Litva banki
Bosh qarorgohi | Vilnyus |
---|---|
Koordinatalari | 54°41′10″N 25°17′00″E / 54.68611°N 25.28333°E |
Tashkil etilgan yili | 27-sentyabr, 1922-yil [1] |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Rais | Gediminas Shimkus |
Markaziy banki | Litva |
Oltin-valyuta zaxiralari | $1.310 mlrd [1] |
Vorisi | Yevropa markaziy banki (2015)1 |
Veb sayti | The Bank of Lithuania (Lithuanian and English) |
1 Litva banki hozir ham faoliyat yuritadi, biroq aksariyat vazifalari YMBga oʻtkazilgan. |
Litva banki (litovcha: Lietuvos bankas) Litva Respublikasining markaziy banki hisoblanadi. Litva banki Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosidir. Bank raisi - Gediminas Shimkus. 2015-yilgacha Litva banki mamlakatning sobiq milliy valyutasi litni boshqarish uchun masʼul edi. Litva 2015-yil 1-yanvarda yevroni qabul qilgandan soʻng, u Yevrotizimning bir qismiga aylandi.
Birlamchi funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bankning rasmiy veb-saytiga koʻra, Litva banki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- narx barqarorligini saqlash,
- pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Davlat Gʻaznachiligi agenti sifatida faoliyat yuritadi.
Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi sifatida Litva banki yevrozona monetar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Bank rahbariyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Litva banki direktorlari [2]:
- Vladas Yurgutis (1922—1929)
- Vladas Stashinskas (1930—1939)
- Yuozas Tubyalis (1939)
- Yuozas Paknis (1939—1940)
Litva banki boshqaruvi raislari: [2]
- Bronyus Povilaytis (1990)
- Vilyus Baldishis (1990—1993)
- Romualdas Visokavichyus (1993)
- Kazis Ratkyavichyus (1993—1996)
- Reynoldiyus Sharkinas (1996—2011)
- Vitas Vasilyauskas (2011—2021)
- Gediminas Shimkus (2021-yildan)
Boshqaruvi va tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank rais, raisning ikki nafar oʻrinbosari va ikki a’zodan iborat Boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.
Litva banki rasmiy veb-saytiga koʻra, bank Nazorat xizmati tomonidan boshqariladi va oʻnta boshqarma: Iqtisodiyot, statistika, bozor operatsiyalari, xalqaro munosabatlar, toʻlov tizimlari, naqd pul, buxgalteriya hisobi, axborot texnologiyalari, umumiy xizmatlar va xavfsizlik boshqarmalari, oltita avtonom boʻlinma (ichki audit, yuridik, tashkiliy va xodimlar, umumiy va jamoatchilik bilan aloqalar, risklarni boshqarish) hamda Litva bankining Kaunas va Klaypedadagi filiallari mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
- ↑ 2,0 2,1 „Historical timeline“. www.lb.lt. 25-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Litva banki (Lithuanian and English)