Kontent qismiga oʻtish

Ispaniya inkvizitsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muqaddas inkvizitsiya mahkamasi tribunali
ispancha: Tribunal del Santo Oficio de la Inquisición
Ispaniya inkvizitsiyasi haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 1-noyabr, 1478-yil(1478-11-01)
Tugatilgan 15-iyul, 1834-yil(1834-07-15)
Oʻrniga tuzilgan tashkilot
Yurisdiksiya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Shtab kvartira(lar) Madrid, Ispaniya
Ispaniya inkvizitsiyasi rahbarlari
Yuqori turuvchi tashkilot Oliy inkvizitsiya kengashi ispancha: Consejo de la Suprema Inquisición

Ispaniya inkvizitsiyasi[1] (toʻliq nomi Muqaddas inkvizitsiya mahkamasi tribunali, ispancha: Tribunal del Santo Oficio de la Inquisición) – 1478-yilda Aragon qiroli Ferdinand II va Kastiliya qirolichasi Izabella I tomonidan tuzilgan maxsus tergov va sud organi[2]. Ispaniya inkivizitsiyasi mamlakat fuqarolarining katolik eʼtiqodi sofligini saqlashga va papa nazoratida boʻlgan oʻrta asr inkvizitsiyasi oʻrnini egallash uchun tashkil qilingan. Bu yangi siyosiy tashkilot Ispaniya monarxiyasining bevosita nazorati ostida boʻlgan[3].

Ispaniya inkvizitsiyasi Ispaniyaga qaram boʻlgan Kanar orollari, Neapol qirolligi hamda qirollikning Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadagi barcha koloniyalarida faoliyat yuritgan. Olimlarga koʻra, Ispaniya inkvizitsiyasining uch asrlik faoliyati davomida inkvizitsiya tomonidan 150 mingga yaqin insonlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilib, ular orasidan taxminan 3 mingdan 5 minggacha insonlar qatl qilingan[4]. Ammo inkvizitsiya Ispaniya mustamlakalaridagi mahalliy aholi ustidan hech qanday yurisdiksiyaga ega boʻlmagan, bu mahalliy aholini mahalliy va Amerika sudlari sud qilishgan[5].

Dastlab, inkvizitsiya asosan yangi dinni qabul qilganlar, ayniqsa katoliklik eʼtiqodini qabul qilishga majbur boʻlgan yahudiylar va musulmonlarning eʼtiqodi qonuniyligini taʼminlash maqsadida faoliyat olib borgan. 1492-yil va 1502-yildagi qirol farmonlari asosida inkvizitsiya Ispaniyada katolik eʼtiqodini qabul qilmaganlarni oʻlim tahdidi bilan mamlakatni tark etishga majburlagan[6]. Natijada yuz minglab yahudiylar, musulmonlar va moriskolar[7], konversolar qiynoqlarga solingan, ayrimlari qatl qilingan, qolganlari esa Ispaniyani tark etishga majbur boʻlgan[8]. Ispaniya inkiviztsiyasi faqatgina 1834-yilda Izabella II hukmronligi davrida butunlay bekor qilingan.

Autodafedagi Avliyo Dominik (Pedro Berrugete surati, 1490-yil)
Katolik qirollarining rahnamosi Bibi Maryam (Pedro Berruguetening surati, taxminan 1493-yil; Bibi Maryamga tiz choʻkkan Ferdinand va Izabella, qirol Ferdinandning ortida rohib Torquemada)

XІІІ asr janubiy Fransiyada xurofotchilarga qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan Ispaniya inkvizitsiyasi XV asr oxiriga kelib, yangi kuch bilan qayta tiklangan. Bu endi yangi tashkilot boʻlib, tashkilot qirollikda ulkan siyosiy ahamiyat ega boʻlgan.

Qirollik inkvizitsiyaning rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni taqdim qilgan. Ispaniya qirolligi tomonidan Pireney yarim orolidagi mavrlardan tortib olingan hududlarda nasroniylar emas, aynan yahudiylar va mavrlar koʻpchilikni tashkil qilgan.

Yevropaning boshqa mamlakatlarida boʻlgani kabi, Ispaniya qirolliklarida ham XII asrdan boshlab yuridik doktrina qabul qilingan, unga koʻra, yahudiylar hukmdor bilan alohida munosabatlarni oʻrnatishgan, bu munosabatar, bir tomondan, hukmdor tomonidan yahudiylarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlashni, ikkinchi tomondan, ularning hukmdorga sodiqligini va hukmdorni moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlashni nazarda tutgan. Yahudiy jamoalari soliqlarni shahar xazinasiga emas, balki faqat qirol xazinasiga toʻlashgan[9]. Ammo cherkovning yahudiylarga nisbatan munosabatini qirol eʼtiborsiz qoldirilishi mumkin boʻlmagan, shu sababdan cherkovning yahudiylarni ispan jamiyatidan alohida ajratish toʻgʻrisidagi qarorlari (alohida makonlarda izolyatsiyada boʻlishi, bir qator lavozimlarni egallashi, hatto ularga nasroniylar bilan bir hammomda choʻmilishi, nasroniy qullarga ega boʻlishni taqiqlash, liboslarida yahudiy ekanligini anglatuvchi belgilar boʻlishi shartligi kabi qoidalar) qirollik qonunchiligiga kiritilgan[9].

Tomás de Torquemada surati

XІV asr oxirlaridayoq yahudiylar va mavrlarning koʻpchiligi ommaviy tazyiqlar taʼsiri ostida xristian dinini qabul qilishga majbur boʻlishgan. Bunga esa xalq orasida yahudiylar (mavrlar yoki fransuz moxovlari bilan birga) quduqlardagi suvni zaharlashgani, vabo tarqatuvchi ekanliklari haqida mish-mishlar sabab boʻlgandi. Shu bilan birga, koʻpchilik yahudiylar ajdodlari diniga yashirincha eʼtiqod qilishni davom ettirgan. XIV—XV asrlarda bu konversolarni ravvinlar Isroil xalqining bir qismi deb hisoblashda davom etishavergan[9].

Konversolarning kundalik faoliyati boʻlgan savdo, sudxoʻrlik, senyor va qirol yerlaridan ijara asosida foydalanish yahudiylarnikiga oʻxshash boʻlgan, ammo yahudiylar kirishi taqiqlangan yoki cheklangan joylarga cherkov ierarxiyasi, sudlar, universitetlar, saroylarga koversolar bemalol ham kirib borganlar[9]. Ispaniyada konversolarning boyligi va taʼsirining oʻsishi, zodagonlar va shaharlardagi oʻrta sinfning salbiy munosabatiga sabab boʻldi. Antisemit ruhdagi fitna nazariyalari paydo boʻla boshladi. Shu nazariyaga koʻra, konversolar yahudiylar tomonidan vujudga keltirilgan, ispan dvoryanlari va katolik cherkovini ichdan yoʻq qilishga urinayotgan harakatdir[10].

Inkvizitsiya tomonidan shubha ostiga olingan bu nasroniylarni muntazam ravishda taʼqib qilish Kastiliya va Aragon qirolliklarining Izabella I va Ferdinand II qoʻl ostida yagona monarxiyaga birlashishi davrida boshlangan[11].

1478-yilda Rim papasi Sikst (Sixtus) IV katolik eʼtiqodidagi qirollarga oʻz inkvizitsiyasini oʻrnatishga ruxsat beruvchi bulla taqdim qiladi[12][13][14], 1480-yilda birinchi inkvizitorlar tayinlangan, 1481-yilda esa Sevilyada birinchi autodafe sodir boʻlgan.

Ispaniya inkvizitsiyasi boshqaruv organi etib, 1488-yilda taʼsis qilingan Oliy inkvizitsiya kengashi (ispancha: Consejo de la Suprema Inquisición) belgilangan. Kengash qisqacha Suprema deb atalib, hukmdor tomonidan tayinlanadigan olti—oʻn kishilardan iborat boʻlgan. Supremani qirol tomonidan tayinlanadigan va papa tomonidan tasdiqlanadigan bosh inkvizitor (1507—1518-yillarda Kastiliya va Aragonda alohida bosh inkvizitorar boʻlgan) boshchilik qilgan. Ispaniya inkvizitsiyasining birinchi rahbarlari etib, qirolicha Izabellaning piri, Dominikan rohiblik ordenidan boʻgan ruhoniy Tomás de Torquemada (1483—1498)[15][16][1] va Sevilya arxiyepiskopi, shahzoda Xuanning ustozi Diego de Deza (1498—1506) tayinlangan, ikkalasi ham „yangi nasroniylarni“ taʼqib qilishda shijoat koʻrsatishgan. Biroq aholi orasidagi mish-mishlarga koʻra ikkalasining kelib chiqishi yahudiy boʻlgan[17].

Supremaning vazifasi inkvizitsiya tribunallarining ishini nazorat qilish, mahalliy hokimiyatning ularning faoliyatiga aralashishidan himoya qilish, umumiy qoidalarni ishlab chiqish va xurofotchilarning musodara qilingan mol-mulkini, jarimalarni va boshqa moliyaviy mablagʻlarni boshqarish boʻlgan. Kelib tushgan bunday mablagʻlar inkvizitsiya va qirollik xazinasi oʻrtasida taqsimlangan. 1480-yillar boshlarida birinchi tribunallar Andalusiyada (Sevilya va Kordovada) tashkil qilingan, u yerda konversolar va yahudiylarning bir joyda toʻplanishi yuqoriroq boʻlgan, XV—XVI asrlar oxirida bu tribunallardan keyin toʻqqizta tribunallar Kastiliya qirolligining Toledo, Leren, Murcia, Valyadolid, Cuenca, Las Palmas de Gran Canaria, Logroño, Granada, Santiago de Compostelada, toʻrtta tribunallar Aragon qirolligining Saragosa, Valensiya, Barselona va Mallorca shaharlarida[18], shuningdek, Sitsiliya va Sardiniyada ham inkiviztsiya tribunallari tashkil qilingan. XVI asrn ikkinchi yarmi – XVII asr boshlarida Yangi dunyoda Lima va Mexikoda (1569-yil) va Cartagenada (1609-yil) tribunallar tashkil qilindi[17].

Xurofotchilarning musodara qilingan mol-mulklarining bir qismi inkvizitsiya tribunallarini faoliyatini taʼminlashda ishlatilar, shu bilan birga bu mol-mukllar Rim papasi va qirol xazinasini toʻldirishda ham ishlatilgan. 1484-yilda Torquemada Sevilyada Ispaniya inkvizitsiya tribunallari barcha aʼzolarining umumiy majlisini oʻtkazib, majlisda aʼzolar tomonidan inkvizitsiya jarayonini tartibga soluvchi kodeks qabul qilinadi[19][20][21].

Oʻshandan boshlab Ispaniyani xurofotchilar va nasroniy boʻlmaganlardan tozalash ishlari tez sur’atlar bilan oldinga siljiy boshlagan, ayniqsa 1492-yilda Granada egallangandan soʻng[22], katolik qirollari (Rim papasi tomonidan Ferninand II va Izabella I berilgan unvon)[7] oʻsha yillarda Kastiliyada qolgan atigi 8 ming yahudiylarni Ispaniyadan quvib chiqarish toʻgʻrisida farmoni qabul qilishadi[23]. Bu farmon Ispaniyani tark etmayotgan yahudiylarga katolik eʼtiqodini qabul qilishdan boshqa yoʻlni qoldirmagan. Ferdinand va Izabella oʻz farmonlarining qabul qilinishini yahudiylarning konversolarga salbiy diniy taʼsir qilishi tufayli deb koʻrsatishgan[17]. Sovet tarixshunosligi yahudiylarning taʼqib qilinishiga asosiy sabab faqat diniy mutaassiblik emas, balki qirol hokimiyatining Ispaniyada davlat birligini mustahkamlash va xurofotchilarning mol-mulkini musodara qilish orqali davlat daromadlarini koʻpaytirish uchun inkvizitsiyadan foydalanish istagi boʻlgan deb hisoblagan[24]. Boshqa tarixchilar esa XV asr davomida aholining barqaror oʻsishi tufayli Ispaniya shaharlarida ijtimoiy keskinlikning vujudga keldi, bu esa burjuaziya oʻrtasidagi raqobat va milliy nizolarning kuchayishi tufayli sodir boʻlganini taʼkidlaydilar[25].

Autodafe (Francisco Goya surati)

Torquemada davrida inkvizitorlar biron-bir hududga kelishib, „rahmdillik edikti“ni eʼlon qilganlar. Edikt muddati yahudiylar oʻz gunohlarini yashirin holda ixtiyoriy ravishda tan olishlari va tavba qilishlari mumkin boʻlgan 30 kunlik davrga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga yashirincha yahudiylik diniga eʼtiqod qilayotgan nasroniylar haqida maʼlumotga ega boʻlgan boshqa shaxslar bu muddat ichida shu nasroniylar haqida tribunalga xabar berishlari mumkin boʻlgan[10].

Agar sudlanuvchi aholi oldida tavba qilsa, inkvizitsiya uni toʻliq oqlashlari (bu holat kamdan kam hollarda yuz bergan) yoki arzimagan jazoga hukm qilishlari mumkin boʻlgan. Koʻpincha oʻlim jazosiga hukm etishdan koʻra, sudlanuvchilarga har xil jazolar berilgan: turli jarimalar qoʻllanilgan, mol-mulkni musodara qilingan (biroq bunda jinoyat sodir etilgan paytni aniqlash va shu paytdan boshlab olingan mol-mulkini musodara qilish shart boʻlgan), qamoq jazosi berilgan, roʻza tutish, kaforat (uzoq vaqt toat-ibodat qilish) va tavba qilish uchun maxsus kiyim sanbenitoni kiyish majburiyati yuklatilgan[3]. Agar sudlanuvchi tavba-tazarrudan keyin xurofotda yana gumon qilinib, inkvizitsiya qoʻliga tushsa, uni hech narsa qutqarib qololmasdi, sababi bu jinoyatidan keyin u retsidivist hisoblangan[3]. Agar sudlanuvchi koʻrsatma berishdan bosh tortsa yoki guvohlarning koʻrsatmalari maʼlum qilinganidan keyin hech narsani maʼlum qilmasa, inkvizitorlar tomonidan qiynoqqa solingan (qiynoqlar inkvizitorlar tomonidan oʻylab topilmagan, chunki oʻsha paytda dunyoviy sudlar tomonidan allaqachon keng qoʻllanilib boʻlingandi).

Autodafe paytida sudlanuvchiga qilingan hukmlar omma oldida oʻqib eshittirilar, sudlanuvchilarga tavba-tazarrularini aytishga ruxsat berilib, undan keyin esa ularga uzoq vaqt toat-ibodat qilish yoki jarima solishdan tortib, gulxanda yoqishgacha boʻlgan barcha jazolar qoʻllanilardi.

Kastiliyada inkvizitsiya autodafeda jon-jon deb toʻplangan olomon orasida mashhur boʻlgan, Torquemada esa umrining oxirigacha ommaning hurmatiga sazovor boʻlgan shaxs edi. Biroq Aragonda inkvizitsiya konversolarning qarshiligiga duch kelgan, 1485-yilda Saragosada inkvizitsiya sudining raisi avliyo Pedro de Arbués cherkovda chavoqlab oʻldirilishi ortidan inkvizitsiya konversolarga qarshi oʻz faoliyatining koʻlamini oshirishda qulay vaziyat sifatida foydalangan[26].

Torquemadaning davomchilari Diego de Deza va ayniqsa, Toledo arxiyepiskopi va Izabellaning piri kardinal Francisco Jiménez de Cisneros Ispaniyadagi diniy birlashish jarayonini nihoyasiga yetkazganlar. 1500-yilga kelib konversolar haqidagi ommaviy vasvasa kamaya boshladi. Francisco Jiménez de Cisneros inkvizitsiyani isloh qilib, har bir tribunal aʼzoligiga dunyoviy amaldorlarni ham kiritdi[3].

XIX asr boshlarida yashagan, inkvizitsiyaning birinchi tarixchisi Juan Antonio Llorente 1481—1498-yillarda 8800ga yaqin odam gulxanda yoqilgan, 90 ming kishining mol-mulki musodara qilinib[2], cherkov jazolariga tortilgan, bundan tashqari, 6500 kishi boʻgʻib oʻldirilganidan keyin tanalari yoqib yuborilgani haqida maʼlumot bergan[27]. Keyingi davr tarixchilari bu raqamlarni boʻrttirilgan deb hisoblaydilar[28].

Zamonaviy tadqiqotchilar ancha kichik raqamlarni koʻrsatishadi, xususan professor Henry Kamen Torquemada boshqaruvi davrida (tashkilot tarixidagi eng qonli davr) qatl qilinganlarning umumiy sonini taxminan bir yarim ming kishi deb hisoblasa[3], professor Thomas F. Madden Torquemadaning 15 yillik davri davomida qatl qilinganlarning soni ikki ming nafar boʻlgani va keyingi yillarda ham xuddi shuncha boʻlganligini taʼkidlaydi[10].

Taqiqlangan bid’at kitoblari roʻyxati (Madrid, 1583)

Bunday noaniqlarga asosiy sabab etib, tribunallarning barcha arxivlari saqlanib qolmaganligi koʻrsatiladi, asosiy manba esa Suprema arxivi boʻlib, unda mahalliy tribunallarning XVI—XVII asrlardagi yillik hisobotlari mavjud, ammo unda ham bir qator tribunallar boʻyicha noaniqliklar va boʻshliqlar mavjud. Eng muhimi esa bu davr maʼlumotlarini oldingi va keyingi davrga ekstrapolyatsiya qilish imkoni mavjud emas, chunki inkvizitsiyaning faollik darajasi ham, oʻlimga hukm qilish foizi ham oʻzgarib borgan[9].

Granada egallab olingandan bir necha yil oʻtgach, 1491-yilgi taslim boʻlish shartnomasida mavrlarning diniy erkinliklari taʼminlanishi sharti kiritilishiga qaramasdan, eʼtiqodlari uchun baribir taʼqibga uchraganlar. 1502-yilda Kastiliya va 1526-yilda Aragon mavrlarga katolik eʼtiqodini qabul qilishni yoki mamlakatni tark etish talabini qoʻyadi. 1568-yilda Andalusiyada moriskolar (choʻqintirilgan mavrlar) qoʻzgʻolon koʻtarishadi, qoʻzgʻolon ikki yildan soʻng bostirilgan, ammo qoʻzgʻolon boshlangan paytdan boshlab to 1609-yilda moriskolar Ispaniyadan quvilgunga qadar inkvizitsiya ularni faol ravishda taʼqib qilishgan. 1609-yilda qirol edikti qabul qilinib, ediktga asosan hamma moriskolar Ispaniyada quvib chiqarlishi shart boʻlgan. Bir necha kun ichida oʻn minglab moriskolar yashab turgan joylaridan quvgʻin qilingan, mol-mulki talangan, koʻpchiligi esa oʻldirilgan. 1610-yilda Valensiyaning oʻzida 100 mingdan oshiq, butun Ispaniyada esa jami 500 mingga yaqin moriskolar Berberiyaga (Shimoliy Afrika) quvgʻin qilingan. Bular inkvizitsiyaning qurbonlari boʻlgan boʻlib, koʻpchiligi quvgʻin paytida halok boʻlgan[29].

Kelib chiqishi yahudiy va musulmon boʻlgan „yangi nasroniylardan“ tashqari, XVI—XVII asrlarda Ispaniya inkvizitsiyasi Ispaniyada oz sonli, asosan Sevilya va Valyadolidda yashagan protestantlarni ham taʼqib qilgan[30], inkvizitsiya protestantlarni „Alumbrados“ mistik harakatida, sehr-jodu qilishda va satanizmga eʼtiqodlikda gumonlagan[31][32].

XVIII asrda inkvizitsiya qurbonlari safiga ateist maʼrifatparvarlar va masonlar ham qoʻshildi[2]. Bundan tashqari, inkvizitsiya kanonik huquq bilan bilvosita bogʻliq boʻlgan bid’atlarni ham tekshirgan. Bularga qo‘shxotinlilik, sodomiya, jinsiy zoʻravonlik (shu jumladan, ruhoniylarning ibodatga kelgan ayollarga qilgan jinsiy zoʻravonliklari), kishilarning Xudo va avliyolar shaʼniga haqoratli soʻzlari, insonlar tomonidan har qanday aqidalar yoki kanonik qonunlarni rad etish, ruhoniylarni, birinchi navbatda, inkvizitorlarni tanqid qilish kirgan[9].

Inkvizitorlar oʻzlari xurofot deb hisoblagan kitoblarni (koʻpincha aynan protestant tashviqotini) nashr etishni taqiqlash vakolatiga ega boʻlgan senzor vazifasini ham bajarishgan. Natijada Ispaniya inkvizitsiyasi protestant targʻibotchilari uchun dahshatli nafrat mavzusiga aylangan[10]. Masalan, ashaddiy protestant, angliyalik John Foxe oʻzining mashhur „Actes and Monuments of these Latter and Perillous Days, Touching Matters of the Church“ kitobini inkvizitsiya dahshatlariga bagʻishlagan[33]. Keyinchalik Iosif Grigulevich singari sovet tarixchilari ham oʻz asarlarida inkvizitsiyaning dahshatlari haqidagi boʻrttirilgan maʼlumotlarni yoritishgan.

Qora afsonani protestantlardan tashqari, Pireney yarim orolidan koʻchib ketgan va inkvizitsiyadan jabr chekkan, shahid dindoshlariga sigʻinish marosimlarini oʻylab topgan yahudiylar va konversolar, inkvizitsiyada oʻrta asr xurofotlari, obskurantizm (jaholatparastlik), katolik cherkovi zulmi bor deb hisoblagan XVIII asr maʼrifatparvarlari hamda oʻz mamlakatining harbiy va siyosiy tanazzuli inkvizitsiyaning gunohlari tufayli boʻlgan deb ishongan XIX asrdagi ispanlar omma oʻrtasida keng tarqatishgan[9].

1559-yil 21-mayda oʻn toʻrt protestant oʻz eʼtiqodi uchun gulxdan yoqilgan (Valyadoliddagi autodafe, illyustratsiya)

Zamonaviy tadqiqotchilar (masalan, Edward Peters, Henry Kamen) inkvizitsiya haqidagi keng tarqalgan afsonalarni, xususan uning ispan xalqi ustidan zoʻravonligi (ispanlarning oʻzi hech qachon to 1820-yilgacha, inkvizitsiyaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishmagan), uning cheksiz hokimiyatga ega boʻlganligi (inkvizitsiyada doimiy moliyaviy muammolar, boshqa hokimiyat tashkilotlari bilan toʻqnashuvlari boʻlgan), inkvizitsiya senzurasi ispan madaniyatini boʻgʻib qoʻyganligi haqidagi (masalan, Lope de Veganing baʼzi asarlari taqiqlaganligi) farazlarni rad etadilar[9]. Shuningdek, inkvizitsiya jodugarlarni ovlash bilan shugʻullangan degan ham notoʻgʻri boʻlgan[2], chunki XVI—XVII asrlarda aynan bilimdon ispan inkvizitorlari koʻpincha jodugarlarning shabashlari, jodugarlarning chaqaloqlarni qurbon qilishlari kabi xalq hikoyalaridan hech qanday dalil topmaganlar[10]. Oʻsha davrda jodugarlarni ommaviy ravishda taʼqib qilish Ispaniya yoki Italiya davlatlarida emas, balki protestant mamlakatlarida sodir boʻlgan, bu mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya, Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya) jodugarlikda ayblangan minglab odamlar dunyoviy sudlar tomonidan gulxanda yoqilgan yoki suvga choʻktirilgan[34].

Ispaniya inkvizitsiyasi Niderlandiya va Portugaliyaga kirib kelgan, italyan va fransuz inkvizitorlari uchun esa namuna boʻlgan. 1522-yilda Niderlandiyada inkvizitsiya Karl V tomonidan tashkil qilingan[2]. Portugaliyada inkvizitsiya 1536-yilda tashkil qilingan va shu yer orqali markazi Goa boʻlgan Ost-Indiyadagi mustamlakalariga tarqalgan. XVI asrda inkvizitsiyaning taʼsiri Amerika yerlariga ham yoyildi, xristianlikdan voz kechib, odamlarni qurbon qilgani uchun yuzlab hindular qiynoqqa olingan va gulxanda yoqib yuborilgan[3].

Inkvizitsiyaning tugatilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl IV hukmronligi davrida, fransuz inqilobi keltirib chiqargan aks taʼsirga qaramay, inkvizitsiyaning tanazzuli sodir boʻldi. Cherkovning katta taʼsiri ijtimoiy taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi, degan maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqaldi. Davlat arboblari Manuel Godoy va Antonio Alcalá Galiano bu oʻrta asr tashkilotiga ochiqdan-ochiq dushmanlik kayfiyatida boʻlishgan, xalqaro miqyosda uning roli Ispaniya haqidagi qora afsonaning timsoli boʻlib, ularning davridagi mamlakatning siyosiy manfaatlariga mos kelmasdi. Bundan tashqari, inkvizitsiya taqiqlagan kitoblar baribir Sevilya, Salamanka va Valyadoliddagi davlat kitob doʻkonlarida ochiq ravishda sotilavergan.

Napoleonning ukasi Joseph Bonaparte (1808—1812) davrida inkvizitsiya bekor qilingan. 1813-yilda Kadis Korteslarining liberal deputatlari inkvizitsiyani tugatishni talab qilishgan[35]. Ammo inkvizitsiya burbonlar qayta hokimiyatga kelgandan keyin, 1814-yil 1-iyulda Ferdinand VII taxtga oʻtirishi bilan qayta tiklangan[36].

Inkvizitsiya 1820-yil inqilobi paytida yana qayta tugatilgan, ammo 1823-yilda inqilob bostirilgandan soʻng, inkvizitsiya Xunta de Fe nomi bilan qayta tashkil qilingan. Inkvizitsiyaning soʻnggi qurboni 1826-yilda qatl etilgan Cayetano Ripoll hisoblanadi[37][38].

1834-yil 15-iyulda balogʻat yoshida boʻlmagan Izabella II nomidan mamlakatni boshqargan Ferdinand VIIning bevasi, regent Maria Christina[2] tomonidan imzolangan farmon va bosh vazir Francisco Martínez de la Rosa roziligi bilan butunlay tugatilgan.

Mol-muklarning musodara qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inkvizitsiya tomonidan diniy eʼtiqodidan voz kechmaganligi uchun sudlangan yahudiylar, musulmonlar va boshqalarning qancha boyligi, mol-mulklari musodara qilinganligi nomaʼlum. Ammo bu uning soni kichik boʻlganligini bildirmaydi. Birgina Guadalupe hududida inkviitsiya tomonidan amalga oshirilgan bir yillik taʼqiblar davomida musodara qilib, qoʻlga kiritilgan boyliklar qirol qarorgohini qurish xarajatlarini qoplagan[39]. Oʻsha davrda oddiy hayot kechirgan ispanlarning „inkvizitsiya faqat odamlarni talon-taroj qilish uchun yaratilgan“ degan fikri haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Masalan, oʻsha maʼlumotlarning birida, Cuenca shahridan boʻlgan inson inkvizitsiya yahudiylarni faqat pul uchun yoqib yuborishgan deb maʼlumot bergan boʻlsa, 1504-yildagi maʼlumotda esa bir ayblanuvchi inkiviztsiya tomonidan „faqat boylar gulxanda yondirilganini“ aytib oʻtgan. 1484-yilda Catalina de Zamora degan shaxs inkvizitsiya dinni himoya qilish niqobi ostida konversolarning mol-mulkni tortib olish bilan shugʻullanganligini taʼkidlab, „aynan ularning boyliklari xurofotchilar hisoblanadi“ degan gapi uchun jazoga tortilgan. Bu ibora keyinchalik tezda Ispaniyada keng tarqala boshlagan.1524-yilda qirol xazinachi qirol Karl V ga undan oldingi qirol Filipp I Chiroyli konversolardan oʻn million dukat olganini maʼlum qiladi, ammo bu raqam hech qaysi hujjatda tasdiqlanmagandi. 1592-yilda bir inkvizitor oʻzi hibsga olgan ellikta ayollarning aksariyati boy ekanligini tan olib, ular haqida maʼlumot bergan. 1676-yilda Suprema qirollik xazinasi uchun 700 ming dukat miqdoridagi boylikni musodara qilganini daʼvo qilgan. Birgina Mallorcadagi mol-mulkning narxi 1678-yilda 2,5 mln dukatni tashkil qilgan[40].

Oʻlim jazosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ricardo García Cárcelning maʼlumotlariga koʻra, oʻz faoliyati davomida inkvizitsiya tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilganlar kishilarning umumiy soni taxminan 150 mingni tashkil qilgan[4], 1560—1700-yillardagi sudlarda taxminan 3 mingga yaqin insonlar oʻlim jazosiga hukm qilingan. Shunga qaramasdan, baʼzi tarixchilar Jean-Pierre Dedieu, Ricardo García Cárcelning Toledo va Valensiyadagi inkvizitsiya tribunallari boʻyicha toʻplagan maʼlumotlaridagi raqamlarni hisobga olgan holda, oʻlim jazosiga hukum qilinganlar koʻproq boʻlgan boʻlishi mumkin va taxminan 3 mingdan 5 minggacha insonlar qatl qilinganligini taʼkidlaydilar[4]. Boshqa olimlar esa bunga qoʻshilmay, oʻlim jazosi soni ham boʻlgan deb hisoblaydilar[41][42]. Har ikki holatda ham, bu Ispaniya inkvizitsiyasi bilan taxminan bir xil vaqt oraligʻida Yevropaning boshqa qismlarida sodir boʻlgan, faqat jodugarlik uchun qatl qilingan odamlar sonidan sezilarli darajada past, oʻsha jodugarlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilinganlar 40 mingdan 60 minggachani tashkil qilgan[4].

