- Botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi
- Zoologiya va umumiy biologiya
- Tasviriy va amaliy sanʼat
- Musiqa ijrochiligi va madaniyat
Universitet professorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur bitiruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jamol Kamol
- Toʻra Mirzayev
- Ibrohim Haqqulov
- Norov Vladimir Imamovich
- Toʻxtamurod Murtazoyevich Jumayev
- Ahmadjon Shukurov
- Ahmad Fayziyev
- Rahmonqul Qurbonov
- Toirov Hakim
- Tohirov Xoliyor Jumaevich
- Sharipov Latif Karimovich
- Shamsiev Fazliddin
- Nazarov Zoyir
- Karimov Abduhakim Karimovich
- Junusbekov Yelmurot
- Aminov Neʼmat
- Abdullayev Maxdi Orifovich
- Rishod Rashidovich Sobirov
- Abbos Abdurazzoqovich Atoyev
- Shermatov Aʼzam
- Qodir baxshi
- Naila Adelshina Kamolova
- Nuʼmon Meylikov
- Gulsum Temirovna Joʻrayeva
- Mustaqim Mirzayevich Mirzayev
- Asra Boliyev
- Hikoyat Rahmonqulova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ziyodullayeva Aziza Akmal qizi
- Saidova Mohinur Murodovna
- Baxtiyorov Behruz Bobirovich
- Boboyeva Zarifa Jahonqulovna
- Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi
Foto galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Buxoro davlat universiteti qachon tashkil topgan?“. buxdu.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Buxoro davlat universiteti qachon tashkil topgan?“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- „Buxoro davlat universiteti rektorlari“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- „Unutilgan tarix(Yohud oliygoh tashkilotchisi Karimjon Vahobov haqida)“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.