Futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon Chempionati finali
| |||||||
Qoʻshimcha vaqtlardan soʻng, Argentina penaltilar seriyasida 4-2 hisobida gʻalaba qozondi. | |||||||
Sana | 18-dekabr, 2022-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Maydon | Lusayl stadioni, Lusayl | ||||||
Oʻyin qahramoni | Lionel Messi (Argentina) | ||||||
Hakam | Szymon Marciniak (Polsha) | ||||||
Tomoshabinlar | 88,966 | ||||||
Ob-havo |
Qisman bulutli 22 °C (72 °F) 64% namlik[1][2] | ||||||
← 2018 2026 → |
Futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon Chempionati finali – Qatarning Lusayl shahrida 2022-yil 18-dekabr kuni Argentina va Fransiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati final bahsi. Ushbu bahs 18-dekabr Qatarning milliy kunida Lusayl stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda amaldagi jahon chempioni Fransiya va 2014-yilgi Jahon Chempionatining finalchisi Argentina oʻrtasida boʻldi. Final bahsini dunyo boʻylab 1.5 milliarddan ortiq inson tomosha qilgan boʻlib, tarixda televizorda eng koʻp tomosha qilingan sport tadbirlaridan biriga aylandi[3].
Musobaqada mezbon Qatar hamda FIFAning oltita konfederatsiyalari tomonidan tashkillashtirilgan Jahon Chempionati saralashidan muvafaqqiyatli oʻta olgan 31 ta terma jamoalar qatnashdi. Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etdi, har bir guruhdan 2 ta, jami 16 ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi. Final yoʻlida Argentina C guruhidan oʻrin oldi va guruhni gʻolib sifatida yakunladi. Argentina dastlabki oʻyinda kutilmaganda Saudiya Arabistoniga 1-2 hisobida magʻlub boʻldi. Keyingi ikki oʻyinda Meksika va Polsha jamoalarini 2-0 hisobida magʻlub etdi. Nimchorak finalda Avstraliyani 2-1 hisobida yengdi va chorak finalda Niderlandiya bilan asosiy vaqtda 2-2 hisobida durang oʻynadi. Penaltilar seriyasida Argentina 4-3 hisobida yutuqqa erishdi. Yarim finalda Xorvatiya 3-0 hisobida magʻlubiyatga uchratildi. Fransiya D guruhini ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat (Avstraliya ustidan 4-1, Daniya ustidan 2-1 hisobidagi gʻalaba va Tunis jamoasiga 0-1 hisobidagi magʻlubiyat) bilan birinchi oʻrinda yakunladi. Nimchorak finalda Polsha 3-1, chorak finalda Angliya 2-1 va yarim finalda Marokash jamoasi 2-0 hisobida magʻlubiyatga uchratildi. Final Lusayl stadionidagi 88,966 tomoshabin koʻz oʻngida boʻlib oʻtdi va uni Polshalik hakam Szymon Marciniak boshqardi.
23-daqiqada Lionel Messi penaltini golga aylantirganidan soʻng, oldinga chiqib oldi, 36-daqiqada Argentinaning qarshi hujumidan unumli foydalangan Ángel Di María darvoza burchagiga zarba bilan hisobdagi farqni 2-0 koʻrinishiga olib keldi. 81-daqiqada Kylian Mbappé 97-soniyada dublga erishib, hisobni 2-2 boʻlishini taʼminlaganiga qadar Fransiya oʻyinning katta qismida Argentina darvozasiga yoʻl topa olmadi. Qoʻshimcha boʻlimlarda Messi yana gol urib, Argentinani 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Biroq oxirgi daqiqalarda Kylian Mbappé penaltini aniq amalga oshirdi va Fransiyaning 3 goliga mualliflik qildi hamda hat-trick(bir oʻyinda 3 ta gol urish) amalga oshirdi. Mbappe 1966-yilgi Jahon Chempionati finalida hat-trickka erishga Geoff Hurstdan keyin finalda hat-trick qayd etgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Penaltilar seriyasida Argentina 4-2 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida uchinchi marta Jahon Chempionati gʻolibi boʻldi.
Ushbu bahs futbol ommaviy axborot vositalari va muxlislar tomonidan Jahon Chempionatining eng buyuk finallaridan biri va sport tarixidagi eng buyuk futbol oʻyinlaridan biri sifatida baholandi[4][5].
Oʻtmish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Argentina bungacha ikki marta, 1978 va 1986-yillarda Jahon Chempionligini qoʻlga kiritgan[6]. Bundan tashqari jamoa oʻz tarixida 3 marta: 1930, 1990 va 2014-yillarda finalda magʻlub boʻlgan. Argentina 2014-yilgi Jahon Chempionati finalidagi magʻlubiyatdan soʻng, 2015-yil va 2016-yil Copa Américada finalga qadar yetib bordi va har ikkisida ham Chiliga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. 2018-yilgi Jahon Chempionatining nimchorak finalida Fransiyaga magʻlub boʻldi. 2019-yilgi Copa Americada jamoa uchinchi oʻrin bilan kifoyalandi. Jamoaga yangi tayinlangan murabbiy Lionel Scaloni 2021-yilgi Copa America finalida Braziliyani 1:0 hisobida magʻlub etib, Argentinani 1993-yildan beri erisha olmagan ilk xalqaro chempionlikka va jamoaning sardori Lionel Messining milliy terma jamoadagi ilk xalqaro musobaqa oltin medaliga erishtirdi[7][8]. Argentina 2022-yilgi Finalissimada 2020-yilgi Yevropa Chempionati chempioni Italiyani 3-0 hisobida magʻlub etganidan soʻng[9], Qatardagi Jahon Chempionatida gʻalaba qozonishga asosiy favorit sifatida bordi[10][11].
