Tjalling Koopmans
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Tjalling Koopmans | |
---|---|
Tavalludi |
28-avgustda 1910-yil Niderdandiya |
Vafoti |
26-fevralda 1985-yil AQSH |
Fuqaroligi | Niderlandlar va AQSh |
Sohasi |
Matematika, Olim, va Iqtisodiyot |
Mukofotlari | Nobel mukofoti (1975) |
Tjalling Koopmans (1910.28.8, Niderdandiya — 1985.26.2, AQSH) — amerikalik iqtisodchi va matematik. Leyden universitetida matematik statistika va uning iqtisodiyotga tatbigʻi boʻyicha doktor (1936). Priston va Nyu-York, Chikago, Garvard, Yel universitetlarida iqtisodiyot professor (1955—81). Ekonometrika jamiyati (1950) va Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1978) prezidenti. K. chiziqli dasturlashtirish usulini yaratdi va uni anʼanaviy mikroiqtisodiy nazariya bilan bogʻladi, raqobatli iqtisodiyot sharoitlarida resurslar allokatsiyasi modelini ilgari surdi. Oʻz qarashlarini "Mahsulotlarni tayyorlash va taqsimlashda faoliyat turlari tahlili" (1951), "Iqtisodiyot fanining axvoli toʻgʻrisida uch ocherk" (1957) asarlarida bayon etgan. K. optimal iqtisodiy oʻsish nazariyasiga va ekonometriya nazariyasiga muhim hissa qoʻshdi. Milliy daromadni investitsiyalar va isteʼmol oʻrtasida zamon (vaqt)da optimal taqsimlashga oid bir qancha muhim teoremalarni yaratdi. Nobel mukofoti laureati (1975; Leonid Kantorovich bilan birgalikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |