Finlandiya banki
Finlandiya banki binosi | |
Bosh qarorgohi | Helsinki |
---|---|
Tashkil etilgan yili | 1812-yil 1-mart |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Rais | Olli Ren |
Markaziy banki | Finlandiya |
Oltin-valyuta zaxiralari | 6 230 million AQSh dollari[1] |
Veb sayti | www.bof.fi |
1 Finlandiya banki hozir ham faoliyat yuritadi, biroq aksariyat vazifalari YMBga oʻtkazilgan. |
Finlandiya banki (fin: Suomen Pankki, shvedcha: Finlands Bank) Finlandiyaning markaziy banki va Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi. U oʻzini Shvetsiya Riksbanki, Angliya banki va Fransiya bankidan keyin dunyodagi eng qadimgi toʻrtinchi markaziy banki sifatida koʻradi[2]. 1999-yilgacha Finlandiya banki mamlakatning sobiq valyutasi marka (fin: markka) uchun javobgar edi. Finlandiya 1999-yil 1-yanvardan oʻz valyutasi sifatida yevroni qabul qildi, marka tangalari va banknotlari 2001-yil 31-dekabrgacha (yevro nominallari sifatida) foydalanishda davom etdi. Bundan tashqari, toʻqqiz marta Olimpiya oʻyinlari chempioni Paavo Nurmi sharafiga 10 marka nominalli banknot nomlandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Finlandiya bankining oʻtmishdoshi Waihetus-, Laina-ja Depositioni-Contori Suomen Suuren-ruhtinaanmaassa (Finlandiya Buyuk Knyazligi ayirboshlash, kredit va depozit idorasi) 1812-yil 1-martda Turku shahrida Rossiya imperatiori Aleksandr I tomonidan tashkil etilgan[3][4]. 1819-yilda u Helsinkiga koʻchirildi. 1840-yilgacha bankning asosiy maqsadi imperiya rublini joriy etish uchun valyuta islohotini oʻtkazish edi[3]. Bank 1860-yilda inauguratsiya qilinganidan boshlab Finlandiya 1999-yilda yevroni qabul qilgunga qadar Finlandiya markasini emissiya qildi va tartibga soldi[3].
Mandati, mulkchiligi va tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Finlandiya banki mamlakatning markaziy banki boʻlib, Yevropa Markaziy banklari tizimi va Yevrotizimning aʼzosi hisoblanadi[5]. Bank pul-kredit organi sanalib, mamlakatning valyuta taʼminoti va valyuta zaxiralari uchun javobgardir.
Finlandiya banki Finlandiya Respublikasiga tegishli. Fin parlamenti Parlament Kuzatuv kengashi va Bank kengashi orqali boshqaradi. Boshqaruv bankning ijro organi boʻlib, Parlament Kuzatuv kengashi esa bank boshqaruvi va faoliyatini nazorat qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar uchun javobgardir. Bank 1998-yilda qabul qilingan Finlandiya banki toʻgʻrisidagi qonunga koʻra boshqariladi.
Bankning Kuopio, Tampere va Oulu shaharlarida filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Bankda 380 ga yaqin xodim ishlaydi[6].
Bankning eng yuqori mansabdor shaxsi rais boʻlib, u ham boshqaruvga raislik qiladi. 2018-yil avgust holatiga koʻra, Boshqaruv aʼzolari Olli Ren (rais), Marja Nykänen (rais oʻrinbosari) va Tuomas Välimäki lardan iborat[6].