2022-yilgi Jahon Chempionatiga Fransiya 2018-yilgi Jahon Chempionatining amaldagi chempioni sifatida keldi. Fransiya oʻz tarixida ikki marta chempionlikka erishgan boʻlib, birinchisi 1998-yil oʻz maydonlarida oʻtgan mundialning finalida Braziliyani 3-0 hisobida magʻlub etgan. Ikkinchi chempionlikni esa 2018-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan musobaqaning finalida Xorvatiyani 4-2 hisobida magʻlub etib qoʻlga kiritgan. Shuningdek Fransiya 2006-yilgi Jahon Chempionati finaliga chiqqan. Ammo finalda Italiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlib, kumush medal sohibi aylangan. Futbolchi sifatida 1998-yilgi Jahon Chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan Didier Deschampsning murabbiylik qoʻl ostidagi Fransiya 2014-yilgi Jahon Chempionatida, 2016-yilgi Yevropa chempionatida va 2020-yilgi Yevropa chempionatida muvafaqqiyatsizlikka uchradi.
Final joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Final Qatar poytaxti Doha shahri markazidan taxminan 15 kilometr (9.3 mi) shimolda joylashgan Lusayl shahridagi Lusayl stadionida boʻlib oʻtdi.[12]. Stadion Qatarning Jahon Chempionatiga daʼvogarligining bir qismi sifatida final oʻyinini oʻtkazish uchun rejalashtirilgan edi[13] va 2020-yil 15-iyulda final oʻtkaziladigan stadion sifatida tasdiqlangan[14]. Stadion final oʻyinidan tashqari, finalgacha guruhda 6 ta va pleyoff bosqichlarida 3 ta oʻyinni qabul qilgan[15].
Qatar Futbol Assotsiatsiyasiga tegishli boʻlgan Lusayl stadioni Jahon Chempionati uchun maxsus qurilgan. Stadion Buyuk Britaniyaning Foster and Partners va Populous firmasi tomonidan dizaynlangan[16] va qurilish MANICA Architecture tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[17]. Stadionni sovutish uchun quyosh energiyasidan foydalaniladi va havoga uglerod chiqarmasligi maʼlum qilingan[18]. Qurilish ishlari 2017-yil aprelda boshlangan[19] va 2020-yil tugatilishi reja qilingan. Stadionning bitkazilishi kechiktirildi va 2021-yil noyabrda butkul qurib bitkazildi[20]. Stadion ilk oʻyinini kutilganidan kechroq[21], Lusayl Superkubogi doirasida 2022-yil 9-sentyabr kuni oʻtkazdi[22].
Finalgacha yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup – Final – Argentina v France“. FIFA (2022-yil 18-dekabr). 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
- ↑ „Doha, Qatar Weather History“. Weather Underground (2022-yil 18-dekabr). 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
- ↑ FIFA „One Month On: 5 billion engaged with the FIFA World Cup Qatar 2022“ (2023-yil 18-yanvar). 2023-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
- ↑ 90 Min „The best World Cup finals ever“ (2022-yil 20-dekabr). 2023-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
- ↑ Sanders, Emma „World Cup 2022: Was Argentina's win over France the best ever final?“. BBC Sport. BBC Sport (2022-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ Lucas, Katherine „How many times have Argentina won the World Cup? Their history explained as Messi bids to emulate Maradona“. i (2022-yil 18-dekabr). 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
- ↑ „Argentina stun Brazil in Copa América final to end 28-year trophy drought“. The Guardian (2021-yil 11-iyul). 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ „Argentina beat Brazil 1–0 to win Copa America, 1st major title in 28 yrs“. Reuters (2021-yil 11-iyul). 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ „Messi echoes Maradona in masterclass as Argentina sends epic World Cup statement“. Fox Sports (2022-yil 1-iyun). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ Walker-Roberts, James „Argentina are favourites for World Cup 2022 win in Qatar with 'happy' Lionel Messi, says Joe Cole“. Eurosport (2022-yil 22-noyabr). 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
- ↑ „World Cup 2022 betting odds: which team are favourites to win?“. Reuters (2022-yil 14-dekabr). 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
- ↑ „Lusail Stadium“. Supreme Committee for Delivery & Legacy. 2022-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ Foster and Partners (2010-yil 6-oktyabr). „Lusail Iconic Stadium for Qatar 2022 is revealed at Leaders in Football conference in London“. Press-reliz.
- ↑ „FIFA World Cup match schedule confirmed: hosts Qatar to kick off 2022 tournament at Al Bayt Stadium“. FIFA (2020-yil 15-iyul). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „FIFA World Cup Qatar 2022 – Match Schedule“. FIFA (2022-yil 11-avgust). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Lusail Iconic Stadium – FIFA World Cup Qatar“. e-architect (2019-yil 7-mart). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
- ↑ „Lusail Iconic Stadium“. World Construction Network (2011-yil 1-fevral). 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
- ↑ „Qatar's Lusail Iconic Stadium for Solar World Cup Stadium“. architecture-view.com (2010-yil 27-oktyabr). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Work starts on Qatar World Cup final stadium at Lusail“. The Peninsula (2017-yil 12-aprel). 2019-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ Parkes, James. „Foster + Partners-designed Lusail Stadium among eight completed Qatar World Cup venues“. Dezeen (2021-yil 23-noyabr). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ Sobura, Tomasz. „New stadium: The date bowl still awaiting its first game“. StadiumDB.com (2022-yil 2-fevral). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „Photos: Lusail Super Cup tests stadium hosting World Cup final“. Al Jazeera. 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.