Foydalanuvchi:Namuna123/qumloq
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
Universitet asosiy binosi | |
Xalqaro nomi |
Urganch branch of Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2005 |
Direktori | Shukurulloh Ismoilov Habibullo o'g'li |
Talabalari | 3,000+ |
Bakalavriat | 26 ta yoʻnalish |
Magistratura | 32 ta mutaxassislik |
Akademiklari | 1 |
Fan doktorlari | 16 |
Professorlari | 16 |
Oʻqituvchilari | 400 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tuit.uz |
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali (qisqartmasi TATUUF; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 2005-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2004-yildan hozirgi davrga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan ataladi. Universitetda va filiallarida 13,000 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
Tarixiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]TATUUF 2005-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi.
- 1955-yil — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
- 1960-yil — Elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
- 1978-yil — Bishkek, Dushanbe, Almati va Fargʻona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi
- 1993-yil — TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
- 1994-yil — Markaziy Osiyo respublikalari hamda Moʻgʻuliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya oʻquv markazi (SAUTST) tashkil etildi
- 1997-yil — institut qoshida litsey-instituternat faoliyat yurita boshladi
- 1999-yil — institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi.
- 2003-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
- 2005-yil — Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi
- 2017-yil — Universitetga Muhammad Al-Xorazmiy nomi berildi[1]
Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axborot texnologiyalari kafedrasi
- Raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi
- Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
- Dasturiy injiniring kafedrasi
- Tabiiy fanlar kafedrasi
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
- Axborot хаvfsizligi kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60540300 | Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) |
5 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
8 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
9 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
10 | 60610700 | Sun’iy intellekt |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
12 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
13 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
14 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
15 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
16 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
17 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
18 | 60611400 | Pochta aloqasi texnologiyasi |
19 | 60611500 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) |
20 | 60612000 | Infokommunikatsiya injiniringi |
21 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
22 | 60710600 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
23 | 60711500 | Mexatronika va robototexnika |
24 | 61011000 | Logistika injiniringi |
25 | 60612400 | Elektr aloqa injiniringi (Electrical and communication engineering) |
26 | 60612300 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
Sirtqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
5 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
8 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
9 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
10 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
12 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
13 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
14 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
15 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
16 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
Masofaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
2 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
3 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
4 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
Magistratura yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) |
2 | 70210402 | Kompyuter grafikasi va dizayn |
3 | 70310501 | Raqamli iqtisodiyot |
4 | 70320402 | Elektron kutubxona va arxivlar |
5 | 70411701 | Logistika (raqamli logistika) |
6 | 70412801 | Elektron tijorat |
7 | 70610101 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
8 | 70610205 | Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari |
9 | 70610301 | Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
10 | 70610302 | Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
11 | 70610501 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) |
12 | 70610502 | “Elektron hukumat” tizimini boshqarish |
13 | 70610503 | Tibbiyotda kompyuter tizimlari |
14 | 70610504 | Ma’lumotlar ilmi (Data Science) |
15 | 70610505 | Internet ashyolari |
16 | 70610601 | Dasturiy injiniring |
17 | 70610701 | Sun’iy intellekt |
18 | 70611001 | Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”) |
19 | 70611003 | Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti |
20 | 70611004 | Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi |
21 | 70611005 | Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi |
22 | 70611101 | Multiplikatsion filmlar texnologiyalari |
23 | 70611401 | Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi |
24 | 70611601 | Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha) |
25 | 70611701 | Mobil aloqa tizimlari |
26 | 70611702 | Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari |
27 | 70611703 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
28 | 70611802 | Videotexnologiyalar |
29 | 70611901 | Maxsus yoritish texnologiyalari |
30 | 70710601 | Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) |
31 | 70411701 | Raqamli kriminalistika |
32 | 70611006 | Fotonika va optik aloqa |
Filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali
Rektorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2016-2020 — Toʻlqin Teshabayev[2]
- 2020-2021 — Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich[3]
- 2021-y.-h.v. — Мaxkamov Baxtiyor Shuhratovich[4].
Mashhur bitiruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1982)
- Agrepina Vasilyevna Shin (1980)
- Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (2004)
- Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov (1995)
- Maxsudov Jamol Tilloyevich
- Fayzullaev Alisher Nasibullaevich
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TATUga Al-Xorazmiy nomi berildi, 17-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20-iyun 2017-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Toʻlqin Teshaboyev TATUning yangi rektori etib tayinlandi“. 6-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2016-yil.
- ↑ TATUga yangi rektor tayinlandi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Rektor haqida, 22-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25-iyun 2021-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universitet sahifasi (Wayback Machine saytida 2017-06-03 sanasida arxivlangan)
- TATU rasmiy kanali Telegramda
- TATU rasmiy sahifasi Facebookda
- TATU rasmiy sahifasi Linkedin'da