Kalimantan yoʻlbarsi
Yo‘lbars tasviri, Malayziyaning Saravak shtati, Kuching shahridagi Buddist ibodatxonasi. | ||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
|
Kalimantan yoʻlbarsi yoki Borneo yoʻlbarsi Borneo(Kalimantan) orolida tarixdan oldingi davrlarda yashagan va yoʻq boʻlib ketgan yoʻlbars populyatsiyasidir[1][2]. Tirik Borneo yoʻlbarsi hozirgacha qayd etilmagan, lekin mahalliy Dayak xalqining unga ishonishi va vaqti-vaqti bilan uni koʻrganliklarini aytishgan[3][4].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1954-yildan 1966-yilgacha Malayziyaning Saravak hududidagi Niah milliy bogʻida taxminan 750,000 hayvon suyak parchalari qazib olingan. 5 sm (2.0 dyuym) oʻlchamdagi metakarpal suyak boʻlagi yosh yoʻlbarsga tegishliligi aniqlangan[5]. Filippinning Palavan orolidagi Ille gʻoridan qazib olingan ikki suyak parchasi ham shu yoʻlbars turiga tegishli ekanligi tasdiqlangan. Toplimalarning birinchisi chap qoʻldagi ikkinchi barmoqning toʻliq asosiy falanga suyagidan iborat boʻlib, 46.44 mm (1.828 dyum) oʻlchamda boʻlgan; ikkinchisi esa oʻsha barmoqning distal qismi va qoʻlning subterminal falangasi boʻlib, oʻlchami 16.04 mm (0.631 dyum) ni tashkil etgan. Ushbu yoʻlbarsning oʻlchamlari Malay yarim oroli va Hindistonda yashovchi yoʻlbarslarga oʻxshaydi[6].
Borneo yoʻlbarsi juda kichik oʻlchamda boʻlgan deb hisoblanadi[7]. Mahalliy aholining fikriga koʻra, u Kalimantan qoplonidan kattaroq boʻlgan va jigarrang va nozik chiziqlarga ega boʻlgan[3].
Xulq-atvori va ekologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalimantan yoʻlbarsi ehtimol Kalimantan choʻchqasi, Kalimantan sariq muntjaki va sambar kiyik kabi qoʻton hayvonlarni ovlagan. Mahalliy dayaklarning fikriga koʻra, yoʻlbars daraxtlarga chiqmagan[3].
Arxeologik yozuvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arxeologik qazishmalar natijasida yoʻlbarsga tegishli boʻlgan yuqori qoziq tish, navikulyar va metakarpal suyak aniqlangan. Shuning uchun yoʻlbarsning Kalimantan orolida Pleistotsen davrining oxiri va Golosensining boshida yashaganligi tahmin qilinadi[5]. Filippinning Palavan orolidan ham bir suyak boʻlagi topilgan. Arxeologlar Pleistotsen davrida ushbu parchalarning turli mintaqalar oʻrtasida savdo qilinganligi ehtimolini kamligini bildirishgan[6].
Kalimantan oroli Palavan bilan oxirgi va undan avvalgi muzlik davrlarida quruqlik orqali bogʻlangan boʻlishi mumkin. Bu tahmin mintaqadagi molekulyar filogeniyasidan kelib chiqqan holda bildirilgan[8]. Yoʻlbars suyaklari Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda amulet sifatida keng qoʻllangan, shuning uchun Palavanda topilgan yoʻlbars suyaklari boshqa joydan keltirilgan boʻlishi mumkinligi aytiladi[8][9].
Shuningdek, yoʻlbarsning Oʻrta Pleistotsen davrida, 420,000-620,000 yil oldin, Balabac boʻgʻozini kesib oʻtgan boʻlishi mumkin, bu vaqt Borneo va Palavan oʻrtasidagi masofa qisqaroq va dengiz sathi bugungidan pastroq boʻlgan davrdir[6]. Ushbu davrda dengiz sathi muzliklarning kengayishi natijasida taxminan −130 m (-430 fut) gacha pasaygan[10][11][12]. Bugungi kunga kelib, Palavanda yoʻlbarsning 12,000 yil oldin yashaganligiga dalil mavjud emas[6].
Qaydlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda Douchan Gersi Indoneziyaning Sharqiy Kalimantanda yoʻlbarsni koʻrganligini daʼvo qilgan. U hayvonning ikki fotosuratini olgan[13]. Ushbu fotosuratlarda yoʻlbars tasvirlangan, ammo fotosuratlarning haqiqiyligi shubha ostiga olingan[1] va uning kelib chiqishi haligacha nomaʼlum boʻlib qolmoqda[3]. Bu asirlikdan qochgan hayvon boʻlishi mumkin[13]. 1995-yilda Markaziy Kalimantandagi mahalliy odamlar yoʻlbars irillashini eshitganini va uning irillashini boshqa hayvonlarnikidan farqlay olganini aytishgan[3].
Madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning xotirasi Kalimantan aholisining madaniyatida yoʻlbarsning tana qismlarini meros sifatida saqlash orqali yashab keladi; shu sababli Kalimantan yoʻlbarsi tarixdan oldingi davrlardan keyin ham uzoqroq yashagan boʻlishi mumkinligi tahmin qilinadi[6]. Kenyah, Ngaju va Iban xalqlari orasida yoʻlbars tirnoqlari odamni asrovchi timsol sifatida ishlatilgan. Ehtimol, yoʻlbars tirnoqlari muhim marosimlar uchun yoki nufuzli shaxslar tomonidan taqilgan; hayvonning mavjudligini bildiruvchi soʻzlar, masalan, „aso“ – „it“ yoki „buang / bohang“ – „ayiq“, Kayanik tillarida ishlatilgan[14]. Yoʻlbars anʼanaviy, va zamonaviy oʻymakorliklarda tasvirlangan, shuningdek, toʻqilgan matolarda, gilam va kiyimlarda, Iban pua kumbu kabi kiyimlarda ham yoʻlbarslar tasvirlarini koʻrish mumkin[14].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Medway, L. (1977). "The Niah Excavations and an Assessment of the Impact of Early Man on Mammals in Borneo". Asian Perspectives 20 (1): 51–69. https://scholarspace.manoa.hawaii.edu/bitstream/10125/19188/1/AP-v20n1-51-69.pdf.
- ↑ Medway, L.. Mammals of Borneo: field keys and an annotated checklist. Kuala Lumpur: Malaysian Branch of the Royal Asiatic Society, 1977.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Meijaard, E. (1999). "The Bornean Tiger; Speculation on its existence". Cat News (30): 12–15. https://www.researchgate.net/publication/236898561.
- ↑ ; Yamaguchi, N. „What is a tiger? Biogeography, Morphology, and Taxonomy“, Tigers of the world: The Science, Politics and Conservation of Panthera tigris. Cambridge: Academic Press, 2010 — 59–81-bet. ISBN 978-0-8155-1570-8.
- ↑ 5,0 5,1 Piper, P. J.; R. J. Rabett, Earl of Cranbrook (2007). "Confirmation of the presence of the tiger Panthera tigris (L.) in Late Pleistocene and Holocene Borneo". Malayan Nature Journal 59 (3): 259–267. https://www.researchgate.net/publication/284506355. Qaraldi: 2018-05-29.Kalimantan yoʻlbarsi]]
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Piper, P. J.; Ochoa, J.; Lewis, H.; Paz, V.; Ronquillo, W. P. (2008). "The first evidence for the past presence of the tiger Panthera tigris (L.) on the island of Palawan, Philippines: extinction in an island population". Palaeogeography, Palaeoclimatology, Palaeoecology 264 (1–2): 123–127. doi:10.1016/j.palaeo.2008.04.003.
- ↑ Kitchener, A. C. „Tiger distribution, phenotypic variation and conservation issues“, . Riding the Tiger: Tiger Conservation in Human-Dominated Landscapes. Cambridge University Press, 1999 — 19–39-bet. ISBN 0521648351.
- ↑ 8,0 8,1 Van der Geer, A.; Lyras, G.; De Vos, J.; Dermitzakis, M. „15 (The Philippines); 26 (Carnivores)“, . Evolution of Island Mammals: Adaptation and Extinction of Placental Mammals on Islands. John Wiley & Sons, 2011 — 220–347-bet. ISBN 9781444391282.
- ↑ Ochoa, J.; Piper, P. J. „Tiger“, . Climate Change and Human Responses: A Zooarchaeological Perspective. Springer Publishing, 2017 — 79–80-bet. ISBN 978-9-4024-1106-5.
- ↑ Rohling, E. G.; Fenton, M.; Jorissen, F. G.; Bertrand, P.; Ganssen, G.; Caulet, J. P. (1998). "Magnitudes of sea-level lowstands of the past 500,000 years". Nature 394 (6689): 162–165. doi:10.1038/28134. https://www.researchgate.net/publication/242880001.
- ↑ Waelbroeck, C.; Labeyrie, L.; Michel, E.; Duplessy, J. C.; McManus, J. F.; Lambeck, K.; Balbon, E.; Labracherie, M. (2002). "Sea-level and deep water temperature changes derived from benthic foraminifera isotopic records". Quaternary Science Reviews 21 (1): 295–305. doi:10.1016/S0277-3791(01)00101-9. https://www.researchgate.net/publication/222662752.
- ↑ Bintanja, R.; Van de Wal, R.S.W.; Oerlemans, J. (2006). "Modelled atmospheric temperatures and global sea levels over the past million years". Nature 437 (7055): 125–128. doi:10.1038/nature03975. PMID 16136140. https://www.researchgate.net/publication/46669469.
- ↑ 13,0 13,1 Gersi, D.. Dans la jungle de Bornéo (fr). Paris: Éditions G. P., 1975.
- ↑ 14,0 14,1 Sellato, B.. The Other Tiger: History, Beliefs, and Rituals in Borneo, Temasek Working Paper No. 1. Institute of Southeast Asian Studies / Yusof Ishak Institute, Temasek History Research Center, 2019.