Hozirgi zamon tarixchilari tomonidan Ispaniya milliy arxivida saqlanayotgan 1540—1770-yillardagi Suprema hujjatlari arxivi oʻrganib chiqilgan. Suprema arxivida 44674 ta hukmlar mavjud boʻlib, shu hukmlarga asosan 826 kishi oʻlim jazosiga hukm qilingan, 778 kishi esa sud hukmi chiqishidan oldin vafot qilgani tufayli ramziy maʼnoda oʻlimga hukm qilingan. Lekin hujjatlarda hamma inkvizitsiya tribunallarining olib borgan statistik qaydlari mavjud emas[43]. William Monter esa inkvizitsiya tomonidan 1530—1630-yillar oraligʻida mingta va 1630—1730-yillar oraligʻida 250 ta oʻlim jazosi hukmi qabul qilinganini taʼkidlaydi[44].

Supremaning arxivlari faqat 1560-yilgacha sodir boʻlgan sud jarayonlari haqida maʼlumot beradi. Jarayonlarning oʻzini oʻrganish uchun mahalliy sudlarning arxivlarini oʻrganib chiqish kerak, ularning aksariyati turli sabablar tufayli yoʻqolgan. Baʼzi arxivlar, shu jumladan Toledo arxivlari saqlanib qolgan, bu arxivda 12 ming kishi xurofot bilan bogʻliq jinoyatlar uchun jazoga hukm qilingan[45][46]. Bu arxivlar 1480—1530-yillar oraligʻidagi inkvizitsiya oʻzining eng faol davrida boʻlganligini va bu davrda oʻlimga hukm qilinganlar foizi keyingi yillardagiga qaraganda ancha koʻproq ekanligini koʻrsatadi. Zamonaviy hisob-kitoblarga koʻra, 1530-yilgacha butun Ispaniyada 2 mingga yaqin insonlar oʻlim jazosiga hukm qilinib, qatl qilingan[47].

1701—1746-yillar oraligʻidagi autodafe

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1701—1746-yillar oraligʻida Ispaniyada ommaviy tusda boʻlib oʻtgan autodafeda (Sitsiliya, Sardiniya va Lotin Amerikasidagi tribunallardan tashqari) oʻqilgan hukmlar jadvali[48].

Tribunal Autodafe

soni

Oʻlimga hukm

qilinganlar soni

Ramziy ravishda oʻlimga

hukm qilinganlar soni[sharh 1]

