Kontent qismiga oʻtish

Michael Spence

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrew Michael Spence (2008)

Michael Spence (1943, Montkler, AQSH, NyuJersi shtati) — asli kanadalik amerikalik iqtisodchi. Prinston (1966) va Oksford (1968) universitetlarini tugatgan. Garvard universitetida iqgisodiyot doktori. Asimmetrik axborotli bozorlar, mehnat bozori, tashqi signallar nazariyalari sohalaridagi tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (2001, J. Akerlof, J. Stiglits bilan birga). SPENSER (Spenser) Gerbert (1820.27.4, Derbi shahri 1903, 8.12, Brayton shahri) — ingliz faylasufi va sotsiologi, pozitivizm asoschilaridan biri. F. Bekondai keyin umumiy bilim tizimini yaratishga uringan olim hisoblanadi. S. oʻzining asosiy asari 10 j.li "Sintetik falsafa tizimi" kitobi ustida uzok, ishladi (1862—96)!Ibtidoiy madaniyatni oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdi. Kont izidan borib sotsiologiya asosiga evolyusiya gʻoyasini qoʻygan. Uning "Sotsiologiya asoslari" asarining oʻzagini biologik va ijtimoiy organizmlar oʻrtasida oʻxshashlik mavjud, degan qoida tashkil etadi. S. karashlarida evolyusiontarixiy yondoshuv strukturalifunksional va tizimli yondoshuvlar bilan qoʻshilib ketgan. Uning fi kricha, ijtimoiy organizm 3 ta asosiy "tizim"dan iborat: "regulyativ", "hayot uchun vositalar ishlab chiquvchi", "taqsimlovchi". "Regulyativ" tizimni tahlil etar ekan, S. eʼtiborni "ijtimoiy nazorat" vositalariga qaratadi. Xususan, u siyosiy boshkaruvni ijtimoiy nazoratning bir turi sifatidagina tushuntirgan. Bu tartibotlar ibtidoiy jamiyatdayoq mavjud boʻlgan shakllardan yuzaga kelgan va astasekin rivojlanib borgan. Har qanday ijtimoiy tartibot ijtimoiy harakatlarning mustahkam tuzilmasi sifatida shakllanadi. S. shaxsning rivojini evolyusiyaning oliy maqsadi va taraqqiyotning asosiy mezoni deb bildi, sinfiy kurashni qoraladi. S. sotsiologik taʼlimotining baʼzi goyalari (jamiyatning organik konsepsiyasi, muvozanat nazariyasi va boshqalar) ni zamonaviy sotsiologiya maktablari puxta oʻzlashtirgan[1].