Foydalanuvchi:Oblakulova/Uqba ibn Nafiy
Uqba ibn Nafiy عقبة بن نافع | |
---|---|
Uqba ibn Nafiyning Jazoirdagi haykali | |
Mansab davri 681 – 683 | |
Hukmdor | Muoviya I |
Oʻtmishdoshi | Muoviya ibn Hudayj |
Vorisi | Abu al-Muhojir Dinor |
Mansab davri 681 – 683 | |
Hukmdor | Yazid I |
Oʻtmishdoshi | Abu al-Muhojir Dinor |
Vorisi | Zuhayr ibn Qays |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 622 |
Vafoti |
683 Tabuda[1] (hozirgi Jazoirning Sidi Okba vohasi yaqinida) |
Munosabatlari |
|
Bolalari | Abu Ubayda ibn Uqba |
Ota-onasi |
Nafiy ibn Abdulqays Salma binti Harmala |
Faoliyati |
Roshidun xalifaligi Umaviylar xalifaligi |
Dafn etilgan joyi | Sidi Okba masjidi, Jazoir |
Qoʻshin turi | Roshidun armiyasi |
Xizmat yillari | 635–683 |
Unvoni | general |
Janglari |
|
Uqba ibn Nafiy ibn Abdulqays al-Fihriy al-Qurashiy (arabcha: عقبة بن نافع بن عبد القيس الفهري القرشي), Uqba ibn Nafi nomi bilan tanilgan, Amr ibn al-Osning jiyani. Xalifa Umar davridan beri Roshidun xalifaligiga xizmat qilgan arab generali. Keyinchalik Umaviylar xalifaligi davrida Muoviya I va Yazid I hukmronligida musulmonlarning Magʻribga istilosi, shu jumladan, Liviya, Tunis, Jazoir va Marokashni zabt etishga qaratilgan yurishlarda va Nubiyani egallashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlarda ishtirok etgan. Shimoliy Afrikada Umaviylar hukmronligini oʻrnatish yoʻlidagi harakatlari bilan tanilgan. Kelib-chiqishi Qurayshga aloqador Banu Fihr qabilasidan boʻlganligi bois koʻpincha al-Fihriy nomini olgan. Avlodlari Uqbiylar yoki Fihriylar nomi bilan tanilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uqba ibn Nafiy 622-yilda tugʻilgan[2]. Roshidun xalifaligining generali sifatida Amr ibn al-Osga Shimoliy Afrikadagi shaharlarni zabt etishda ishtirok etgan, dastlab Barqa shahrini, soʻngra 644-yilda Tripolitaniyani egallagan. 642 yoki 643-yillarda Kirenaikani zabt etgandan soʻng, Amr ibn al-Os Berber qabilalaridan olinadigan jizya soligʻini 13 000 dinor qilib belgilagan[3]. Birinchi fitnadan keyin 661-yilda Muoviya I tomonidan Umaviylar xalifaligi tashkil qilingach, Magʻribga tomon ikkinchi bosqinchilik yurishlari boshlangan. 10 000 musulmon va boshqa minglab qoʻshin Uqba ibn Nafiy boshqaruvida Damashqdan chiqib, Vizantiya Afrikasi tomon yurish qilgan va u yerni zabt etgan[4].
670-yilda amir yoki qoʻmondon sifatida Uqba arab qoʻshinini Shimoliy Afrikaga olib borgan, Misr choʻllarini kesib oʻtgan va yoʻl boʻylab muntazam ravishda harbiy postlar oʻrnatgan. Hozirgi Tunisning janubiy qismida joylashgan hududida Qayravon (fors tilida qarorgoh yoki karvonsaroy degan maʼnoni anglatadi) nomli shaharchani barpo etgan. Bu shahar hozirgi Tunisdan 99 milya janubda joylashgan. Ushbu hududdan keyingi harbiy operatsiyalar uchun baza sifatida foydalangan. Qayravon keyinchalik diniy ziyoratgoh va Shimoliy Afrikadagi eng muhim shahar boʻlib qolgan. Shuningdek, Umaviylarning yangi viloyati Ifriqiyaning poytaxti sifatida tanlangan. Uqba, shningdek, ilk masjid qurilishi uchun joy tanlagan va shu yilning oʻzida Qayravon Katta masjidi (Uqba masjidi) qurilgan. Ushbu masjid keyinchalik Magʻribdagi barcha masjidlar uchun namuna boʻlib xizmat qilgan va islom meʼmorchiligining durdonalaridan biri hisoblanadi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]683-yilda Uqba Berberlarning nasroniy qiroli Kusayla va uning Vizantiya ittifoqchilari tomonidan Biskra jangida pistirmaga tushgan. Uqba oʻzining eng ashaddiy raqibi Abu al-Muhojir Dinor bilan birga oʻldirilgan. Uning qoʻshinlari Qayravonni tark etib, Barcaga chekingan. Biroq keyinchalik 688-yilda Qayravon qayta zabt etilgan[5].
Uqbaning vafotidan soʻng, 686-yilda uning xotirasiga bagʻishlab Sidi Okba masjidi maqbara sifatida qurilgan. Bino dastlab sodda tarzda qurilgan boʻlib, qimmatbaho materiallardan foydalanilmagan. Ushbu meʼmoriy uslub eng qadimgi islom meʼmorchiligi, shuningdek, paygʻambar Muhammad tomonidan qurdirilgan masjidlarga oʻxshar edi. Bundan tashqari Liviyadagi Al-Vatiya havo bazasi ham uning nomi bilan Okba ibn Nafa havo bazasi deb ataladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Discover Islamic Art - monument_isl_dz_mon01_15_en“. Virtual Museum.
- ↑ Adamec, Ludwig W.. Historical Dictionary of Islam (en). Scarecrow Press, 2009-05-11 — 318-bet. ISBN 978-0-8108-6303-3.
- ↑ Abun-Nasr, Jamil M.. A History of the Maghrib in the Islamic Period (en). Cambridge University Press, 1987-08-20 — 34-bet. ISBN 978-1-316-58334-0.
- ↑ African whispers: labels the world leaders (en). Neili Belhassen, 2014-11-23 — 16-bet.
- ↑ Conant, Jonathan. Staying Roman : conquest and identity in Africa and the Mediterranean, 439–700. Cambridge New York: Cambridge University Press, 2012 — 280–281-bet. ISBN 978-0521196970.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Edvard Gibbon, Rim imperiyasining tanazzul va qulashi tarixi 51-bob
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Christides, Vassilios (2000). "ʿUkba b. Nāfiʿ". in Bearman, P. J.. Encyclopaedia of Islam. Volume X: T–U (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-11211-7. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=%CA%BFUkba+b.+N%C4%81fi%CA%BF&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.