Kontent qismiga oʻtish

Gʻarb astrologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarb astrologiyasi – dunyoda keng tarqalgan uchta astrologik tizimdan biri hisoblanadi. Gʻarbiy astrologiyaning ildizlari Bobilda yaratilgan tizimga borib taqaladi va milodiy I-asrda ellinizm dunyosida rivojlangan. Oʻsha davrdan boshlab gʻarbiy astrologiyaning asosiy prinsiplari jiddiy oʻzgarishlarga uchramagan. Yozma manbalarga koʻra, astrologiya avvaliga butparastlar ilmi sifatida paydo boʻlgan va okkultik geremetizm yoʻnalishida rivojlanib, diniy tusga kelgan. Gʻarbiy astrologiyaning markaziy qismi zodiak va uning talqini hisoblanadi.

Garchi gʻarbiy astrologiyaga islom olami ham katta hissa qoʻshgan boʻlsa-da, u aholi orasida Yevropa astrologiyasi deb ataladi. Biroq, oʻrta asrlarning dastlabki davrida yunon-rim dunyosida astrologiya ilmida pasayish kuzatilganida, aynan islom olami astrologik anʼanalarni saqlab qolgan. XIII asrga kelib, astrologiya islom dunyosidan butkul Gʻarbga qaytib keldi.

Oʻtgan davrda astrologiya osmon jismlari va inson haqidagi fanlarning shakllanishida maʼlum rol oʻynagan, ammo hozirda u ilmiy fan hisoblanmaydi. Astrologiya dastlab yigʻma fan sifatida tadbiq etilgan boʻlsa, zamonaviy ilmiy metodning shakllanishi bilan fan va falsafa tomonidan psevdofan hamda xurofot sifatida baholangan[1][2][3].

Gʻarb astrologiyasining xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy astrologiyaning bir qancha oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, ular uni boshqa, kam rivojlanmagan astrologik anʼanadan farqlaydi.

Gʻarbiy astrologiya tropik zodiakdan foydalanadi. Tropik zodiak ekvatorning yirik doirasi boʻylab 12 teng sektorga boʻlingan boʻlib, har biri 30° uzunlikka ega. Ushbu sektorlarning boshlanish nuqtasi sifatida bahorgi teng kunlik nuqtasi tanlangan. Bu ekvatorning yirik doirasi bilan ekliptik tekisligi kesishgan joy, osmon sferasida joylashgan. Qadimda bu sektorlarda yulduz turkumlari joylashgan boʻlib, ular nomi bilan zodiak belgilari atalgan: Birinchi sektor (0° dan 30° gacha) Qoʻy belgisi, keyingisi (30° dan 60° gacha) esa Buzoq belgisi, keyingi tartibda esa: Egizaklar, Qisqichbaqa, Arslon, Parizod, Tarozi, Chayon, Oʻqotar, Echki, Qovgʻa va Baliq belgilari joylashgan. Yer oʻqi pretsessiyasi natijasida XX-asrga kelib yulduz turkumlari asl joyidan ancha siljigan. Shunga qaramasdan ham, koʻpchilik astrologlar zodiak aylanasining anʼanaviy koʻrinishda talqin qiladilar.

XVI asr yog'och o'ymakorligida tasvirlangan Zodiakning o'n ikki belgisi.

Ham gʻarbiy, ham vedik astrologiya yetti osmon jismi: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnni tan oladi. Bundan tashqari, ikkala astrologik yoʻnalish ham ikki muhim nuqta hisoblanmish oy tugunlarini ishlatadi. Ammo, gʻarbiy astrologiya vedik farqli ravishda, keyinchalik kashf etilgan Uran, Neptun va Plutonni tan olgan. Gʻarbiy anʼanaga koʻra, baʼzi astrologlar, oʻz amaliyotlarida asteroidlardan ham foydalanganlar. Ulardan eng mashhuri Xiron hisoblanadi. Bundan tashqari, gʻarbiy astrologlar qoʻshimcha obyektlardan foydalanadilar, bular: Oq va Qora Oy (Selena va Lilit), Pars Fortuna, transneptun sayyoralar hamda Proserpina[4].

