Isroilning Damashqdagi Eron elchixonasiga hujumi (2024)
Isroilning Damashqdagi Eron elchixonasiga hujumi | |
---|---|
Qismi: Isroil–Hamas urushi | |
Joylashuv |
33°30′14.0″N 36°15′37.6″E / 33.503889°N 36.260444°E |
Nishon | Eronning Damashqdagi elchixonasi |
Sana |
1-aprel, 2024-yil tax. 17:00 (UTC+3) |
Operatsiya tomonlari | Isroil[1] |
Natija | Bino yoʻq qilindi, 16 nafar inson halok boʻldi |
Qurbonlar |
16 kishi oʻldirilgan[2]
|
2024-yil 1-aprelda Isroil Suriyaning Damashq shahridagi Eron elchixonasi binosiga havo hujumi uyushtirdi va uning konsullik boʻlimi joylashgan qismini vayron qilgan[3][4][5]. Hujum natijasida 16 kishi, jumladan Islom inqilobi gvardiyasi korpusining sakkiz nafar zobiti va ikki nafar Suriya fuqarosi halok boʻlgan[6]. Ushbu havo hujumi Isroil va Eron oʻrtasidagi ziddiyat, Isroil-Hamas urushi va Isroil-Hizbulloh mojarosi davrida amalga oshirilgan.
Koʻplab davlatlar va xalqaro tashkilotlar Isroilning ushbu havo hujumini qoraladi. 2024-yil 13-aprelda birinchi navbatda Isroil hujumni boshlagan harbiy bazalarni nishonga olganini bildirgan holda Eron Isroilga raketa va dron zarbalari bilan javob qaytardi[7][8][9][10].
Boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroilning Eronga qarshi dastlabki hujumlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yildan beri Eron (va boshqalar) Isroilni Eron yadro olimlarini mamlakat ichida oʻldirishda ayblab keladi[11]. 2018-yilda isroillik josuslar Tehrondagi Eron harbiy obyektiga reyd uyushtirgan[11][12]. 2022-yil fevral oyida Isroil Tehronda Eron qoʻmondoniga suiqasd uyushtirganlikda ayblangan[11]. Shuningdek, Eron Isroilni 2023-yilning yanvarida Isfahondagi harbiy obyektga hujum qilganlikda ham ayblagan[11].
Suriya fuqarolar urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yildan beri Eron Suriyadagi fuqarolar urushiga javoban Suriyada oʻz qoʻshinlarini saqlab kelmoqda, chunki Suriya Eronning muhim ittifoqchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u nafaqat Suriyada, balki qoʻshni davlat Livanda ham Iroq va Afgʻonistondan kelgan xorijlik harbiylar bilan birga Hizbullohning harbiy kuchlarini tayyorlash va moliyalashtirish bilan shugʻullangan[13]. 2011-yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil mamlakat ichidagi Hizbulloh aktivlariga koʻplab havo hujumlarini amalga oshirgan[14].
2023-yil oktyabr oyida Isroil-Hamas urushi boshlanishi bilan Isroil Suriyaga qilayotgan hujumlari davomiyligini oshirdi[15]. 2023-yilning 12–22-oktyabr kunlari Isroil Suriyadagi aeroportlarga, xususan Damashq va Halabga kamida uch marta hujum uyushtirgan[16][17]. Bundan tashqari, Isroil 2023-yil 25-dekabrda Suriya poytaxti Damashqda eronlik yuqori martabali general Rozi Musaviy va 2024-yil 20-yanvarda IIGK Quds kuchlari razvedka xodimi, brigada generali Sadeg Omidzodaga suiqasd uyushtirgan[18][19][20].
Hujum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron, Suriya va mintaqa rasmiylarining bergan maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-aprelida Eron harbiy qoʻmondonlari Suriyadagi Eronning Damashqdagi elchixonasida „diplomatik missiyalarni himoya qiluvchi xalqaro meʼyorlar“ bilan himoyalangan degan fikrda „yuqori darajadagi yigʻilish“ oʻtkazishgan. Eron rasmiylarining xabar berishicha, mamlakatning Suriya va Livandagi maxfiy amaliyotiga mas’ul boʻlgan general Muhammad Rizo Zahidiy ham ishtirok etgan ushbu qoʻmondonlar „operativ logistika va muvofiqlashtirish“ masalalarini muhokama qilish uchun Damashqda boʻlishgan[21]. Eron rasmiylari maʼlumotlariga koʻra, ular Gʻazo sektorida joylashgan „Falastin Islomiy Jihodi“ jangari guruhi aʼzolari bilan uchrashishgan[22].
Shu kunda Eronning Damashqdagi elchixonasidagi Eron konsulligi anneksiyasi binosi Isroil havo hujumi natijasida vayron qilingan edi. Eron elchisi Husayn Akbariy konsullik binosi Isroilning F-35 jangovar samolyotlaridan oltita raketa bilan nishonga olinganligini daʼvo qilgan[23]. The Guardian nashri hujum qilgan samolyotlar Isroilga tegishli ekanligini taʼkidlagan. The New York Times gazetasining taʼkidlashicha, toʻrtta isroillik rasmiy shaxslar hujum uchun Isroil aybdorligini anonim ravishda tasdiqlagan. Boshqa turli ommaviy axborot vositalari hujumni Isroil tomonidan uyushtirilmagan deb taʼkidlashsa-da, Isroil hukumati bu borada izoh berishdan bosh tortgan[24][25][26][27].
Hujumning asosiy nishoni hujum natijasida halok boʻlgan IIGKning Quds kuchlari qoʻmondoni, brigada generali Muhammad Rizo Zahidiy boʻlganligi gumon qilingan. The Guardian nashrining yozishicha, Zahidiy Eron va Hizbulloh oʻrtasidagi munosabatlarda muhim shaxs boʻlgan[28][29]. The New York Times gazetasining xabar berishicha, IIGKga berilgan zarbadan maqsad Eron razvedka xizmati vakillari va Falastin jangarilari, jumladan, Gʻazodagi urushni muhokama qilayotgan Falastin Islomiy Jihodi yetakchilari oʻrtasidagi uchrashuvga qaratilgan[30].
Konsullik hududining hujumdan keyin olingan kadrlar va fotosuratlar hududda katta zarar, yongʻin va tutunni koʻrsatgan[31]. Eron matbuoti bino butunlay vayron boʻlganini, ularga yaqin elchixonada joylashgan elchi va uning oilasi hech qanday zarar koʻrmagani haqida xabar bergan[32].
Konsullik binosining narigi tomonidagi foydalanilmayotgan Kanada elchixonasi binosi derazalarining bir qismi vayron boʻlgan. Ushbu inshoot 2012-yildan beri Suriyadagi fuqarolar urushi sababli yopilgan, biroq hamon Kanada hukumati tasarrufida boʻlgan[33].
Yoʻqotishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havo uyushtirilgan hujum natijasida jami 16 kishi, jumladan IIGKning yetti nafar askari, Eron tomonidan qoʻyilgan besh nafar harbiy, Hizbulloh jangchisi, eronlik maslahatchi va ikki nafar tinch aholi halok boʻlgan[34].
Qurbonlar orasida Zahidiydan tashqari uning oʻrinbosari, brigada generali Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va besh nafar Eron rasmiylari: Husayn Aman Elahiy, Sayid Mehdi Jalolatiy, Ali Ogʻa Babai, Sayid Ali Solihi Ruzbaxoniy va Mohsen Sedagʻatlar boʻlishgan[35]. Zahidiy Qosim Sulaymoniy 2020-yil yanvarida AQSh tomonidan oʻldirilganidan keyin suiqasd uyushtirilgan eng yuqori martabali IIGK zobiti edi[36]. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, zarbalar natijasida IIGKning Suriyadagi qoʻmondonlik qismi yoʻq qilingan[37].
Tahlil
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Guardian nashri jurnalistlari Peter Beaumont va Emma Graham-Harrisonlarning xabar berishicha, Isroilning notoʻgʻri hisoblangan havo hujumi „Tehronliklar turgan joyga hujum qilish, Eron tuprogʻiga hujum qilish bilan barobar“ boʻlgan[38].
Chatham House tahlil markazining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dasturi direktori Sanam Vakil Damashqqa uyushtirilgan hujum va Vena shartnomasining „buzilishi“ „tuyaning belini sindirgan somon“ ekanligini taʼkidlagan[39].
Qonun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uylar va maktablar kabi diplomatik binolar xalqaro huquqqa muvofiq „fuqarolik obyektlari“ hisoblanadi.
Diplomatik binolar 1961-yilgi Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va 1963-yildagi Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi konvensiyada shifrlangan xalqaro huquqqa muvofiq qabul qiluvchi davlat tomonidan hujum yoki boshqa aralashuvlardan qoʻshimcha himoyalanish huquqiga ega. Biroq, shartnoma boʻyicha mas’uliyat faqat mezbon davlatga, yuqoridagi holatda Suriyaga nisbatan qoʻllanadi, shartnomada uchinchi davlatlarning xorijiy davlatlardagi hujumlari haqida hech narsa aytilmagan[40][41].
Ben Saul, Morris Tidball-Binz, Javaid Rehman, Livingstone Sewanyana va Cecilia M.Baillietdan iborat BMTning xalqaro huquq boʻyicha ekspertlar guruhi Isroil hujum uchun hech qanday qonuniy asos koʻrsatmaganini hamda bu holat haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga xabar bermaganini maʼlum qildi. Shuning uchun, ularning fikricha, Isroil boshqa davlatga nisbatan kuch ishlatishni taqiqlovchi 2-moddaning 4-bandini buzgan. Shuningdek, ular hujumga aloqador Isroil rasmiylari jinoyat sodir etgan boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan[42]. Ularning fikriga koʻra, Eronning keyingi javob zarbalari ham xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan, chunki oʻz-oʻzini himoya qilish faqat davomiy qurolli hujumlarni oldini olish paytida oqlanadi va Eron elchixonasiga berilgan zarba 12 kun oldin yakunlangan edi.
Exeter universiteti xalqaro huquq professori Aurel Sari uchinchi davlat sifatida Isroilni „Eronning Suriyadagi elchixonasiga nisbatan diplomatik munosabatlar bilan bogʻliq emas“, deb taʼkidladi, lekin „agar Isroil oʻzini oqlay olmasa, havo hujumi oʻzini himoya qilish harakati“ sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 2 (4) moddasini buzgan boʻladi. Oʻz-oʻzini himoya qilish uchinchi davlat hududiga hujumni oqlay oladimi yoki yoʻqmi – bu akademik munozaralar mavzusi[41][41].
Munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina mamlakatlarning rasmiy idoralari, jumladan Iroq Bosh vaziri[44], Ispaniya Bosh vaziri[45], Nikaragua prezidenti[46] va Tashqi ishlar vazirliklari hujumni qoralab, uni xalqaro qonunlarning buzilishi deb hisobladi. Afgʻoniston, Jazoir[47], Armaniston[48], Braziliya[49], Belarus[50], Xitoy[51], Kuba[52], Misr[53], Indoneziya[54], Iordaniya, Italiya[55], Qozogʻiston[56], Quvayt[57], Livan[58], Liviya[59], Malayziya[54], Maldiv orollari[60], Mavritaniya[61], Norvegiya[62][63], Ummon[64], Pokiston[65], Qatar[66], Rossiya[67] (Rossiya hukumati buni „siyosiy qotillik“ deb atagan)[68], Saudiya Arabistoni[69], Janubiy Afrika[70], Syerra-Leone[71], Tojikiston[72], Tunis[73][74], Turkiya[75], Birlashgan Arab Amirliklari[76], Oʻzbekiston[77], Venesuela[78], Vetnam[79], Yaman matbuot kotibi Ansor Alloh hamda Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi holat boʻyicha xavotirda ekanliklarini bildirishgan[80].
BMT Bosh kotibi 1-aprel kuni sodir etilgan Isroilning havo hujumini qoraladi[81].
