Kontent qismiga oʻtish

Friedrich Hayek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Friedrich Hayek

Friedrich Hayek (1899.8.5, Vena 1992.23.3, Frayburg) — iqtisodchi va faylasuf. Iqtisodiy nazariyadagi Avstriya maktabi anʼanalarini rivojlantirgan iqtisodiy liberalizm maktabi vakili. Vena universitetini tugatgan (1921). Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va Avstriyada ishlagan. Ilmiy ishlari pul nazariyasi, iqtisodiyot fanining metodologik muammolari, iqtisodiy, ijtimoiy va tuzilmaviy hodisalarning oʻzaro aloqadorligi masalalariga bagʻishlangan, keynschilikiint koʻpgina qarashlariga eʼtiroz bildirgan. Sotsializm gʻoyalari va amaliyotini qattiq tanqid qilgan. Asosiy asarlari: "Narxlar va ishlab chiqarish" (1931), "Qullikka yoʻl" (1944), "Qonun, qonunchilik va erkinlik", 1—3 jildlar, (1973—79) va boshqa M. Fridmen bilan hamkorlikda Gʻarb mamlakatlari iqtisodiy siyosatida neokonservativ burilish ilhomchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1974, Gunnar Myrdal bilan birgalikda)[1]

  1. OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil