Kontent qismiga oʻtish

Darzab jangi (2017)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Darzab jangi
IShID va Tolibon mojarosi, Afgʻonistondagi urush (2001–2021) va Terrorga qarshi urushning bir qismi
Sanalar 2017-yil 9–27-aprel
Urush yeri Darzab tumani va uning atrofidagi tumanlar, Jauzjon viloyati, Afgʻoniston
Natija IShID gʻalabasi
Raqiblar
IShID Tolibon Tolibon  Afgʻoniston
Qoʻmondonlar
Islomiy davlat Qari Hikmat[1]
Islomiy davlat Muftiy Neʼmat[1]
Islomiy davlat Mulla Gʻanzanfar (HHY)
Fayz Muhammad 
Shayx Hamidulla 
Shahzoda Mazlumyor 
Mohibulla 
Hoji Nokur (POW)
Afgʻoniston Abdul Rashid Doʻstum[1]
Afgʻoniston Polkovnik Abdul Hofiz Xoshiy[2]
Afgʻoniston Muhammad Rizo Gʻofuriy[3]
Afgʻoniston Brigada generali Rahmatulloh Turkistoniy[4]
Afgʻoniston Rahmatulloh Hushyor
Harbiy birliklar
Qari Hikmat tarmogʻi[1]
Muftiy Nemat militsiya boʻlinmasi[1]
Nomaʼlum Xavfsizlik kuchlari
Kuchlar
Nomaʼlum Nomaʼlum Yuzlab askarlar[1]
Yoʻqotishlar
15 nafar qurbon, 22 nafar yarador 93 nafar qurbon, 58 nafar yarador va 63 nafar asirlar (shu jumladan giyohvand moddalar sotuvchilar) 4 qurbon
1 nafar tinch fuqaro halok boʻlgan

Darzob jangi — Tolibon askarlari, IShID — Xuroson viloyati jangchilari va afgʻon qurolli kuchlari askarlari oʻrtasida Jauzjon viloyatining Darzob tumanidagi qurolli toʻqnashuv.

Dastlabki hujumlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

9-aprel kuni toʻrt nafar afgʻon askari, jumladan, bir boʻlinma komandiri IShID jangarilari bilan Darzobdagi soʻnggi toʻqnashuvlar hududiga borish chogʻida pistirmada halok boʻldi[5][6]. Bir kun oʻtib, Tolibon IShID jangarilari bilan birga Darzob tumanidagi Alxaniy va Moʻgʻul qishloqlariga hujum qildi. Buning natijasida 13 nafar Tolibon jangarisi halok boʻldi, 10 nafar IShID jangarisi, jumladan IShID qoʻmondoni Mulla Gʻanzanfar ham yaralandi. Tolibon Alxaniyni qoʻlga olishga muvaffaq boʻldi, ammo Moʻgʻuldan chekindi. Bundan tashqari, Darzob yaqinida joylashgan Qush Tepa tumanidagi xavfsizlik postiga bostirib kirish oqibatida Tolibon qoʻmondoni Fayz Muhammad halok boʻldi, uning jangarilaridan biri yaralandi. Jangarilarning tuman chekkasidagi uyga raketa zarbasi berishi oqibatida bir nafar ayol fuqaro ham halok boʻlgan[7].

Tolibon va IShID oʻrtasidagi jang

[tahrir | manbasini tahrirlash]

26-aprel kuni IShID Darzobda Tolibon bilan afyun bitimi tuzgan 3 nafar narkotik sotuvchisini oʻgʻirlab ketdi. Tolibon bir necha bor IShIDdan asirlarni ozod qilishni soʻragan, biroq rad javobi olgach Darzobda kuch toʻplay boshlagan. Shundan soʻng IShID Tolibonga hujum qilib, 79 nafar Tolibon jangchisini oʻldirgan, 57 nafarini yaralagan va yana 60 nafarini asir olgan. Halok boʻlgan Tolibon jangarilari orasida uch qoʻmondon, Tolibon nazoratidagi Qush Tepa tumani rahbari Shayx Hamidulla, Tavakkal, Shahzoda Mazlumyor va Mohibullohlar ham bor edi. Hoji Nokur ismli Tolibon qoʻmondonlaridan biri ham asirga olinganlar orasida edi. Shuningdek, 15 nafar IShID jangarisi halok boʻldi, 12 nafari yaralandi. IShID janglar natijasida Qush Tepa bilan birga Darzobning katta qismini Tolibondan tortib oldi[8][9][10][11].

2018-yilda Tolibon Darzob tumani va uning atrofidagi tumanlarni IShID-Xdan tortib olish uchun yirik harbiy operatsiya boshladi. Jang 2 hafta 6 kun davom etdi. Shiddatli toʻqnashuvlardan soʻng IShID-X magʻlub boʻldi, guruhning Jauzjon viloyatidagi kuchlarining aksariyati oʻldirildi yoki asirga olindi. IShID-Xning 4 qoʻmondonidan 3 nafari Tolibonga taslim boʻldi. Jangda IShID-X qoʻmondonlaridan biri va „Islomiy davlat“ning Jauzjon boʻyicha qoʻmondon oʻrinbosari boʻlgan Hoji Murod oʻldirilgan[12][13]. Tolibon qoʻmondoni Mulla Burjan qatl etilgan[14], Hoji Shokir esa jangda oʻldirilgan[13]. Jang yakunida 200dan ortiq jangari Tolibonga taslim boʻldi[manba kerak].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Jawad Sukhanyar; Rod Nordland „ISIS, Aided by Ex-Taliban Groups, Makes Inroads in Northern Afghanistan“. The New York Times (28-iyun 2017-yil). Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  2. „Afghan forces recapture Jawzjan's Darzab district | Pajhwok Afghan News“. Pajhwok.com (21-iyun 2017-yil). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2018-yil.
  3. Agencies „US soldier, 13 Afghan troops killed in three attacks“ (10-aprel 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  4. „13 militants killed in fighting in northern Afghanistan - Xinhua - English.news.cn“. news.xinhuanet.com. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  5. „Afghan Violence Leaves 13 Afghan, 1 US Soldiers Dead“. VOA News. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  6. „News of the Day From Around the World“. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  7. MENAFN „1 woman, 13 militants killed in Jawzjan clashes“. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  8. „Nearly 100 dead as Taliban, Daesh clash in Afghanistan“. Anadolu Agency. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  9. „ISIS in Afghanistan is attacking the Taliban, killing dozens“. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  10. MENAFN „Afghanistan- 91 dead as Taliban-Daesh clash goes on in Jawzjan“. Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  11. „Around 100 Taliban, ISIS militants killed in clashes: Afghanistan“ (27-aprel 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2017-yil.
  12. Tamkin, Hamid. „Jawzjan: Senior Daesh leader killed in Taliban attack“. Pajhwok Afghan News (23-iyul 2018-yil). 14-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  13. 13,0 13,1 Rahmani, Waliullah (10-avgust 2018-yil). „The Taliban Takes on Islamic State: Insurgents Vie for Control of Northern Afghanistan“. Terrorism Monitor. 16-jild, № 16. Jamestown Foundation. 15-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2018-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  14. Tamkin, Hamid. „Jawzjan: 250 dead in ongoing Taliban-Daesh clashes“. Pajhwok Afghan News (18-iyul 2018-yil). 1-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.