BOFIT
[tahrir | manbasini tahrirlash]BOFIT Finlandiya bankining aql markazi (think tank) boʻlib, u tarixan Finlandiya Rossiyaning iqtisodiy ahvoli haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish majburiyatidan kelib chiqqan. U 1991-yilda tashkil etilgan va oʻz nomini departamentining fincha nomidan kelib chiqqan, yaʼni BOF Finlandiya bankini, IT esa idäntutkimus ikki tomonlama [Fin-rus] savdosida tadqiqot maʼnosini bildiradi. Markazning toʻliq nomi yillar davomida oʻzgardi, 2021-yilgacha „Finlandiya bankining oʻtish davri iqtisodiyotlari instituti“ va 2021-yilning noyabridan boshlab „Finlandiya bankining rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti“ deb atalmoqda[7]. 1995-yilda markazga ishga kirgan Iikka Korhonen 2009-yildan beri BOFITga rahbarlik qilib keladi.
Finlandiya banki raislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Claes Johan Sacklén 1812-1816
- Carl Johan Idman 1817-1820
- Otto Herman Lode 1820-1827
- Johan Gustaf Winter 1827-1841
- Carl Wilhelm Trapp 1841-1853
- Axel Ludvig Born 1853-1856
- Alex Federley 1853-1854
- Robert Trapp 1854-1856
- Frans Ivar Edelheim 1856-1858
- Wilhelm Blidberg 1858-1861
- Carl Isak Björkman 1862-1866
- Victor von Haartman 1866-1870
- August Florin 1870-1875
- Gustaf Samuel von Troil 1875-1884
- Alfred Charpentier 1884-1897
- Theodor Wegelius 1898-1906
- Clas Herman von Collan 1907-1918
- Otto Stenroth 1918-1923
- August Ramsay 1923-1924
- Risto Ryti 1923-1940
- Johan Wilhelm Rangell 1943-1944
- Risto Ryti 1944-1945
- Sakari Tuomioja 1945-1955
- Rainer von Fieandt 1955-1957
- Klaus Waris 1957-1967
- Mauno Koivisto 1968-1982
- Ahti Karjalainen 1982-1983
- Rolf Kullberg 1983-1992
- Sirkka Hämäläinen 1992-1998
- Matti Vanhala 1998-2004
- Erkki Liikanen 2004-2018
- Olli Rehn 2018-
Manba: [8]
Parlament Kuzatuv kengashi raislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Antti Lindtman (2019-yildan hozirgacha)
- Matti Vanhanen (2015-2019)
- Ben Zyskowicz (2011-2015)
- Timo Kalli (2008-2011)
- Seppo Kääriäinen (2007-2008)
- Mari Kiviniemi (2006-2007)
- Olavi Ala-Nissilä (2003-2006)
- Mauri Pekkarinen (2003)
- Ilkka Kanerva (1995-2003)
- Sauli Niinistö (1995)
- Pentti Mäki-Hakola (1991-1995)
- Erkki Pystynen (1990-1991)
- Mauri Miettinen (1987-1990)
- Matti Jaatinen (1979-1987)
- Harri Holkeri (1971-1979)
- Juha Rihtniemi (−1971)
- Veikko Kokkola
- Juho Niukkanen
- Erik von Frenckell
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
- ↑ „History“. Bank of Finland. 2014-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Holtfrerich, Carl-L.. The Emergence of Modern Central Banking from 1918 to the Present. Routledge, 5 December 2016. ISBN 9781351890779.
- ↑ „Wäxel- Låne och Depositions-Contoiret i Stor-Furstendömet Finland“ (sv). histdoc.net. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eurosystem and ESCB“. Bank of Finland. 2023-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-mart.
- ↑ 6,0 6,1 „Organisaatio“ (fi). Bank of Finland. Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
- ↑ Olli Rehn. „Remarks - Bank of Finland Institute for Emerging Economies' (BOFIT) 30th Anniversary Dinner“. Bank for International Settlements (2021/11/9.12.2024).
- ↑ „Board Members in the history of the Bank of Finland“. Bank of Finland. 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Finlandiya banki rasmiy sayti (fincha, shvedcha, and English)
- Finlandiya bankining 150 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi 1811-1961
- Finlandiyaning barcha BIC kodlari va barcha fin banklari uchun IBAN hisoblagichlari