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashidan hujumni muhokama qilishni talab qildi[82]. Harakatni qoralovchi bayonotni Rossiya Xavfsizlik Kengashi tomonidan eʼlon qilinishi uchun ishlab chiqqan, ammo Gʻarb aʼzo mamlakatlari har qanday bayonot berilishiga qarshi chiqishdi[83][84][85][86]. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi brifing chogʻida koʻplab mamlakatlar (jumladan, Ekvador, Gayana, Sloveniya, Janubiy Koreya va Shveysariya) vakillari diplomatik va konsullik binolariga qilingan har qanday hujum Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini, shu bilan birga 1961-yil Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va 1963-yil Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi buzganligini taʼkidladilar. Shuningdek, ular ushbu hodisa mintaqaviy mojaroni yanada kuchaytirishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirishgan. Yaponiya vakili faqat xavotirda ekanaligini bildirdi, Buyuk Britaniya vakili esa „diplomatik binolarni hurmat qilish…“ muhimligini qayd etish bilan birga Eronni ham tanqid qildi[43]. Qoʻshma Shtatlar Milliy Xavfsizlik Kengashi matbuot kotibi faqatgina AQShning aloqasi yoʻqligini va hujum haqida oldindan maʼlumotga ega emasligini taʼkidladi[87]. Isroil Suriyada operatsiya oʻtkazishi haqida AQShni oldindan xabardor qilgan, ammo nishonni bayon qilmagan[88]. Rossiya vakili AQSh va boshqa davlatlar, jumladan, Fransiya tomonidan bildirilgan bayonotlarni ikki tomonlama standart sifatida baholab, tanqid qildi[43].
Qoʻshma Shtatlar rasmiylarining aytishicha, Isroil Suriyada oʻtkazishi kerak boʻlgan operatsiya haqida AQShni oldindan xabardor qilgan, ammo nishonni bayon qilmagan. Pentagon matbuot kotibining aytishicha, Isroil zarba haqida oldindan ogohlantirmagan[89].
Arab davlatlari uyushmasi[90], Yevropa Ittifoqi[91][92][93], Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi (FKHK)[94], Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)[95] hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)[96] ham mazkur hujumni qoraladi.
Isroil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isroil harbiy vaziri ushbu bino hech qanday konsullik ham, elchixona ham emas, balki „Damashqdagi fuqarolik inshooti sifatida niqoblangan“ Quds kuchlarining harbiy binosi ekanligini daʼvo qildi[97]. Isroil AQShga Eronning javob hujumi Isroildan kuchli javob qaytarishini aytdi[98][99].
Eron Isroilni ochiqchasiga ayblab, qasos olishga vaʼda berganidan soʻng, Eronning javob hujumi ehtimoliga javoban yettita Isroil elchixonasi evakuatsiya qilindi[100]. IDF Eronning ehtimoliy havo hujumlaridan himoyalanish uchun Tel-Avivda GPSlarga radiokanallarda noqonuniy xabarlar tarqatish tizimlarini joylashtirdi[101]. AQShning dastlabki razvedkasi 8–12-aprel kunlarida AQSh yoki Isroil aktivlariga jiddiy hujum boʻlishini kutgan[102].
Eron
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eronning bir nechta shaharlarida, jumladan, poytaxt Tehronda, shuningdek, Tabriz va Isfahonda, Falastin va Eron bayroqlarini koʻtarib, qasos olishni talab qilgan koʻplab namoyishchilar toʻplanishdi[103][104]. Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy hujumga munosib javob berishga vaʼda berdi. Xomanaiyning siyosiy maslahatchisi Ali Shamxaniyning aytishicha, AQSh bunda bevosita javobgarligicha qolmoqda[105]. Eron ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga maktub yoʻllab, „hujumga javob berish uchun qonuniy va ajralmas huquqini saqlab qolishini“ talab qildi[106]. Suriya Tashqi ishlar vaziri hujumni qoralab, uni terrakt deb atadi[107].
2024-yilning 5-aprelida Eron Isroilga qarshi javob qaytarishga tayyorlanayotgan AQShga „aralashmaslik“ni aytdi[108]. 2024-yil 13-aprelda Eron harbiylari „Haqiqat vaʼdasi“ operatsiyasini boshladi[109], birinchi marta Isroilga oʻz tuprogʻidan hujum qilib[110], uni 300 dan ortiq qarama-qarshi qurollar, jumladan kamida 170 ta uchuvchisiz dronlar, 30 ta qanotli raketalar va 120 ballistik raketalar bilan oʻqqa tutdi. Tarixdagi eng yirik dron hujumi Eronning gʻalabasi, Isroilning esa magʻlubiyati deb taʼriflangan[111], keyinroq esa ittifoqchilar tomonidan mustahkamlangan havo mudofaasi deyarli barcha kelayotgan qurollarni oʻz maqsadlariga erishishdan oldin yoʻq qilganini aytdi[112][113]. Oʻsha kuni IRGK Harbiy Dengiz Kuchlari Portugaliyaning MSC Aries konteyner kemasini Hurmuz boʻgʻozida vertolyot orqali „Isroil bilan bogʻlangan“[114] va „dengiz qonunlarini buzgan“ deb daʼvo qilib, qoʻlga oldi va musodara qildi[115]. 18-aprel kuni 16 ta kema birlashgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga MSC Aries asirga olingan ekipajini ozod qilish va „dengizchilarni himoya qilish uchun mintaqada harbiy ishtirokka ruxsat berishni, missiyalari va patrullarini kuchaytirish“ uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishni soʻrab qoʻshma xat yubordi[116].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ George, Susannah. „Israeli strike on Iranian Consulate in Damascus kills key commander, Iran says“ (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Woman and her son among 16 people killed in Israeli raid on building attached to Iranian embassy“. Syrian Observatory For Human Rights (2024-yil 3-aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ Bergman, Ronen; Fassihi, Farnaz; Schmitt, Eric; Entous, Adam; Pérez-Peña, Richard. „Miscalculation Led to Escalation in Clash Between Israel and Iran“ (en-US). The New York Times (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-aprel.
- ↑ Bowen, Jeremy; Gritten, David. „Israel accused of deadly strike on Iranian consulate in Syria“. BBC News (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Iran vows response after strike it blames on Israel demolishes consulate in Syria“ (en-US). ABC News (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Death toll update | 14 people killed in Israel attack on building of the Iranian embassy in Damascus“. Syrian Observatory for Human Rights (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ „Iran launches air attack on Israel, with drones 'hours' away“. Al Jazeera (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Israel braces as Iran launches wave of retaliatory strikes“. CNN (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Tanyos. „Iran launches drones toward Israel in retaliatory attack after consulate strike in Syria – CBS News“ (en-US). CBS News (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ Boxerman, Aaron; Bergman, Ronen; Fassihi, Farnaz; Schmitt, Eric. „Live Updates: Israel Reports Light Damage After Iran Launches Large Strike“. The New York Times (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 „Bombs and viruses: The shadowy history of Israel's attacks on Iranian soil“ (en). Al Jazeera. 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Warrick, Joby. „Papers stolen in a daring Israeli raid on Tehran archive reveal the extent of Iran's past weapons research“ (en-US). Washington Post (2018-yil 17-iyul). 2023-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „Exclusive: Iran's Guards pull officers from Syria after Israeli strikes“. Reuters (2024-yil 1-fevral). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Israel says it launched 200 strikes in Syria since 2017“. Al Jazeera (2018-yil 5-sentyabr). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Israel shifts to deadlier strikes on Iran-linked targets in Syria“. Reuters (2024-yil 8-yanvar). 2024-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Syria says Israeli missiles hit Damascus, Aleppo airports“. Reuters (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Israeli attack on Syrian Aleppo airport puts it out of service“. Reuters (2023-yil 14-oktyabr). 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Israeli airstrike in Syria kills senior Iranian Revolutionary Guards member“. Reuters (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „At least 4 killed in Israel strike on Damascus, Syrian media“ (en). Ynetnews (2024-yil 20-yanvar). 2024-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ „Iranian general killed in Syria, says IRGC's source“ (en). Trend.Az (2024-yil 20-yanvar). 2024-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ „Iran embassy strike shows Israel's growing reach as Mideast boils“. Reuters (2024-yil 5-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Fassihi, Farnaz; Bergman, Ronen; Schmitt, Eric. „Iran Smuggles Arms to West Bank, Officials Say, to Foment Unrest With Israel“. The New York Times (2024-yil 9-aprel). 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Alam. „Iran accuses Israel of killing Iranian military commander and others in airstrike on consulate in Syria“. CNN (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ Regan. „Iran vows revenge as it accuses Israel of deadly airstrike on Syria consulate in deepening Middle East crisis“ (en). CNN (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Iran accuses Israel of killing generals in Syria strike“ (en-GB) (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Hidler, James; Arraf, Jane. „Iranian officials accuse Israel of a deadly attack on Iran's consulate in Syria“. NPR (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Iranian embassy attack has Israel, Middle East on edge – DW – 04/12/2024“ (en). dw.com. 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Chao-Fong, Léonie. „Middle East crisis live: Iran says it holds Israel responsible for Damascus consulate attack and will 'reciprocate when we want'“. The Guardian (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ Wintour, Patrick. „Iran vows revenge after two generals killed in Israeli strike on Syria consulate“. The Guardian (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ Taub, Amanda. „Israel bombed an Iranian Embassy complex. Is that allowed?“. The New York Times (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ Alam. „Iran accuses Israel of killing Iranian military commander and others in airstrike on consulate in Syria“. CNN (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „6 killed as Israel strikes Iran embassy annex in Damascus: monitor“ (en). France 24 (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Dyer, Evan. „Canadian embassy in Syria damaged in Israeli strike on Iranian embassy next door“. CBC News (2024-yil 9-aprel). 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
- ↑ „Death toll update | 14 people killed in Israel attack on building of the Iranian embassy in Damascus“. Syrian Observatory for Human Rights (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ Chao-Fong, Léonie. „Middle East crisis live: Iran says it holds Israel responsible for Damascus consulate attack and will 'reciprocate when we want'“. The Guardian (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Top Iranian general killed by Israeli airstrike: sources“. Axios (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Entire IRGC command wing in Syria was eliminated in strike, Bloomberg reveals“ (en). The Jerusalem Post (2024-yil 20-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ Beaumont, Peter. „Why Israel's Attack on Iranian Consulate in Syria Was a Gamechanger“. The Guardian (2024-yil 14-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ Beaumont, Peter. „Why Israel's Attack on Iranian Consulate in Syria Was a Gamechanger“. The Guardian (2024-yil 14-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ „Why are embassies supposed to be inviolable?“. The Economist. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ 41,0 41,1 41,2 Taub, Amanda. „Israel bombed an Iranian Embassy complex. Is that allowed?“. The New York Times (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ 'The experts warned that Israeli military personnel and civilian officials responsible for the attack may also have committed crimes under an international counter-terrorism treaty of 1971, the Convention on the Prevention and Punishment of Crimes against Internationally Protected Persons. "It is an offence to violently attack the official premises or private accommodation of a diplomat where it is likely to endanger them. Iran, Israel and Syria are all parties to the treaty and all have criminal jurisdiction over such offences, " they recalled.'
- ↑ 43,0 43,1 43,2 „Briefing Security Council on Reported Israeli Attacks against Iran's Diplomatic Premises in Syria, Top UN Official Urges Efforts to Prevent Further Escalation | Meetings Coverage and Press Releases“. press.un.org. 2024-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Iraqi PM, Iranian president discuss Israeli attack on Iranian consulate in Syria“. Xinhua News Agency (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ Meijer, Bart. „EU condemns attack on Iran's embassy in Damascus, urges restraint“. Reuters (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Nicaragua condena ataque israelí en el Consulado de Irán en Damasco“ (es). JP+ (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Algeria vehemently condemns air attack on Iran's consulate in Damascus“. Permanent Mission of Algeria to the UN – New York. 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Armenia is deeply concerned by the recent attack on the Iranian consulate in Damascus: Foreign Ministry of Armenia“. 1Lurer (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Press Release N. 142. Attack at Iranian consulate in Damascus“. gov.br. Ministério das Relações Exteriores (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Belarus' MFA comments on attack on Iranian consulate in Syria“ (en-EN). eng.belta.by (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „China denounces Israeli strike on Iranian consulate in Syria“ (en). Al Arabiya News (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Cuba condena de manera "enérgica" el ataque al consulado iraní en Siria“ (es). Infobae (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Egypt condemns targeting Iranian consulate in Damascus“. Egypt State Information Service (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ 54,0 54,1 „Pakistan, Indonesia, Malaysia condemn Israeli attack on Iranian consulate“. 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Italy appeals to Iran "restraint" over response to Israel's consulate attack-Xinhua“. english.news.cn. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ Kemelova, Fatima. „Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Kazakhstan Regarding the Attack on the Consular Section of Iranian Embassy in Syria“ (en). The Astana Times (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Kuwait deplores Israeli occupation's attack on Iranian consulate in Syria“. Kuwait News Agency (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ „Lebanon denounces Israeli attack on Iranian consulate in Syria“. Al Jazeera (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ al-Harathy, Safa. „Libya condemns attack on Iranian consulate in Damascus“. The Libya Observer (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Statement by the Government of Maldives to condemn the attack on the Iranian Consulate in Damascus, Syria“. foreign.gov.mv. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Mauritania Condemns Israeli Warplanes Targeting of Iranian Consulate in Damascus“. Agence mauritanienne d'information (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „EU, Norway condemn Israel attack on Iran consulate“ (en). Mehr News Agency (2024-yil 5-aprel). 2024-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Archived copy“. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Oman condemns attack on Iran consulate in Damascus“. Kuwait News Agency (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Pakistan condemns Israeli airstrikes on Iranian consulate building in Syria-Xinhua“. Xinhua News Agency. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Qatar Strongly Condemns the Targeting of Iranian Consulate in Damascus“. Ministry of Foreign Affairs (Qatar) (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Russia accuses Israel of 'unacceptable' strike on Iranian embassy in Damascus“. Times of Israel. Agence France-Presse (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Russian foreign minister calls Israeli strike on Iranian diplomatic mission in Damascus 'political killing'“. Middle East Monitor (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia condemns targeting of Iranian consulate in Syria“ (en). Arab News (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „South Africa condemns attack on Embassy of Iran in Syria“. gov.za. South African Government (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Briefing Security Council on Reported Israeli Attacks against Iran's Diplomatic Premises in Syria, Top UN Official Urges Efforts to Prevent Further Escalation | Meetings Coverage and Press Releases“. press.un.org. 2024-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Foreign Ministry of Tajikistan condemns Israel's airstrike on Iranian consular mission in Syria“. AKIpress News Agency. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Tunisia condemns the Zionist entity's attack on the Iranian consulate in Damascus“. Syrian Times (2024-yil 3-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Archived copy“. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Türkiye condemns Israeli attack on Iranian diplomatic mission in Damascus“. TRT World (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „UAE Condemns Targeting of Iranian Diplomatic Mission“. Ministry of Foreign Affairs (United Arab Emirates) (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ uz, Kun. „Uzbekistan's Ministry of Foreign Affairs condemns air strike on Iran's consulate building“ (en). Kun.uz. 2024-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „El Gobierno de Venezuela condena el ataque al consulado de Irán en Siria“ (es). Swissinfo (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ Toàn. „Vietnam condemns attack on Iranian embassy in Syria“. VietnamPlus. Vietnam News Agency (2024-yil 6-aprel). — „Vietnam condemns the attack on the Iranian embassy in Syria. All the buildings of diplomatic representative and consular offices must be respected and protected according to international law.“. 2024-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ „Foreign Ministry of Kyrgyzstan expresses concerns over missile attack on consular agency of Iran in Syria“. akipress.com. 2024-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Daily Press Briefing by the Office of the Spokesperson for the Secretary-General | Meetings Coverage and Press Releases“. press.un.org. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Russia calls for UNSC session after Israel strikes Iran's diplomatic mission in Syria“. Middle East Monitor (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „Moskau: Iran beruft sich auf Recht zur Selbstverteidigung“ (de). boerse.de. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ „هشدار امیرعبداللهیان به آمریکا – تسنیم“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ „UN Security Council Fails To Condemn Strike On Iran Embassy“ (en). Iran International (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „World reacts to Iran's attack against Israel, Iran accuses some of 'double standards'“. L'Orient Today. AFP (2024-yil 14-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ Ravid, Barak. „U.S. tells Iran it "had no involvement" in Israel strike“. Axios (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ Landay, Jonathan; Ali, Idrees. „No US involvement in strike on Iran's Damascus mission, White House says“. Reuters (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Landay, Jonathan; Ali, Idrees. „No US involvement in strike on Iran's Damascus mission, White House says“. Reuters (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „League condemns Israeli attack on Iranian Consulate in Damascus, viewing it a violation of Syria's sovereignty“. Arab League. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ Jamal, Urooba; Quillen, Stephen. „Israel's aid-worker killings draw global calls for 'full accountability'“. Al Jazeera. 2024-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Iran: Statement by the Spokesperson on the attack in Damascus“ (en). European External Action Service. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ Meijer, Bart. „EU condemns attack on Iran's embassy in Damascus, urges restraint“. Reuters (2024-yil 3-aprel). 2024-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia condemns targeting of Iranian consulate in Syria“ (en). Arab News (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
- ↑ „Reactions pour in after Israel's deadly attack on Iran consulate in Syria“ (en). nournews. 2024-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Statement by the SCO Secretary-General in connection with the airstrike against the Iranian Consulate in Damascus“ (en). The Shanghai cooperation organisation (2024-yil 5-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Iran vows revenge as it accuses Israel of deadly airstrike on Syria consulate in deepening Middle East crisis“. CNN (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ Fahim, Kareem; George, Susannah; Harris, Shane; Haidamous, Suzan. „Israel braces for Tehran's response after deadly Damascus strike“. The Washington Post (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ Ravid. „Israel warns of consequences to any attack from Iran“. Axios (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ Hider. „Iranian officials accuse Israel of a deadly attack on Iran's consulate in Syria“. NPR (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Engel Rasmussen, Sune; Peled, Anat. „Israel Scrambles GPS Signals as Country Girds for Potential Retaliation From Iran“ (en-US). The Wall Street Journal. 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Lee, MJ; Hansler, Jennifer. „US preparing for significant Iran attack on US or Israeli assets in the region as soon as next week“ (en-US). CNN (2024-yil 5-aprel). 2024-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ „Iran vows deadly suspected Israeli airstrike on its consulate in Damascus "will not go unanswered"“ (en-US). CBS News (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
- ↑ Fassihi. „Iran Says the Deadly Israeli Strike in Damascus Will Not Go Unanswered“. The New York Times (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ Hafezi. „Iran vows revenge on Israel after Damascus embassy attack“. Reuters (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „UN Security Council to review Iran's demand to condemn Israeli strike“. TASS. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- ↑ „Iran says Israel bombs its embassy in Syria, kills commanders“. Reuters (2024-yil 2-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ Khraiche, Dana; Sykes, Patrick. „Iran Tells US to Step Aside as It Readies Response to Israel“ (en-US). Bloomberg (2024-yil 5-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ „The night Iran's missile spectacle rattled Israel“. Financial Times. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ „'True Promise': Why and how did Iran launch a historic attack on Israel?“. Al Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ „israel-says-attack-failed-iran-claims-success“. 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
- ↑ „Israel says Iran launched more than 300 drones and missiles, 99% of which were intercepted“. AP News. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ „US military destroyed 80 drones, 6 missiles launched from Iran, Yemen, US Centcom says“. Reuters. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ „Iranian forces take over Israel-linked Portuguese ship MCS ARIES“ (en). The Jerusalem Post (2024-yil 13-aprel). 2024-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
- ↑ „Iran says MSC Aries vessel seized for 'violating maritime laws'“. Reuters (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
- ↑ „Industry appeals to UN over MSC Aries seizure“. SeatradeMarine News. Qaraldi: 2024-yil 4-may.