Kontent qismiga oʻtish

Yevropa markaziy banki

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yevropa markaziy banki (YeMB) — Yevropa valyuta ittifoqining asosiy muassasasi. Yevropa Ittifoqi qaroriga koʻra 1998-yil 1-iyunda tashkil etilgan. Boshqaruvi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Asosiy vazifasi yagona valyuta — yevroni muomalaga kiritgan Yevropa valyuta ittifoqiga aʼzo mamlakatlar pul siyosatini amalga oshirishdan iborat. Yevropa markaziy banki tizimi ikki bosqichli boʻlib, yuqori bosqichda Yevropa markaziy banki va quyi bosqichda Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning milliy Markaziy banklari turadi. Bu Markaziy banklar ayni paytda Yevropa markaziy banki bilan birga Yevropa Markaziy banklari tizimini hosil qiladi. Yevropa markaziy banki va milliy Markaziy banklar boshqa har qanday Yevropa yoki milliy organlarning koʻrsatmalaridan foydalanmaydi yoki ularga amal qilmaydi. Bank barcha hisob-kitoblarni yevroda olib boradi va uning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi. 1999-yil 1-yanvardan boshlab pul siyosatini tartibga solish Yevropa markaziy banki boshqaruvchilari Kengashining mutlaqi vakolatiga kiradi. Milliy Markaziy banklar boshqaruvchilari Kengash aʼzolari hisoblanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil