Kontent qismiga oʻtish

Oʻral

Koordinatalari: 51°14′0″N 51°22′0″E / 51.23333°N 51.36667°E / 51.23333; 51.36667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻral shahridan yoʻnaltirildi)
O'ral

qoz. Орал
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
51°14′0″N 51°22′0″E / 51.23333°N 51.36667°E / 51.23333; 51.36667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat G'arbiy Qozog'iston viloyati
Hukumat
 • Akim Shakimov Bo'lat Adietovich
Asos solingan 1584
Maydon 700 km2 (270 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2012)
218 158[1]
Milliy tarkib qozoqlar - 54,63 %
ruslar - 38,14 %
ukrainlar - 2,40 %
tatarlar - 2,05 %
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7112
Pochta indeks(lar)i 090000—090013
Avtomobil kodi L
O'ral xaritada
O'ral
O'ral
Oʻral shahrining sputnikdan tasviri

Oʻral - (qozoqcha: Орал) (1775-yilgacha Yoyiq shaharchasi) — shahar, Qozogʻiston Respublikasi Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati markazi. Ural daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 218,2 ming kishi (2012).

16-asr oxirida Oreshnoye urochishchesi (maskani)da Yoyiq, kazaklari tomonidan Yoyiq shaharchasi istehkomi barpo qilindi. Noʻgʻay tatarlari tomonidan vayron qilinganidan keyin u 1613-yilda Yosh (Ural) daryosining quyi qismiga 50 km pastga hozirgi oʻrniga koʻchirildi. Yoyiq kazaklari Stepan Razin (1670—71), Yemelyan Pugachyov (1773— 75) raqbarligidagi Krestyanlar urushida qatnashdilar. Yoyiq shaharchasi shu davrda Krestyanlar urushi markazi boʻlgan. Shu bois, Yemelyan Pugachyov qatl qilinganidan keyin (1775) istehkom shaharcha nomi Yekaterina II farmoni bilan Uralsk deb oʻzgartirildi va shaharcha Astraxon gubernyasi tarkibiga kiritildi.

1868-yildan shahar yangidan tashkil qilingan Ural viloyati markazi boʻldi. Oʻsha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullangan. 1894-yilda Ryazan — Ural temir yoʻlining oʻtkazilishi Kaspiy boʻyi dashtlarida yirik savdo markazining vujudga kelishiga omil boʻldi. 1912-yilda Uralsk da 100 dan ziyod mayda sanoat korxonasi, 300 hunarmand bor edi.

Qisqacha maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi 218 158 kishi (2012). Hozirda Oʻral shahri — Qozog'istonning yirik madaniy-iqtisodiy markazlarining biri. Shahrdagi yirik korxonalar: „Zenit“ zavodi, „Omega“, „Metallist“, Oʻral mexanika zavodi, Oʻral armatura zavodi, Oʻral poliplast zavodi ishlab chiqarish korxonalari, „Ayaz“ MChB va davlat „Oʻral davlat qishloq xoʻjaligi stansiyasi“ korxonasi. Bulardan boshqa viloyat darajasidagi non kombinati, issiqlik, yorugʻlik, gaz sanoatlari faoliyat yuritadi. Shaharda 2 madaniyat uyi, 18 kutubxona, Kirov parki, 3 muzey, 2 teatr, filarmoniya, koʻrgazma zali, 46 maktab, 3 oliy oʻquv yuritlari va 3 filial bor (2000). Shu jumladan, 35 hazina shifoxona mahkamasi faoliyat yuritadi. Oʻralda Gʻarbiy Qozogʻiston temir yoʻl orqali yuk tashish boʻlimi joylashgan.

Shahar iqlimi — kontinentalli, yozi qurgʻoq va issiq, qishda esa sovuq.

  • Oʻrtacha yillik harorati — +6,2 °C
  • Oʻrtacha yillik shamol tezligi — 2,9 m/s
  • Oʻrtacha yillik havosi — 70 %

Shahar aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 218 158 kishini tashkil qildi. 2004-yildagi statistika bilan taqqoslab qaraydigan boʻlsak (222,4 ming) shahar aholisining kamayib borayotganligi koʻramiz, bunga asosiy sabablardan biri Oʻralning Rossiyaga chegaradoshligi. Chegaradosh davlatga koʻplab slovyan xalqlarining koʻchib ketishi keyingi yillarda koʻp kuzatilmoqda. Vaholanki Qozogʻistonda bundan 20 yil avval olmonlarning soni 1 millionga yaqin edi, hozirgi kunda ularning soni 178 ming.