Kontent qismiga oʻtish

Katta quyosh pechi

Koordinatalari: 41°18′36″N 69°44′24″E / 41.31000°N 69.74000°E / 41.31000; 69.74000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston quyosh pechi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Toshkent viloyati, Parkent shahri
Egasi Oʻzbekiston
Xarita
Oʻzbekiston quyosh pechi (Dunyo)
Oʻzbekiston quyosh pechi

41°18′36″N 69°44′24″E / 41.31000°N 69.74000°E / 41.31000; 69.74000

Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga qarashli Katta quyosh pechi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan maxsus ilmiy inshoot hisoblanadi. Tekin yonilgʻi hisoblangan quyosh energiyasida foylananish texnologiyasi va shu turdagi texnologik inshootlarni qurish tarixidagi katta yangiliklar biri xisoblanadigan (Oʻzbekistonda) ushbu Katta quyosh pechi Materialshunoslik institutini tadqiqotlarida va ilmiy jarayonlarida qoʻllanadi.

Qurilmaning umumiy quvvati 1000 kvt ega, qattiq jisimlarni sintezlash jarajonlari va quyosh nuri orqali qizdirish va ishlov berish ishlari olib boriladi[1].

Inshoot haqida batafsil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday turdagi pechlardan yana Frasiyada davlatida bor, lekin Oʻzbekistondagi Katta quyosh pechi Fransiyadagidan bir muncha farq qiladi. Qurilmani kulolchilikdam ishlatish va kulolchilik buyumlarini sintezlash jarayonini avtomatik boshqarish va bir tizim sifatida ishlash imkoniyatini beradi. Katta quyosh pechidan foydalanish uslublariga muofiq, unda qoʻllanadigan uslub radiatsion qizdirish orqali amalga oshiriladi. Konsentratsiyalangan yorugʻlik oqimining markazga yoʻnaltirilishi orqali buyumlarni juda katta haroratgacha isitish imkonini beradi. Yangi texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning foydalilik xususiyatlarini oshirish kabi muhim omillar asosida ishlatiladigan Katta quyosh pechi juda katta samara beradi. Shu kabi samarali ishlash uslublarini qoʻllash orqali geliomaterialshunoslikda yana yangi ishlash yoʻllarini yaratishga olib keladi. Bunday turdagi yangi uslublar orqali quyosh nurlarini kompazitsion oqimlarini qoʻllash va shu orqali yangi chidamli materiallarni yaratishdan iboratdir. Materialsozlik institutiga qarashli yana boshqa inshootlar Katta quyosh pechi atrofida joylashgan, bular yaxlit biz majmua sifatida qurilgan hisoblanadi. Elektr energiyasini tejash maqsadlarini ancha osonlashtiradigan pech, hech qanda miqdoda elektr energiyasini istemol qilmaydi, faqat quyosh nurlarinig toʻgʻrida toʻgʻri kelgan nurlari hisobiga ishlaydi. Moddalarning radiatsion xossalarini va unga aloqador fizikaviy jixatlarini oʻrganishda qurilma juda ham katta xizmat koʻrsatadi.

  1. Quyosh pechi orqali materiallarni qizdirish quidagi afzalliklarni yaratadi.
  • Qizdirilgan materiallarda olinadiga juda ham yaroqli va sifatli boʻlgan oksid olish imkonini beradi. Bu kabi oksidlar shishalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
  • Materillarga radiatsion ishlov berish orqali ularning chidamliligini yanada oshirish.
  • Quyoshdan kelayotgan energiyani konsentratlash orqali issiqlik va elektr energiyasi olish.
  • Vodorod sintezini amalga oshirish.
  • Quyoshdan qabul qilingan konsentratsiyalangan nurni lazer va infraqizil kabi nurlarga oʻtkazish.
  • Turli hil issiqlikdagi qisimlardan iborat boʻlgan moddalarni sintez qilish jarayonlarinida yuqori quvvatdagi yorugʻlik energiyasini yoʻnaltirish imkonini beradi.
  • Juda katta xaroratlarda moddalarning parlanishini natijasida maddalarni selektiv tozalanishini imkoniyatini beradi.
  • Bazi turdagi amorf va metastabil kabi moddalarning tez suratlarda sovutish imkonini beradi.
  • Yuqori issiqlikka chidamli koʻp xususiyatlarga ega boʻlgan materiallarni ishlab chiqarish.
  • Alamiy qoʻllanadigan keramika
  • Yuqori xaroratli olovga bardosh beradigan keramika
  • Sanoatning turli tuman yoʻnalishlari uchun yuqori oʻtkazgichli keramika tayyorlash.
  • Sanoatning turli tarmoqlari uchun nanoporoshoklar.

Katta quyosh pechini ishlash tizimini yosh yetishib chiqayotgan kadrlarga oʻrgatish va shu sohadagi talabalarni ish jarayonlari bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida 2000-yilda Katta quyosh pechi bazasida oʻquv markazi tashkil etildi va unga tadqiqotchilar, aspirantlar, oliy oʻquv yurti talabalari jalb qilindi. Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi materialsozlik sanoatida ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida juda ham muhim inshoot va qurilma sifatida juda katta ahamyatga ega hisoblanadi[2].

  1. Katta quyosh pechi, 2016-04-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-04
  2. ELEMENT_ID=23, 2016-04-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-04

Fotoreportajlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]