Gʻarbiy anʼanada Quyoshga Oydan koʻra koʻproq eʼtibor qaratiladi. Bu holat XX-asrda inson zodiaki uning tugʻilgan paytidagi Quyosh joylashgan belgiga bogʻliq degan qarashlarga olib keldi. Turli quyosh belgilari bilan odamlarning mosligi gʻoyasi shu tariqa paydo boʻlgan.

Nihoyat, gʻarbiy astrologiya munajjim uylarini domifikatsiya qilish masalasiga sezilarli darajada koʻproq eʼtibor qaratadi va ularni chegaralarini belgilashda, astronomik hukmlar hamda inson va osmon oʻrtasidagi bogʻliqlikka ishonishgan. Vedik astrologiya esa bu masalaga asosan falsafiy yondashadi.

Astrologiyaning rivojlanish tarixi davomida gʻarbiy astrologik anʼana matematik-astronomik usullarni jalb qilishga moyil boʻlgan, hind anʼanasi esa koʻproq oʻz falsafasiga tayanadi[5].

Gʻarb munajjimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu davr astrologiyasi haqida maʼlumotlar juda kam. Ushbu yoʻnalishda faoliyat olib borgan ilk astronomlar 500-yillarda yashagan Naburimannu va bir asr keyin yashagan Kidinnu ismli astronomlar hisoblanadi. Bu ikki shaxs Gretsiyada Oy va boshqa osmon jismlarining trayektoriyalarini hisoblash boʻyicha mutaxassislar sifatida mashhur boʻlgan.

Gretsiya va Rim astrologlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Marcus Manilius – bizgacha yetib kelgan eng qadimgi toʻliq astrologiyaga oid asar muallifi. Maniliyning „Astronomicon“ asarigacha (milodiy 10-15-yillar) astrologiya haqida faqat oʻsha davrda mashhur shaxslarining fikrlari va tavsiflari mavjud boʻlgan.
  • Vettius Valens – ilk bor „joylar“ tizimi, keyinchalik uylar tizimining asosini zamonaviy koʻrinishga keltirgan muallif. Venttiusga koʻra oʻn ikki „uy“ quyidagicha:

1 – Hayot, tana;

2 – Farovonlik va savdo;

3 – Aka-ukalar va opa-singillar, doʻstlar, kuch;

4 – Bolalar, oila, xususiy ishlar;

5 – Jamiyat, doʻstlar;

6 – Dushmanlar, sogʻlik, azob;

7 – Nikoh;

8 – Oʻlim;

9 – Sayohat va ziyorat;

10 – Obroʻ;

11 – Sovgʻalar, doʻstlar, ambitsiyalar;

12 – Xatar, dushmanlar.

  • Klavdiy Ptolemey – klassik fanlar sohasidagi mashhur shaxs. Uning „Almagest“ asari osmon jismlarining matematik hisob-kitoblarini oʻz ichiga olgan boʻlib, Kopernik davriga qadar ilmiy manba sifatida tan olingan. Ptolemey shuningdek, „Tetrabiblos“ asarining muallifi boʻlib, unda astrologiyaning barcha asosiy tamoyillari shakllantirilgan. „Tetrabiblos“ gʻarbiy klassik astrologiyaning oʻziga xos „Bibliya“si hisoblanadi.

Oʻrta asr astrologlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Al-Kindi – ellinistik dunyo falsafasi va tushunchalari bilan islom olamini tanishtirishga oʻzini bagʻishlagan birinchi arab faylasufi. Al-Kindi astrologiyaga, ayniqsa mundan astrologiyasiga katta muhabbat bilan qaragan. Uning „De Radiis“ („Nurlar haqida“) asari turli xil sehr, jumladan yulduzlarning taʼsiridan foydalanishga bagʻishlangan. Uning ishlari islom olami astrologik sanʼat bilan tanishdi va bu xristian olamida gʻarb astrologiyasi tanazzulga yuz tutgan paytda toʻgʻri kelgan.
  • Abu Mashar – islom astrologlarining eng mashhuri. Oʻzining „Astrologiya ilmiga uchun buyuk kirish soʻzi“ asarida u Aristotel kosmologiyasidan kelib chiqqan astrologiyaning intellektual asoslarini tavsiflab berdi.
  • Rodjer Bekon – astrolog-olim sifatida muhim oʻrin egallagan. Biroq u zodiaklar bilan ishlagani haqida dalillar yoʻq. U Yupiterni boshqa sayyoralar bilan konʼyunksiyasi yangi dinning qonuni va xarakterini belgilagan. Injil voqealari sayyoralarning birlashishi bilan mos kelishi kerakligini taʼkidlagan. U Yupiter va Saturnning birlashishi bilan Iso Masihning tugʻilishi oʻrtasidagi toʻqnashuvni hisoblab chiqgan.
  • Oʻrta asrlardagi xristian dunyosining birinchi amaliy astrologlari Guido Bonatti va Mishel Skott boʻlgan. Ularni Dante oʻz asarida sakkizinchi doʻzax doirasiga joylashtirgan.

Renessans davrdagi astrologlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parasels – alkimyogar va shifokor, yadroviy kimyo asoschilaridan biri.

Robert Fluddning 16-asrdagi insonning universal makrokosmos ichidagi mikrokosmos tasviri.

Gerolamo Cardano – italyan olimi va ensiklopedisti, taniqli astrolog. U matematika, fizika, tibbiyot va mexanikada bir qator yirik yutuqlarga ega.

Regiomontan – oʻz nomi bilan atagan uylar tizimi bilan mashhur.

Marsilio Ficino – oʻzining „abadiy falsafa“ doktrinasini yaratgan. „Germetik toʻplam“ tarjimoni hisoblanadi.

Kepler Iogann – minor aspektlarni kiritgan.

Tommaso Campanella – „Quyosh shahri“ asari muallifi.

Agrippa – jodugar sifatida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan shaxs.

John Dee – olim, matematik, alkimyogar, enoxiyan sehrining yaratuvchisi.

Francis Bacon – astrologiyani, shuningdek boshqa bilimlarni isloh qilgan shaxs.

Robert Fludd – mistik, Fransis Baconning zamondoshi. Astrologiya Fluddning kabbalistik tizimida muhim rol oʻynagan.

William Lilly – „Xristian astrologiyasi“ kitobining muallifi.

Yangi davr astrologlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl Ernst Krafft – Shveytsariyalik astrolog, Germaniyaning Uchinchi Reyxining SD departamentida xizmat qilgan. Astrologik bashorat qilish va statistika boʻyicha mutaxassis.

Robert Ambelain – fransuz ezoterigi va okkultisti, sehr, teurgiya va astrologiya boʻyicha mutaxassis. Yozuvchi, tarixchi, Fransuz Akademiyasi aʼzosi.

  1. Александров Е. Б., Гинзбург В. Л., Кругляков Э. П., Фортов В. Е.. Астрология добралась до правоохранительных органов.. Бюллетень «В защиту науки», 2006. 
  2. Гинзбург В. Л.. «О науке, о себе и о других». «ФМЛ», 2001 — 406—410-bet. 
  3. Гинзбург В. Л.. «Астрология и лженаука». Послесловие к книге В. Сурдина «Астрология и наука».. Трибуна УФН. 
  4. Pottenger, Maritha.. Astro Essentials: Planets in Sign, House and Aspect.. San Diego, CA: ACS Publications.. ISBN ISBN 9780935127140.. 
  5. Smith, A. Mark.. "Introduction". In Ptolemy; A. Mark Smith (eds.). Ptolemy's Theory of Visual Perception: An English Translation of the Optics with Introduction and Commentary. Transactions of the American Philosophical Society. Vol. 86.. American Philosophical Society. pp. 1–59., 1996. ISBN ISBN 9780871698629..