Kontent qismiga oʻtish

Ragnar Frisch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ragnar Frisch
Tavalludi 3-mart 1895
Vafoti 31-yanvar 1973
Fuqaroligi Norvegiya

Ragnar Frisch (norvegcha: Ragnar Anton Kittil Frisch; 1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iqtisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqtisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqdi. Frisch taklif etgan iqtisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarni tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllangan. Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969)[1].