Jazolanganlar

soni

Jami
Barselona 4 1 1 15 17
Logroño 1 1 0 0? 1?
Palma de Mallorca 3 0 0 11 11
Saragosa 1 0 0 3 3
Valensiya 4 2 0 49 51
Las Palmas 0 0 0 0 0
Kordova 13 17 19 125 161
Cuenca 7 7 10 35 52
Santiago de Compostela 4 0 0 13 13
Granada 15 36 47 369 452
Llerena 5 1 0 45 46
Madrid 4 11 13 46 70
Murcia 6 4 1 106 111
Sevilya 15 16 10 220 246
Toledo 33 6 14 128 148
Valyadolid 10 9 2 70 81
Jami 125 111 117 1235 1463
  1. Oʻlim jazosiga hukm qilinganlar hukm eʼlon qilinishidan oldin vafot etgan boʻlsa ham, ular ramziy maʼnoda oʻlim jazosiga hukm qilingan.
  1. 1,0 1,1 Султонов (2010), s. 199
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Niderlandiya aholisini o‘limga hukm etgan inkvizitsiya, Tayvanda uylar ustiga qulab tushgan samolyot hamda Toshkentni larzaga keltirgan teraktlar seriyasi. Kun xronologiyasida 16-fevral“ (2023-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Kamen H.. The Spanish Inquisition: An Historical Revision. Phoenix Press, 2000-01-01. ISBN 9781842122051. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Levack, Brian P.. The Witch-Hunt in Early Modern Europe, 2nd, London and New York: Longman, 199. ISBN 978-0582080690. OCLC 30154582. 
  5. Splendiani, Ana María. Cincuenta años de la inquisición en el Tribunal de Cartagena de Indias, 1997 — 86-bet. 
  6. „The Alhambra Decree-- Edict of the Expulsion of the Jews of Spain“. Florida Atlantic University (1492).
  7. 7,0 7,1 Семёнов (1973), s. 318
  8. Hans-Jürgen Prien. Christianity in Latin America: Revised and Expanded Edition. Brill, 2012 — 11-bet. ISBN 978-90-04-22262-5. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 „Евреи и конверсо в христианской Испании (XIII–XV вв.)“, История Испании. Том 1. С древнейших времен до конца XVII века. М.: Индрик, 2012. 
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Мэдден Т. Ф. „Правда об испанской Инквизиции“. www.unavoce.ru. 2016-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-fevral.
  11. The Editors of Encyclopaedia Britannica „Spanish Inquisition Timeline“. Encyclopaedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  12. Peters (1988), s. 85
  13. Saraiva (2001), s. XXXV
  14. Kamen (1998), s. 49
  15. Peters (1988), s. 89
  16. Saraiva (2001), s. 40
  17. 17,0 17,1 17,2 „Евреи, конверсо и инквизиция в Испании (конец XV–XVI в.)“, История Испании. Том 1. С древнейших времен до конца XVII века. М.: Индрик, 2012. 
  18. Kamen (1998), s. 141
  19. Torquemada, Tomás de. Compilacion de las Instrucciones del Oficio de la Santa Inquisicion (es). Diego Diaz de la Carrera. 
  20. Sabatini (1930), s. 142,147
  21. Pérez (2005), s. 135
  22. Usmonqulov, Jaloliddin (2024). „XV-XVIII asrlarda Ispaniya“. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURALAND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCE. № 05. 23-bet.
  23. Кеймен Г „2. Начало западной империи“, . Испания: дорога к империи, Историческая библиотека (новая). М: АСТ, 2007. ISBN 978-5-17-039398-5. 
  24. Григулевич И. Р.. Инквизиция. М.: АСТ, 2006. 
  25. Бродель Ф. „1.2. Численность населения“, . Средиземное море и средиземноморский мир в эпоху Филиппа II, 2003. 
  26. DiCom Medios SL. „Arbués, Pedro de“ (es). Andoza:Нп3. 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  27. Хуан-Антонио Льоренте. „История испанской инквизиции“. 2017-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-fevral.
  28. Ли Г. Ч.. История инквизиции в средние века. М.: Ладомир, 1994. ISBN 5862181040. 
  29. Эргашев (2013), s. 273
  30. Kamen (2014), s. 100
  31. Kamen (2014), s. 94
  32. Kamen (2014), s. 126
  33. John Foxe. „The acts and monuments of the church, containing the history and sufferings of the martyrs ... with a preliminary dissertation ..“. archive.org. Qaraldi: 2017-yil 24-fevral.
  34. Brian P. Levack. The Witch-hunt in Early Modern Europe. Pearson Longman, 2006-01-01. ISBN 9780582419018. 
  35. Antonio Puigblanch, La Inquisición sin máscara, Cádiz, 1811–1813.
  36. Kamen (2014), s. 382
  37. Pérez (2005), s. 100
  38. Kamen (2014), s. 372—373
  39. Anderson, James Maxwell. Daily Life during the Spanish Inquisition. Greenwood Press, 2002. ISBN 0-313-31667-8.
  40. Kamen (1998), s. 150
  41. Bethencourt, Francisco. La Inquisición En La Época Moderna: España, Portugal E Italia, Siglos xv–xix. Madrid: Akal, 1997.
  42. Eire, Carlos M. N. Reformations: The Early Modern World 1450–1650. New Haven: Yale University Press, 2016 pp 640
  43. Mohnhaupt, Heinz; Simon, Dieter. Vorträge zur Justizforschung: Geschichte und Theorie (de). V. Klostermann, 1992. ISBN 978-3-465-02627-3. 
  44. W. Monter, Frontiers of Heresy: The Spanish Inquisition from the Basque Lands to Sicily, Cambridge 2003, p. 53.
  45. Jean-Pierre Dedieu, Los Cuatro Tiempos, in Bartolomé Benassar, Inquisición Española: poder político y control social, pp. 15–39.
  46. García Cárcel (1976)
  47. Kamen (2005), s. 15
  48. Teofanes Egido, Las modificaciones de la tipologia: nueva estructura delictiva, in: Joaquín Pérez Villanueva & Bartolomé Escandell Bonet, Historia de la Inquisición en España y América, vol. 1, Madrid 1984, s. 1395.
  • Eymerich, Nicholas. Manual de Inquisidores para uso de las inquisiciones de España y Portugal, ó Compendio de la Obra titulada Directorio de Inquisidores, de Nicolao Eymerico, Inquisidor general de Aragón (translated from French to Spanish by J. Marchena). Imprenta de Feliz Aviñon, 1821. 
  • Gui, Bernard , Manuel de l’Inquisiteur, (1927)
  • Lea, Henry Charles. A History of the Inquisition of Spain (4 volumes). The MacMillan Co., 1906. 
  • Lea, Henry Charles. The Moriscos of Spain: Their Conversion and Expulsion. Philadelphia: Lea Brothers and Co., 1901. 
  • Llorente, Juan Antonio. Histoire critique de l'Inquisition d'Espagne (4 volumes) (fr). Imprimerie de Plassan, 1817. 
  • Pastor, Ludwig von, History of the Popes from the Close of the Middle Ages; Drawn from the Secret Archives of the Vatican and other original sources, 40 vols. St. Louis, B. Herder 1898
  • Pérez, Joseph. The Spanish Inquisition: A History. Yale University Press, 2005. 
  • Pérez, Joseph. Breve Historia de la Inquisición en España (es). Crítica, 2009. 
  • Torquemada, Tomás de. Compilacion de las Instrucciones del Oficio de la Santa Inquisicion (es). Diego Diaz de la Carrera. 
  • Barea, María Elvira Roca. Imperiofobia Y Leyenda Negra: Roma, Rusia, Estados Unidos Y El Imperio Español. Siruela, 2016. 
  • Carroll, Warren H., Isabel: the Catholic Queen, Christendom Press (1991)
  • García Cárcel, Ricardo. Orígenes de la Inquisición Española. El Tribunal de Valencia, 1478–1530, Barcelona, 1976. 
  • Graizbord, David L. Souls in Dispute: Converso Identities in Iberia and the Jewish Diaspora, 1580–1700. Philadelphia: University of Pennsylvania Press 2004.
  • Homza, Lu Ann. The Spanish Inquisition, 1478–1614, An Anthology of Sources. Hackett Publishing, 2006. 
  • Kamen, Henry. The Spanish Inquisition: a Historical Revision. Yale University Press, 1998. ISBN 978-0-300-07522-9. 
  • Kamen, Henry. Inkwizycja Hiszpańska (pl). Warsaw: Państwowy Instytut Wydawniczy, 2005. ISBN 978-83-06-02963-5. 
  • Kamen, Henry. The Spanish Inquisition: A Historical Revision. New Haven: Yale University Press, 2014. ISBN 978-0-300-18051-0. 
  • Kritzler, Edward, Jewish Pirates of the Caribbean. Anchor Books 2009. ISBN 978-0-7679-1952-4
  • Monter, E. William. Frontiers of Heresy: The Spanish Inquisition from the Basque Lands to Sicily. Cambridge University Press, 1990. ISBN 978-0-521-52259-5. 
  • Nirenberg, David.. Anti-Judaism: The Western Tradition. New York: W. W. Norton & Co., 2013. ISBN 978-0-393-34791-3.  ch. 5 „Revenge of the Savior: Jews and Power in Medieval Europe“, ch. 6 „The Extinction of Spainʼs Jews and the Birth of Its Inquisition“
  • Parker, Geoffrey (1982). "Some recent work on the Inquisition in Spain and Italy". Journal of Modern History 54 (3): 519–532. doi:10.1086/244181. 
  • Peters, Edward. Inquisition. New York & London: Free Press Collier Macmillan, 1988. ISBN 978-0029249802. 
  • Rawlings, Helen, The Spanish Inquisition, Blackwell Publishing (2006)
  • Adler, Elkan Nathan – Autos de fe and the Jew (1908)
  • Baião, António – A Inquisição em Portugal e no Brasil (1921)
  • Baker, J. – History of the Inquisition (1736)
  • Ballester, Vicente Vignau – Catálogo de las causas contra la fe seguidas ante el tribunal de Santo oficio de la inquisición de Toledo (,,,) (1903)
  • Bell, Aubrey F. G. – Luis de Leon: A Study of the Spanish Renaissance (1925)
  • Cappa, Ricardo – La Inquisicion Espanola (1888)
  • Cardew, Alexander – A Short History of the Inquisition (1933)
  • Castellano y de la Pena, Gaspar Un Complot Terrorista en el Siglo XV; los Comienzos de la Inquisicion Aragonesa, (1927)
  • Coulton, George Gordon – The Inquisition (1929)
  • Garau, Francisco – La Fee Triunfante en quatro autos celebrados en Mallorca por el Santo Oficio de la Inquisición en que han salido ochenta y ocho reos (…) – (1691– reprinted 1931)
  • García, Genaro, La Inquisición de México (1906).
  • García, Genaro, Autos de fe de la Inquisición de Mexico (1910)
  • Herculano, Alexandre , Historia da Origem e Estabelecimento da Inquisiçao em Portugal (English translation, 1926)
  • Jouve, Marguerite – Torquemada (1935)
  • Maistre, Joseph de – Letters on the Spanish Inquisition (1838)
  • Maycock, Alan Lawson – The Inquisition (1926)
  • Marchant, John – A Review of the Bloody Tribunal; or the horrid cruelties of the Inquisition (…) 1770)
  • Marín, Julio Melgares – Procedimientos de la Inquisición (2 volumes), (1886)
  • Medina, José Toribio – „Historia del Tribunal del Santo Oficio de la inquisición de Lima (1569–1820)“ (1887)
  • Meliá, Antonio Paz y – Catálogo Abreviado de Papeles de Inquisición (1914)
  • Merveilleux, Charles Frédéric de – Memoires Instructifs pour un Voyageur dans les Divers États de l’Europe (1738)
  • Montes, Raimundo González de – Discovery and Playne Declaration of Sundry Subtile Practices of the Holy Inquisition of Spayne (1568)
  • Nickerson, Hoffman – The Inquisition (1923)
  • Páramo, Luis de – De origine et progressu Officii Sanctae Inquisitionis, eiusque, dignitate & utilitate 1598
  • Perlas, Ramon de Vilana , La verdadera práctica apostólica de el S. Tribunal de la Inquisición (1735)
  • Puigblanch, Antonio – La Inquisición sin máscara ó Disertacion En Que Se Prueban Hasta La Evidencia Los Vicios De Este Tribunal Y La Necesidad De Que Se Suprima… (1816)]
  • Roth, Cecil – The Spanish Inquisition (1937)
  • Roth, Cecil – History of the Marranos (1932)
  • Sabatini, Rafael. Torquemada and the Spanish Inquisition, rev., Houghton Mifflin Company, 1930. 
  • Sime, William – History of the Inquisition from its origin under Pope Innocent III till the present time. (1834)
  • Teixeira, António José – Antonio Homem e a Inquisicão (1895)
  • Turberville, Arthur Stanley – Medieval History and the Inquisition (1920)
  • Turberville, Arthur Stanley – The Spanish Inquisition (1932).
  • Walsh, William Thomas, Isabella of Spain (1930) and Characters of the Inquisition (1940). Both reprinted by TAN Books (1987).
  • Wilkens, Cornelius August : Spanish Protestants in the Sixteenth Century (1897), 218p. read online at archive.org„Title Catalog“. The Library of Iberian Resources. Qaraldi: 2006-yil 17-may.
  • Bergemann, Patrick. Judge thy neighbor: denunciations in the Spanish Inquisition, Romanov Russia, and Nazi Germany. Columbia University Press, 2019. 
  • Frassetto, Michael. Heretic lives : Medieval Heresy from Bogomil and the Cathars to Wyclif and Hus. Profile Books, 2007. ISBN 978-1-86197-744-1. 
  • Green, Toby. Inquisition : the reign of fear. New York: Thomas Books, 2007. ISBN 978-0-312-53724-1. 
  • Haliczer, Stephen. Inquisition and Society in the Kingdom of Valencia, 1478–1834. University of California Press, 1990. 
  • Leff, Gordon. Heresy in the Late Middle Ages: The relation of Heterodoxy to dissent c. 1250 – c. 1450. Manchester University Press, 1967. 
  • Murphy, Cullen. God's jury: the Inquisition and the making of the modern world. Boston: Houghton Mifflin Harcourt, 2012. ISBN 978-0-618-09156-0. 
  • Peters, Edward. Heresy and Authority in Medieval Europe: Documents in translation. University of Pennsylvania Press, 1980. 
  • Plaidy, Jean. The Spanish Inquisition:its Rise, growth, and end (Three volumes in one). New York: Barnes & Noble, 1994. 
  • Saraiva, António José. The Marrano factory: The Portuguese Inquisition and Its New Christians 1536–1765. Leiden: Brill, 2001. 
  • Scott, George Ryley. The history of torture throughout the ages, 7th, Luxor Press, 1959. 
  • Thomsett, Michael. The Inquisition: A History. McFarland & Company, Inc, 2010. 
  • Twiss, Miranda. The Most Evil Men And Women In History. Michael O'Mara Books Ltd, 2002. 
  • Villacañas, José Luis. Imperiofilia y el populismo nacional-católico: Otra historia del imperio español. Editorial Lengua de Trapo, 2019. 
  • Whitechapel, Simon. Flesh Inferno: Atrocities of Torquemada and the Spanish Inquisition. Creation Books, 2003. 
  • Султонов, Хайриддин. Маънавият асосий тушунчалар изох̨ли луғати. Ғафур Ғулом нашриёти, 2010 — 759-bet. 
  • Семёнов, Виктор Фёдорович. Ўрта асрлар тарихи. Ўқитувчи нашриёти, 1973 — 638-bet. 
  • Эргашев, Шуҳрат. ЖАҲОН ТАРИХИ (Янги давр. 1-қисм. XVI–XVIII асрлар). Ўзбекистон нашриёти, 2013 — 529-bet.